Telegram Web Link
Poytaxtning Shota Rustaveli ko‘chasi qayta rekonstruksiya qilinmoqda. Ushbu jarayon haqida ma’lumot berish uchun Toshkent shahar hokimligi tomonidan maxsus sayt (shr-tashkent.uz) yaratilibdi.


👉 @xushnudbek 👈
Xavfsizlik maqsadida profilaktika uchun yerusti metro bekatlari bosqichma-bosqich ma’lum muddatlarga yopiladi

Metropoliten ma'muriyatining ma'lum qilishicha, yer usti halqa yo’li yo‘nalishining “Texnopark – Qipchoq” bekatlari oralig‘ida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga mo‘ljallangan rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan, 8-iyundan boshlab, “Turon” (13-bekat) va “Qipchoq” (14-bekat) bekatlari oralig‘ida metro poyezdlari harakati to‘xtatiladi.

🚌 Ushbu davrda “Qipchoq–Quruvchilar–Qipchoq” metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi. Avtobuslarning kunlik ish vaqti tonggi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar etib belgilangan.

Bekatlar nega yopilmoqda?

Bu jahon tajribasida uchrab turadigan rejali profilaktika ishlari bo’lib, bundan metro poyezdlar harakati va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsad qilingan.

 
👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Qurbon hayitining birinchi kuni 6-iyun – juma kuniga to‘g‘ri keladi — Prezident qarori

7-iyun (shanba) kuni olti kunlik ish haftasi tartibi bo‘yicha ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
⚡️Rasman: Qurbon hayitining birinchi kuni 6-iyun – juma kuniga to‘g‘ri keladi — Prezident qarori 7-iyun (shanba) kuni olti kunlik ish haftasi tartibi bo‘yicha ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi. 👉 @xushnudbek 👈
Demak:

6-iyun (juma) — Qurbon hayiti, barcha uchun dam olish kuni;
7-iyun (shanba) — 5 kunliklarga odatiy, 6 kunliklarga qo’shimcha dam olish kuni;
8-iyun (yakshanba) — barcha uchun odatdagi dam olish kuni;
9-iyun (dushanba) — barcha uchun ish kuni.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥊Boks: Murodjon Ahmadaliyev va Bektemir Meliqo‘ziyev g‘alabaga erishdi

Murodjon Ahmadaliyev 🇲🇽Meksikada o‘tgan professional boks oqshomida tajribali raqibi Luis Kastilyoni 8-raundda nokautga uchratdi. Endi u 14-sentyabr kuni 🇯🇵Tokioda mutlaq jahon chempioni Naoya Inouega qarshi ringga chiqishi kutilmoqda.

Bektemir Meliqo‘ziyev esa 🇺🇸AQShning Las-Vegas shahrida yengilmas raqibi Darius Fulhemga qarshi murosasiz va ochiq jang o‘tkazdi. Bektemir tengma-teng kechgan jangning 12-raundida Fulhemni nokdaunga tushirib qo‘ydi. U hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, ochkolar bo‘yicha raqibini mag‘lub etdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng bokschimiz WBA kamari uchun da'vogarga aylandi.


👉 @xushnudbek 👈
Namanganda Xalqaro gullar festivali doirasida shaxmat turniri bo‘lib o‘tmoqda

Musobaqa shveytsarcha tizimida 9 turda o‘tkaziladi.

Unda 🇹🇲turkmanistonlik xalqaro grossmeyster Saparmurat Atabayev, 🇦🇿ozarbayjonlik Vugar Rasulov, 🇰🇿qozog‘istonlik Azamat Utegaliyev, FIDE bayrog‘i ostidagi Sergey Volkov va FIDE sport ustasi Arseniy Shturman kabi xorijlik shaxmatchilar, shuningdek, Muhammadzohid Suyarov, Muhammadali Abdurahmonov, Asrorjon Omonov va Davron Sharipov kabi o‘zbekistonlik shaxmatchilar ishtirok etmoqda.

Ma’lumot uchun, ushbu xalqaro turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 350 mln so‘mni tashkil etadi (“OPEN A” guruhi uchun 210 mln so‘m, “OPEN B” guruhi uchun esa 140 mln so‘m).


👉 @xushnudbek 👈
❗️Ehtiyojmand xotin-qizlar tavsiyanoma uchun ariza topshira olmayapti. Muammo nimada?
#abituriyent

Ijtimoiy tarmoqlarda 2 kundan buyon ko‘plab ehtiyojmand xotin-qizlar tavsiyanoma olish uchun onlayn ariza topshira olmayotgani haqida e’tirozlarni yozishmoqda. Bir yoki ikki kishi bu gapni aytsa, “balki o‘zi nimanidir tushunmayotgandir” deb o‘ylash mumkindir, lekin e’tirozlar soni juda ko‘p bo‘lsa, demak, tizimda nimadir xatoligini anglatadi.

Muammo nimadaligini o‘rganishga harakat qilib ko‘rdim va juda qiziq holatga duch keldim.

Qiziq tomoni, tavsiyanoma.ijro.uz tizimi orqali ariza berish ishlab turibdi, lekin tanqid qilayotganlarning ham gapi to‘g‘ri. Iya, qanaqasiga deysizmi?

Shunchaki, bunga sabab — no‘noq dasturchilar hamda veb-dizaynerlar!

Gap shundaki, saytda ariza topshirish funksiyasi shunaqa rasvo joyga qo‘yilganki, foydalanuvchilar uni topish uchun faqat kompyuterdan va shunda ham keng ekrandan foydalanishi kerak.

Telefon orqali kirilganda ariza topshirish menyusi umuman ko‘rinmaydi (1-rasm).

Kompyuterdan kirganda yuqori menyular bo‘limi qatorida “Yangiliklar” menyusining oldida “Xotin-qizlar” degan menyu ochiladi va shuni bosgandan keyingina ariza berish sahifasiga kirish mumkin (2 va 3-rasmlar).

Lekin eng qizig‘i kompyuterdan kirganingizda ham agar asosiy oyna enini kichraytirsangiz, unda “Yangiliklar” hamda “Xotin-qizlar” menyusi yo‘qolib qoladi va keyin ularni hech qayerdan topib bo‘lmaydi (4-rasm).

Xullas, xotin-qizlarning dod deyayotgani to‘g‘ri. Mutasaddilar tuyaqushga o‘xshab boshini qum ichiga tiqib olmasdan, e’tirozlarni eshitishi va muammo ildizini allaqachon topib, bartaraf etishi kerak edi. Umid qilamizki, saytdagi xatolik tezda to‘g‘rilanadi.

👉 @xushnudbek 👈
🏆Bugun Yevropa chempionlar ligasi finalida qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?
Anonymous Poll
28%
🇮🇹 Inter
34%
🇫🇷 PSG
38%
⚽️ Chiroyli futbolga
2025/05/31 11:44:23

❌Photos not found?❌Click here to update cache.


Back to Top
HTML Embed Code: