Telegram Web Link
XORAZM VILOYATIDAGI ELEKTR TARMOG‘IDAN QARZDOR FERMER XO'JALIKLARI TARMOQDAN AJRATILMOQDA

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ "Energosavdo" filiali Xorazm bo‘linmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida elektr energiyasidan qarzi bo'la turib elektr energiyasidan foydalanib kelayotgan fermer xo'jalaliklarini tarmoqdan ajratish ishlari olib borilmoqda.

Reyd jarayonlarida quyidagi qarzdor fermer xo'jaliklari:
Urganch tumanidagi Bene Fruts Fermer xo’jaligi 221 mln so'm
Yangiariq tumanidagi "Boynazar Jamila" f/x 15.3 mln so'm
Urganch tumanidagi "Bekjon bobo" f/x 55 mln so'm
Urganch tumanidagi "Lolaxon" f/x 87 mln so'm qarzdor fermer xo'jaliklari tarmoqdan uzildi.

Shu sababli barcha Fermer xo'jaliklarini foydalanilgan elektr energiyasi uchun to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirishingizni hamda elektr energiyasidan qonuniy va samarali foydalanishingizni so’rab qolamiz!

https://www.tg-me.com/Het_Energosavdo
“Tez yordam” havo tarmog’ida mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan 2025-2026-yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida viloyatimizning barcha hududlarida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Amaliy ishlar doirasida, Gurlan tumani “Gurlan” podstansiyasidan chiquvchi 10 kv li “Tez yodam” havo tarmog’ida mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda. Ta’mirlash ishlari doirasida, eski temir-betonlar o’rniga 14 ta yangi temir-beton ustunlari o’rnatilib, 1 km AC-50 kabel tortish ishlari bajarilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Yangiariq, Qo’shko’pir, Tuproqqalʼa, tumanlarining va Urganch shahrining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar boʻlishi mumkin.

Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilari Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning:

Yangiariq tumanining: Tagan, Kushanda, Sevgan, Killavit mahallalarida;

Qo’shko’pir tumanining: Gulzor, Madaniyat, Taraqqiyot, Iqbol, Chamanzor mahallalarida;

Tuproqqalʼa tumanining: Sharlouk, Saxovat, Muhabbat, Sayopir mahallalarida;

Urganch shahrining: Istiqlol, Ziyokorlar, Islomobod mahallalari va Navro’z shaharchasida;

Joriy yilning 28-iyun kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar boʻlishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr soʻraymiz.


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Hurmatli yoshlar!

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati yurtimizning umidi va kelajagi bo‘lgan aziz yoshlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.

Shu qutlug‘ ayyomda Sizlarga mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat, ezgu maqsadlaringizga yetishda ulkan zafarlar va omadlar yor bo‘lishini tilaymiz. Har bir intilishingiz ro‘yobga, har bir mehnatingiz yurt farovonligiga xizmat qilsin!

Hurmat bilan,
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati


📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Президент Шавкат Мирзиёев 30 июнь – Ёшлар куни муносабати билан ўтказилган учрашувда нутқ сўзлади ва ёшлар билан мулоқот қилди.

Президент Шавкат Мирзиёев выступил на встрече по случаю 30 июня - Дня молодежи и провел диалог с молодежью.

#Mirziyoyev #uchtashuv #yoshlar #muloqot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli yoshlar!

Sizlarni, mamlakatimizda keng nishonlanayotgan muhim sana – “Yoshlar kuni” bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, ilm-fan va mehnat yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Doimo intiluvchan, jonkuyar va vatanparvar bo‘lib, yangi g‘oya hamda tashabbuslar bilan mamlakatimizni dunyoga tanitishdan aslo charchamang.

Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan kuz-qish mavsumida aholiga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
2025/07/04 09:25:02
Back to Top
HTML Embed Code: