Telegram Web Link
Hurmatli do'stlar!
Bugun Xurmo kanalida PREMYERA:


"Kreativlik Sirlari" - Maykl Mikalko

Maykl Mikalkoning "Kreativlik Sirlari" kitobi tavsifi: Ushbu kitobda ijod bo‘yicha yetakchi mutaxassis Maykl Mikalko ijodkor odamlar qanday fikrlashini va ularning sirlaridan yangi g‘oyalar yaratish hamda nostandart yechimlar topish uchun qanday foydalanish mumkinligini ko‘rsatib beradi. Ushbu kitob mashhur mutafakkirlar asarlaridan ko‘plab yangi misollar va ularning usullarini amaliyotda qo‘llash uchun mashqlar bilan muallifning avvalgi "Thinkertoys" asariga ajoyib qo‘shimcha bo‘ladi.

Videoga havola:
https://youtu.be/U2HoRxqQVms
San’at bilan shug‘ullanish uchun qimmatbaho asbob-uskunalar va sarf-xarajatlarga pul sarflash shart emas. Hatto professional dasturlarga ham. To‘g‘ridan-to‘g‘ri Excelda rasm chizishni sinab ko‘rishingiz mumkin!

Bu ajoyib bobomiz, yaponiyalik Tatsuo Xoriuchi nafaqaga chiqib, rasm chizish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘ldi, lekin yangi modadagi dasturlar bilan shug‘ullanishni xohlamadi.

Excelda rasm chizishga urinib ko‘rganmisiz?

👉https://www.tg-me.com/xurmoofficial
Hurmatli do'stlar!
Bugun Xurmo kanalida PREMYERA:


"Kreativlik Sirlari" - Maykl Mikalko (2-qism)

Maykl Mikalkoning "Kreativlik Sirlari" kitobi tavsifining 2-qismi: Ushbu kitobda ijod bo‘yicha yetakchi mutaxassis Maykl Mikalko ijodkor odamlar qanday fikrlashini va ularning sirlaridan yangi g‘oyalar yaratish hamda nostandart yechimlar topish uchun qanday foydalanish mumkinligini ko‘rsatib beradi. Ushbu kitob mashhur mutafakkirlar asarlaridan ko‘plab yangi misollar va ularning usullarini amaliyotda qo‘llash uchun mashqlar bilan muallifning avvalgi "Thinkertoys" asariga ajoyib qo‘shimcha bo‘ladi.

Videoga havola:
https://youtu.be/cpTDhhgfOqc
Roppa rosa 1 soat oldin olingan Yer sayyorasi surati))

👉https://www.tg-me.com/xurmoofficial
- Rapunsel, buncha uzun sochingni qayerdan olding?
- Shunchaki men Xarper tonikidan foydalanaman!

Suratda birinchi franchayzingni yo‘lga qo‘ygan ayol Marta Matilda Xarper.

U 7 yoshga to‘lganida, otasi Martani qarindoshlarining uyiga xizmatkor qilib ishga yubordi. U turli uylarda 25-yil ishlab, pul to‘pladi va go‘zallik salonini ochdi. Bunday xizmatlarning barchasi hali mijozlarning uyiga borib ko‘rsatilishi odatiy hol edi. U yana teshikli bosh rakovinalari va ortga egiluvchi kreslolarni ham o‘ylab topdi.

Bundan tashqari, Marta sochlari uchun tonik ham sotardi. Xarper salonlari tabiiy va foydali parvarishga urg‘u berdi va egasining uzun sochlari reklamaga juda yaxshi yordam bergan.

Xurmo
Hurmatli do'stlar!
Bugun Xurmo kanalida PREMYERA:

Tikuv Mashinalarining Hayratlanarli Mexanizmi
- Veritasium x Xurmomedia

Tikuv mashinalari dunyoda tub burilish qilgan bo‘lsa-da, ularni ixtiro etish oson kechmadi. Ushbu videoda Veritasium bu mexanik mo‘jizalar ortidagi hayratlanarli tarix va injeneriyaga chuqur kirib boradi. Patent kurashlaridan tortib ixtirochilik mexanizmlarigacha, tikuv mashinalarining sanoatni qanday shakllantirganini va hayotni qay tarzda o‘zgartirganligi haqida ma’lumot olasiz.Tikuv mashinalari aslida qanday ishlaydi? Igna va ip ortidagi yashirin fizika qonuniyatlari va ularning yaratilishiga sabab bo‘lgan kuchli raqobat haqida Xurmoning bu galgi sonida bilib oling!

Videoga havola:
https://youtu.be/WP_2vykjY2Q
Hurmatli do'stlar!
Bugun Xurmo kanalida PREMYERA:

Baxt Mavzusidagi TADQIQOT Nimalarni Oshkor Qildi?

Baxtning siri nimada? Harvardning 85 yillik tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, boylik yoki shuhrat emas, balki mustahkam munosabatlar inson hayotini baxtli qiladi. Yaxshi insoniy aloqalar nafaqat baxt, balki sog‘lom va uzoq umr ko‘rish uchun ham muhim. Aksincha, yolg‘izlik stress va kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Muhimi – do‘stlar soni emas, munosabatlarning sifati! Shunday ekan, hayotingizni yanada baxtli qilish uchun yaqinlaringiz bilan mustahkam bog‘lanishga harakat qiling!
Ushbu videoda Veritasium jamoasi mutlaqo begona insonlardan baxtning siri nimada ekanligini so'radi va ayrimlarning javobi sizni hayratda qoldirishi aniq!

Videoga havola:
https://youtu.be/MaGGuDRb5fQ?si=2sOiftOlNDF6z85z
Forwarded from Texnoplov⚡️
Youtubeda 500 ming bo’ldik⚡️

Bu kanal orzular bilan ochilgan edi. Endigina ochilganida, 500 ming emas, hattoki 10 ming ham mo’jizaday tuyulgan edi.

Hammangizga katta rahmat⚡️ biz davom etamiz⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2006-yil 14-iyun kuni osmonda eng yorqin portlash sodir bo‘ldi. Chaqnash deyarli ikki daqiqa davom etdi, shu’lalar esa Yerga yana bir haftagacha yetib bordi. Bunday yorqin portlash faqat qora tuynuk tug‘ilganda sodir bo‘lishi mumkin edi.

Faqat u yerda qora tuynuk yo‘q edi! U joyda hatto yulduzlar ham deyarli yo‘q edi. Olimlarning yagona izohi - bu tug‘ilgan va darhol o‘lgan oq tuynuk bo'ldi.

Oq tuynuk qora tuynukning butunlay teskarisi bo‘lib, u hamma narsani cheksiz kuch bilan itaradi. Hozircha bu faqat bizning taxminlarimiz, chunki o‘sha chaqnashdan hech narsa qolmagan, ammo ilgari qora tuynuklar ham xuddi shunday nazariya edi. Ularning ilk suratlarini 2018-yildagina olganmiz. Bungacha ular ham xuddi oq tuynuklar kabi taxmin edi.

👉https://www.tg-me.com/xurmoofficial
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mahoratning oliy darajasi - an’anaviy xitoy ikki tomonlama kashtachiligidir.

Ikki kishi bir ip va bir igna yordamida ipakka kashta tikadi, ammo ular matoning ikki tomonidan ishlaydi. Natijada ikki xil tasvir paydo bo‘ladi! Bu san’at alohida diqqat-e’tiborni va har ikkala tasvirni mukammal o‘rganishni talab qiladi.

👉https://www.tg-me.com/xurmoofficial
Hurmatli do'stlar!
Bugun Xurmo kanalida PREMYERA:

Fizikadagi Eng Tushunarsiz Tezis!


Bu konsepsiya molekulyar to‘qnashuvlardan tortib koinot evolyutsiyasigacha bo‘lgan hamma narsani boshqaradi. U vaqt yo‘nalishini belgilaydi, hayotga va hatto issiqlik dvigatellarining ishlashiga ta’sir qiladi.
Ushbu sonda Sadi Karno qanday qilib mukammal dvigatelni kashf etgani va nima uchun samaradorlik hech qachon 100% bo‘lmasligini va energiya qanday qayta taqsimlanishini, nima uchun entropiya har doim o‘sib borishini va bunda Quyosh qanday rol o‘ynashini bilib oling!

Videoga havola:
https://youtu.be/y488lDFgEwc
Qora tuynukning birinchi va mavjud bo'lgan ikkita fotosuratlaridan biri shunday ko‘rinishga ega. Olimlar uni faqat 2018-yilda olishdi. Bu yerdagi qora tuynuk, qanchalik g‘alati tuyulmasin, qora rangda va o‘rtada joylashgan, atrofdagi barcha qizil ranglar esa uning to‘planish diski hisoblanadi.

Uning cheksiz ulkan gravitatsiyasi zarralarni deyarli yorug‘lik tezligida aylantiradi va ular ishqalanishdan porlay boshlaydi. Bu Saturn halqalariga o‘xshaydi, faqat million marta kattaroq va tezroq. Suratda u odatda qora tuynuk bilan adashtirilgan qizil gardishga o‘xshaydi.

👉https://www.tg-me.com/xurmoofficial
Forwarded from АйPulatov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Biz texnologiya va innovatsiyalar bizga aql bovar qilmas imkoniyatlar ochayotgan g‘aroyib davrda yashayapmiz. Ba’zida buning qanchalik ajoyibligini anglab ham yetmaymiz!

Shu bois, o‘tmishning buyuk fotihlari - Amir Temur va Yildirim Boyazid o‘rtasidagi suhbat qanday bo‘lishi mumkinligini tasavvur qilishga qaror qildik.

Ushbu mini-podkastning asosini ularning keskinlik, diplomatiya va g‘azabga to‘la haqiqiy maktublari tashkil etadi.

Tarixiy yozishmalarni sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirib, shunday natijaga erishdikki, uni sizlar bilan baham ko‘rmasdan ilojimiz yo‘q.

Aytgancha, loyiha AIM-Lab jamoasi va "Profsoyuz" PR agentligi tomonidan yaratilgan. Baho bering)

____


Мы живём в удивительное время, когда технологии и инновации открывают перед нами невероятные возможности.

Часто мы даже не осознаём, насколько это круто! Вот почему мы решили пофантазировать и представить, как мог бы звучать диалог между великими завоевателями прошлого — Амиром Тимуром и Баязидом Молниеносным.

В основе этого мини-подкаста — их реальные письма, полные напряжения, дипломатии и ярости.

Совместив историческую переписку с возможностями искусственного интеллекта, мы получили результат, которым просто не можем не поделиться.

Кстати, проект создан командой AIM-Lab и PR-агентством «Профсоюз». Зацените)

@pulatov_kh
Forwarded from Pokser TV channel
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Inson Uchun" filmi – bu real voqealarga asoslangan dramatik hikoya bo‘lib, xayriya sohasidagi qorong‘i tomonlarni ochib beradi. Film halollik, axloq va insoniy tamagirlikning chegaralari haqida muhim savollarni ko‘taradi. Uning maqsadi nafaqat xayriya sohasidagi firibgarlik muammolariga e’tiborni jalb qilish, balki tomoshabinlarni inson qanday qilib yovuzlikka yuz tutishi mumkinligi haqida o‘ylashga undashdir.

Havola: https://www.youtube.com/watch?v=0xYTQ6W7F5U&t=1s

Rejissyor va ssenariy mualifi: Temur Amanshikov, Mirzo Begibaev
Aktyorlar: Suhrob Shadmanov, Alisher Tohtasimov, Sitora Sirojidinova
Termodinamikaning ikkinchi qonuniga ko‘ra, entropiya qanday o‘zgaradi?
Anonymous Poll
17%
Har doim kamayadi
24%
Hech qachon o‘zgarmaydi
38%
Doimo ortadi yoki o‘zgarmaydi
21%
Tizimning turiga bog‘liq
2025/07/01 07:21:45
Back to Top
HTML Embed Code: