Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BYD Chazor elektromobili va boshqa qimmatbaho sovrinlar yutib olishni istaysizmi?

Ucell abonentlariga mo‘ljallangan “Sovrin Bor” aksiyasida ishtirok eting.

2-oktabrdan 24-dekabrgacha raqamingiz balansini 50 000 so‘mdan boshlab to‘ldiring va yutuqli o‘yinda qatnashing:

• iPhone 16 Pro;
• Apple Watch;
• Yandex.Stansiyalar;
• 5G-routerlar;
• Pul yutuqlari;
• Supersovrin — BYD CHAZOR elektromobili — finalda!

Qanday ishtirok etiladi:
🔹Ucell mobil ilovasini oching, “Sovrin Bor” aksiyasini tanlang va “Ishtirok etish” tugmasini bosing.
🔹Balansni bir martada 50 000 so‘mdan boshlab to‘ldiring.
🔹Balansni bitta to‘ldirishdagi har bir 50 000 so‘m evaziga Siz yutuq uchun 1 imkoniyat olasiz.

Ucell mobil ilovasi orqali hisob to‘ldirishda esa 2 karra ko‘p imkoniyat olasiz!

Aksiyada ishtirok etish uchun Ucell mobil ilovasining 2.8 versiyasigacha yangilashingiz yoki yuklab olishingiz kerak.

Batafsil
Reklama
Kimyo bo‘yicha 2025-yilgi Nobel mukofotiga 🇯🇵Susum Kitagava, 🇬🇧Richard Robson va 🇯🇴Omar M.Yaghi sazovor bo‘lishdi.

Ular metall-organik karkas tuzilmalarini ishlab chiqqani (Metal-Organic Frameworks, MOF) uchun taqdirlanishdi.

Ularning ishlanmalari kimyo va materialshunoslik sohasida yangi davrni boshlab berdi — MOF tuzilmalari gaz saqlash, suv tozalash va energiya texnologiyalarida keng qo‘llanilmoqda.


👉@xushnudbek👈
3
Oliy sud: Mubashshir Ahmad 2,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Sud hukmiga ko‘ra, u Jinoyat kodeksining 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish) 2-qismi, 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “g” bandi va 244-3-moddasi (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli, deb topildi.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 57-moddasini (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llagan holda 59 (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) va 61 (jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari) moddalari tartibida 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Tayinlangan jazo umumiy tartibli koloniyalarda o‘talishi belgilandi.

Shu bilan birga, Internet tarmog‘idagi Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlari, Telegram messenjeri hamda YouTube videohostingidagi Mubaşşir Ahmad va Azon Global – Muqobil axborot-tahliliy kanali nomli sahifalar (kanallar) faoliyati to‘xtatilib, bloklanishi belgilandi.


👉@xushnudbek👈
8
🇺🇿🇹🇯Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 9-10-oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Davlatimiz rahbari Dushanbe shahrida o‘tadigan "Markaziy Osiyo - Rossiya" formatidagi ikkinchi sammit va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.


👉@xushnudbek👈
2
Mahalliy Enter Engineering kompaniyasi O‘zbekistondagi birinchi atom elektr stansiyasi qurilishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun subpudratchi sifatida tanlanibdi.

Bu haqda 6-oktyabr kuni AES qurilishi direksiyasi rahbari Abdujamil Qalmuratov Jizzax viloyati Forish tumanidagi atom stansiyasi joylashuv maydonida o‘tkazilgan matbuot-turi vaqtida ma’lum qilgan.

Hozirda AES joylashuv maydonida Enter Engineering qurilish-montaj bazasini barpo etmoqda. U yerda konstruksiyalarni oldindan yig‘ish ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, baza doirasida qurilish va montaj materiallari uchun omborlar, beton aralashtirish uzellari tashkil etiladi.


👉 @xushnudbek 👈
2
Shavkat Mirziyoyev favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish tizimini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

Sohada raqamli infratuzilma yaratish, favqulodda vaziyat haqida xabar berishdan boshlab, uni to‘liq bartaraf etishgacha bo‘lgan hamma jarayonlarni raqamlashtirish, shuningdek, yangi ishlash mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha topshiriq berildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida dual ta’limni yo‘lga qo‘yish va malaka oshirish markazini tashkil etish, professional qutqaruvchilarni tayyorlash, o‘qitish va ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish topshirildi.


👉 @xushnudbek 👈
3
Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan “HealthTech AI Hackathon” tanlovida tibbiyot sohasidagi ilg‘or IT-dasturlarni taqdim etib, g‘olib bo‘lgan yoshlarni taqdirlash marosimida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ham qatnashdi.

Ushbu tadbirda 44 ta jamoa, 300 dan ortiq ishtirokchi yuzlab yangi tashabbus bilan qatnashdi.

“Endilikdagi umumiy maqsadimiz — bu loyihalarni to‘xtatib qo‘ymaslik, ularni yakuniga yetkazish, rivojiga ko‘maklashish va investorlarni jalb etishda yordamlashishdir”, — dedi Saida Mirziyoyeva.


Ma’lumot uchun: “HealthTech AI Hackathon” — mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladigan keng ko‘lamli “AI Hackathon” umummilliy loyihasining bir qismidir. 2026-yil yakuniga qadar unda minglab yosh mutaxassislar qatnashadi.


👉 @xushnudbek 👈
1
Toshkent viloyatida siam egizaklari operatsiya orqali ajratib olindi

Operatsiya Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filialida (Chirchiq shahri) o‘tkazildi.

Homiladorlikning 33-34-haftasida “kesarcha kesish” yo‘li bilan muddatidan avval dunyoga kelgan siam egizaklari tug‘ruqdan 9 soat o‘tib, o‘ta murakkab amaliyot orqali ajratib olindi.

Besh soat davom etgan texnologik operatsiya Respublika perinatal markazi qoshidagi Neonatal xirurgiya markazi rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Baxtiyor Ergashev boshchiligidagi bir guruh malakali mutaxassislar tomonidan bajarilgan.

Salomatligi yaxshilangan jajji bemorlar va ularning onasiga shifoxonadan uyiga javob berildi.

Operatsiyada qatnashgan mutaxassislar “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.


👉@xushnudbek👈
5
❗️Isroil va HAMAS tinchlik kelishuvining birinchi bosqichini imzoladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va HAMAS uning 20 bandli tinchlik rejasi bo‘yicha kelishuvlarning dastlabki bosqichiga erishganini ma'lum qildi.

"Isroil va Hamas tinchlik rejamizning birinchi bosqichini imzolaganini e’lon qilishdan g‘oyat faxrlanaman. Bu shuni anglatadiki, barcha garovga olinganlar yaqin kelajakda ozod etiladi va Isroil o‘z qo‘shinlarini kelishilgan chegaraga qadar olib chiqadi", – deb yozadi u.


Kelishuvga binoan, HAMAS 13-oktyabr kuni barcha garovdagilarni (48 kishi, jumladan, ulardan 20 nafari tirik) ozod qiladi. Shundan so‘ng, Isroil 72 soat ichida bosqichma-bosqich o‘z qo‘shinlarini olib chiqadi, G‘azoga gumanitar yordam kiritiladi.

Shuningdek, Isroil umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan 250 kishini va 1 ming 700 nafar falastinlik mahbusni ozod qiladi.

Donald Tramp ushbu kelishuv bo‘yicha shu hafta oxirida Yaqin Sharqqa tashrif buyurishi mumkin.


👉@xushnudbek👈
10
O‘zbekistonda shaxsni ruxsatsiz tasvirga olish taqiqlanmoqda. Lekin istisnolar bor

Bu bo‘yicha qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi. Unga ko‘ra, shaxsni tasvirga olish va undan foydalanish uchun rozilik olish majburiyligi belgilab qo‘yilmoqda.

🔴 Istisnolar

Quyidagi 8 ta holatda tasvirga olish va uni tarqatishda rozilik so‘rash talab etilmaydi:

qidiruvdagi shaxsni aniqlash uchun tasvirdan foydalanganda;

jamoat tartibini saqlash yoki xavfsizlikni ta’minlash maqsadida videokuzatuv orqali tasvirdan foydalanganda;

davlat organlari o‘z xizmat vazifasini bajarish jarayonida tasvirdan foydalanganda;

qonunbuzarlik holatlari haqida xabar berganda tasvirdan foydalanganda;

davlat xizmatchilarini ularning xizmat vazifasini bajarish yoki jamoatchilik oldidagi faoliyati vaqtida tasvirga olishda.

jamoat joylarida (ko‘cha, maydon, park, stadion, sohil, bozor, transport, aeroport, vokzal, kafe, kutubxona, muzey va h.k.) hamda mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlarda, ommaviy tadbirlarda umumiy jarayonlarni aks ettirish maqsadida shaxslarni tasvirga olishda;

agar tasvir ochiq manbada joylashtirilgan bo‘lsa yoki undan hamma erkin foydalana olsa (tijorat maqsadida foydalanish bundan mustasno).

shaxs haq evaziga tushgan surat yoki video faqat o‘sha maqsadda — ya’ni oldindan kelishilgan yo‘nalishda foydalanilsa.


🟢 Talablar:

🔹 tasvirga olishda va undan foydalanishda 16 yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar nomidan rozilik ularning ota-onasidan biri yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan beriladi;

🔹 jamoat joylarida videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan taqdirda, bu haqda barchaga ko‘rinadigan joyda va shaklda ogohlantiruvchi belgi o‘rnatiladi;

🔹 insonning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarini uning roziligisiz yashirincha yozib olish yoki tarqatish maqsadida maxsus texnika vositalaridan foydalanganlar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Boshqacha aytganda, yashirin kamera uchun javobgarlik belgilanyapti;

🔹 videokuzatuv kameralarini o‘rnatish mumkin bo‘lmagan joylar doirasi, xususan, kiyinish xonalarida, hojatxonalarda videokuzatuv tizimlari o‘rnatilishi mumkin emasligi aniq belgilab qo‘yilmoqda.


👉@xushnudbek👈
7
Til o‘rganmoqchi bo’lgan yoshlarga subsidiya ajratiladi

Bu haqda Hukumatning tehishli qarori (632-son, 08.10.2025-y.) qabul qilindi.

"2+6" dasturiga ko‘ra, sertifikatga ega bo‘lgan yoshlar avvalgi 2 oyni o‘z hisobidan, keyingi 6 oygachani esa Yoshlar ishlari agentligi jamg‘armasi hisobidan o‘qiydi.

Subsidiya miqdori:

Toshkent shahrida — BHMning 2 baravarigacha (824 ming so’m);

Viloyat markazlarida — 1,5 baravarigacha (618 ming so’m);

Tuman (shahar)larda — 1 baravarigacha (412 ming so’m).

2025–2026-yillarda 20 ming nafargacha yoshga, 2031-yilgacha har yili 20 ming nafargacha subsidiya ajratiladi. Limit to‘lsa, ajratish keyingi yilga qoldiriladi.

Subsidiya faqat elektron platformada ro‘yxatdan o‘tgan va dars qatnashuvi elektron nazorat qilinuvchi o‘quv markazlariga beriladi.


👉 @xushnudbek 👈
5
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikiston Respublikasiga keldi.

Dushanbe xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.


👉 @xushnudbek 👈
2
Adabiyot bo‘yicha 2025-yilgi Nobel mukofotiga 🇭🇺vengriyalik yozuvchi Laszlo Krasznahorkai sazovor bo‘ldi.


👉@xushnudbek👈
5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xavfsizlik xizmati:

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashovchi 5 nafar aka-ukalarning yashash xonadonlari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, yashirib qo‘yilgan jami 9 kg 14 gr marixuana, 1 tup kannabis, 1 dona pnevmatik qurol, ov quroliga tegishli 21 dona patron, 19 dona gilza, 1 dona rezina tayoqchasi (dubinka), 2 dona sovuq qurol ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Shuningdek, ularning sherigiga tegishli yashash manzili ham ko‘zdan kechirilganda, xonadon omborxonasi va oshxonasida jami 7 dona qog‘oz bo‘lagiga solingan quruq holatdagi kannabis va chekish uchun mo‘ljallangan moslama borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

***

Yana bir holatda Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan giyohvandlik vositasining aylanmasiga chek qo‘yilgan bo’lsa, boshqa holatda Farg‘ona tumanida 6 ming 880 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi aniqlandi.


👉@xushnudbek👈
1
2025/10/25 07:53:24
Back to Top
HTML Embed Code: