Telegram Web Link
#Muhim

❗️ Firibgarlikning yangi turidan ehtiyot bo'ling!

Diqqat! Firibgarlar odamlarga "murojaat" bilan chiqdi!

Videoni ko'rish 👉
https://youtu.be/jNAa03ze9Bg

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Quyidagilardan qaysi biri ov qilish joylariga kirmaydi?
Anonymous Quiz
6%
suv obyektlari
3%
o'rmonlar
66%
shaharlar atrofidagi yashil zonalar
26%
barcha javoblar to'g'ri
#Davlat_xizmatlari

📌 Davlat xizmatlari markazlarining asosiy vazifalaridan biri – arizangizni to‘g‘ri va o‘z vaqtida yo'naltirib berishdir.


🧾 DXM siz nomingizdan ariza yoki so‘rovnomani to‘ldiradi, hujjatlarni tegishli davlat organlariga yuboradi va belgilangan muddatda qaror qabul qilinishi hamda rasmiylashtirilishini ta’minlaydi.

❗️E’tibor bering:
DXM – vakolatli organ emas va qaror chiqarmaydi (franshizing shartnomalarini hamda yuridik va jismoniy shaxslarni ro'yxatdan o'tkazish bundan mustasno).
U siz va davlat idoralari o‘rtasida ishonchli ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi:
xizmat ko'rsatish tartibini tushuntiradi,
hujjatlaringizni tekshiradi,
to‘g‘ri rasmiylashtiradi,
tegishli vakolatli organga yuboradi.

🔔 Bugungi kunda ko‘plab xizmatlar – shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirishdan tortib, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazishgacha – aynan DXM orqali markazlashgan holda ko‘rsatilmoqda.
Bu fuqarolar uchun katta qulaylik – bir joyga kelib, ko‘plab xizmatlardan foydalanish mumkin.

🎯 Maqsad – fuqarolarga qulay, tezkor va shaffof xizmat ko‘rsatish.

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️ Nogironligi bo'lgan shaxslarga moslashtirilgan "Huquqiy axborot|Plus" telegram kanali ishga tushirildi.


✔️ Telegram kanalda quyidagilar taqdim etib boriladi:

🔹 qonunchilikdagi yangiliklar haqida audio formatdagi tushuntirishlar;

🔹 imo-ishora muloqoti shaklidagi huquqiy video materiallar;

🔹 nogironligi bo'lgan shaxslar uchun foydali axborotlar.

🔗 Kanalga ushbu manzil orqali obuna bo'lish mumkin: https://www.tg-me.com/huquqiyaxborot_plus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ “Eng namunali yashil turizm obyekti” tanlovi o'tkaziladi


Manba: VMQ-385-son, 24.06.2025 yil.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔖 Qonunchilikka muvofiq yer egasi qo'shni yer egasining yeridan foydalanishni talab qilishi mumkin (servitut huquqi).

✔️ Servitut quyidagi maqsadlar uchun belgilanadi:

▪️ yerdan piyoda va transportda o'tish;
▪️ elektr, aloqa, quvur liniyalarini o'tkazish;
▪️ suv bilan ta'minlash va boshqa shu kabi holatlar.

⛔️ Yerga servitut belgilanishi yer egasining ushbu uchastkaga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlaridan mahrum etmaydi.

📜 Servitut uni talab qilgan shaxs va yer egasi o'rtasidagi bitimga asosan belgilanadi.

🔗 Agar ikki taraf kelisha olmasa, ushbu masala fuqarolik sudida ko'rib chiqiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📣 Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev Xorazm viloyatiga safari davomida Bog'ot va Xonqa tumani adliya bo‘limida bo'ldi.

🔰 Xizmat safari davomida adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘limi xodimlari bilan suhbatlashib, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.

Markaz faoliyati, undagi texnik va tashkiliy sharoitlar, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda ularni olishda qulayliklar mavjudligi o‘rganildi, davlat xizmatlari ko‘rsatishda shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, aholi uchun qulay xizmat muhitini yaratish yuzasidan markaz rahbariyati va mas’ul xodimlarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
#Bilasizmi

Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash
tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatidan foydalanish uchun talabgor Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.

🏛 Vakolatli organ: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.

💻Kasbiy sertifikat olish uchun talabgor kompyuterda test shaklida nazorat sinovi topshirishi lozim.

🗓Nazorat sinovi har yili mart - may oylarida o‘tkaziladi.

💰Birinchi marta nazorat sinovida ishtirok etish bepul.

🧾Nazorat sinovi yakunlari bo‘yicha kasbiy sertifikat rasmiylashtiriladi.

Kasbiy sertifikat cheklanmagan muddatga beriladi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoniga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik kasblariga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan talabgorlarni kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etilgan.


📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Mustaqilligimizning 34 yilligi yuksak saviyada nishonlanadi


“O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o'ttiz to'rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–222-son, 10.07.2025 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko'ra, milliy istiqlolimizning 34 yillik shonli sanasi Yangi O'zbekistonning taraqqiyot darajasi, jahon maydonidagi obro'-e'tiboriga har tomonlama munosib tarzda, yuksak saviyada nishonlanadi.

📙 Mustaqillikning 34 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbirlari “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g'oyani o'zida mujassam etgan holda o'tkaziladi.

✔️ Mustaqillik bayrami Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar hamda tumanlar, qishloq va ovullarda munosib nishonlanishi ta'minlanadi.

📜 “Ona diyor – ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulug', eng aziz” kabi an'anaviy ko'rik-tanlovlar yuqori darajada o'tkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati yanada rivojlantiriladi


Manba: PF-98-son, 23.06.2025-yil.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni yashash joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazish tartibi belgilandi


“O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–1074-son, 10.07.2025 y.) qabul qilindi.

🔰 Qonunga ko'ra, shaxslarning yashashi uchun uy-joy maydonini beruvchi turar joy mulkdori yoki uni tasarruf etish huquqiga ega shaxs ushbu shaxslarni yashash joyi yoki turgan joyi bo'yicha o'z vaqtida ro'yxatdan o'tkazishi kerak.

📋 Joylashtirish vositalarida turgan shaxslarni turgan joyi bo'yicha xabardor qilish tartibida ro'yxatdan o'tkazish mas'ul xodimlar tomonidan “E-mehmon” tizimi orqali amalga oshiriladi.

📝 O'zbekistonning xorijda doimiy yashovchi fuqarolari O'zbekistonga kirgan kundan 10 ish kunidan kechiktirmay yashash joyi yoki turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tishi shart.

✔️ O'zbekiston fuqarolarini yashash joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazish quyidagilarda amalga oshiriladi:

▪️ ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'linmalarida;
▪️ davlat xizmatlari markazlarida;
▪️ YIDXP (my.gov.uz) orqali.

🔗 Yashash joyi va turgan joy bo'yicha ro'yxatdan o'tkazishda uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga rioya etish talab qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/14 09:43:01
Back to Top
HTML Embed Code: