Telegram Web Link
🏆 Toshkentda harbiylashtirilgan tuzilmalar o‘rtasidagi “Ajdodlar izidan” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi

Ilk bor o‘tkazilgan intellektual tanlovda harbiylashtirilgan tuzilmalarda 750 ta jamoa kitobxonlik, jadidchilik, intellektual va mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javob yoʻnalishlarida g‘oliblik uchun bellashdi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, faxrli o‘rinlarga quyidagi jamoalar sazovor bo‘lishdi:

🥇1-o‘rin — Ichki ishlar vazirligi jamoasi;
🥈2-o‘rin — Mudofaa vazirligi jamoasi;
🥉3-o‘rin — Favqulodda vaziyatlar vazirligi jamoasi.


👉 @xushnudbek 👈
1
🛰 Amazon O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh internet xizmatini yo‘lga qo‘yadi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov bu bo‘yicha kompaniya vakillari bilan kelishuvga erishdi.

Unga ko‘ra, ushbu hujjat “Project Kuiper” sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i orqali mamlakatimiz hududida yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini yo‘lga qo‘yish hamda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab berdi.

ℹ️ Ma'lumot uchun, Amazon Kuiper bu — Amazon korporatsiyasining sun’iy yo‘ldosh internet loyihasi bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmasi bo‘lib, u Yer orbitasidagi (LEO) yo‘ldoshlar orqali butun dunyo bo‘ylab yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini taqdim etadi.


👉 @xushnudbek 👈
7
O‘zbekistonda 20 qismli multserial loyihasi bo‘yicha tanlov e'lon qilindi

Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etilayotgan tanlovda nomzodlar “Yoʻl-Bars berar dars” nomli multserial uchun o‘z loyihalari bilan ishtirok etishi mumkin.

Tanlovga taqdim etiladigan materiallar uchun talablar quyidagilar:

🔹 loyihaning asosiy qahramonlari, syujet liniyasi, g‘oya va mazmuni aks etgan, davlat tilida, adabiy til va imlo qoidalariga rioya qilingan holda A4 format, 14 keglda, “Times New Roman” shriftida, 1,0 intervalda yozilgan 2-3 betdan iborat sinopsisning qog‘oz va elektron shakli;

🔹 loyihani amalga oshiradigan ijodiy guruh tarkibi va filmografiyasi, studiya tomonidan amalga oshirilgan loyihalar, multserial qahramonining taxminiy qiyofasi va loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa jarayonlarni qamrab oluvchi taqdimot albomi (qog‘oz va elektron variantda);

🔹 loyihaning taxminiy xarajatlar smetasi.


Loyihalar Ekspertlar kengashi tomonidan bir oy davomida ko‘rib chiqiladi, baholanadi va g‘olib aniqlanadi.

🗓 Tanlovga hujjatlarni qabul qilish 13-oktyabrdan 13-noyabrga qadar davom etadi.

📞 Tanlov haqida batafsil ma'lumot: +998555111505 (ichki 1005).


👉@xushnudbek👈
1
O‘zbekistonda 8 oyda 81 kishi oilaviy zo‘ravonlik uchun ozodlikdan mahrum etilgan

2025-yilning yanvar-avgust oylarida Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bilan 298 kishi sudlangan. Bu ko‘rsatkich 2024-yil bo‘yicha 472 nafarni tashkil etgan bo‘lib, shulardan 150 nafari ozodlikdan mahrum etilgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59-2-moddasi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bo‘yicha esa ushbu davrda 7 ming 624 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanilgan. Bu miqdor 2024-yilda 16 ming 524 tani tashkil etgan.

2025-yilning 8 oyi mobaynida oilaviy zo‘ravonlik oqibatida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga nikohni bekor qilish uchun 47 ariza berilgan bo‘lib, ulardan 37 tasi, ya'ni har beshtadan to‘rttasi qanoatlantirilgan.


👉 @xushnudbek 👈
2
IV “Zakovat-Gambit” shaxmat chempionatida ishtirok eting!

🏁 Turnirning final bosqichi 22-23-oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

💵 Musobaqa sovrin jamg‘armasi - 620 million so‘m!

❗️“Zakovat-Gambit” turnirida faqat O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Chempionatda qatnashish uchun gambit.zakovatklubi.uz veb-saytida bugun, 14-oktabr kuni soat 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘tish lozim. Ro‘yxatdan o‘tishda ishtirokchilar o‘z reytingini hisobga olishi va tegishli guruhda ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

ℹ️ “Zakovat-Gambit” turniriga ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqida ushbu havola orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.


👉@xushnudbek👈
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashdi.

"Biz mamlakatimizdagi ko‘plab xotin-qizlar va yoshlarning hayotini ijobiy tomonga o‘zgartirayotgan “Women in Business” va ”Youth in Business” dasturlari qo‘llab-quvvatlanayotgani, shuningdek, Qoraqalpog‘istonda hududning barqaror rivojlanishiga qaratilgan loyihalarni yoʻlga qoʻyish bo‘yicha hamkorlikni yuksak qadrlaymiz", — deya fikr bildirdi Saida Mirziyoyeva.



👉 @xushnudbek 👈
2
O‘zbekistonda startaplar uchun milliy platforma ishga tushirildi

IT Park Uzbekistan Dealroom.co xalqaro tahlil kompaniyasi bilan hamkorlikda mamlakatdagi barcha startaplar, investorlar va akseleratorlar haqidagi ma’lumotlar to‘plangan birinchi milliy platforma — uzbekistan.dealroom.co portalini ishga tushirdi.

Ma'lumot uchun, Dealroom.co talqiniga ko‘ra, O‘zbekistonning startap ekotizimi qiymati 5 yil ichida 13 barobar oshib, 3,9 mlrd dollarga yetdi va o‘sish sur’atlari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi (Silikon vodiysi, Hindiston va Litvadan ham yuqori).


👉 @xushnudbek 👈
1
🚍 Toshkentga Xitoydan 202 ta elektrobus olib kelindi

Ma'lum qilinishicha, so‘nggi yillarda Toshkentda avtobuslardan havoga chiqadigan zararli moddalar miqdorini oyiga 93,3 tonnaga kamaytirishga erishilgan. 2030-yilgacha poytaxtda elektrobuslarning jamoat transportidagi ulushini 50 foizgacha oshirish belgilangan.


👉 @xushnudbek 👈
Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahallalarga qo‘shimcha imtiyozlar ajratiladi

Joriy yildan boshlab Soliq qo‘mitasi yer va mol-mulk soliqlarini to‘langanlik darajasiga qarab, “Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla” reytingini e’lon qiladi.

Bunda 100 talikka kirgan mahallaga “Tashabbusli byudjet”ning yangi tizimi bo‘yicha infratuzilma xarajatining 75 foizi byudjetdan to‘lab beriladi. Shuningdek, ushbu mahallalarning har biriga qo‘shimcha 2 milliard so‘mdan ajratiladi.


👉 @xushnudbek 👈
3
🇺🇿🇲🇪Chernogoriya hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun vaqtinchalik vizasiz rejimni bekor qildi

Ushbu qaror mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lishi yo‘lida viza siyosatini Shengen zonasi talablariga muvofiqlashtirayotgani bilan izohlandi.

Vaqtinchalik vizasiz rejim 🇦🇲Armaniston va 🇪🇬Misr fuqarolari uchun ham bekor qilindi. 🇳🇷Nauru uchun esa aksincha, 90 kunlik vizasiz rejim joriy qilindi.


👉 @xushnudbek 👈
2
👍 “Ibrat Farzandlari” orqali til oʻrganuvchilar uchun ajoyib yangilik!

Endi siz “Ibrat Academy”da til oʻrganib, “2+6” dasturi orqali subsidiya asosida oʻqishingizni oʻquv markazlarida davom ettirishingiz mumkin.

Unga koʻra, 14–30 yoshdagi yigit-qizlar dastlab “Ibrat academy” mobil ilovasi orqali ingliz, nemis, fransuz, yapon, koreys yoki xitoy tilini oʻrganib, A1–B2 sertifikatini qoʻlga kiritadi.

Undan keyingi oʻquv markazida davom ettiriladigan 2+6 oylik oʻqish uchun toʻlov esa belgilangan tartib asosida davlat tomonidan qoplab beriladi.

Ma’lumot uchun: "2+6" dasturida qatnashish uchun albatta boshlang'ich darajadagi til sertifikati talab etiladi, ular orasida "Ibrat farzandlari" loyihasining maxsus sertifikati ham bor.

👉🏻 Batafsil ma’lumot bu yerda


Hoziroq ilovani yuklab olib, til oʻrganishni boshlang: https://onelink.to/ibratfarzandlari

🔵 Telegram | 🟥 Instagram
🟦 Facebook | 🔴 YouTube

Ta’lim granti doirasida ijtimoiy reklama.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🇶🇦Qatar va 🇸🇦Saudiya Arabistoni ham futbol bo’yicha Jahon chempionati yo’llanmasini qo’lga kiritdi.

Kecha bo’lib o’tgan 4-bosqich saralash o’yinlarida Qatar 2:1 hisobida BAAni mag’lub etdi va guruhda 1-o’rinni egalladi. Saudiya esa Iroq bilan 0:0 o’ynadi va to’plar nisbatiga ko’ra, mundial yo’llanmasini naqd qildi.

Endi yarimta yo’llanma uchun BAA va Iroq yana o’ynaydi. Ularning g’olibi qit’alararo saralashga chiqadi.

Bugungacha 28 ta terma jamoa Jahon chempionati yo’llanmasini hal qildi, yana 20 ta o’rin qoldi. Ularning aksariyati Yevropa jamoalari bo’ladi, chunki ko’hna qit’ada saralash davom etmoqda, hozircha faqat Angliya chiqqan xolos.

Kim chiqsa ham shaxsan bizga farqi yo’q, chunki O’zbekiston eng birinchilardan bo’lib masalani hal qilib qo’ygan :)


👉 @xushnudbek 👈
2
❗️Savollar tarqab ketgani uchun matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi qayta o‘tkaziladi

Qayd etilishicha, olimpiada savollari Fan olimpiadalari markazi tomonidan tuzilib, har bir hududda (hududiy boshqarmalarda) markazlashgan holatda chop etilgan.

Ammo hududlardagi Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalarida tashkil etilgan shtablarda olimpiada savollarini chop etish jarayonida materiallar tarqalib ketgan.

Hozirda bu holatga sababchi bo‘lgan shaxslar aniqlanayotgani va ular amaldagi qonunchilik doirasida javobgarlikka tortilishi bildirildi.

Matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi har bir sinf kesimida (9-10-11-sinf) qayta oʻtkazilishi ma’lum qilindi.


👉 @xushnudbek 👈
10
Samarqandda MDH xavfsizlik va maxsus xizmatlar rahbarlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

16-17 oktyabr kunlari Samarqand shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining 57-majlisi hamda MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining 21-majlisi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu majlislarda 🇦🇿Ozarbayjon, 🇦🇲Armaniston, 🇧🇾Belarus, 🇰🇿Qozog‘iston, 🇰🇬Qirg‘iziston, 🇷🇺Rossiya, 🇹🇯Tojikiston, 🇺🇿O‘zbekiston va 🇹🇲Turkmaniston maxsus xizmatlari rahbarlari ishtirok etadi.

Tadbirlarda, shuningdek, MDH ijroiya qo‘mitasi va MDHga a’zo davlatlar Aksilterror markazi vakillari ham qatnashadi.


👉@xushnudbek👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev avtobusda yangilangan Shota Rustaveli ko’chasini ko’zdan kechirdi.


👉 @xushnudbek 👈
9
2025/10/23 17:49:57
Back to Top
HTML Embed Code: