Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#XorazmMTRK

📽 “ZAKOVAT” Intellektual o`yini bo`lib o`tdi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
1
Forwarded from ZamonLine
🥟“Тухум барак” расман географик кўрсаткич сифатида патентланди

Бу таом энди ҳуқуқий жиҳатдан ҳимоя қилинади ва Хоразмнинг ҳудудий бренди сифатида тарғиб этилади.

👉 @Uzbekistan24HD
👍9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari negizida tuman (shahar) sog'liqni saqlash bo'limlari tashkil etiladi


Manba: PQ-185-son, 19.05.2025-yil.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, uy sharoitida yoki kasanachilik asosida daraxt va buta ko'chatlarini (nihol) yetishtirish faoliyati o'zini o'zi band qilgan shaxslar shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Mehnat shartnomasini muddati tugaganligi munosabati bilan bekor qilishda bir taraf boshqa tarafni qancha muddat oldin ogohlantirishi kerak?
Anonymous Quiz
42%
kamida 3 kalendar kun oldin
14%
kamida 2 hafta oldin
21%
kamida 1 oy oldin
23%
kamida 2 oy oldin
#ESLATMA

⚠️ Har bir litsenziya egasi bilishi kerak bo‘lgan eng muhim savol: Qachon litsenziya bekor qilinadi?


Litsenziya va ruxsatnomalar oddiygina hujjat emas — ular sizning faoliyatingizga ruxsat eshigi. Lekin ayrim holatlarda bu eshik yopilishi ham mumkin: sud yoki vakolatli organ litsenziyani bekor qilishga haqli bo‘ladi:

⚖️ Sud orqali bekor qilinadigan holatlar:

🚫 Belgilangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etmaslik (vakolatli organ yoki sud belgilagan muddatda);
🚫 Litsenziya yoki ruxsatnoma olish qarorining qonunga xilofligi aniqlansa;
🚫 Talab va shartlarni yil davomida 2 va undan ortiq marta buzish*;
🚫 Talab va shartlarni bir marotaba qo‘pol buzish (odamlarning hayoti, sog‘lig‘i, xavfsizlik va davlat manfaatlariga zarar keltirgan holatlarda)*;
🚫 Qalbakilashtirilgan hujjatlar orqali litsenziya yoki ruxsatnoma olish*.

⚠️ Muhim: Agar yuqoridagi * belgili holatlar sodir bo‘lsa, litsenziya bekor qilingandan so‘ng 1 yil davomida qaytadan litsenziya olish imkoniyati bo‘lmaydi. Bu yangi tashkil etilgan kompaniyalarga ham taalluqli.

📝 Vakolatli organ orqali bekor qilinadigan holat: Davlat boji yoki yig‘imni belgilangan muddatda to‘lamaslik.

📄 Asos: "Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida"gi Qonun (33-modda).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Mebel va yog'ochsozlik sanoati rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi


Manba: PQ-193-son, 27.05.2025-yil.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Bilasizmi

⚡️ Qonunchilikka ko'ra, 4 nafar va undan ortiq18 yoshga to'lmagan bolasi bo'lgan oila ko'p bolali oiladir.

✔️ Bunda, agar 4 nafar va undan ortiq bolalaridan 1 nafari yoki undan ko'prog'i ta'limning kunduzgi shaklida (o'rta maxsus va professional, oliy ta'lim) ta'lim tashkilotlarida o'qiyotgan hamda 22 yoshga to'lmagan bo'lsa, bu oila ham ko'p bolali oila deb hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Nogironlik pensiyalari alohida murojaat talab etmasdan proaktiv shaklda tayinlanadi


Manba: PQ-194-son, 27.05.2025-yil.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Davlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o'quvchilar qo'shimcha ta'limga jalb qilinadi


Hukumat qarori (365-son, 14.06.2025 y.) bilan “Davlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o'quvchilarni maktabdan tashqari ta'limga jalb qilish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizom davlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o'quvchilarni qo'shimcha ta'limga jalb qilish hamda o'qitish xarajatlarining 80 foizini Davlat byudjetidan qoplab berish tartibini belgilaydi.

✔️ Ayrim toifadagi o'quvchilar Kambag'al oilalar reestridagi oilalarning umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida ta'lim olayotgan farzandlari hisoblanadi.

📙 O'quvchilar to'garaklarga ixtiyoriylik asosida jalb etiladi.

📋 O'quvchilarning ota-onalari hamda ta'lim tashkilotlari o'rtasida shartnomalar tuzish YIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.

💸 Ta'lim tashkilotlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar bo'yicha 1 nafar o'quvchiga har bir to'garak uchun 1 oylik to'lov quyidagi miqdorlardan oshmaydi:

🔹 7-11 yoshdagi o'quvchilar uchun darsdan keyingi qo'shimcha ta'lim (uzaytirilgan kun guruhlari) uchun BHMning 1 baravaridan;

🔹 12-18 yoshdagi o'quvchilar uchun umumta'lim fanlari, 15-18 yoshdagi o'quvchilar uchun xorijiy til yo'nalishlaridagi to'garaklar uchun BHMning 2 baravaridan;

🔹 15-18 yoshdagi o'quvchilar uchun axborot texnologiyalari, kasb-hunar yo'nalishlaridagi to'garaklar uchun BHMning 4 baravaridan.

💰 To'garak to'lovining 80 foizi Davlat budjetidan, 20 foizi o'quvchining ota-onasi tomonidan to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#XorazmMTRK

📹 Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari yuzasidan "Ochiq muloqot"

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Quyidagilarning qaysi biri mas'uliyati cheklangan jamiyatda jamiyat boshqaruvining oliy organi hisoblanadi?
Anonymous Quiz
18%
jamiyatning kuzatuv kengashi
71%
ishtirokchilarning umumiy yig‘ilishi
9%
jamiyatning taftish komissiyasi
3%
jamiyatning direksiyasi
#Bilasizmi

🔖 Qonunchilikka ko'ra, joylarda aholi muammolarini hal qilishga qaratilgan "Xalq nazorati" platformasi ishga tushirilgan.

📝 Xabarlar internet tarmog'idagi xalqnazorati.uz, 1055.uz manzili, shuningdek, platformaning mobil ilovasi orqali yuborilishi mumkin.

✔️ Aholi tomonidan qurilish, uy-joy kommunal xizmat, suv, kanalizasiya, isitish tizimi, elektr va boshqa muhandislik ta'minoti, transport va yo'l, shuningdek, hudud infratuzilmasida mavjud muammolar yuzasidan platformaga yuborilgan xabarlar vakolatli organlar tomonidan ko'rib chiqiladi.

📙 Bunda, xabar beruvchilar:

🔹shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma'lumotlari va telefon raqamini kiritgan holda platformada ro'yxatdan o'tadi;

🔹 platformada aniqlangan muammoga mos keluvchi xabar mavzulari tasniflagichini tanlab o'z shaxsiy kabineti orqali muammoni tavsiflovchi ma'lumotlarni shakllantiradi;

🔹 muammoning manzili va geolokasiyasini belgilagan holda xabarni yuboradi.

Xabarda ko'rsatilgan muammoni qo'rib chiqish uchun 10 kalendar kungacha muddat belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Ijro hujjatlariga doir ma'lumotlarni qamrab olgan Majburiyatlar reestri yuritiladi


Qonun (O'RQ-1069-son, 16.06.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

🔰 Qonun hujjatlariga kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, ijro ishini yuritish doirasida qabul qilingan qaror va boshqa hujjatlar jismoniy shaxslarga – ularning YAIDXP (my.gov.uz) dagi shaxsiy kabineti orqali, shuningdek yuridik shaxslarga soliq to'lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilishi ko'rsatildi.

💰 Shunindek, mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining yarmi miqdoridagi pul mablag'lari fuqarolarning qarzdorliklari bo'yicha undiruv qaratilishi mumkin bo'lmagan eng kam kafolatlangan daromad etib belgilandi.

📝 Bundan tashqari, majburiy ijro byurosi ijro hujjatlariga doir ma'lumotlarni qamrab olgan Majburiyatlar reestrini yuritishi ko'zda tutildi.

🔗 Davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar Majburiyatlar reestriga kiritilgan ijro hujjatlari bo'yicha Majburiy ijro byurosi bilan tezkor axborot almashinuvini amalga oshiradi.

Ijro hujjatlariga doir ma'lumotlar Majburiyatlar reestriga avtomatlashtirilgan tizim orqali kiritiladi va 10 yil davomida saqlanadi.

📷 Shuningdek, qonun hujjatlariga majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish chog'ida davlat ijrochilari tomonidan mobil videokuzatuv vositalaridan foydalanilishi mumkinligini nazarda tutuvchi qo'shimchalar kiritildi.

📍 Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Bilasizmi

🔖 Qonunchilikka ko'ra, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari fuqarolarga shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatishlari shart.

✔️ Hayoti yoki sog'lig'i uchun xavfli holatda bo'lgan shaxsga shoshilinch va (yoki) kechiktirib bo'lmaydigan tibbiy yordam ko'rsatishni asossiz ravishda rad etish fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Bilasizmi

🔖 Qonunchilikka ko'ra, Kambag'al oilalar reestriga kiritilgan oilalardagi nogironligi bo'lgan yoshlarning parasport to'garaklariga qatnashishi uchun yo'l haqi xarajatlari har oyda BHMning 1 baravarigacha miqdorda qoplab beriladi.

📝Bunda ularning parasport to'garaklariga qatnashishi Sport vazirligining "ERP-sport" axborot tizimi orqali monitoring qilib boriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Mehnat_huquqlari

Ishni ta'lim bilan birga olib boruvchi xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar


Batafsil infografikada 👆

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#XorazmMTRK

📽 "Tuxum barak" milliy taomi geografik ko`rsatkich sifatida davlat ro`yxatidan o`tkazildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ “Yashil” davlat xaridlarini qo'llab-quvvatlash tizimi takomillashtiriladi


“Yashil” davlat xaridlarini qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (371-son, 18.06.2025-y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko'ra, davlat xaridlarini amalga oshirishda "yashil" davlat xaridlari tizimi joriy etiladi hamda "yashil" davlat xaridlari ulushi 2030-yilgacha bosqichma-bosqich 30 foizga yetkaziladi.

📝 2026-yil 1-yanvardan davlat xaridlarini amalga oshirishda ekologik mezonlar eng yaxshi takliflarni tanlash va tenderlardagi xarid qilish hujjatlariga majburiy tartibda kiritiladi.

✔️ Bunda:

🔹 ekologik markirovkalash hujjatining har bir turi uchun to'plangan ballarning 5 foizi miqdorida qo'shimcha ball beriladi;

🔹 ishtirokchi taklifining ushbu mezonlarga mos kelmasligi ishtirokchini xarid qilish tartib-taomilidan chetlatish uchun asos bo'lmaydi.

🏛 Bundan tashqari, davlat buyurtmachilarining 2026-yil uchun davlat xaridi bilan bog'liq xarajatlarda “yashil” davlat xaridlari ulushini kamida 15 foizga yetkazishi, ushbu ko'rsatkichni har yili kamida 5 foizga oshirib borish bo'yicha choralar ko'rishi belgilandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
2025/07/14 05:34:35
Back to Top
HTML Embed Code: