Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston-Gruziya Biznes-Forumi tashkil etiladi.

Joriy yilning 21-may kuni soat 10:30 da Oʻzbekistonga Gruziya ishbilarmonlar delegatsiyasining tashrifi doirasida Oʻzbekiston-Gruziya biznes-forumi va B2B uchrashuvlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Forumda 150 dan ortiq logistika, qishloq xoʻjaligi, tibbiyot, oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati, turizm, ulgurji savdo va boshqa shu kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan Gruziya ishbilarmon doira vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

🗓 21-may
International Hotel Tashkent

Qatnashish istagida boʻlgan korxonalar roʻyxati shakllantirilmoqda.

📲Texnopark yangiliklarini kuzatishda davom eting!

Web-site |Telegram | Facebook | Instagram
O‘zbekistonda Eron innovatsion ishlanmalarga asoslangan qog‘oz ishlab chiqarish texnologiyasini joriy etish masalasi bo‘yicha onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ushbu onlayn uchrashuvda Yashnobod innovatsiya texnoparki, Eronning “Altin Kag‘az” kompaniyasi va Qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari ishtirok etishdi.

⚡️
Ishtirokchilar ekologik toza va zamonaviy texnologiyalar asosida qog‘oz ishlab chiqarish va ekologik muammolarni bartaraf etish borasida muzokkarlar olib bordilar.

📲Texnopark yangiliklarini kuzatishda davom eting!

Web-site |Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#inno_yangilik

Google’dan onlayn xaridlar uchun sun’iy intellektga asoslangan yangi imkoniyat

Google kompaniyasi kiyim-kechak xaridini butunlay yangi bosqichga olib chiqadigan “Sinab ko‘r” (“Try-on”) funksiyasini ishga tushirdi. Bu innovatsion texnologiya sun’iy intellekt yordamida foydalanuvchilarga uydan chiqmagan holda kiyimni o‘zlariga virtual tarzda moslab ko‘rish imkonini beradi.

Buning uchun bir xil rangdagi fon oldida bo‘y-bastingiz to‘liq tushgan suratni yuklash kifoya. Shundan so‘ng neyrotarmoq siz tanlagan kiyim obrazini suratga joylashtiradi.

Bu imkoniyat nafaqat xarid qilish jarayonini osonlashtiradi, balki foydalanuvchilarga o‘z stilini oldindan ko‘rib chiqish va turli kiyimlarni solishtirishda qulaylik yaratadi.

Shunga o‘xshash loyiha Nukus yoshlar texnoparkida ham ishlab chiqilgan.

📲Texnopark yangiliklarini kuzatishda davom eting!

Web-site |Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tesla robotlari innovatsiyaning yangi pog’onasida

Tesla robotlari endi nafaqat ajoyib raqqoslar, balki juda foydali yordamchilar ham!

Robotlar hozirda:
Polni tozalashadi
Kiymlarni dazmollashadi
Chiqindilarni tashlab
kelishadi

Qiziqarli tomoni shundaki, bu barcha harakatlar inson boshqaruvisiz amalga oshiriladi! Robotlar neyrotarmoqlar yordamida insonlarning video darsliklari orqali o’qitilgan.

Rejaga ko‘ra, ushbu robotlar 2026–2027-yillarga kelib savdoga chiqishi va narxi taxminan $20,000 bo‘lishi kutilmoqda.

📲Texnopark yangiliklarini kuzatishda davom eting!

Web-site |Telegram | Facebook | Instagram
Xitoyning Xanchjou shahrida — dunyodagi ilk humanoid robotlar o‘rtasidagi boks jangi bo‘lib o‘tdi. Bu musobaqa Xitoy Media Guruhining (CMG) “Mecha Fighting Series” dasturi doirasida tashkil etildi va Unitree Robotics kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi .

Jangda ishtirok etgan robotlar Unitree kompaniyasining G1 modeli bo‘lib, ularning har biri 1,32 metr balandlikda va 35 kg vaznga ega. Ushbu robotlar inson operatorlari tomonidan boshqarildi va ular chap va o‘ng zarbalar, yon tepkilar kabi harakatlarni namoyish etdilar. Harakatlar hali mukammal bo‘lmasa-da, bu robotlar sun’iy intellekt yordamida tajriba asosida o‘rganish qobiliyatiga ega ekanligi ta’kidlandi

📲Texnopark yangiliklarini kuzatishda davom eting!

Web-site |Telegram | Facebook | Instagram
Samarqandda Ikkinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumi doirasida “Ta’lim, fan va texnologiya sohasida innovatsion hamkorlik” xalqaro forumi bo'lib o'tdi.

Ushbu forumda Yashnobod Innovatsiya Texnoparki rezidentlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan innovatsion mahsulotlar namoyish qilindi.

🔷
Forum doirasida Texnoparkning texnologik yutuqlari, startap loyihalari va innovatsion ishlanmalari ishtirokchilarning e’tiborini tortdi. Xususan, texnopark rezidentlari tomonidan taqdim etilgan mahsulotlarning sifat va innovatsion yondashuvi yuqori baholandi.

🔷Tadbir davomida texnopark rezidentlari innovatsion ishlanmalarning O‘zbekiston iqtisodiyotiga qo‘shadigan hissasi haqida batafsil ma’lumot berdilar. Namoyish ishtirokchilari texnoparkning texnologik salohiyatini yuksak baholab, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qiziqish bildirdilar.

📲Texnopark yangiliklarini kuzatishda davom eting!

Web-site |Telegram | Facebook | Instagram
O‘zbekiston-Bolgariya Xalqaro Biznes-Forumi

🇧🇬 Joriy yilning 11-iyun kuni “InterContinental - Trilliant” mehmonxonasida Bolgariya davlatining yirik kompaniyalari va tashkilotlari tashrifi doirasida O‘zbekiston-Bolgariya xalqaro biznes-forumi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Tadbir doirasida energetika, logistika, kimyo sanoati, mudofaa, elektrtexnika, konsalting, to‘qimachilik va boshqa yo‘nalishlardan yetakchi korxonalar bilan mahalliy korxona vakillari B2B, G2B uchrashuvlari va hamkorlik muzokaralarini olib borishi ko‘zda tutilgan.

Ro‘yxatdan o‘tish: 15:00
Tadbir boshlanishi: 16:00

Qatnashish istagida bo‘lgan korxonalar ro‘yxati shakllantirilmoqda.

🗓 11 iyun
📍InterContinental - Trilliant

📲Texnopark yangiliklarini kuzatishda davom eting!

Web-site |Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/05 14:43:52
Back to Top
HTML Embed Code: