Telegram Web Link
Rossiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 10 taga koʻpaydi

📊 2025- yilning 1-iyun holatiga viloyatimizda Rossiya kapitali ishtirokida 40 ta korxona faoliyat yuritgan.
📈 Oʻtgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda ularning soni 10 taga yoki 33,3 % ga koʻpaygan.
Jami korxonalarning 19 tasini qoʻshma, 21 tasi xorijiy korxonalar tashkil qilgan.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Viloyatda aholi jon boshiga chakana savdo hajmi 6,3 foizga oʻsdi

📊 2025- yil yanvar-may oylarida viloyat boʻyicha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi oʻrtacha hajmi 3 040,2 ming soʻmni tashkil etdi.
📈 2024-yilning shu davriga nisbatan oʻsish 6,3 % darajada qayd etildi.
📶 Hududlar ichida Urganch shahri (10 943,5 ming soʻm) va Urganch tumanida (3 377,4 ming soʻm) viloyat oʻrtacha hajmidan yuqori koʻrsatkich kuzatildi.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Xonqa tumanida sanoat ishlab chiqarishning koʻrsatkichlari

📊 2025-yilning yanvar-may oylarida Xonqa tumanida umumiy hajmi 633,1 mlrd soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
📈 Oʻtgan yilning yanvar-may oylari bilan solishtirilganda, ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 108,2 % ni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarishi oʻrtacha 3 129,6 ming soʻmga toʻgʻri kelgan.
📶 Hudud sanoatida yuqori hajmga ega faoliyat turlari:
toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish - 364,4 mlrd soʻm
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish - 210,4 mlrd soʻm
boshqa nometall buyumlar ishlab chiqarish - 10,1 mlrd soʻm.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Kichik biznes subyektlarining faoliyat turiga koʻra tarkibi

📊 2025- yilning 1-iyun holatiga viloyatimizda 22 065 ta kichik biznes subyekti faoliyat yuritgan boʻlib, iqtisodiy faoliyat turiga koʻra ularning tarkibi quyidagicha boʻlgan:📶

savdoda – 8 312 ta
sanoatda – 3 394 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida – 3 005 ta
yashash va ovqatlanish xizmatlarida – 1 617 ta
qurilishda – 1 418 ta
tashish va saqlashda – 957 ta
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishda – 536 ta
axborot va aloqa sohasida – 393 ta
boshqa turlar – 2 433 ta
.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Eng koʻp tadbirkorlik subyekti qaysi hududda faoliyat yuritmoqda?

📊 Joriy yilning 1-iyun holatiga viloyat boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 22 197 tani tashkil etdi.
Tadbirkorlik subyektlarining hududlar kesimidagi soni quyidagicha boʻlgan:

🔹 Urganch shahrida – 4 328 ta
🔹 Urganch tumanida – 2 553 ta
🔹 Xonqa tumanida – 1 853 ta
🔹 Xiva shahrida – 1 634 ta
🔹 Qoʻshkoʻpir tumanida – 1 614 ta
🔹 Yangiariq tumanida – 1 526 ta
🔹 Xiva tumanida – 1 468 ta
🔹 Bogʻot tumanida – 1 466 ta
🔹 Hazorasp tumanida – 1 422 ta
🔹 Shovot tumanida – 1 397 ta
🔹 Gurlan tumanida – 1 356 ta
🔹 Yangibozor tumanida – 966 ta
🔹 Tuproqqalʼa tumanida – 614 ta.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Bogʻot tumanining chakana savdo tovar aylanmasi asosiy koʻrsatkichlari

📊 2025- yil yanvar-may oylarida Bogʻot tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 348,1 mlrd soʻmni tashkil etdi va oʻtgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 8,1 % ga oʻsdi.
Viloyat umumiy savdo hajmida tumanning ulushi 5,6 % ni tashkil qildi.
🔄 Taqqoslash uchun: 2024-yilning yanvar-may oyida tumanda chakana savdo hajmi 306,7 mlrd soʻmni tashkil etgan.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Xiva shahri sanoatining salmoqli qismini toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish tashkil etdi

📊 Joriy yilning 5 oyida Xiva shahrida faoliyat yuritayotgan 240 ta sanoat korxonasi tomonidan umumiy hajmi 182,8 mlrd soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi.
📈 2024-yilning yanvar-may oylari bilan solishtirilganda, ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 105,4 % ni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarishi oʻrtacha 1 824,1 ming soʻmga toʻgʻri keldi.
📶 Hudud sanoatida toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish salmoqli hajmga ega boʻldi va oʻtgan yilning 5 oyiga nisbatan ishlab chiqarish hajmi 17,7 % ga oshib, hajmi 105,9 mlrd soʻmga yetdi.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Eksportning hududlar kesimidagi hajmi

📊 2025-yilning yanvar-may oylarida viloyatimizning xorijiy davlatlarga mahsulot (xizmatlar) eksporti hajmi 152,8 mln AQSH dollarini tashkil etib, umumiy hajmning hududlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha boʻlgan:📶
🔹 Urganch shahri – 21,1 mln dollar
🔹 Xonqa tumani – 18,4 mln dollar
🔹 Gurlan tumani – 17,8 mln dollar
🔹 Yangibozor tumani – 15,8 mln dollar
🔹 Shovot tumani – 15,4 mln dollar
🔹 Yangiariq tumani – 13,3 mln dollar
🔹 Qoʻshkoʻpir tumani – 8,5 mln dollar
🔹 Tuproqqalʼa tumani – 7,5 mln dollar
🔹 Xiva tumani – 7,2 mln dollar
🔹 Bogʻot tumani – 6,9 mln dollar
🔹 Hazorasp tumani – 6,3 mln dollar
🔹 Urganch tumani – 4,9 mln dollar
🔹 Xiva shahri – 4,6 mln dollar.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
📊 Кичик тадбиркорлик субъектлари томонидан кўрсатилган бозор хизматлари ҳажми 202,6 трлн сўмга етди

🤩 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилнинг январь-май ойларида кичик тадбиркорлик субъектлари томонидан кўрсатилган бозор хизматлари ҳажми 202,6 трлн сўмни ташкил этган.

📊 Бу умумий бозор хизматлари ҳажмининг 54,2 % ини ташкил этди.

📊 Ўтган йилнинг мос даврига нисбатан 11,1 % ўсиш кузатилган.

———

🇺🇿 Lotin
🇷🇺 Русский
🇬🇧 English

———

📢 Расмий саҳифалар | Официальные каналы
| 🔝Telegram | 🔝Instagram |🔝Facebook | 🔝Youtube | 🔝X | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон илк марта БМТ Статистика Комиссиясига бир овоздан сайланди

Нью-Йорк шаҳрида бўлиб ўтган БМТ Статистика Комиссиясининг 2026-2029 йилларга аъзо давлатларини сайлаш жараёнида илк марта Ўзбекистон ушбу орган аъзоси этиб бир овоздан сайланди.

Статистика Комиссияси 1946 йилда БМТнинг Иқтисодий ва Ижтимоий Кенгаши (ИИК) томонидан функционал орган сифатида ташкил этилган. У халқаро статистика соҳасининг ривожланишини белгиловчи асосий ҳукуматлараро ташкилот бўлиб, универсал статистика стандартлари ва методологик принципларга оид ишларни мувофиқлаштиради.

Комиссия 24 та давлатдан иборат бўлиб, улар 4 йилда бир марта географик тақсимотни ҳисобга олиб сайланади.


Статистика Комиссиясига тўлиқ аъзо бўлиш Ўзбекистон учун глобал статистик сиёсатни шакллантиришда иштирок этиш, миллий тажриба ва ислоҳотлар ютуқларини намойиш этиш, илғор хорижий тажрибаларни ўрганиш ҳамда халқаро ҳамкорликни мустаҳкамлаш учун кенг имкониятларни очиб беради.
👏2
#Donolar_bisotidan

Aqlli kishi koʻngliga yoqqan narsaning ortidan emas, koʻngilsizlikdan qutqaradigan narsaning ortidan quvadi.

✍️ Aristotel
Xizmatlar hajmining faoliyat turlari kesimidagi tarkibi

📊 2025- yilning yanvar-may oylarida viloyatimizda koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining faoliyat turlari boʻyicha tarkibi quyidagicha boʻlgan:

🔺 yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar – 4 132,7 mlrd soʻm
🔺 transport xizmatlari – 2 165,4 mlrd soʻm
🔺 moliyaviy xizmatlar – 1 954,4 mlrd soʻm
🔺 savdo xizmatlari – 1 652,5 mlrd soʻm
🔺 aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 520,8 mlrd soʻm
🔺 taʼlim xizmatlari – 483,4 mlrd soʻm
🔺 kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash xizmatlari – 386,8 mlrd soʻm
🔺 shaxsiy xizmatlar – 322,0 mlrd soʻm
🔺 sogʻliqni saqlash xizmatlari – 229,7 mlrd soʻm
🔺 koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar – 209,1 mlrd soʻm
🔺 ijara xizmatlari – 129,1 mlrd soʻm
🔺 meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 124,7 mlrd soʻm
🔺 boshqa xizmatlar – 442,4 mlrd soʻm.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Viloyatimizning BAA bilan savdo tovar aylanmasi 2 mln dollardan oshdi

📊 2025- yilning yanvar-may oylarida viloyatimizning Birlashgan Arab Amirliklari bilan tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 2,1 mln AQSH dollarini tashkil qildi.
📈 Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 barobarga oʻsdi.

📶 Xususan tashqi savdo aylanmasi hajmi keyingi 3 yilda quyidagicha oʻzgardi:

🔹 2023-yilda – 1,5 mln dollar
🔹 2024-yilda – 1,2 mln dollar
🔹 2025-yilda – 2,1 mln dollar.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook
Yangibozor tumanida aholi jon boshiga xizmatlar hajmi qariyb 13 foizga oʻsdi

📊 2025- yilning yanvar-may oylarida Yangibozor tumanida hajmi 284,0 mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 14,6 % ga oʻsish kuzatildi.
Viloyat umumiy hajmida tumanning ulushi 2,2 % ni tashkil qildi.
Aholi jon boshiga oʻrtacha xizmatlar hajmi 3 017,6 ming soʻmga toʻgʻri keldi.
📈 Bu koʻrsatkich 2024-yilning yanvar-may oylari bilan taqqsolaganda 12,9 % ga oshdi.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Viloyatimizda 5 oyda 2,2 trln soʻmlik transport xizmatlari koʻrsatilgan

📊 2025- yilning yanvar-may oylarida viloyatimizda 2 165,4 mlrd soʻmlik transport xizmatlari koʻrsatildi.
Bu koʻrsatkich xizmatlar umumiy hajmining 17,0 % ulushini tashkil etadi.
📈 Transport xizmatlari hajmi 2024-yilning yanvar-may oylariga nisbatan 18,1 % ga yoki 529,0 mlrd soʻmga oʻsdi.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Audio
#OAV_biz_haqimizda
#Kunxabari

📻🔊"Xorazm" radiokanali "Axborot" dasturida viloyat iqtisodiyotiga oid statistik ma’lumotlar berildi.
5 oyda xorijga ming tonnadan ziyod pomidor eksport qilindi

📊 Shu yilning yanvar-may oylarida viloyatimizdan xorijga qiymati 1,0 mln AQSH dollarini tashkil qilgan 1,1 ming tonna pomidor eksport qilindi.
Eksport qilingan meva va sabzavot mahsulotlari tarkibida ushbu mahsulotning ulushi 1,3 % ni tashkil qildi.

🔄 Maʼlumot oʻrnida: 2025-yilning yanvar-may oylarida xorijiy davlatlarga viloyatda yetishtirilgan 74,9 mln dollarlik 51,9 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilindi.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Bogʻot tumanida sanoat ishlab chiqarishning koʻrsatkichlari

📊 2025-yilning yanvar-may oylarida Bogʻot tumanida umumiy hajmi 243,5 mlrd soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
📈 Oʻtgan yilning yanvar-may oylari bilan solishtirilganda, ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 106,8 % ni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarishi oʻrtacha 1 353,9 ming soʻmga toʻgʻri kelgan.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Yangiariq tumanining chakana savdo tovar aylanmasi asosiy koʻrsatkichlari

📊 2025- yil yanvar-may oylarida Yangiariq tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 254,7 mlrd soʻmni tashkil etdi va oʻtgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 7,4 % ga oʻsdi.
Viloyat umumiy savdo hajmida tumanning ulushi 4,1 % ni tashkil qildi.
Aholi jon boshiga savdo hajmi oʻrtacha 2 032,9 ming soʻmga toʻgʻri keldi.
🔄 Taqqoslash uchun: 2024-yilning yanvar-may oyida tumanda chakana savdo hajmi 225,8 mlrd soʻmni tashkil etgan.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
2025/07/13 20:37:47
Back to Top
HTML Embed Code: