Telegram Web Link
Til bayramiga Asaxiydan haqiqiy sovg‘a — 2+1 aksiyasi!

Faqat bugun, 21-oktyabr kuni Asaxiy Market ilovasida yoki Asaxiy kitob do‘konlarida xohlagan 3 ta kitobni tanlang — 2 tasiga toʻlang. Uchinchi eng arzoni Asaxiydan sovgʻa!

Taklif har 3 kitob uchun amal qiladi:
6 ta olsangiz — 2 tasi, 30 ta olsangiz — 10 tasi bizdan sovg‘a! 😍

Aksiya faqat 1 kun amal qiladi, bugunoq foydalaning:
Do‘konlar manzili: havola
Onlayn xarid: asaxiy.uz/u/til_bayrami

Bayram muborak!

Reklama
6
Bugun o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil bo‘ldi.

Prezidentimiz fursatdan foydalanib, butun O‘zbekiston xalqini ushbu bayram bilan samimiy tabrikladi.

Bir narsani bilinglar – sun’iy intellekt dasturlari samarali ishlashi uchun ular, avvalo, o‘zbek tilini mukammal darajada tushunishi zarur”,

– dedi davlat rahbari.

Lekin o‘zbek tilidagi adabiyotlar, ma’lumotlar, maqolalar, hisobotlar, ilmiy ishlarning aksariyati raqamlashmagani, elektron shaklga o‘tkazilganlari ham har xil manbalarda saqlanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Vazirlar Mahkamasiga barcha vazirlik va idoralarning o‘zidagi ma’lumotlarni elektron formatga o‘tkazish grafigini tasdiqlatish, Raqamli texnologiyalar vazirligiga esa sun’iy intellekt milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizni o‘zida ifodalay olishi uchun “O‘zbek tili korpusi”ni yaratish topshirildi.

2026-yil yakuniga qadar katta hajmdagi raqamli ma’lumotlarni bir joyga jamlab, ularni qayta ishlash, tahlil qilish, foydalanish imkonini beradigan “Data Lake” platformasini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.


👉 @xushnudbek 👈
6
Xushnudbek.uz
Bugun o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil bo‘ldi. Prezidentimiz fursatdan foydalanib, butun O‘zbekiston xalqini ushbu bayram bilan samimiy tabrikladi. “Bir narsani bilinglar – sun’iy intellekt dasturlari samarali ishlashi uchun ular, avvalo…
❗️Endilikda vazirlik va idoralar ma’lumotlarni o‘z serverlarida saqlashiga yo‘l qo‘yilmaydi

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma'lum qilindi.

Unga ko‘ra, joriy yil yakuniga qadar vazirlik va idoralardagi 55 ta, kelasi yil qolgan barcha ma’lumotlar bazalarini Elektron hukumat yagona data-markaziga o‘tkazish topshirildi.


👉 @xushnudbek 👈
5
Xushnudbek.uz
❗️Endilikda vazirlik va idoralar ma’lumotlarni o‘z serverlarida saqlashiga yo‘l qo‘yilmaydi Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma'lum qilindi. Unga ko‘ra…
💰 Qoraqalpog‘iston Respublikasida sun’iy intellekt infratuzilmasiga 100 million dollardan ko‘p sarmoya kiritgan investorlarga elektr energiyasi narxi 5 sent etib belgilanadi, IT-park imtiyozlari tatbiq etiladi, import uskunalari bojxona to‘lovidan ozod etiladi.

🌐 Shu bilan birga, olis hududlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash uchun 2026-yildan yo‘ldoshli internet operatorlarining faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ular 5 yilga yer, mol-mulk, foyda va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.


👉 @xushnudbek 👈
3
Xushnudbek.uz
💰 Qoraqalpog‘iston Respublikasida sun’iy intellekt infratuzilmasiga 100 million dollardan ko‘p sarmoya kiritgan investorlarga elektr energiyasi narxi 5 sent etib belgilanadi, IT-park imtiyozlari tatbiq etiladi, import uskunalari bojxona to‘lovidan ozod etiladi.…
🖥 O‘zbekistonda 16 ta super-kompyuter sotib olish uchun 50 mln dollar ajratildi

2026-yil sog‘liqni saqlash, energetika, bank-moliya, bojxona-soliq, transport, tog‘-kon va qishloq xo‘jaligi sohalarida sun’iy intellekt bo‘yicha 100 ta loyiha rejalashtirilgan.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish maqsadida joriy yil 16 ta super-kompyuter sotib olish uchun 50 million dollar ajratilgani hamda keyingi yil bu mablag‘ 2 karra oshirilishi ma'lum qilindi.

Chunki hozirgi bizdagi mavjud quvvatlar kichkina bo’lgani sababli tadbirkorlar o‘z loyihasi uchun chet eldagi infratuzilmadan foydalanib, bunga millionlab dollar sarflayapti.


👉 @xushnudbek 👈
3
Endi xorijliklar oʻzbek tilini sun’iy intellekt yordamida oʻrganadi!

Yoshlar ishlari agentligiIbrat farzandlari” loyihasi bilan hamkorlikda sun’iy intellekt yordamida o‘zbek tilini o‘rgatish modulini ishga tushiradi.

Kuni kecha “O‘zbek tili uchun” tadbirida “Ibrat farzandlari” jamoasi ushbu modulning boshlang‘ich darajadagi bepul dasturini taqdim etdi.

Dastur O‘zbekistonda ilk bor sun’iy intellekt asosida ona tilimizning talaffuzini audiolashtirib, til o‘rganishning 6 asosiy ko‘nikmasini qamrab olgani bilan ajralib turadi.


Endi xorijliklar kuniga atigi 15 daqiqa sarf qilib, learnuzbek.ai platformasida o‘zbek tilini o'rganishlari mumkin.

Ta’lim granti doirasida ijtimoiy reklama.


👉 @xushnudbek 👈
3
☪️ O‘zbekistonda mikromoliya tashkilotlariga islomiy moliya xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berildi

Bu bo‘yicha Markaziy bank boshqaruvining qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, mikromoliya tashkilotlariga quyidagi islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni ko‘rsatishga ruxsat berildi:

🔹 islomiy ijara;
🔹 muzoraba — foydani taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish;
🔹 murobaha — nasiya savdoga asoslangan moliyalashtirish;
🔹 mushoraka — sherikchilik, ya’ni foyda va zararlarni taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish;
🔹 salam — oldindan to‘lovga asoslangan moliyalashtirish.

❗️Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin, ya’ni 2026-yil 21-yanvardan kuchga kiradi.


👉 @xushnudbek 👈
15
IT-parkka tashrifi chog‘ida Shavkat Mirziyoyevga vazirlik va idoralar faoliyatiga hamda boshqa sohalarga tatbiq etishga qaratilgan loyihalar taqdimot qilindi.

Jumladan, “Universitet – sanoat – xalqaro hamkorlik” sun’iy intellekt klasteri, “AI Maktab” platformasi, “PromptLab”, “Detecting-AI” va “KotibAI” kabi innovatsion loyihalari bilan tanishdi.


👉 @xushnudbek 👈
14
🇯🇵 Sanae Takaichi Yaponiya tarixidagi ilk ayol bosh vazirga aylandi

Yaponiya parlamentida bo‘lib o‘tgan bosh vazir saylovida hukmron Liberal-demokratik partiya hamda u bilan koalitsiya tuzgan Yaponiya innovatsion partiyasi nomzodi 64 yoshli Sanae Takaichi g‘alaba qozondi.

Ma'lumot uchun, Takaichi – ashaddiy konservator, iqtisodiyotda esa ustozi, marhum bosh vazir Sindzo Abening “Abenomika”sini davom ettiradi. U o‘z nutqlarida 🇬🇧Buyuk Britaniyaning ilk ayol bosh vaziri Margaret Tetcherga havas qilishini hamda o‘zi ham “temir xonim” bo‘lishni istashini ta'kidlagan.

Tashqi siyosatda esa u mamlakatning harbiy salohiyatini kengaytirish, mudofaa xarajatlarini oshirish va immigratsiya nazoratini kuchaytirish uchun konstitutsiyani qayta ko‘rib chiqishni qo‘llab-quvvatlamoqchi, 🇨🇳Xitoy va 🇰🇵Shimoliy Koreyaga nisbatan qat'iy pozitsiyani egallamoqchi.


👉 @xushnudbek 👈
3
❗️“Mening maktabim” doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi

“Mening maktabim” loyihasida 5-sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan har bir oʻquvchi oʻzi taʼlim olayotgan umumtaʼlim maktabiga doir loyihalarni ilgari surishadi hamda ushbu loyihalarga ovoz berishadi.

🗳 O‘quvchilar quyidagi usullardan foydalangan holda o‘z loyihalarini ilgari surishlari mumkin:

1⃣ avtomatik tarzda — loyiha namunalari orasidan o‘ziga yoqqan loyihani tanlash orqali (shablon loyihalar ro‘yxati – bu yerda);
2⃣ mustaqil ravishda — taqdim etilgan loyiha namunalari orasida mavjud bo‘lmagan loyihalarni yangidan shakllantirish orqali.

📋 Loyihaning 1-bosqichi doirasida 1, 2 va 4-toifaga kiritilgan 112 ta tumandagi 4 ming 987 ta maktab ishtirok etadi. Mazkur bosqichda ishtirok etayotgan 112 ta tuman ro‘yxati – bu yerda.

🗓 Loyiha kiritish bosqichi “Ochiq byudjet” portalida 31-oktyabrgacha davom etadi. Kiritilgan loyihalar 10-noyabrga qadar saralanib, 11-20-noyabr kunlari ovoz berish bosqichi bo‘lib o‘tadi. Bu mavsumda ishtirok etmayotgan qolgan maktablar dekabr oyida bo‘ladigan 2-mavsumda qatnashadi.

“Mening maktabim” doirasida o‘qituvchilar va maktab ma’muriyati uchun tovar va xizmatlarni xarid qilish taqiqlanadi. Bundan tashqari, quyidagicha loyihalar ilgari surilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:

⛔️ o‘quvchilar o‘rtasida nizo keltirib chiqaradigan, faqat bir guruh o‘quvchilar foydalanishi uchun mo‘ljallangan loyihalar;

⛔️ sanitariya me’yorlarini buzishi yoki tabiatga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan loyihalar (ichimlik suvidan samarasiz foydalanish va boshqalar);

⛔️ maktabni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar (kommunal xizmatlar va boshqalar);

⛔️ o‘quvchilar va o‘qituvchilarning sog‘lig‘i (xavfsizligi)ga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan loyihalar (attraksionlar va boshqalar);

⛔️ o‘quvchilar vaqtini behuda o‘tkazishiga olib keladigan, o‘quv jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan loyihalar (PlayStation kabi o‘yin mashinalari va boshqalar).


💰 Har bir g‘olib maktabga tuman (shahar) byudjetidan BHMning 150 barobari – 61,8 mln so‘mgacha mablag‘ ajratiladi. Kiritiladigan loyihalar qiymati ana shu miqdordan oshmasligi kerak.


👉 @xushnudbek 👈
6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligining qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqlari boʻlayotgan ekan.

Oʻquv mashqlari hududlardagi bir nechta obyekt va manzillarda bir vaqtning oʻzida oʻtkaziladi va 23-oktyabr kuniga qadar davom etadi.


👉 @xushnudbek 👈
5
Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayenning taklifiga binoan 23-24-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Bryussel shahrida bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈
6
Prezidentning tegishli farmonlari bilan:

Umurzakov Sardorbek Ulug‘bekovich Prezident Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi bosh inspektori lavozimidan ozod etildi;

Paygamov Alisherbek Azizovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Prezident Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.


👉 @xushnudbek 👈
3
Akramov Muzaffar Mahkamovich Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi.

Bunga qadar u agentlikning Davlat xizmatchilari faoliyatini monitoring qilish va baholash departamenti mudiri edi.


👉 @xushnudbek 👈
1
2025/10/27 04:16:06
Back to Top
HTML Embed Code: