Telegram Web Link
Xorazm viloyatida bajarilgan qurilish ishlari qanchaga o‘sdi?

📊 2025- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2 515,1 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 14,0 % ga o‘sdi.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt |Telegram | Facebook |
Eng koʻp qurilish ishlari qaysi hududda bajarilgan?

📊 Joriy yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimiz boʻyicha bajarilgan qurilish ishlarining umumiy hajmi 6 868,3 mlrd soʻmni tashkil etib, hududlar kesimida ushbu koʻrsatkich quyidagicha taqsimlangan:

Urganch shahrida – 1 018,9 mlrd soʻm
Urganch tumanida – 651,5 mlrd soʻm
Xiva tumanida – 431,8 mlrd soʻm

Xonqa tumanida - 367,2 mlrd soʻm
Hazorasp tumanida – 354,9 mlrd soʻm

Xiva shahrida – 297,8 mlrd soʻm
Qoʻshkoʻpir tumanida – 275,0 mlrd soʻm
Yangibozor tumanida – 223,5 mlrd soʻm
Shovot tumanida – 283,8 mlrd soʻm
Bogʻot tumanida – 239,9 mlrd soʻm
Gurlan tumanida – 232,3 mlrd soʻm
Yangiariq tumanida – 210,3 mlrd soʻm
Tuproqqalʻa tumanida – 128,5 mlrd soʻm.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt |Telegram | Facebook |
Yangibozor tumanining sanoat ishlab chiqarish koʻrsatkichlari

📊 2025- yil yanvar-iyul oylarida Yangibozor tumanidagi 114 ta sanoat korxonasi tomonidan hajmi 546,4 mlrd soʻmni tashkil qildi.

Oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 111,3 % ni tashkil qildi.


Iqtisodiy faoliyat turiga koʻra ishlab chiqarishning 100 % ulushi ishlab chiqaradigan (qayta ishlaydigan) sanoat hissasiga toʻgʻri kelgan.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
7 oyda viloyatimizda 4,4 mingta yangi tijorat korxonasi tashkil etildi

📊 2025- yil yanvar-iyul oylarida viloyatimizda 4 420 ta yangi tijorat korxonasi tashkil etilgan.

Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan ularning soni 74 taga oshgan.


Hududlar boʻyicha eng koʻp yangi tijorat korxonasi Urganch shahri (626 ta), Urganch (434 ta), Yangiariq (426 ta) va Shovot (406 ta) tumanlarida tashkil qilingan.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt |Telegram | Facebook |
Kichik tadbirkorlikning chakana savdo koʻrsatkichlari


📊 Joriy yilning 7 oyi yakunlariga koʻra, viloyatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi 8 729,9 mlrd soʻmni, 2024-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʻati 109,1 % ni tashkil etdi.

Viloyatda ushbu sektorning chakana savdo hajmidagi ulushi 78,1 % ni tashkil qildi.


Soʻnggi 3 yilda (yanvar-iyul oylarida) ushbu koʻrsatkichning oʻzgarish dinamikasi:

2023-yilda – 75,0 %
2024-yilda – 77,7 %
2025-yilda – 78,1 %.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Bozor xizmatlarining iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha koʻrsatkichlari

📊 Viloyatimizda 2025- yilning yanvar-iyul oylarida 18,6 trln soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, umumiy hajm sohalar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

moliyaviy xizmatlar – 2 835,4 mlrd soʻm
savdo xizmatlari – 2 532,9 mlrd soʻm
transport xizmatlari – 3 031,3 mlrd soʻm
aloqa va axborotlashtirish – 871,1 mlrd soʻm
taʻlim sohasidagi xizmatlar – 649,1 mlrd soʻm
kompyuter va maishiy tovarlarni taʻmirlash boʻyicha xizmatlar – 552,1 mlrd soʻm
shaxsiy xizmatlar – 460,3 mlrd soʻm
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar – 6 012,8 mlrd soʻm
koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar – 315,8 mlrd soʻm
sogʻliqni saqlash xizmatlari – 379,6 mlrd soʻm
ijara xizmatlari – 177,1 mlrd soʻm
meʻmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar –152,8 mlrd soʻm
boshqa xizmatlar – 651,0 mlrd soʻm.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Meva va sabzavot eksporti


📊 2025- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimiz xorijiy davlatlarga 134,1 mln AQSH dollari qiymatidagi 91,0 ming tonna meva va sabzavotlar eksportini amalga oshidi.

Bu koʻrsatkich 2024- yilning mos davriga nisbatan 32,5 % ga koʻpaydi va jami eksportdagi ulushi 54,9 % ni tashkil etdi.



Rasmiy sahifalar:

| Sayt |Telegram | Facebook |
Xorazm viloyatining importi


📊2025-yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimizning import hajmi 243,9 mln AQSH dollariga yetdi va 2024-yilning mos davriga nisbatan 2,2 % ga kamaydi.


Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (34,2 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (30,7%), nooziq-ovqat xomashyo, yoqilgʻidan tashqari (17,1%), sanoat tovarlari (5,9 %) hamda kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar (5,7 %) hisobiga toʻgʻri keldi.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt |Telegram | Facebook |
#Kun_hikmati

Nasibangda boʻlsa, hattoki chumolidan ham dars olasan. Nasibangda boʻlmasa, butun jahon sen uchun ibrat mayogʻi boʻlib turgan boʻlsa-da, senga bundan foyda yoʻq.

Jaloliddin Rumiy
🏫 Ярим йилда 68 та янги мактаб қурилган

🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилнинг январь-июнь ойларида республикамизда ишга туширилган мактаблар сони 68 тани ташкил этди.

📊 Уларнинг 34 таси қишлоқ жойларга тўғри келади.


🇺🇿 Ҳудудлар бўйича янги мактаблар сони қуйидагича:

— Андижон вилояти – 35 та;

— Бухоро вилояти – 19 та;

— Хоразм вилояти – 7 та;

— Наманган вилояти – 6 та;

— Қорақалпоғистон Респ. – 1 та.

🇺🇿 Лотинда
🇷🇺 Читать на русском
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Taʻlim xizmatlari

📊 2025- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimizda umumiy hajmi 649,1 mlrd soʻmlik taʻlim xizmatlari koʻrsatilgan.

Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan xizmatlar hajmining 15,3 % ga oʻsgani qayd etilgan.


Taʻlim xizmatlarining eng yuqori hajmi Urganch shahri (415,6 mlrd soʻm) va Xiva shahri(122,7 mlrd soʻm) hissasiga toʻgʻri kelgan.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Hazorasp tumanida eng koʻp goʻsht dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida ishlab chiqarilgan

📊 2025- yilning yanvar-iyun oylarida Hazorasp tumanida umumiy hajmi 8 573 tonna goʻsht (tirik vaznda) ishlab chiqarildi.

Oʻtgan yilning yanvar-iyuni bilan
solishtirilganda oʻsish surʻati 101,7 % ni tashkil qilgan.


Ishlab chiqarilgan mahsulotning
8 304 tonnasi yoki 96,9 % ulushi dehqon va tomorqa xoʻjaliklari hissasiga toʻgʻri kelgan.

Shuningdek, fermer xoʻjaliklarida
241 tonna, qishloq xoʻjalik faoliyatini olib boruvchi korxonalar tomonidan 28 tonna goʻsht ishlab chiqarilgan.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Gurlan tumani doimiy aholi sonining asosiy demografik koʻrsatkichlari

📊 2025- yilning 1- iyul holatiga Gurlan tumanining doimiy aholisi soni 160 943 kishini tashkil etib, 68 651 nafari shahar, 92 292 nafari qishloq joylarida istiqomat qilgan.

Aholining gender tarkibida:

erkaklar – 81 618 kishini
ayollar – 79 325 kishini tashkil qilgan.

2024-yilning 1- iyuli bilan taqqoslaganda, tuman aholisi soni 2,6 ming kishiga yoki 1,6 % ga koʻpaygan.


Rasmiy sahifalar:


| Sayt |Telegram | Facebook |
Viloyatimiz boʻyicha eng koʻp meva va rezavorlar Urganch tumanida yetishtirilgan

📊 2025- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda 43,4 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan boʻlib, hududlar kesimida mahsulot yetishtirish hajmi quyidagicha taqsimlangan:


Urganch tumani – 6,3 ming tonna

Shovot tumani – 5,7 ming tonna
Xiva tumani – 4,5 ming tonna
Yangiariq tumani – 4,4 ming tonna

Hazorasp tumani – 4,3 ming tonna
Bogʻot tumani – 4,0 ming tonna
Qoʻshkoʻpir tumani – 3,4 ming tonna
Yangibozor tumani – 3,4 ming tonna
Xonqa tumani – 3,4 ming tonna
Tuproqqalʻa tumani – 1,9 ming tonna

Gurlan tumani – 1,7 ming tonna
Urganch shahrida – 0,2 ming tonna
Xiva shahrida – 0,2 ming tonna.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt |Telegram | Facebook |
Transport xizmatlari

📊 Joriy yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimiz boʻyicha 3 031,3 mlrd soʻmlik transport xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, 2024-yilning tegishli davri bilan taqqoslaganda 16,7 % ga oʻsgan.

Transport xizmatlari umumiy hajmining 85,3 % ulushi avtomobil transporti xizmatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.


Hududlar orasida transport xizmatlarining eng yuqori hajmi Urganch shahrida qayd etilgan boʻlib, 553,9 mlrd soʻmni tashkil qilgan va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6,4 % ga oshgan.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt |Telegram | Facebook |
Yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasidagi korxonalarning hududlar kesimidagi soni

📊 2025- yilning 1-аvgust holatiga viloyatimizda yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida 1 645 ta korxona va tashkilot faoliyat koʻrsatib, ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha boʻlgan:

Urganch shahrida – 384 ta
Xiva shahri – 283 ta

Urganch tumanida – 172 ta
Shovot tumanida – 107 ta
Xonqa tumanida – 92 ta
Gurlan tumanida – 79 ta
Yangiariq tumanida – 91 ta
Qoʻshkoʻpir tumanida – 80 ta

Bogʻot tumanida – 75 ta
Xiva tumanida – 88 ta
Yangibozor tumanida – 72 ta
Hazorasp tumanida – 72 ta
Tuproqqalʻa tumanida – 50 ta.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt |Telegram | Facebook |
Xiva shahrida 1,6 mingdan ortiq kichik biznes subyektlari faoliyat yuritmoqda

📊 Joriy yilning 1-avgust holatiga Xiva shahrida 2 781 ta kichik biznes subyekti roʻyxatga olingan boʻlib, ularning 1 662 tasi (59,8 %) faoliyat koʻrsatgan.

Iqtisodiy faoliyat turiga koʻra eng koʻp kichik biznes subyekti savdo (611 ta), yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar (283 ta) hamda sanoat (240 ta) sohalarida faoliyat olib borgan.


Rasmiy sahifalar:

|
Sayt |Telegram | Facebook |
MDH davlatlariga eng koʻp mahsulot Urganch shahridan eksport qilingan

📊 2025 yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimizdan MDH davlatlariga 78,3 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilingan.

Ushbu hajmning 30,0 %i Urganch shahri hissasiga toʻgʻri keladi.


Koʻrilayotgan davrda shahardan MDH davlatlari 23,4 mln dollarlik mahsulot eksport qilingan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 139,6 % ni tashkil qilgan.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt |Telegram | Facebook |
Ўзбекистоннинг доимий аҳолиси сони 38 млн бўлди

Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилнинг 28 август куни соат 9:35 ҳолатига Ўзбекистон Республикасининг доимий аҳолиси сони 38 000 000 кишига етди.

Бунда:

🧍Эркаклар сони – 19 136 800 нафар

🧍‍♀️Аёллар сони – 18 863 200 нафар


Ўзбекистоннинг доимий аҳолиси сонида эркаклар сони аёлларга нисбатан 273 600 нафарга кўп.
#Kun_hikmati

Vatanparvarlik — yolgʻiz oʻz vataniga mehr qoʻyishdan iboratgina emas. Bu juda katta his... Bu — vatan bilan oʻzini bir butun deb bilish, uning yaxshi-yomon kunlarida asqotish demakdir.

Lev Nikolayevich Tolstoy
2025/10/25 01:55:12
Back to Top
HTML Embed Code: