Telegram Web Link
Shavkat Mirziyoyev O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlaridagi 1 ming 300 gektar maydonda qurilayotgan yangi xalqaro aeroport loyihasiga tamal toshini qo’ydi.

🇸🇦Saudiya Arabistonining “Vision Invest”, 🇯🇵Yaponiyaning “Sojitz” va 🇰🇷Koreyaning “Incheon” kompaniyalari ishtirokidagi xalqaro konsorsium bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyiha 4 bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda 2,5 milliard dollar evaziga aerovokzal hamda aerodrom quriladi. Bu bilan terminallar orqali yiliga 20 million nafar yo‘lovchi va 129 ming tonna yuk o‘tkazish, soatiga 30 ta uchish-qo‘nish operatsiyalarini bajarish, 14 ta teleskopik traplardan foydalanish hamda bir vaqtning o‘zida 62 ta havo kemasini saqlash imkoniyati yaratiladi.

Terminallarda 46 ming kvadrat metrlik “Duty free” zonasi tashkil etiladi.

Ushbu hudud Toshkent – Samarqand, Toshkent – Andijon, Toshkent – Bo‘stonliq pullik avtomobil yo‘llariga ulanadi. Bu yerda zamonaviy temir yo‘l stansiyasi qurilib, tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Poytaxt va Yangi Toshkent markazlari shattl transport xizmatlari orqali bog‘lanadi.

Eng asosiysi, bu loyiha mamlakatimizga 27 milliard dollardan ortiq daromad keltiradi.


👉 @xushnudbek 👈
106
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Siz mening ustozimsiz” — O‘zbekiston-Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, "ACWA Power" kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan Shavkat Mirziyoyevga

Ma’lumot uchun: bugungi kunda "ACWA Power" kompaniyasi tomonidan mamlakatimizda 15 milliard dollarlik loyihalar, jumladan, hududlarda shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish, "yashil" vodorodni rivojlantirish loyihalari amalga oshirilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
2
O‘zbekistondagi sertifikatlashtirish organi ilk bor "Halol" xalqaro akkreditatsiyasidan o‘tdi

"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi (UzTest) huzuridagi Halol sertifikatlashtirish idorasi Turkiya Halol Akkreditatsiya Idorasi (HAA) tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan O‘zbekistondagi ilk tashkilotga aylandi.

Halol sertifikatlashtirish idorasi OIC/SMIIC 2:2019 – "Conformity Assessment: Requirements for Bodies Providing Halal Certification" xalqaro standartiga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tdi.

Ma'lumot uchun, ushbu sertifikat xorijiy, ayniqsa, Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC)ga a’zo davlatlarga mahsulot eksport qilishda texnik to‘siqlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.


👉@xushnudbek👈
3
Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining kuzgi ta’tili 2025-yil 4-noyabrdan boshlanadi va 9-noyabrga qadar davom etadi.

II chorak darslari 10-noyabr, dushanba kunidan boshlanadi.


👉@xushnudbek👈
1
🇺🇿🇬🇧Endilikda Oksford universitetida o‘zbek va eski o‘zbek tillari o‘rganiladi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ushbu universitetning Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari fakultetida o‘zbek va eski o‘zbek tillarini o‘rganish yo‘lga qo‘yilganini ma'lum qildi.

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniyaga amaliy tashrifi doirasida Mirzo Ulug‘bekning “Ziji Ko‘ragoniy”, Alisher Navoiyning “Xamsa”, Husayn Boyqaroning “Devoni Husayniy”, Boburiylar davriga oid miniatyuralar va boshqa ko‘plab nodir kitoblar saqlanayotgan Bodlian kutubxonasi bilan tanishdi.


👉@xushnudbek👈
4
Samarqandda MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining 57-majlisi boshlandi

Bu yilgi tadbir O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tashkil etildi.

Anjuman avvalida Shavkat Mirziyoyevning majlis ishtirokchilariga yo‘llagan tabrik so‘zi o‘qib eshittirildi.

Unda davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikka tahdid solayotgan bir qator omillarga alohida e’tibor qaratdi.


👉@xushnudbek👈
3
O‘zbekistonning yirik tadbirkorlari Birinchi Business Club’da chiqish qiladi

Toshkentda 18-oktyabr kuni o‘zbek tilida so‘zlashuvchi tadbirkorlar uchun yangi biznes-klub ochilishi bo‘lib o‘tadi. Unda turli keyslar va yangi chorlovlar muhokama qilinishi, tajriba almashilishi, hamkorlar topilishi hamda biznes vakillari bilan o‘zaro maslahatlashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ilk rezidentlar orasida B&B Coffee, Havoqand Group (Les Ailes. Chopar pizza), Asaxiy, Green White Solutions, Tramp Group, PRO Wellness, Space Academy va boshqa brendlarning vakillari bor. 

Klubga Laziz Adhamov va Arsen Dlyanchev boshchiligidagi tadbirkorlar guruhi tomonidan asos solingan. Yana bir biznes klub "Yard" bilan hamkorlik esa "Birinchi"ga 14 ta mamlakat va 200 dan ortiq soha vakillari — tadbirkorlar, ekspertlar va investorlarni birlashtiruvchi Xalqaro biznes-klublar alyansiga kirish imkonini beradi.

Ochilish marosimi 18-oktyabr kuniga belgilangan.

Tadbir haqida batafsil ma'lumot va chiptalar – bu yerda.

📞 Telefon:  +998781228989

Reklama
1
🚧 Toshkentdagi 2 ta ko‘cha 4 kunga yopildi

Qaysi ko‘chalar?

📍Taras Shevchenko ko‘chasining Fidokor ko‘chasi kesishmasidan Nukus ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi;

📍Sayyid Baraka ko‘chasining Oybek ko‘chasi kesishmasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

Qancha muddatga?

Bugun, 16-oktyabr kuni soat 16:00 dan 20-oktyabr soat 07:00 gacha.

Nima sababdan?

Hududda gastronomik-ko‘ngilochar festival o‘tkazilishi munosabati bilan.


👉 @xushnudbek 👈
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi “Temurbek” tarixiy badiiy filmiga ijodiy tanlovlar eʼlon qildi.

Tanlovga hujjatlar 2025-yil 16-oktyabrdan 2025-yil 1-noyabrgacha quyidagi manzilda qabul qilinar ekan: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 2-“A” uy.


👉@xushnudbek👈
2
⚡️ Korzinkaning “Yanada arzon narxlar” katalogida ajoyib takliflar! ⚡️

Supermarketning bugungi saylanmasida — “365 kun” Xorazm alanga guruchi (900 g) va tovuq go‘shti lahmi! Unumli xaridlar uchun katalogga o‘zingiz ham bir boqib ishonch hosil qiling!

Narxlar e’lon chiqqan paytda amalda. Ayrim hududlarda narxlar arzonroq bo‘lishi mumkin. Korzinka Mahalla do‘konlaridagi narxlar va assortiment farq qilishi mumkin.

Korzinka 29 yilligini siz uchun sovg‘alar bilan nishonlamoqda! O‘nlab tovarlarga 1+1 va 2+1 aksiyalari hamda chekdagi har 70 000 so‘m evaziga Kia Sportage yutib olish imkoniyatiga ega boʻling.

App | Telegram-bot | Facebook | InstaWeb | Korzinka Go | Reklama
Ishpulatov Zokir Eshkurbonovich Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Bunga qadar u suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari – Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori edi;

Karimov Mirolimjon Karimjon o‘g‘li Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

Bunga qadar u Hisob palatasi bosh inspektori, shoʻba mudiri edi.


👉 @xushnudbek 👈
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Toshkentga kirish va chiqishdagi postlar ko‘chiriladi

Bu bo‘yicha loyiha Shavkat Mirziyoyevga taqdimot qilindi.

Taqdimotdan ayrim ma'lumotlar:

🔹 Shota Rustaveli ko‘chasida amalga oshirilgan BRT tizimi (Bus rapid transit) shahardagi jami 10 ta ko‘chada davom ettirilib, bunday yo‘llar uzunligi 50,6 kilometrga yetkaziladi;

🔹 Loyiha 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, 1 mln 146 ming yo‘lovchini qamrab oladi;

🔹 Davlatimiz rahbariga qilingan taqdimotga ko‘ra, BRT tizimi quriladigan ko‘chalar quyidagilar:

1️⃣ Shota Rustaveli — 5,1 km;
2️⃣ Shahrisabz — 3,2 km;
3️⃣ Amir Temur — 5,7 km;
4️⃣ Yangi Sergeli — 5,3 km;
5️⃣ Maxtumquli — 1,3 km;
6️⃣ Mirzo Ulug‘bek – Feruza – Yuzirobod — 10,4 km;
7️⃣ Lutfiy va Muqimiy — 5,9 km;
8️⃣ Nurafshon — 3,7 km;
9️⃣ Qoratosh – Ko‘kcha darvoza — 4 km;
🔟 Alisher Navoiy – Beruniy — 6 km.

🔹 Ushbu tizim yo‘lga qo‘yilgach, avtobuslarning oraliq intervali 20 daqiqadan 8-10 daqiqaga qisqarishi kutilmoqda;

🔹 Loyihaning umumiy qiymati — 126 mln dollar.

Bundan tashqari, tirbandliklarni kamaytirish maqsadida Toshkentga kirish va chiqishdagi postlar ko‘chirilishi rejalashtirilgan.


👉 @xushnudbek 👈
2
🇺🇿🇪🇺Shavkat Mirziyoyev 24-oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Bryusselga borishi kutilmoqda

Euronews'ning xabar berishicha, Prezident tashrif davomida Yevropa Ittifoqi yetakchilari bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik bitimini (KSHB) imzolaydi.

Mazkur bitim siyosiy muloqot, savdo, xavfsizlik va barqaror rivojlanish kabi beshta strategik yo‘nalishni o‘z ichiga oladi.


👉 @xushnudbek 👈
2
O‘zenergoinspeksiya xodimlarining idoraviy formali kiyim-boshlari tasdiqlandi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, O‘zenergoinspeksiya xodimlari 2025-yil yakuniga qadar ushbu idoraviy formali kiyim-boshlarga to‘liq o‘tishi kerakligi va ular yilda bir martadan oshmagan holda kiyim-boshlar bilan ta'minlanishi belgilangan.


👉 @xushnudbek 👈
3
2025/10/22 09:13:13
Back to Top
HTML Embed Code: