Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filialida "Xavfsizlik texnikasi" ko'rik oyligi doirasida Yangiariq tuman elektr ta'minoti o'quv mashg'uloti maydonida jamiyatning ishlab chiqarish bo'limlari o'rtasida musobaqa bo'lib o'tdi.

Unda jamoalar 5 ta shart bo'yicha o'z mahoratlarini sinashdi va hakamlar tomonidan baholanib, g'olib jamoalar aniqlandi va estalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
“Uyg’ur” mahallasi aholisining elektr energiyasini yaxshilash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda

Muhtaram Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi 330-sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Hududiy qurilish-montaj direksiyasi” filiali Xorazm hududiy bo’linmasi tomonidan belgilangan reja asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, viloyatimizning chekka hududlaridan biri Yangiariq tumani “Uyg’ur” mahallasi aholisining elektr energiyasini yanada yaxshilash maqsadida 150 ta temir-beton ustunlari, 3.5 km zamonaviy SIP kabellarini o’tkazish va quvvati 250 kVA bo’lgan yangi transformator punkitini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu amaliy ishlar natijasida “Uyg’ur” mahallasidagi 150 tadan ortiq xonadonlarida elektr energiyasi sifati yanada yaxshilanadi.


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Tuproqqalʼa, Gurlan, Hazorasp, Urganch, Bogʻot, Qoʻshkoʻpir tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar boʻlishi mumkin.

Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilari Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning:


Tuproqqalʼa tumanining: Hazorasp, Yoshlik, Obod, Navbahor, Muhabbat mahallalarida;


Gurlan tumanining: Madadkor, Ishonch, Gulshan, Nurobod mahallalarida;


Hazorasp tumanining: Bogʻdor, Sanoat, Boʻston mahallalarida;


Urganch tumanining: Oltin koʻl va Shermatlar mahallalarida;


Bogʻot tumanining: Nurli maskan, Gulshan, Obod, Nukus mahallalarida va Nurafshon, Oltin qum shaharchalarida;


Qoʻshkoʻpir tumanining: Nezaxos, Oʻrta qishloq, Polvon, Koʻktom, Qadriyat, Oltin voha, Durdona, Honobod mahallalarida


Joriy yilning 18-iyun kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar boʻlishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr soʻraymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
ELEKTR JIHOZLARDAN FOYDALANISH BO'YICHA AYRIM MASLAHATLAR

Elektr jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish muhimligini, aks holda yong‘in, elektr tokidan zararlanish va boshqa shu kabi noxush holatlar kelib chiqish xavfi mavjudligini eslatib o‘tmoqchimiz.

Kundalik hayotimizda elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha ayrim ko‘rsatmalarga rioya qilsak, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan noxush vaziyatlarni oldini olgan bo‘lamiz.

Batafsil

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Isrof — bu katta gunoh, tejamkorlik esa savobdir. Zarur bo‘lmaganda elektr energiyasini o‘chirib qo‘yish — bu nafaqat o‘z xonadonimizga, balki butun xalqimizga baraka keltiradi.”

Tesha Mo‘minov,
O‘zbekiston xalq artisti

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Urganchdagi tadbirkorlar elektr energiyasiz qolmoqda.” sarlavhali murojaat yuzasidan

RASMIY MUNOSABAT


Ushbu murojaat yuzasidan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Energosavdo filiali Xorazm bo`linmasi tomonidan o’rganish o’tkazildi.

O’rganish davomida, Urganch shahar “Yangi Urganch” mahallasida joylashgan quvvati 400 kVA lik transformator punkiti tadbirkor M.Shga tegishli ekanligi aniqlandi. Markaziy dehqon bozorida joylashgan “5 blok” savdo majmuasidagi bir nechta tadbirkorlar ushbu transformator punkitiga ulangan.

Bugungi kunda tadbirkor M.Sh elektr energiyasidan 17 355 000 so’m qarzdorligi sababli transformator punkiti “Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Energosavdo filiali Xorazm bo`linmasi Urganch shahar bo’limi tomonidan tarmoqdan ajratilgan. Iste’molchining elektr energiyasidan bo’lgan qarzdorligi sababli “5 blok” savdo majmuasidagi bir nechta tadbirkorlar elektr energiyasiz qolganligi aniqlandi.

Joriy yilning 18-iyun holatiga ko’ra Markaziy dehqon bozori “5 blok” savdo majmuasidagi tadbirkorlariga elakrt energiyasi yetkazib berilayotganligini ma’lum qilamiz.


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Xonqa, Shovot, Hazorasp, Bogʻot, Gurlan, Yangibozor, Urganch, Yangiariq, tumanlari va Xiva shahrining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar boʻlishi mumkin.

Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilari Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning:

Xonqa tumanining: Madaniyat, Shodlik, Guliston, Zinaxos, Katta kuch, Gʻayrat, Mustaqillik mahallalarida;


Shovot tumanining: Madaniyat, Arbob, Poʻlat, Ijtimoyat, Qunduz, Tuproqqalʼa, Hunarmand, Beshmargan, Yangi yoʻl mahallalarida;


Hazorasp tumanining: Jangiota, Navroʻz, Shovot, Oq maydon, Karvak, Yangiobod, Ovshar, Buyuk ajdodlar, Pichoqchi, 12-narvon, Juvondir, B.Matirzayev, Otaliq, Beshta, Toʻrtta, Yangihayot, Buyuk siymo, Istiqlol, mahallalarida;


Bogʻot tumanining: Toʻpchi, Qipchok, Boʻka, Madaniyat, Oq oltin, Gʻalaba, Yuksalish, Ustalar, Namuna, Gulzor mahallalarida;


Gurlan tumanining: Qatariq, Yormish, Eshimjiron, Moyli, Birlashgan, Shangʻi mahallalarida;


Yangibozor tumanining: Ming Bogʻolon, Bogʻolon, Qiyot mahallalarida;


Urganch tumanining: Qiyot, Boqaylar, Killavit, Chandir mahallalarida;


Yangiariq tumanining: Gulobod, Pursang, Achchiq quyi mahallalarida;


Xiva shahrining: Gazchi va Sangar mahallalarida;


Joriy yilning 19-iyun kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar boʻlishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr soʻraymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Urganch tumanidagi Ravnaq koʻchasi: asfaltga simyogʻochlar toʻsiq boʻlmoqda” nomli murojaat yuzasidan

RASMIY MUNOSABAT

Ushbu murojaat yuzasidan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan joyiga chiqqan holda o’rganish o’tkazildi.

O’rganish davomida, Urganch tumani “Shohidonlar” mahallasida “Ravnaq” ko’chasidan o’tuvchi 6 kvli “Qaychili” havo tarmog’ining ustunlari ushbu ko’chaning o’rta qismada joylashganligi ma’lum bo’ldi. Ushbu holat yuzasidan mahalla aholisi bilan uchrashgan holda qisqa muddat ichida ustunlarni ko’chaning boshqa qismiga o’tkazilishi yuzasidan tushuntirish berilganligini ma’lum qilamiz.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XORAZM VILOYATIDA MUQOBIL ENERGIYA RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANILMOQDA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har qanday ob-havo haroratidan qatʼiy nazar "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali xodimlari isteʼmolchilarga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish uchun mehnat qilmoqdalar.

Ayni damda, Urganch tumani “Komiljon Otaniyozov” mahallasining aholisini sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari"AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Qoʻshkoʻpir, Urganch, Yangibozor, Gurlan, Yangiariq, Hazorasp, Xonqa tumanlari va Urganch shahrining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar boʻlishi mumkin.

Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilari O‘zbekiston Respublikasi elektr stantsiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning:

Qoʻshkoʻpir tumanining: Xosiyon, Tagalak, Koʻnazey, O’rta yop, Adolat, Iftixor, Ittifoq, Uygʻur, Zarbdor mahallalarida;


Urganch tumanining: Uchkoʻprik, Beshayvon, Shermatlar, Oq arik, Sholikor, Chakkakoʻli, Oʻrta do’rman, Jayhun mahallalarida;


Yangibozor tumanining: Mang’itlar, Hayvat, Hamid Olimjon mahallalarida;


Gurlan tumanining: Saxtiyon, Yarmish, Navbahor, Madadkor, Yangibogʻ mahallalarida;


Yangiariq tumanining: Kattabogʻ, Egrisolma, Jaloil, Gʻaltak, Gullanbogʻ, Shixbogʻi mahallalarida;


Hazorasp tumanining: Boʻston, Qovunchi, Bogʻdor, Mustaqillik, Navroʻz, Yangiobod, Aloqali koʻl mahallalarida;


Xonqa tumanining: Qoromozi va Obod mahallalarida;


Urganch shahrining: Istiqlol va Gulchilar mahallalarida;


Joriy yilning 20-iyun kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar boʻlishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr soʻraymiz.


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash yuzasidan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Energosavdo filiali Xorazm bo`linmasi tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida viloyatimizning barcha hududlarida reyd tadbirilari o’tkazilmoqda.

Xususan, Shovot tumani “Uzunko’l” mahallasida dehqonchilik faoliyati bilan shug’ullanuvchi B.R. fermer xo’jaligining elektr energiyasidan foydalanish holatlari o`rganilganda jami quvvati 11 kVt bo’lgan suv nasosi elektr hisoblagichdan tashqari o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanayotganligi aniqlanib ushbu qoidabuzarlik yuzasidan elektron dalolatnoma rasmiylashtirildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 867,2 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.


Hurmatli iste’molchilar, elektr energiyasidan qonuniy va samarali foydalanishingizni so‘rab qolamiz!

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorazm viloyatidagi 56 ta mahallalardagi 63 827 dona xonadonlarning elektr energiyasi taʼminoti yanada yaxshilanadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida PQ-330-son qaroriga asosan, Xorazm viloyatidagi elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr taʼminotini yaxshilash va barqarorligini oshirish maqsadida 2025-yil davomida 3 636 dona temir-beton tayanchlarni oʻrnatish, 141,6 km elektr uzatish tarmoqlari hamda 70 dona transformator punktlarini yangidan qurish va modernizatsiya qilish ishlari rejalashtirilgan.

Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida, belgilangan reja asosida viloyatimizning barcha tumanlarida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ushbu amaliy ishlar natijasida Xorazm viloyatidagi 56 ta mahallalardagi 63 827 dona xonadonlarning elektr energiyasi taʼminoti yanada yaxshilanadi.
Qoʻshkoʻpir, Yangiariq, Hazorasp, Urganch tumanlarining va Urganch shahrining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar boʻlishi mumkin.

Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilari: Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning:

Qoʻshkoʻpir tumanining: Bahoriston, Xadra, Yangilik, Gʻazovot mahallalarida:


Yangiariq tumanining: Tuzloq, Chiqirchi, Qorakoʻz, Ostona, Sardorlar mahallalarida;


Hazorasp tumanining: Otaliq, Sulaymonqalʼa, Sharof Rashidov, Ishchilar, Oybek mahallalarida;


Urganch tumanining: Bogʻdorli, Hamid Olimjon, Qaychili mahallalarida;


Urganch shahrining: Bobur va Boʻston mahallalarida;


Joriy yilning 23-iyun kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar boʻlishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr soʻraymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
2025/07/09 11:09:33
Back to Top
HTML Embed Code: