Telegram Web Link
Ishlab chiqaradigan sanoatning asosiy qismini oziq-ovqat mahsulotlari tashkil qildi

📊 Joriy yilning 5 oyida viloyatimiz ishlab chiqaradigan sanoatida hajmi 11 925,7 mlrd soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Ishlab chiqaradigan (qayta ishlaydigan) sanoat tarkibida asosiy ulush oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hissasiga toʻgʻri kelgan va 22,9 % ni tashkil qilgan.
2024-yilning yanvar-may oylariga nisbatan ushbu turdagi mahsulot ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 94,4 % ni tashkil etgan.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Hazorasp tumanining chakana savdo boʻyicha asosiy koʻrsatkichlari

📊 2025- yil yanvar-may oylarida Hazorasp tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 605,9 mlrd soʻmni tashkil etdi va oʻtgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 8,2 % ga oʻsdi.
Viloyat umumiy savdo hajmida tumanning ulushi 9,8 % ni tashkil qildi.
Hazorasp tumanida aholi jon boshiga chakana savdoning oʻrtacha hajmi 2 879,9 ming soʻmga toʻgʻri keldi.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Bozor xizmatlarining hududlar kesimidagi hajmi

📊 2025- yilning yanvar-may oylarida viloyatimizda 12 753,0 mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, ushbu hajm hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:📶

🔺 Urganch shahri – 3 037,7 mlrd soʻm
🔺 Urganch tumani – 599,1 mlrd soʻm
🔺 Hazorasp tumani – 536,6 mlrd soʻm
🔺 Xonqa tumani – 511,2 mlrd soʻm
🔺 Xiva shahri – 506,4 mlrd soʻm
🔺 Bogʻot tumani – 398,8 mlrd soʻm
🔺 Qoʻshkoʻpir tumani – 383,3 mlrd soʻm
🔺 Xiva tumani – 380,8 mlrd soʻm
🔺 Shovot tumani – 380,3 mlrd soʻm
🔺 Gurlan tumani – 371,6 mlrd soʻm
🔺 Yangiariq tumani – 334,2 mlrd soʻm
🔺 Yangibozor tumani – 284,0 mlrd soʻm
🔺 Tuproqqalʼa tumani – 166,3 mlrd soʻm.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Audio
#OAV_biz_haqimizda
#Kunxabari

📻🔊"Xorazm" radiokanali "Axborot" dasturida viloyat iqtisodiyotiga oid statistik ma’lumotlar berildi.
#Kun_hikmati

Daraxtdagi qush hech qachon oʻtirgan shoxi sinib ketishidan qoʻrqmaydi. Chunki u shoxga emas, oʻzining qanotlariga ishonadi.

✍️ Mavlono Jaloliddin Rumiy
Korrupsiya jamiyat xavfsizligiga qaratilgan jinoyatdir

Joriy yilning 26-iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha koʻnikma va bilimlarini oshirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.

🔰 Unda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Xorazm viloyati boshqarmasi masʼul xodimi T.Shamakov ishtirok etdi.


Uchrashuvda korrupsiyaning jamiyat hayoti uchun katta xavf-xatarga aylanib borayotganligi tezkor axborot maʼlumotlari asosida yana bir karra tushuntirildi.

Shu bilan bir qatorda davlat idoralari faoliyatida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha qilinishi lozim boʻlgan ishlar yuzasida alohida tushuntirishlar berildi.
Seminar soʻnggida mavzuga doir savollarga mutaxassis tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Axborot xizmati
Urganch shahri importi hajmi qariyb 46 foizga oshgan


📊 2025- yilning yanvar-may oylarida Urganch shahri xorijiy davlatlardan qiymati 66,8 mln AQSH dollarilik tovar (xizmatlar) importini amalga oshirdi.
Bu koʻrsatkich viloyat importi umumiy hajmining 40,1 % ulushini tashkil qildi.
📈 2024-yilning yanvar-may oyiga nisbatan hududning import hajmi 45,5 % ga oʻsdi.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Gurlan tumanining chakana savdo hajmi qariyb 8 foizga oʻsdi

📊 2025- yil yanvar-may oylarida Gurlan tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 470,6 mlrd soʻmni tashkil etdi va oʻtgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 7,8 % ga oʻsdi.
Viloyat umumiy savdo hajmida tumanning ulushi 7,6 % ni tashkil qildi.
Tumanda aholi jon boshiga chakana savdoning oʻrtacha hajmi 2 937,5 ming soʻmga toʻgʻri keldi.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Qaysi xizmat turlarida yuqori oʻsish kuzatildi?

📊 2025-yilning yanvar-may oylarida viloyatimizda koʻrsatilgan bozor xizmatlarining jami hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 12,5 % ga oshdi.
📶 Iqtisodiy faoliyat turiga koʻra eng yuqori oʻsish quyidagi xizmatlarda kuzatildi:
taʼlim sohasidagi xizmatlar – 32,0 %
meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texni ksinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 25,7 %
ijara xizmatlari – 20,8 %
moliyaviy xizmatlar – 18,2 %
transport xizmatlari – 18,1 %
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 16,5 %.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Viloyat eksportida hamkor davlatlarning umumiy ulushi 90 foizni tashkil qilgan

📊 2025-yilning yanvar-may oylarida viloyatimizning tovarlar va xizmatlar eksportida asosiy hamkor davlatlarning umumiy ulushi 90,4 % ni tashkil qilgan.

📶 Xususan:

Pokiston - 34,1 %
Rossiya - 22,3 %
Afgʻoniston - 13,1 %
Eron - 5,8 %
Qozogʻiston - 5,4 %
Turkiya - 3,2 %
Iroq - 2,3 %
Belarus - 1,5 %
Ozarbayjon - 1,4 %
Turkmaniston - 1,3 %.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Mashina va transport asbob-uskunalari importi koʻrsatkichlari

📊 2025- yilning yanvar-may oyida viloyatimizning import hajmi 166,3 mln AQSH dollariga yetdi.
📈 Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (32,2 %) hissasiga toʻgʻri keldi.
Koʻrilayotgan davrda xorijdan qiymati 53,6 mln dollarlik shu turdagi mahsulot import qilinib, 2024-yilning yanvar-may oylariga nisbatan oʻsish surʼati 82,0 % ni tashkil etdi.


📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Sanoatda maxsus yengil avtomobil ishlab chiqarish hajmi qanchaga oshdi?

📊 Joriy yilning 5 oyida viloyatimiz mashinasozlik sanotida 16 864 dona maxsus yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.
📈 2025-yilning yanvar-may oylariga nisbatan ishlab chiqarish hajmi 69,6 % ga (6 920 donaga) oshgan.
📶 Maxsus yengil avtomobil ishlab chiqarishning soʻnggi 3 yildagi (yanvar-may) dinamikasi:

2023-yilda – 8 240 dona
2024-yilda – 9 944 dona
2025-yilda – 16 864 dona.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
2025- yilning yanvar-may oylarida viloyatimizda qancha hajmdagi bozor xizmatlari koʻrsatilgan?
Anonymous Quiz
25%
12 753,0 mlrd soʻmlik
33%
18 120,5 mlrd soʻmlik
25%
16 072,0 mlrd soʻmlik
17%
15 634,9 mlrd soʻmlik
0%
11 921,5 mlrd soʻmlik
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍 27-iyun – soʻz vositasida odamlar dardiga hamdard boʻladigan, haqiqatni izlab, yurtni xolis axborot bilan taʼminlaydigan kasb sohiblari kuni.

👍 Bugun davlat va jamiyat OAVni qoʻllab-quvvatlayapti — qonunlar takomillashmoqda, ochiq axborot siyosati shakllanmoqda, yangi imkoniyatlar eshiklari ochilmoqda.

👍 Jurnalist – faqat axborot tarqatuvchi emas, balki jamiyatda ong, qarash va faollikni uygʻotuvchi kuch.

👍 Qalamingiz oʻtkir, niyatingiz pok, kasbingizda omad yoʻldoshingiz boʻlsin!

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табриги

Поздравление Президента Шавкат Мирзиёева работникам печати и средств массовой информации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2025/07/13 14:10:07
Back to Top
HTML Embed Code: