Telegram Web Link
"YASHNOBOD" INNOVATION TECHNOPARK
Photo
#Yashnobod_innovatsiya_texnoparki #Hamkorlik

“Yashnobod” Innovatsion texnoparki va “O‘zbekekspertiza” AJ o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.

📃 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-martdagi PQ–126-sonli qarorida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida, shuningdek, 2017-yil 5-iyundagi PF–5068-sonli Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 468-sonli Qaroriga muvofiq, “O‘zbekekspertiza” AJ va “Yashnobod” Innovatsion texnoparki o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.

⚡️ Ushbu Memorandum yuqori texnologiyalar sohasidagi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, texnologik ishlanmalarni sanoatlashtirish va tijoratlashtirish jarayonlariga ko‘maklashish hamda yaratilgan texno-makonda yangi rezidentlarni faol jalb etish masalalari bo‘yicha tizimli hamkorlikni rivojlantirishga asos bo‘ladi.

📲Texnopark yangiliklarini kuzatishda davom eting!

Web-site |Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yashnobod innovatsiya texnoparki rezidenti “UZAUTO CEPLA” MCHJ faoliyati o‘rganildi.

“UZAUTO CEPLA” MCHJ – O‘zbekistonda kimyoviy texnologiyalar polimer birikmali materiallarini ishlab chiqarishga iqtisoslashgan yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

🔹Loyihaning umumiy qiymati 13 mln AQSh dollariga teng.
🔹Kompaniyaning ishlab chiqarish hajmi yiliga 29 mln AQSH dollarini
🔹Yaratilgan doimiy ish o‘rinlari soni 101 nafarni tashkil etadi.
🔹 Polimer birikmali materiallarini ishlab chiqarish uchun Xom ashyoning bir qismini O‘zbekiston, Koreya, Rossiya davlatlaridan olib keladi.
🔹Yiliga 15 ming tonnadan oshiq ishlab chiqariladigan polimer ushbu birikmali materiallar turli sohalardagi ishlab chiqarish korxonalari (asbobsozlik, maishiy texnika, avtomobilsozlik, to‘qimachilik va lak-bo‘yoq sanoatida ) keng miqiyosda qo‘llaniladi.

UZAUTO CEPLA joriy yilda ushbu ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar hajmini kengaytirishni,ushbu innovatsion maxsulotini mahalliy va jahon bozorida keng miqiyosda sotishni rejalashtirmoqda.

📲Texnopark yangiliklarini kuzatishda davom eting!

Web-site |Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#inno_yangilik

Ilon Mask Optimus robotining yangi videosini taqdim etdi.

Ilon Mask musiqa ostida harakatlanayotgan, qo‘l va oyoqlarning muvofiqligini namoyish etayotgan Optimus gumanoid robotining navbatdagi video ta'svirlarini ijtimoy tarmoqlarda namoyish qildi.

Loyiha jamoasining ta’kidlashicha, robot yangi harakatlarni mashinali o‘rganish (machine learning) orqali o‘zlashtirmoqda. Kadrda ko‘rinib turgan tros esa faqat xavfsizlik chorasi bo‘lib, uni yiqilishdan himoya qilish maqsadida ishlatilgan.

📲Texnopark yangiliklarini kuzatishda davom eting!

Web-site |Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Innovatsiya

Endi qo‘lda yozish shart emas — konspekt va yozuvlarni endi o‘z qo‘l yozuvingizda neyrotarmoq yordamida tayyorlash mumkin.


Hammasi juda oddiy:
1. Hand Written saytiga kiring — mana shu yerda.
2. “O‘z shriftingizni yarating” tugmasini bosing.
3. Harflar namunasi shablonini qo‘lda to‘ldirib, suratini yuklang.
4. Shundan so‘ng o‘z qo‘l yozuv shriftingizni olasiz va xohlagan narsani shu shrift bilan bosib chiqarishingiz mumkin.

📲Texnopark yangiliklarini kuzatishda davom eting!

Web-site |Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/05 23:18:02
Back to Top
HTML Embed Code: