Telegram Web Link
Test uchun to‘lovni qachongacha qilish kerak?
#abituriyent 

JAVOB: Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish tekin, avvalgi yillarda bitirganlar 187 ming 500 so‘m (yarim “minimalka”) to‘lashi kerak.

To‘lovni amalga oshirmasa nima bo’ladi?

❗️To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Bo’lib-bo’lib to’lasa ham bo’ladimi?

Ha, ushbu to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa ham bo‘ladi, faqat 25-iyunga qadar (o‘sha kuni ham) mazkur summa to‘liq to‘lanishi shart. Ya'ni qachon ro'yxatdan o'tganingizning farqi yo'q, asosiysi to'lovni 25-iyun soat 23:59 gacha to'lash shart.

‼️LEKIN!!! Siz taqab oxirgi muddatga olib bormang. Sababi bank va onlayn tizimlarda kutilmagan profilaktik ishlar bo'lsa, yoki oxiriga taqagan odamlar tufayli serverda yuklama ko'payib ketsa, kutilmaganda to'lovni amalga oshira olmay qolishingiz mumkin.

Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:

— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.


👉 @xushnudbek 👈
🏓 Toshkentda stol tennisi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi

26-iyundan 2-iyulga qadar o‘tkaziladigan turnirda dunyo reytingida yuqori o‘rinda turuvchi U15 va U19 toifalaridagi sportchilar 7 ta kategoriyada o‘zaro bellashadi. Shu bilan birga, 🇺🇿 o‘zbekistonlik stol tennisi ustalari ham bahslarga kirishadi.

Ma'lumot uchun, ushbu xalqaro turnirga O‘zbekiston ilk bor mezbonlik qilmoqda.

Barchangizni “Humo arena”ga taklif qilamiz – sportchilarimizni birgalikda qo‘llab-quvvatlaylik. G‘alaba sari birga intilamiz!

💻website 🖥instagram
📲telegram 📹youtube
💻facebook 🖥 x.com

Reklama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining buyruqlari bilan 4 ta tashkilotda Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi boshliqlari tayinlandi. Bular:

Mamanov Sardorjon Sobir o‘g‘li — Sog‘liqni saqlash vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi boshlig‘i;

Abdug‘aniyev Oybek Alisherovich — Suv xo‘jaligi vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi boshlig‘i;

Boyto‘rayev Farhod Mamadkarimovich — “O‘zsuvta’minot” AJning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi boshlig‘i;

Davlanov Alisher Yusubovich — “O‘zbekneftgaz” AJning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi boshlig‘i.

Tayinlovlar Prezidentning 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-son qaroriga muvofiq amalga oshirildi.


👉 @xushnudbek 👈
1
Saida Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasi rahbari etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Prezident Administratsiyasi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritildi. Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tashkil qilindi.

Prezident farmoni bilan Saida Shavkatovna Mirziyoyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.


👉 @xushnudbek 👈
11
Prezidentning tegishli farmonlari bilan:

Bekzot Mardonovich Mavlonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

Aziz Yuldashevich Magrupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimidan ozod etildi.


👉 @xushnudbek 👈
8
Prezident farmoni bilan quyidagilar boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi:

Saidlaziz Saidasilovich Saidkarimov — Prezident Administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan;

Utkirjon G‘ayratovich Kodirov — Prezident Administratsiyasi Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash departamentining rahbari lavozimidan;

Jaxongir Jovaxirlayevich Ibragimov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.


👉 @xushnudbek 👈
Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining yangi rahbari Saida Mirziyoyevaga jamoatchilik asosida mustaqil maslahatchi sifatida tayinlandi

Ushbu lavozimda u innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, so‘z erkinligini ta’minlash va mustaqil ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash sohalarida ekspertlik yordamini ko‘rsatadi.


👉 @xushnudbek 👈
10
❗️Qabul tugashiga 1 kun qoldi
#abituriyent

Bugun, 24-iyun soat 09:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 607 ming 586 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🔹 O‘zbek tili  — 533 514 nafar;
🔹 Rus tili  — 60 374 nafar;
🔹 Qoraqalpoq tili  — 12 048 nafar;
🔹 Boshqa tillar — 1 650 nafar.

📋 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🙋🏻‍♂️ erkaklar — 281 330 nafar
🙋🏻‍♀️ ayollar — 326 256 nafar

❗️Ma’lumot uchun: o’tgan yili 23-iyun soat 18:00 holatiga 650 ming 715 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan edi. Ko’rinib turibdiki, joriy yilda abituriyentlar soni biroz kamroq.

O’tgan yili jami 894 ming abituriyent hujjat topshirgan, keyinroq 90 ming kishi to’lovlarni qilmagani uchun chiqarib tashlanib, yakunda jami 805 ming abituriyentga testga kirishga ruxsat berilgan edi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Renessans ta’lim universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul boshlandi!

RTU sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

🔹 30 dan ortiq yo‘nalishlardan birini tanlash;
🔹 Davlat standartidagi diplom;
🔹 Grant asosida o‘qish va nomli stipendiyalarga ega bo‘lish;
🔹 Xitoy, Turkiya, Malayziya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarning nufuzli universitetlarida xalqaro talabalar almashinuvi dasturida ishtirok etish;
🔹 10 mln so‘mdan boshlanuvchi to‘lov-kontrakt summasi va bo‘lib toʻlash imkoniyati;
🔹 Kontrakt summasidan 25% chegirma (agar IELTS, CEFR, TOEFL sertifikat darajasi B2 va undan yuqori bo‘lsa);
🔹 Xorijlik hamda mahalliy professor-o‘qituvchilardan tahsil olish;
🔹 O‘quv yili yakunida fanlarni a’lo baholarga o‘qib, qo‘shimcha “Iqtidorli talabalar granti”ni qo‘lga kiritish imkoniyati.

Ariza topshirish: 👉 www.renessans-edu.uz

Tanlov sizda – imkoniyat esa Renessans’da!

📄 Litsenziya (№ 331657, 18.11.2022)

📞 Murojaat uchun:
555067007 | @RTUadmin

📍 Manzil: Toshkent, Charxnovza 17

Telegram | Instagram | Veb-sayt
Reklama
🇺🇿🇲🇳Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.


👉 @xushnudbek 👈
1
Uzchess Cup 2025 superturnirida 5 ta tur ortda qoldi. Kechagi bahslarda Nodirbek Abdusattorov Aravind Chithambaram ustidan g'alaba qozonib, yakka peshqadam bo'lib oldi. Javohir Sindarov ham Richard Rapport ustidan chiroyli g'alabaga erishdi va pozitsiyasini yaxshilab oldi.

5-tur natijalari va turnir jadvali yuqoridagi suratlarda.


👉 @xushnudbek 👈
❗️12 kun davom etgan urushdan so‘ng Eron, Isroil va AQSH urush to‘xtatilishi va otashkesim e’lon qilinishini ma’lum qildi.


👉 @xushnudbek 👈
10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟢Rahimov School yangi oʻqituvchilar jamoasini shakllantirmoqda!
“Rahimov School”ning yangi ochilayotgan “Ibn Sino”, shuningdek, “Lokomotiv” va Farg‘ona filiallariga quyidagi yo‘nalishlarda ustozlar kerak:

Ibn Sino”:
• Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari
• Boshlang‘ich sinf (o‘zbek/rus)(10 nafar)
• Matematika (5), ingliz tili (10), ona tili va adabiyot
• Arab tili (4), xitoy tili, rus tili
• Fizika, kimyo, biologiya
• Informatika, tarix, huquq
• Jismoniy tarbiya
• Kuratorlar/tarbiyachilar (10 nafar)


Lokomotiv”:
• Psixolog
• Ona tili
• Matematika (8 nafar)
• Ingliz tili (6 nafar)
• Arab tili (3), xitoy tili, rus tili (2), o‘zbek tili
• Informatika (2), tarix (2)
• Jismoniy tarbiya
• Boshlang‘ich sinf
• Kuratorlar (8 nafar)


Farg‘ona:
• Ona tili (2 nafar)
• Matematika (2 nafar)
• Ingliz tili (4 nafar)
• Xitoy tili (1 nafar)
• Boshlang‘ich sinf (6 nafar)


🟢 Nomzodlarga ustunlik beradi:
• Kamida 3 yillik tajriba
• Soʻnggi 1-2 yil ichida malaka oshirgan bo‘lishi (kurs, attestatsiya, trening)
• Yutuqlarga ega bo‘lishi (olimpiada, sertifikat, loyiha, metodik ish va h.k.)

🟢 Ishga kirish uchun
— Ish sharoitlari yuqoridagi videoda
— Arizangizni @RahimovSchool_jbot orqali filialni tanlab qoldiring
— Rahimov Schoolga ishga kirish bosqichlari bilan tanishing - link

Reklama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 12:48:58
Back to Top
HTML Embed Code: