Bugun Shavkat Mirziyoyev kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda e'lon qilingan asosiy ma'lumotlar:

🔹 Keyingi yillarda 500 mingga yaqin xodimning qonuniy huquqlari himoya qilingan, ularning  foydasiga 267 mlrd so‘m undirib berilgan.

Shuningdek, ishdagi baxtsiz hodisalar tufayli jabrlangan 1 ming nafar xodimga 35 mlrd so‘m tovon puli to‘lab berilgan.

Bundan tashqari, nohaq bo‘shatilgan 13 ming xodim ishga tiklangan;

🔹 Kelgusi yildan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga oid qonunchilik hujjatlari loyihasini ishlab chiqishga Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama respublika komissiyasini (Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Bandlik vazirligi, Ish beruvchilar konfederatsiyasi) ham jalb qilish taklif qilindi;

🔹 Kasaba uyushmalari endilikda platformalarda faoliyat yuritayotgan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning mehnat huquqlarini ham himoya qiladi. Bu bo‘yicha hukumatga taklif kiritish topshirildi.

🔹 Uy-joy va yashash sharoitini yaxshilashga, tibbiy, psixologik, huquqiy yordamga muhtoj, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar ham “Ayollar daftari” orqali qo‘llab-quvvatlanadi;

🔹 Baxtsiz hodisa va kasbga oid kasalliklarga chalinish holatlari haqidagi ma’lumotlarni olishning yagona tizimi ishga tushiriladi;

🔹 Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bog‘lari” tashkil etiladi.

Viloyat hokimlariga kasaba uyushmalari bilan maslahatlashib, bog‘lar uchun joy ajratish topshirildi.


👉 @xushnudbek 👈
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 18-oktyabr kuni soat 13:30 da Lotte City Hotels Tashkent Palace mehmonxonasida Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan olimlar va tadbirkorlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvning maqsadi — ilm-fan va biznes vakillari o‘rtasida bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etish, ilmiy ishlanmalarni tijoratga chiqarish va hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish.


👉 @xushnudbek 👈
1
Xushnudbek.uz
Finlyandiya prezidenti O‘zbekistonga keladi Shavkat Mirziyoyev 9-sentyabr kuni Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb bilan telefon orqali muloqot qildi. O‘zbekiston bilan Finlyandiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va gumanitar…
🇺🇿🇫🇮Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb 30-31-oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Finlyandiya prezidenti matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, ikki davlat rahbari o‘rtasidagi muzokaralarda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar muhokama qilinadi.

Tashrif davomida Aleksandr Stubb biznes-forumda ishtirok etadi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ma’ruza qiladi va tashqi siyosat sohasidagi mutaxassislar bilan uchrashadi.

Finlyandiya prezidenti delegatsiyasi tarkibidan mamlakat savdo va sanoat vakillari ham o‘rin olgan.

ℹ️ Ma'lumot uchun: bunga qadar Finlyandiya prezidentlaridan Mauno Koyvisto 1992-yilda O‘zbekistonga kelgan.


👉 @xushnudbek 👈
2
🎉 Ibrat Academy marafoni allaqachon boshlandi, lekin sizda 100 millionlik sovg'alarni yutib olish imkoniyati hali ham mavjud!

Ishtirokni bugundan boshlang!

Qanday qilib deysizmi?

👍 Ibrat Academy ilovasini yuklab olasiz va marafonda qatnashib, ingliz tili topshiriqlarini bajarasiz.

🎁 Marafon doirasida qatnashchilarni iPhone 17 Pro Max, chet elga sayohat, kontrakt to‘lovi uchun 10 million so‘m kabi 100 lab mukofotlar kutmoqda.

Qatnashing, topshiriqlarni bajaring va reyting jadvalida yuqori o‘rin olib, kunlik hamda haftalik sovg‘alardan birini yutib oling!

Marafonda qatnashish – mutlaqo bepul!


Marafon 31-oktyabrgacha davom etadi.

Ilovani yuklab olish: https://onelink.to/ibratfarzandlari

Ta’lim granti doirasida ijtimoiy reklama.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Bugun, soat 22:22 da “Milliy” telekanalida Farrux Rafiqov jamoasi “Zakovat”ning kuzgi mavsumi beshinchi o‘yinida ishtirok etadi!

🎉 2025-yilning eng yaxshi savoli egasi 🚗AVTOMOBIL yutib olishi mumkin!!! Bir-biridan qiziqarli savollar yuborishni kanda qilmang.

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎬 “Ibn Sino” tarixiy-badiiy filmi uchun ijodiy tanlov boshlandi

“Ulug‘lar bolaligi” turkumidagi navbatdagi loyiha buyuk alloma Abu Ali ibn Sinoning bolalik davriga bag‘ishlanadi. Mazkur film uchun ssenariy va badiiy g‘oyalar yo‘nalishida ijodiy tanlov e’lon qilindi.

Aytilishicha, tanlovdan yosh va professional ijodkorlarni tarixiy merosni yoritishga, buyuk ajdodlar hayotini zamonaviy badiiy talqinda aks ettirishga jalb etish koʻzlangan. Unda tarixiy mavzuga qiziquvchi istalgan ijodkor ishtirok etishi mumkin.

Hujjatlar 18-oktyabrdan 3-noyabrgacha qabul qilinadi.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 2-“A” uy.
Telefon: +998555111505 (ichki 1005).

Tanlov shartlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
2
16-oktyabr kuni Yangihayot tumanida ko‘p qavatli uyda qarovsiz qoldirilgan bola balkon panjarasidan osilib qolib, pastga tushib ketishiga bir bahya qolgan edi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabasi Muhriddin Ilashov esa 5-qavatdan osilib tushib, uni qutqargan.

Kecha, 18-oktyabr kuni qahramon talabani oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov shaxsan taqdirladi.


👉 @xushnudbek 👈
26
#52 OLDINGI VA HOZIRGI ADABIYOT, O‘ZBEK TILI VA BUGUNGI JAMIYAT – ULUG‘BEK HAMDAM. Lolazor podcast

📹 https://youtu.be/2RZklkZKpZI

Lolazor podkastining 52-sonidagi mehmonimiz yozuvchi va tarjimon Ulug‘bek Hamdam. Biz u bilan adabiyot, she’riyat, yozuvchi va mualliflar, o‘zbek adabiyoti va o‘quvchisining hozirgi holati, zamonaviy yozuvchilar, o‘zbek tili hamda bugungi jamiyatning tashxisi haqida suhbatlashdik.

Mundarija:

00:00 – Tizer
01:41 – Boshladik
03:17 – Lolazor bo‘lsa nima-yu, bo‘lmasa nima?
08:37 – “Yozuvchi har doim ishlaydi”
10:28 – Bugungi zamon haqidagi “To‘rtko‘cha” kitobi
14:52 – “Hozir adabiyot, she’riyat davri emas”
26:37 – Mustaqillik davridagi adabiyot
34:10 – “Buyuk adabiyotni buyuk o‘quvchilar paydo qiladi”
38:58 – Adabiyot va mafkura
50:55 – Jadidlar. Tuhmat, tushunish va oqlash
1:01:38 – O‘zbek tili haqida
1:10:50 – Turkiy ismlar
1:15:00 – “Alifboning bittaligi turkiy xalqlarni birlashtiradi”
1:30:48 – Davrlar kesimida eng yaxshi o‘zbek yozuvchi va shoirlari
1:51:20 – O‘zbek adabiyoti kelajakda qanday bo‘ladi?
2:00:53 – Ta’lim tizimi haqida o‘ylar
2:06:14 – Jamiyat o‘zligini himoya qila oladimi?
2:15:11 – “Shahar ortimdan quvib yetdi”
2:19:58 – Global muammolar haqida
2:25:02 – Tugatamiz, xayr


📻Podkastni tinglash uchun:

📱 Spotify
📱 Apple Podcasts
📱 Yandex Music


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
320 ta geografik obyekt ro‘yxati.pdf
1.7 MB
🚉 320 ta temiryo‘l vokzali, stansiya va razyezdlar nomi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yoziladi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, temiryoʻl vokzallari, temiryoʻl stansiyalari va temiryoʻl razyezdlari nomlari davlat tili qoida va meʼyorlariga moslanadi, oʻzgarishlar tegishli hujjatlar va maʼlumotlar bazalariga kiritiladi, peshlavhalar va axborot koʻrsatkichlaridagi yozuvlar lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosidagi yozuvlar bilan almashtiriladi.

Qarorga mamlakat bo‘ylab o‘zgartiriladigan 320 ta geografik obyekt nomi ilova qilingan.


👉 @xushnudbek 👈
6
Musiqa va jismoniy tarbiya o’qituvchilariga sertifikat.pdf
2 MB
Musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga sertifikat berish tartibi belgilandi

Bu haqda Hukumat qarori asosida Nizom qabul qilindi.

Sertifikat Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 3 yil muddatga elektron shaklda beriladi.

Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fanini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi.

Amaliy (ijodiy) imtihon hamda test sinovlarining o‘rtacha natijasiga ko‘ra:

70 va undan yuqori ball olgan talabgorga — A+ darajali;
65 — 69,9 ballga — A darajali;
60 — 64,9 ballga — B+ darajali;
55 — 59,9 ballga — B darajali;
50 — 54,9 ballga — C+ darajali;
46 — 49,9 ball olgan talabgorga — C darajali sertifikat beriladi.

B+ va undan yuqori darajali sertifikat olgan o‘qituvchiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oylik maoshiga ustama beriladi.


👉 @xushnudbek 👈
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Missiya #8

Saida Mirziyoyeva bilan yonma-yon.


👉 @xushnudbek 👈
3
“Mutolaa” oʻzbek tilidagi eng katta elektron manbalardan biriga aylanmoqda!

Loyiha doirasida bir yarim yil ichida 220 ming sahifa sifatli elektron kitob va 6 ming soat audiokitob ilovaga joylandi.

Ilovada 3 mln nafardan ortiq foydalanuvchi oʻzbek va jahon adabiyotining 3 mingdan ziyod asarlarini 10 mln martadan koʻproq mutolaa qildi!

Mutolaa vaqti keldi!


Ilovani yuklab oling!

Ta’lim granti doirasida ijtimoiy reklama.


👉 @xushnudbek 👈
6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand shahrida UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkazilishi munosabati bilan shaharga kirish yo‘llari vaqtinchalik yopiladi

Joriy yilning 30-oktyabridan 14-noyabrga qadar viloyat hududidan tranzit o‘tuvchi transport vositalari uchun aylanma harakat tashkil etiladi.

Bunda maxsus flayerlar ishlab chiqilgan va undagi QR kod orqali tashkil etilgan aylanma yo‘llarni mobil ilova orqali ko‘rish ham mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Davlat organlarida rahbarning ma'naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Bu lavozim 2026-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi.

Shuningdek:

🔹 ta’lim qardosh tillarda olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari uchun o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha darsliklarning davriyligi asosida yangi avlodi yaratiladi;

🔹 2026-yildan boshlab maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun “Mening ilk izohli lug‘atcham” rasmli lug‘at kitobi yaratiladi;

🔹 bolalarga o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha zamonaviy animatsion video va audio mahsulotlar ishlab chiqiladi;

🔹 Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi o‘tkazib boriladi. Bunda olimpiada g‘oliblari respublika OTMlarining “filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishiga umumiy qabul kvotasidan tashqari davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi;

📔 “O‘zbekiston milliy qomusi” elektron shaklda tayyorlanadi va e’lon qilinadi;

❗️o‘zbek tilini sun’iy intellekt yordamida qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladigan platforma ishlab chiqiladi.


👉 @xushnudbek 👈
3
🎓 Kontrakt kutib turadimi? Afsuski, yo‘q!

Hamkorbank sizga o‘qishni kechiktirmasdan, stresssiz davom ettirishingiz uchun qulay ta’lim kreditini taklif qiladi.

Shartlar:
🔹 Kredit miqdori — oliy ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan.
🔹 Muddati — 7 yilgacha (talaba oliy ta’lim muassasasini tamomlagandan keyin yettinchi oydan boshlab, 7 yil davomida to‘lash muddati bilan beriladi).
🔹 Foiz stavkasi:
• Yigitlar uchun — yillik 14%;
• Qizlar uchun — 0% (garov va kafillarsiz).

Moliyaviy muammolar kelajagingizga xalaqit bermasin.
Hamkorbank — haqiqatan yordam kerak bo‘lgan paytda sizni qo‘llab-quvvatlaydi.

Batafsil hamkorbank.uz saytida.

Hamkorbankning istalgan ofisida ariza qoldiring.

📱Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

Reklama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun ўзбек tiliga давлат tili мақоми berilganiga 36 йил to‘ldi!

E’tibor берганмисиз, siz туғилганда oilangizda сўзлашиладиган tilni Она tili деб atashadi. Bu сизнинг onangiz сўзлайдиган til деганимикин, yoki тил onadek муқаддас, onadek улуғ deganimikin? Menimcha, иккинчиси. Xuddi Она yer, Она vatan каби, til ҳам onadek улуғланмоқда.

Ona тилимиз oldida ҳали ko‘p қарзимиз bor. Juda кўп. O‘zbek тилининг tili бўлганда edi, бизга rosa эътирозларини aytgan бўларди. Yoki онадек mehribonlik билан, dardini ичига yutgan бўлармиди, kim билсин...

Ona тилимизни ardoqlaylik, унга munosib фарзанд bo‘laylik. O‘ldirib қўйиб, keyin йиғлаб yurishdan фойда yo‘q, tirikligida қадрлайлик, ona тилимиз umrboqiy бўлиши uchun унга har кун, har дақиқа g‘amxo‘rlik қилайлик.

Bayramingiz муборак!


👉 @xushnudbek 👈
45
Xushnudbek.uz
Bugun ўзбек tiliga давлат tili мақоми berilganiga 36 йил to‘ldi! E’tibor берганмисиз, siz туғилганда oilangizda сўзлашиладиган tilni Она tili деб atashadi. Bu сизнинг onangiz сўзлайдиган til деганимикин, yoki тил onadek муқаддас, onadek улуғ deganimikin?…
30 yildan oshiqroq vaqt davomida yagona alifboga o‘ta olmayotgan davlatda Ona tiliga g‘amxo‘rlik haqida soatlab ma’ruzalar o‘qilishiyu, til bayramida to‘yu tantanalar bo‘lishi kulgili tuyuladi men uchun. Qat’iyat va siyosiy iroda yetishmayapti.

Alifbomizdagi muammoli atigi ikkitagina harfni to‘g‘rilashga (o‘ va g‘ harfidan keyingi belgini harfning tepasiga ko‘chirishga) kuchimiz yetmayaptiyu, butun boshli kirill alifbosidan voz kechishdan umid qilishimning o‘zi kulgili.

Men hali o‘zbek bo‘la turib, o‘zbekcha bilmaydigan yoki bilsa ham, o‘zbekcha gapirishdan uyaladigan yurtdoshlarimiz, yoxud barcha ish yurituvini, hujjatlarini, xatlarini, shartnomalarini o‘zbekcha yuritmaydigan tashkilotlar, yoxud ko‘chalardagi e’lonlaru, o‘zbekcha kontentlar taqchilligi va sifati, g‘ij-g‘ij imlo xatolari haqida gapirmayapman.

Hech bo‘lmasa, eng oddiy va bajarish oson bo‘lgan vazifalarni ham qila olmayotganimizdan jig‘ibiyronim chiqadi xolos.

Ha, mayli, bayram kuni dilingizni xira qilmay — O‘zbek tili kuni muborak!


👉 @xushnudbek 👈
9
2025/10/21 06:41:39
Back to Top
HTML Embed Code: