Telegram Web Link
Quyidagilardan qaysi biri eng yuqori entropiyaga ega?
Anonymous Poll
21%
Suv
21%
Muz
35%
Bug‘
24%
Metall blok
Entropiyani qanday o‘lchov birlikda ifodalaymiz?
Anonymous Poll
20%
Joule
51%
Joule/Kelvin
17%
Kelvin
13%
Newton
Amerika fuqarolar urushi haqidagi bahslarda qora tanlilarning o‘sha davrdagi hayoti alohida keskinlik kasb etadi. Ayrimlar Konfederatsiya qo‘shinlarida qora tanlilar ham jang qilganini irqiy segregatsiyaning yumshoqroq bo‘lganiga dalil sifatida keltirishadi. Biroq, bu masalaning asl mohiyatini tushunish uchun tarixga chuqurroq nazar tashlaymiz.
Agar sizda hech qanday ma’naviy, resurs yoki moliyaviy cheklovlarsiz bitta ilmiy tajriba o‘tkazish imkoniyati bo'lganida, qaysi tajribani o‘tkazgan bo‘lardingiz?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu shimpanze shunchaki ko‘zguda o‘zini ko‘z-ko‘z qilmayabdi, balki, aslida, o‘zini anglash uchun muhim sinovdan o'tmoqda. Bu muhim sinov, lekin hammaga ham mos emas.

Ko‘zgu testi eng keng tarqalgan o‘z-o‘zini idrok etish testidir. Hayvonning peshonasiga nuqta chizamiz, ko‘zgu ko‘rsatamiz. Hayvon qo‘llarini peshonasiga tirasa, ko‘zguda kim turganini biladi. Ushbu test tufayli biz uzoq vaqt davomida gorillalar shimpanzelarga qaraganda o‘zlarini yomonroq anglaydilar deb o‘yladik.

Ammo endi olimlar har ikkala primat bilan ham boshqa test o‘tkazishdi. Maymunlar o‘z tanalari bilan qutini to‘sib qo‘yayotganlarini tushunishlari kerak edi. Unisi ham, bunisi ham bir xilda yaxshi uddalashdi!

Gorillalarning ko‘zgu testi esa, ehtimol, ularning ko‘zga qarashni yoqtirmasliklaridan yomon o‘tgan.

👉https://www.tg-me.com/xurmoofficial
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu Gavayidagi Kilauea vulqoni. Va u Yer yuzidagi eng faol vulqonlardan biri!

Hozir u milliy bog‘ hududida joylashgan va odamlar osmondagi lava ustunlari otilishini tomosha qilish uchun ataylab borishadi. Siz ham bu yerga borishni istarmidingiz?

👉https://www.tg-me.com/xurmoofficial
Telefoningizdagi budilnikni kechiktirsangiz, u sizga 10 daqiqa emas, balki qo‘shimcha 9 daqiqa uxlash imkonini beradi. Deyarli barcha telefonlarda shunday. Nima uchun deysizmi? Xotiraga hurmat!

Bunday funksiyaga ega birinchi budilnik hali mexanik edi, uni General Electric kompaniyasi ishlab chiqargan. Ishlab chiqish paytida muhandislar naq 10 daqiqa soatning nozik mexanizmini buzib qo'yishini tushunishdi. Shunday qilib, ular odamlarga 9 yoki 11 daqiqa uxlash imkoniyatini tanlashlari kerak edi.

Ular 9 ni tanladilar va an’ana hali ham davom etmoqda. Ikki daqiqalik uyqusizlikda kimni ayblash kerakligini endi bildingiz😁

👉https://www.tg-me.com/xurmoofficial
Luiziana AQSh tarkibiga qachon kirgan?
Anonymous Poll
33%
1803 yilda
22%
1776 yilda
27%
1861 yilda
18%
1901 yilda
2025/07/01 11:38:17
Back to Top
HTML Embed Code: