Telegram Web Link
#Adliya_kubogi

🏆 Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda sog`lom turmush tarzini keng targ`ib qilish va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan sportning tennis turi bo`yicha “ADLIYA KUBOGI” musobaqasi bo`lib o`tdi.

Ishtirokchilarning eng kichigi 12 yosh bo`lsa, eng kattasi 74 yosh bo`ldi.

🎾 🥇Qizg`in bahslarga boy bo`lib o`tgan bellashuv natijalari bo`yicha Yoshlar va kattalar o`rtasida “Yakka” va “Juftlik”da bo`lib o`tgan o`yin natijalari bo`yicha eng yuqori ball to`plagan ishtirokchilar 1,2,3-darajali diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.

🔰 Musobaqa ishtirokchilari, G`oliblar va ustoz va murabbiylari alohida e’tirof etildi hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlab tilab, taqdirlandilar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_kubogi

🎾🏆🥇Xorazm viloyati adliya boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan sportning tennis turi bo`yicha "Adliya kubogi" musobaqasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#XorazmMTRK

🎾🏆 sportning tennis turi bo`yicha "Adliya kubogi" musobaqasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Majburiy raqamli markirovkalash jarayonlari jadallashtiriladi


“Majburiy raqamli markirovkalash jarayonlarini jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-203-son, 30.05.2024y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-sentyabrdan:

🗓 Tadbirkorlar tomonidan markirovkalanadigan mahsulotlarni markirovkani o'qish qurilmalaridan foydalanmagan holda sotish holatlari soliq organlari bazasi ma'lumotlari asosida aniqlanganda, ushbu tadbirkorlar shaxsiy kabineti orqali holat yuzasidan ogohlantiriladi hamda quyidagi choralarni ko'rish amaliyoti joriy etiladi:

🔹ikki marta ogohlantirishdan so'ng qonun buzilishi bir oy ichida qayta takrorlangan taqdirda, tadbirkorlarga nisbatan huquqbuzarlik sodir etilgan chorakdagi faoliyat yuzasidan soliq tekshiruvi tayinlanadi;

🔹qonun buzilishi soliq tekshiruvi yakunlangandan bir oydan keyin qayta takrorlanganda tadbirkorlarni xabardor qilmasdan hamda Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakilni tekshirish kunida xabardor qilgan holda soliq tekshiruvi tayinlanadi.

✔️ Soliq qo'mitasi har chorakda majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo'lgan mahsulotlarning chakana savdosi bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlar orasidan har bir hudud kesimida inson omilisiz avtomatik tarzda kamida 10 foizini tanlab olgan holda, ularda nazorat tadbirlarini o'tkazadi hamda qonun buzilishi holatlari aniqlangan subyektlar faoliyati keyingi uch chorak davomida nazorat qilib boradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
#Matbuot_anjumani

📣Xorazm viloyat adliya boshqarmasida O`zbekiston Respublikasining 2024-yil 24-maydagi “Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to'g'risida”gi PF-80-sonli Farmonining mazmun-mohiyati hamda boshqarma va uning tizimidagi idoralar tomonidan 2024-yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o’tkazildi.

🔰 Matbuot anjumanida, keng jamoatchilik, OAV, jusnalist va blogerlar, bosma va elektron nashrlarning muharrirlari ishtirok etishdi hamda o`zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

👉👉 BATAFSIL:

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
2024/06/03 09:06:43
Back to Top
HTML Embed Code: