Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Siyosiy ma’rifat soati

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!


Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

Navbatdagi o‘quvni YouTube’da tomosha qilishingiz mumkin.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Qattiq shamol va jazirama issiqda aholi uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha amaliy tavsiyalar

Yuqori harorat hamda shamolli ob-havo sharoitida elektr tarmoqlari va uskunalarning ishlashida uzilishlar, shikastlanish yoki yong‘in holatlari kuzatilishi mumkin. Shunday sharoitda aholi quyidagi tavsiyalarga amal qilishi zarur:

🔌 1. Yerga tushgan elektr simlariga yaqinlashmang

Simlarning uzilib yerga tushgan holatlarini ko‘rsangiz, ularga yaqinlashmang. Boshqalarni ham bundan ogohlantiring. Va darhol 1154 raqami orqali mutasaddilarga xabar bering.

🌡 2. Ishlatilmayotgan elektr jihozlarini tarmoqdan uzib qo‘ying

Xo‘jalik ehtiyojida mavsumiy foydalaniladigan elektr jihozlarini foydalanish talab etilmaydigan paytlarda tarmoqdan uzib qo‘ying.

3. Tabiiy texnogen holatlarda vaqtinchalik elektr uskunalaridan foydalanmang

Qattiq shamol vaqtida muhim bo‘lmagan qurilmalar — televizor, elektr choynak, fen, konditsioner va boshqa elektr qurilmalarini tarmoqdan sug‘urib qo‘ying.

💧 4. Elektr qurilmalari ustiga suv yoki nam buyum qo‘ymang

Harorat yuqori bo‘lganda qurilmalar qizib ketishi mumkin. Ularga ho‘l mato yopish, suv sepish yoki ustiga namlantirilgan buyum qo‘yish xavflidir.

🔥 5. Elektr ustunlari yoki simlar yaqinida olov yoqmang

Elektr tarmoqlariga yaqin hududlarda quruq o‘tin, qamish yoki xas-xashak yoqish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qat’iyan man etiladi.

🧺 6. Tez alanga oluvchi narsalarni elektr qurilmalari yaqinida saqlamang

Qamish, qurigan o‘t, mato va shunga o‘xshash tez yonuvchi buyumlar shamolda uchib borib uskunalarga tushishi va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin.

🧯 7. Uydagi elektr shchitini tekshirib turing

Uyingizdagi maishiy texnika qurilmalari sozligi va butligini saqlash uchun elektr avtomatlari va himoya uskunalari to‘g‘ri ishlayotganini tekshiring. Eski simlar yoki o‘chirgichlarni almashtirish lozim.

👶 8. Bolalarni elektr qurilmalariga yaqinlashmaslikka o‘rgating

Podstansiya, transformator punktlari, elektr uzatish tarmoqlari ostida va yaqinida o‘ynash hamda xonadondagi rozetka va avtomat qurilmalariga qo‘l yoki biror jism bilan teginish mumkin emas. Bolalarga elektr qurilmalaridan e’tiborsiz foydalanishning ayanchli oqibatlarini tushuntiring va nazorat qiling.

💡 9. Elektr ta’minotidagi qisqa muddatli o‘chish holatlari xavfsizlik uchun qilinadi

Noqulay ob-havo sharoitlari va texnogen vaziyatlarda yuqori ko‘lamli avariyaviy hamda yong‘in chiqishi holatlarining oldini olish, elektr qurilmalari sozligini ta’minlash maqsadida ayrim havo uzatish tarmoqlari yoki transformatorlar avtomatik ravishda yoxud qo‘lda o‘chiriladi. Bu noxushlik emas, balki ehtiyot chorasidir.

Unutmang, vaqtida ko‘rilgan ehtiyot chorasi – ko‘ngil xotirjamligi hamda xavfsizlik kafolatidir.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
#milliy_kontent

MILLIY LIBOS – MILLAT KO‘ZGUSI!

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Xorazm hududiy filiali xodimlari milliy qadriyatlarimizni e’zozlab, navbatdagi «Milliy libos – millat ko‘zgusi» chellenjini davom ettirmoqdalar!

Siz ham ushbu ezgu tashabbusga qo‘shiling, chellenjda faol ishtirok eting!

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
Yangariq tumanining 5 ta mahallasiga sifatli elektr energiyasini yetzib berish maqsadida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi 330-sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Hududiy qurilish-montaj direksiyasi” filiali Xorazm hududiy bo’linmasi tomonidan joylarda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ushbu qarorga asosan, Yangiariq tumanining “Soburzon”, “Yangiobod”, “Yangiyer”, “Uyg’ur”, “Jaloil”, “Qorakoʻz” mahallalarining aholilarining turmush sharoitlarini yaxshilash va ushbu mahallalardagi xonadonlarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida, jami 665 ta yangi temir-beton ustunlari o’rnatish va 25 km zamonaviy tipdagi SIP kabellarini tortish va 10 ta yangi transformator punktini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
Yangibozor va Tuproqqalʼa tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar boʻlishi mumkin.

Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilari Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning:


Yangibozor tumanining: Ming Bogʻolon, Bogʻolon, Qiyot, Yuqoriboshqir, Jayhun mahallalarida;

Tuproqqalʼa tumanining: Yoshlik, Obod, Navbahor, Muhabbat mahallalarida;

Joriy yilning 24-may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar boʻlishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr soʻraymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
Shovot, Gurlan, Hazorasp, Xiva tumanining va Urganch shahrining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar boʻlishi mumkin.
 
Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilariOʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning:
 
Shovot tumanining: Eshonqalʼa, Boʻston, Guliston, Arbek, Oq koʻl, Maxtumquli mahallalarida;
 
Gurlan tumanining: Uyilma, Besh uy, Naviryap, Doʻsimbiy, Ziyokor, Taxtakoʻpir, Dehqon, Boʻzqalʼa mahallalarida;
 
Hazorasp tumanining: Otaliq, Sulaymonqalʼa, Sharof Rashidov, Ishchilar, Oybek mahallalarida;
 
Xiva tumanining: Shomaxulum, Parchanxos, Istiqlol mahallalarida;
 
Urganch shahrining: Jambul, Obi hayot, Binokor mahallalarida;
                                             
Joriy yilning 26-may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar boʻlishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr soʻraymiz.
 
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
Elektr tarmoqlariga noqonuniy ulangan isteʼmolchilarga tegishli choralar koʼrilmoqda

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Energosavdo filiali Xorazm bo`linmasi tomonidan elektr energiyasiga foydalanish qoidalariga amal qilish holatlarini o’rganish maqsadida tungi reyd tadbirlari o’tkazilmoqda.
Tungi reyd tadbirlari davomida, Qo’shko’pir tumani "Gulzor" mahallasida joylashgan “D.E.F” fermer xo’jaligi o’rganilganda jami quvvati 4.4 kVt bo’lgan 2 ta suv nasoslari elektr energiyasiga hisoblagichdan tashqari o’zboshimchalik bilan ulangan holda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Aniqlangan holat yuzasidan mutaxassislar tomonidan belgilangan tartibda elektron dalolatnoma rasmiylashtirildi.
Dalolatnoma bo'yicha dastlabki qayta xisob-kitob natijasiga ko`ra jamiyatga 346 896 000 so'm zarar yetkazganligi xisoblanib, ushbu holat yuzasidan qonuniy baho berish maqsadida tegishli tashkilotlarga taqdim qilindi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
2025/07/09 04:09:48
Back to Top
HTML Embed Code: