Telegram Web Link
Qaror ijrosi ta’minlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi 330-sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Hududiy qurilish-montaj direksiyasi” filiali Xorazm hududiy bo’linmasi tomonidan joylarda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Mazkur qarorga asosan, Yangiariq tumani “Jaloil” mahallasi aholisining turmush sharoitlarini yaxshilash va xonadonlarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida, 147 ta yangi temir-beton ustunlari o’rnatish va 3 km zamonaviy tipdagi SIP kabellarini tortish va quvvati 250 kVAlik bo’lgan yangi transformator punktini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ush bu amaliy ishlar natijasida mahalla hududida elektr energiya sifati yanada yaxshilanadi.

"Hududiy elektr tarmoqlari"AJ Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
Gurlan, Qoʻshkoʻpir, Shovot, Yangibozor, Urganch, Bogʻot tumanlari va Urganch shahrining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar boʻlishi mumkin.

Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilari Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning:

Gurlan tumanining: Birlashgan, Shang’i, Besh uy, Uyilma mahallalarida;


Qoʻshkoʻpir tumanining: Kenagas, Qoramon, Dovud, Zarbdor, Shixmaxshad, Oʻzbekiston, Hayrobod, Kuynazey, Ittifoq, Oshoqqalʼa, Yoshlik, Sherobod, Vaxmchi, Bogʻdor, Qoravul, Uygʻur, Gʻalaba, Xosiyon, Tagagak, Oʻrtayop, Adolat, Iftixor, Baxoriston, Bekobod mahallalarida;


Shovot tumanining: Royat, Mevazor, Navroʻz mahallalarida;


Yangibozor tumanining: Qadriyat, Istiqlol, Iftixor, Yuqoriboshqir mahallalarida;


Urganch tumanining: Shermatlar, Oqarik, Chakkakoʻli, Sholikor mahallalarida;

Bogʻot tumanining: Oq tepa,Qalajiq qalʼa, Navroʻz, Hurriyat, Beruniy mahallalari va Yangiqadam shaharchasida;

Urganch shahrining: Islomobod mahallasida;


Joriy yilning 21-may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar boʻlishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr soʻraymiz.


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
"Kiberxavfsizlik va uning salbiy oqibatlari" mavzusida davra suhbati о‘tkazildi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ishchi-xodimlari о‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, kibertahdilardan himoyalagish hamda internet tarmog‘idagi firibgarlik holatlarini oldini olish maqsadida, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK mas’ul xodimlari ishtirokida davra suhbati о‘tkazildi.

Videoaloqa shaklida bо‘lib о‘tgan tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ijro appart hamda hududiy korxona va filial rahbariyati va xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida, ma’ruzachilar tomonidan bugungi kunda internet tarmog‘ida keng ommalashib borayotgan hamda hozirgi kundagi global muammolardan biriga aylangan kiberjinoyatchilik va uning natijasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, shu bilan bir qatorda ish vaqtida internet tarmog‘idan foydalanish madaniyati va kibertahdidlardan himoyalanish bо‘yicha zarur ma’lumotlar berib о‘tdilar.

Batafsil

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filialida jamiyatning xizmat bo'limlari, tizim tarkibiga kiruvchi tuman (shahar) elektr ta’minoti xodimlar ishtirokida kengaytirilgan yig’ilish o'tkazildi.

Yig'ilishda, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ kapital qurilish boshqarmasi boshlig‘i M.Karimov va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali direktori S.Beregin boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi 330-sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda amalga oshiriliayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralarini kо‘rish, shuningdek korrupsiya va poraxo‘rlikni oldini olish bo‘yicha keskin choralar ko‘rish, xodimlarni odob-ahloq qoidalariga rioya etishlari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik kо‘rish masalalari tо‘g‘risida so’z yuritildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
Qoʻshkoʻpir, Xiva, Hazorasp, Bogʻot, Urganch, Gurlan tumanlarining va Urganch, Xiva shaharlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar boʻlishi mumkin.

Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilari Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning:

Qoʻshkoʻpir tumanining: Qoravul, Vaxmchi, Doʻstlik, Ilgaldi, Mehnatobod, Sherobod, Paxtakor, Amirqum, Yangilik mahallalarida;


Xiva tumanining: Pirnaxos, Al-Xorazmiy, Juryon, Arvik mahallalarida;


Hazorasp tumanining: Toʻrtta, Beshta, Otaliq, Muxomon, Aloqalikoʻl, Yangibozor, Shovot, Gʻafur Gʻulom, Karvak mahallalarida;


Bogʻot tumanining: Nayman, Tozabozor, Saxovat, Navroʻz, Toʻpchi, mahallalarida va Oltinqum shaharchasida;


Urganch tumanining: Uyshin, Miroblar, Arablar, Merganovul, Anjirchi, Jayhun, Yuqori ovul, Shodlik. Arboblar, Oq yop, Ravot, Zargarlar, Gʻalaba, Obod mahallalarida;


Gurlan tumanining: Uyilma, Besh uy mahallalarida;


Urganch shahrining: Maʼrifatchi, Kuhna qalʼa mahallalarida;


Xiva shahrining: Eski Qiyot, Panamaxsum, Angarik mahallalarida;


Joriy yilning 22-may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar boʻlishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr soʻraymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
#Reyd

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Energosavdo filiali Xorazm bo`linmasi tomonidan iste'molchilarning elektr energiyasidan foydalanishda qoida buzishlarini oldini olish va hisoblagichdan tashqari ulangan uskunalarni mavjudligini aniqlash maqsadida reyd tadbirlari o’tkazilmoqda.

Xususan, Yangibozor tumanida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida "Yangyop" mahallasida joylashgan “J.A”ga qarashli bo’lgan tomrqa yerini sug‘orish tizimi o‘rganilganda quvvati 1.1 kVt bo’lgan suv nasosi elektr hisoblagichdan tashqari ulanganligi aniqlandi. Ushbu qoiadabuzarlik yuzasidan belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Dalolatnoma bo'yicha dastlabki qayta xisob-kitob natijasiga ko`ra jamiyatga 52 mln 034 ming 400 so'm zarar yetkazganligi xisoblanib, ushbu holat yuzasidan qonuniy baho berishlik maqsadida tegishli tashkilotlarga taqdim qilindi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
#bu_qiziq

Elektr energiyasini tejashning 7 ta usuli
Gurlan, Yangibozor, Yangiariq, Xiva tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar boʻlishi mumkin.

Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilari Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning:


Gurlan tumanining: Doʻstlik, Navroʻz, Marg’ubot, Doʻsimbiy, Navbahor, Taxtakoʻpir, Dehqon, Olchin, Kongli, Oqqum mahallalarida;

Yangibozor tumanining: Boʻston, Navryop, Qoratepa, Bogʻolon mahallalarida;

Yangiariq tumanining: Sherobod, Shixbogʻi, Qarmish, Gulobod, Pursang, Achchiqquyi mahallalarida;

Xiva tumanining: Shoʻrkoʻl, Qattibosh, Soyot, Oq koʻl mahallalarida;

Joriy yilning 23-may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar boʻlishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr soʻraymiz.


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
Gurlan, Yangibozor, Yangiariq, Xiva tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar boʻlishi mumkin.

Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilari Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning:


Gurlan tumanining: Doʻstlik, Navroʻz, Marg’ubot, Doʻsimbiy, Navbahor, Taxtakoʻpir, Dehqon, Olchin, Kongli, Oqqum mahallalarida;


Yangibozor tumanining: Boʻston, Navryop, Qoratepa, Bogʻolon mahallalarida;


Yangiariq tumanining: Sherobod, Shixbogʻi, Qarmish, Gulobod, Pursang, Achchiqquyi mahallalarida;


Xiva tumanining: Shoʻrkoʻl, Qattibosh, Soyot, Oq koʻl mahallalarida;


Joriy yilning 23-may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar boʻlishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr soʻraymiz.


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
2025/07/09 13:30:18
Back to Top
HTML Embed Code: