Telegram Web Link
❗️Jizzax viloyati Forish tumanidagi bog‘chalarda ham 37 nafar bola ovqatdan zaharlandi

Tuman hokimligining ma'lum qilishicha, kecha, 9-oktyabr kuni soat 09:00 lardan 16:00 ga qadar bo‘lgan vaqt davomida tumandagi 1, 3, 5 va 7-sonli davlat bog‘chalarining 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 37 nafar tarbiyalanuvchisi isitma ko‘tarilishi, ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i, ich ketish va holsizlik kabi shikoyatlar bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, ular 8-oktyabr kuni bog‘chalarida biokefir, pishloq va sariyog‘ kabi mahsulotlarni iste’mol qilishgan. Bolalarga anamnez va birinchi tekshiruvlar asosida “o‘tkir diareya” tashxisi qo‘yilib, statsionar ravishda tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Dastlabki xulosalarga ko‘ra, bog‘chalarda ommaviy zaharlanish yuzaga kelishiga oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, saqlash, ishlov berish jarayonlaridagi sanitariya qoida va normalarining buzilishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Mazkur holat yuzasidan Forish tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


👉@xushnudbek👈
3
Issiqxona xo‘jaliklari uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun ularga quyidagi imtiyozlar berildi:

🔹 2026-yil 1-yanvardan boshlab 2028-yil yakuniga qadar ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib;

🔹 2025-yil 1-oktyabr holatiga mavjud soliq qarzi yuzasidan to‘lov muddati foizlarni hisoblamagan holda 2028-yil yakuniga qadar uzaytiriladi.

Bu haqda Prezidentning tegishli Farmoni (PF–181-son, 08.10.2025 y.) qabul qilindi.


👉 @xushnudbek 👈
3
🇻🇪Tinchlik boʻyicha 2025-yilgi Nobel mukofotiga venesuelalik Mariya Korina Machado sazovor bo‘ldi.

U Venesuela xalqi uchun "demokratik huquqlarni targ‘ib qilishdagi tinimsiz mehnati hamda diktaturadan demokratiyaga adolatli va tinch o‘tishga erishish yo‘lidagi kurashi" uchun taqdirlandi.

Donald Tramp endi keyingi yil uchun harakat qiladi.


👉 @xushnudbek 👈
4
Xushnudbek.uz
❗️Jizzax viloyati Forish tumanidagi bog‘chalarda ham 37 nafar bola ovqatdan zaharlandi Tuman hokimligining ma'lum qilishicha, kecha, 9-oktyabr kuni soat 09:00 lardan 16:00 ga qadar bo‘lgan vaqt davomida tumandagi 1, 3, 5 va 7-sonli davlat bog‘chalarining…
SSV: Hozirgi paytda barcha bolalarning ahvoli barqaror, sog‘lig‘iga xavf yo‘q. Hozirda faqat 2 nafar bola profilaktika maqsadida shifokorlar kuzatuvida qolmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, noxushlik holati oziq-ovqat omillari bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimol qilinmoqda. Aniq sabab laboratoriya tahlillari natijalariga ko‘ra belgilanadi.


👉@xushnudbek👈
5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏋‍♀Og‘ir atletika: Akbar Jo‘rayev Jahon chempionatida 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi va 2 ta jahon rekordini yangiladi

🥇Akbar Jo‘rayev (110 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida) kecha, 10-oktyabr kuni 🇳🇴Norvegiyada o‘tayotgan Jahon chempionatida mutlaq chempionlikka erishdi.

U dast ko‘tarishda 196 kg (jahon rekordi), siltab ko‘tarishda 232 kg, umumiy hisobda esa 428 kg (jahon rekordi) bilan 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

🥉Yana bir hamyurtimiz Ruslan Nurudinov esa dast ko‘tarishda 186 kg, siltab ko‘tarishda 228 kg va umumiy 414 kg bilan 2 ta bronza medaliga (siltab ko‘tarish va ikki kurash yakuniga ko‘ra) sazovor bo‘ldi.


👉@xushnudbek👈
11
Bojxona deklaratsiyasini endi mobil ilova orqali to‘ldirish mumkin

Bojxona qo‘mitasi bojxona deklaratsiyasini onlayn tarzda to‘ldirish va taqdim etish imkonini beruvchi yangi elektron xizmatni ishga tushirdi.

Endilikda fuqarolar “Yo‘lovchi-deklaratsiyasi” nomli mobil ilova orqali deklaratsiyani soddalashgan tartibda to‘ldirishi mumkin. Ilovaga pasport maʼlumotlari kiritilishi bilan deklaratsiyaning asosiy bandlari avtomatik toʻldiriladi, IMEI-kodni skanerlash imkoniyatiga ega va chegara postlarida bepul Wi-Fi orqali foydalanish mumkin.

Tizim dastlab “Toshkent” xalqaro aeroportida sinovdan o‘tkazilmoqda, 2025-yil 1-noyabrdan boshlab barcha chegara o‘tkazish punktlarida to‘liq joriy etiladi.


👉@xushnudbek👈
6
Doktorantura kvotasi-2026.pdf
1.8 MB
2026-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada oʻqitish boʻyicha qabul kvotasi tasdiqlandi.

Hujjatlar 5-noyabrgacha qabul qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Birozdan so‘ng, soat 22:22 da “Milliy” telekanalida Saidkamol Abdurazzoqov jamoasi “Zakovat”ning kuzgi mavsumning to‘rtinchi o‘yinida ishtirok etadi!

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Oʻzbekistonning birinchi mudofaa vaziri, general-polkovnik Axmedov Rustam Urmanovich 82 yoshida vafot etdi.

Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.


👉 @xushnudbek 👈
11
😄 100 mln soʻmlik sovgʻalardan biriga ega boʻling!

“Ibrat academy” 17-oktyabrdan 31-oktyabrgacha ingliz tili bilimdonlari uchun “Ibrat Marafon – 2”ni tashkillashtirmoqda.

🏆 Unga koʻra, “Ibrat academy” ilovasidagi test orqali ingliz tilidagi bilimlaringizni tekshirib, iPhone 17 pro max, chet elga sayohat, kontrakt toʻlovi uchun 10 mln soʻm va boshqa yuzlab sovgʻalardan birini yutib olishingiz mumkin.

🎁 Hech bir ishtirokchi sovgʻasiz qolib ketmaydi.

❗️Marafonda qatnashish mutlaqo BEPUL!

🫱🏻‍🫲🏻 Batafsil ma’lumot va eng muhim yangiliklarlardan qolib ketmaslik uchun quyidagi havola orqali maxsus kanalga qoʻshiling:

🫴🏻 Sovgʻalar roʻyxati bilan tanishish

Ta’lim granti doirasida ijtimoiy reklama.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
⚽️ Bugun — o‘yin kuni!

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Malayziyada 🇺🇾Urugvay bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:45 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, bungacha O‘zbekiston Urugvay bilan ikki marta kuch sinashgan va har ikkala uchrashuvda ham 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.


👉 @xushnudbek 👈
1
🚍 Toshkentda yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushdi

Kecha, 12-oktyabrdan boshlab, yangi 197-sonli yo‘nalishdagi avtobuslar "O‘zbekiston mehmonxonasi" va "Yangi Toshkent" bekatlari oralig‘ida harakatlana boshladi.

Yo‘nalishda 8 ta 9,5 metrli, o‘rta sig‘imli oq rangli Yutong avtobuslari yo‘lovchilarga soat 05:30 dan 22:50 ga qadar xizmat ko‘rsatmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
2
Xushnudbek.uz
Ta'mirlash uchun yopilgan metro bekatlari 18-oktyabrdan qayta ochilishi kutilmoqda Metropoliten ma'muriyatining ma'lum qilishicha, ayni vaqtda ta'mirlash ishlarining yakuniy bosqichi amalga oshirilmoqda. Yaqin muddat ichida ushbu yo‘nalish o‘z faoliyatini…
Ta'mirlash uchun yopilgan yerusti metro bekatlarining qayta ochilishi 1-noyabrgacha kechiktirildi.

Ma'lum qilinishicha, hozirda ushbu yo‘nalishda poyezdlar sinov tariqasida (yo‘lovchilarsiz) harakatlanmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
1
O‘zbekiston Osakadagi butunjahon ko‘rgazmasida oltin medalni qo'lga kiritdi

Yaponiyaning Osaka shahrida o‘tayotgan EXPO butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni “Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi” nominatsiyasida oltin medal bilan taqdirlandi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ta’kidlashicha,Bilimlar bog‘i: kelajak jamiyati uchun laboratoriya” konsepsiyasi an’analar va innovatsiyalar uyg‘unligini ifodalagan.

BIE mukofoti — EXPOning eng nufuzli e’tirofi bo‘lib, u ishtirokchi mamlakatlarning innovatsion g‘oyalari, texnologik yutuqlari va madaniy taqdimotini alohida qadrlaydi.


O‘zbekiston milliy paviloni birinchi marta BIE oltin mukofotiga sazovor bo‘lmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
3
Iqtisodiyot bo‘yicha 2025-yilgi Nobel mukofotiga 🇺🇸Joel Mokyr, 🇫🇷Philippe Aghion va 🇨🇦Peter Howitt sazovor bo‘lishdi.

Ular innovatsiyaga asoslangan iqtisodiy o‘sishni tushuntirib berganliklari uchun taqdirlandilar.

Mukofotning yarmi Joel Mokyrga — texnologik taraqqiyot orqali barqaror o‘sishning shartlarini aniqlab bergani uchun, qolgan yarmi esa Philippe Aghion va Peter Howittga — “ijodiy buzilish” nazariyasi orqali barqaror iqtisodiy o‘sishni izohlab berganlari uchun berildi.


👉 @xushnudbek 👈
3
UZCARDdan “Omad mavsumi” aksiyasining ikkinchi bosqichi g‘oliblari aniqlandi!

Ikkinchi bosqichda 1-sentyabrdan 30-sentyabrgacha onlayn xaridlar va 50 000 so‘mdan pul o‘tkazmalarini amalga oshirgan UZCARD karta egalari ishtirok etdi. Ishtirokchilar o‘rtasida 10 mln so‘mlik ikkita sertifikat va Fukuok oroliga (Vetnam) ikki kishilik yo‘llanma o‘ynaldi.

O‘yin UZCARD rasmiy sahifalarida jonli efirda bo‘lib o‘tdi. Oktyabr oyidan uchinchi bosqich boshlandi, unda yana pul mukofotlari va Maldiv orollariga yo‘llanmalar o‘ynaladi. Bosh sovrin — BYD Yuan UP elektromobili!

O‘z imkoniyatlaringizni aksiyaning Telegram-botida tekshirishingiz mumkin.

Reklama
2025/10/24 19:43:59
Back to Top
HTML Embed Code: