Telegram Web Link
Kecha gollar urilgan payti Shavkat Mirziyoyevni tribunada bir nechta xorijlik mehmonlar ham tabriklaganiga e’tibor qaratgan bo‘lsangiz kerak. Ular kim edi?

Gap shundaki, “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan kechagi tarixiy o‘yinni davlatimiz rahbari bilan birgalikda quyidagi yuqori martabali mehmonlar birgalikda ko‘rishdi:

🇧🇬Bolgariya Prezidenti Rumen Radev;
🇸🇰Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso;
🇰🇿Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov;
🇰🇬Qirg‘iziston hukumati raisi Adilbek Kasimaliyev;
🇹🇯Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda;
🇦🇿Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov;
🇹🇲Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Nokerguli Ataguliyev.

Ma’lumot uchun: Bolgariya terma jamoasi oxirgi marta 1998-yilda Jahon chempionatida o‘ynagan, FIFA reytingida 85-o‘rinda.

Slovakiya esa o‘z tarixida hozircha faqat bir marta — 2010-yilda mundialda qatnashgan va o‘shanda guruhdan chiqa olgandi. FIFA reytingida 46-o‘rinda.

Qo‘shnilarimiz va Ozarbayjon esa hozircha mundialga yo‘llanma olmagan.

Aytmoqchimanki, mehmonlarimiz uchun ham Jahon chempionatiga yo‘llanma olish katta voqelik edi va ular chin dildan O‘zbekiston xalqi uchun quvonib, muxlislik qilganiga shubha yo‘q.


👉 @xushnudbek 👈
Toshkent xalqaro aeroportida kutib oluvchilarga terminal ichiga kirish imkoniyati yaratildi

Aeroport uchib kelish zali rekonstruksiyasining birinchi bosqichi yakunlandi. Uning doirasida zalning umumiy maydoni kengaytirildi, avtotransport va avtobuslar uchun yangi yo‘lak qurildi, 120 o‘rinli avtoturargoh tashkil etildi va yashil hudud barpo etildi.

Shuningdek, qo‘shimcha yuk karuseli o‘rnatildi, terminal ichida kutib oluvchilar uchun ilk bor 120 o‘rindiqli hudud tashkil etildi.

Kutib oluvchilar maydonidan tashqari, qisqa muddatli to‘xtash uchun zalga tutashgan maxsus ajratilgan yo‘lak ochildi. Endi zal oldiga taksida ham, shaxsiy avtomobillarda va avtobuslarda ham kirish mumkin – yo‘lakda turish vaqti jo‘nab ketish zalidagi yo‘lak kabi 10 daqiqani tashkil etadi.

Rekonstruksiyaning ikkinchi bosqichini 2025-yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan. Uning davomida qo‘shimcha yuk tashish kamarini o‘rnatish, kafelar, do‘konlar va boshqa xizmatlar joylashgan kutib oluvchilar hududini kengaytirish nazarda tutilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Euronews Toshkentda o‘z ofisini ochishni rejalashtirmoqda

Kecha, 11-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent investitsiya forumi doirasida Euronews media xoldingi direktorlar kengashi raisi Pedro Vargasni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari Euronews Toshkent shahrida o‘z ofisini ochishni rejalashtirayotganini olqishladi.

"Euronews Academy" dasturi doirasida o‘zbekistonlik jurnalistlarni ilg‘or professional standartlar asosida o‘qitish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️MUHIM: Istalgan hududda taksichilik qilish mumkin, propiska bo’yicha hech qanaqa taqiq qo’yilmaydi

Kecha, haydovchilar faqat o’zining propiskadan o’tgan hududidagina taksichilik qilishi mumkinligi haqida xabar tarqalgan edi.

Transport vaziri Ilhom Mahkamov bugun ushbu vaziyatga izoh berdi.

Vazirlar Mahkamasining qarori statistik jihatdan hududlar kesimida hisob olib borish maqsadida qilingan.

Litsenziya olishda propiskaga yoki mashinaning davlat raqam belgisiga qaralmaydi.

Masalan, Surxondaryo viloyatidan 75 raqam olingan hamda doimiy yashash joyi Boysunda bo’lsa ham, u istalgan hududda, aytaylik, Toshkentda taksichilik faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziya olishi mumkin. Bunga hech qanday taqiq qo’yilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️ Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.


👉 @xushnudbek 👈
Toshkentdagi TMC Xalqaro institutida 2025/2026-oʻquv yili uchun qabul boshlandi

❗️Kunduzgi va masofaviy ta’lim shakli mavjud.

Iqtisodiyot fakulteti
• Iqtisodiyot
• Bank ishi va auditi
• Moliya va moliyaviy texnologiyalar
• Buxgalteriya hisoboti va audit
• Logistika
• Transport logistikasi

Axborot texnologiyalari fakulteti
• Axborot tizimlari va texnologiyalari

Pedagogika fakulteti
• Filologiya va tillarni oʻqitish
• Psixologiya
• Pedagogika
• Boshlangʻich ta’lim
• Maktabgacha ta’lim

International Programs:
• Business & Management
• International Accounting
• International Logistics & Trade Finance
• Computer Science
• Tourism and Hospitality Management

🖥️ tmci.uz/apply
☎️ +998 71 207 00 32
📄 Litsenziya (№ 366862, 23.08.2024-y.)

Telegram | Instagram | LinkedIn | Reklama
❗️Hindistonda bortida 242 kishi bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

Biroz avval 🇮🇳Hindistonning Gujarot shtati Ahmadobod shahridagi aeroport yaqinida Londonga uchayotgan Boeing 787-8 Dreamliner qulab tushgan.

Hodisa samolyot havoga ko‘tarilganidan ozgina o‘tib sodir bo‘lgan. Hozircha qurbonlar soni ma’lum emas. Samolyot bortida 230 nafar yo‘lovchi va 12 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgani aytilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Yanosh Kovach “UzAuto Motors” AJ bosh direktori etib tayinlandi.

Bunga qadar u “UzAuto Motors” AJ Kuzatuv kengashi a’zosi va audit qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
❗️Hindistonda bortida 242 kishi bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi Biroz avval 🇮🇳Hindistonning Gujarot shtati Ahmadobod shahridagi aeroport yaqinida Londonga uchayotgan Boeing 787-8 Dreamliner qulab tushgan. Hodisa samolyot havoga ko‘tarilganidan…
Shavkat Mirziyoyev Ahmadobod shahri hududida yuz bergan aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga ta’ziya maktubi yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Hozircha ma’lum bo‘lgan xabarlarga ko‘ra, halokat natijasida kamida 133 kishi halok bo‘lgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥊Rasman: Murodjon Ahmadaliyev mutlaq jahon chempionligi uchun Naoya Inoue bilan jang qiladi

Jang shu yilning 14-sentyabr kuni 🇯🇵Tokioda bo‘lib o‘tadi.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonda halokatga uchragan samolyotda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmagan — TIV rasmiy vakili. 👉 @xushnudbek 👈
Hindistonda yuz bergan aviahalokatda 290 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, deya mahalliy politsiyaga tayanib xabar bermoqda Reuters nashri.


👉 @xushnudbek 👈
2025/07/06 03:50:50
Back to Top
HTML Embed Code: