Telegram Web Link
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni yashash joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazish tartibi belgilandi


“O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–1074-son, 10.07.2025 y.) qabul qilindi.

🔰 Qonunga ko'ra, shaxslarning yashashi uchun uy-joy maydonini beruvchi turar joy mulkdori yoki uni tasarruf etish huquqiga ega shaxs ushbu shaxslarni yashash joyi yoki turgan joyi bo'yicha o'z vaqtida ro'yxatdan o'tkazishi kerak.

📋 Joylashtirish vositalarida turgan shaxslarni turgan joyi bo'yicha xabardor qilish tartibida ro'yxatdan o'tkazish mas'ul xodimlar tomonidan “E-mehmon” tizimi orqali amalga oshiriladi.

📝 O'zbekistonning xorijda doimiy yashovchi fuqarolari O'zbekistonga kirgan kundan 10 ish kunidan kechiktirmay yashash joyi yoki turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tishi shart.

✔️ O'zbekiston fuqarolarini yashash joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazish quyidagilarda amalga oshiriladi:

▪️ ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'linmalarida;
▪️ davlat xizmatlari markazlarida;
▪️ YIDXP (my.gov.uz) orqali.

🔗 Yashash joyi va turgan joy bo'yicha ro'yxatdan o'tkazishda uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga rioya etish talab qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_timbilding
#Oila_kuni
#Family_day

🔰 Ma’lumki, Davlatimiz rahbarining 2025-yil 19-iyundagi “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-95-son Farmonida maxsus tadbirlar doirasida har yili har bir vazirlik va idoralarda davlat xizmatchilarining oila a’zolari uchun “oila kuni” tadbirlari (family day) tashkil etilishi belgilangan.

Shunga asosan hamda 2-iyul O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan Xorazm viloyat adliya boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

✔️ Tadbirda boshqarma va uning tizimidagi idoralarda mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar, jumladan, tuman (shahar) adliya bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, Davlat xizmatlari markazlari, FHDY bo'limlari xodimlari hamda ularning oila a’zolari ishtirok etdi.

▫️ “Timbilding” tadbirlari dasturi doirasida “Family day” (Oila kuni) loyihasi ham amalga oshirilib, adliya organlari xodimlarining farzandlari ota-onalarining ish joylari bilan tanishdilar, bolajonlar ota-onalarining ish o‘rinlariga o‘tirib, “Adliya xodimi qanday ishlaydi?” degan savolga javob oldilar hamda stol tennis, huquqiy viktorina kabi sport va ko‘ngilochar o‘yinlarda faol ishtirok etishdi.

🎼 Tadbir davomida, vohamizdagi el suygan san’atkorlar o‘zlarining badiiy chiqishlari va ijod namunalari bilan ishtirokchilarga yanada yuqori kayfiyat ulashishdi.

✔️ Bu kabi tadbirlar jamoada hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, xodimlarning kelgusidagi ish faoliyatlarini pozitiv energiyaga to‘lgan holda samarali davom ettirishlariga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
2025/07/14 05:00:43
Back to Top
HTML Embed Code: