Xullas reactda qilingan bir loyiha uchun tashqi virtual keyboard ulangan edi. Valuelar visual update bo'lishiga qaramasdan reactning o'zi bo'sh maydon sifatida ko'raverdi. Albatta bu soha odami bo'lmagan odam uchun (backend) nima bo'layotgani tushunarsiz bo'ldi. Nu bir necha soatlik asabbuzarliklardan so'ng oxiri aniq bo'ldiki react virtual dom degan tushunchaga ega ekan. Bunga ko'ra react o'zidagi domlarni alohida klon qilib eventlarni virtual shaklda boshqarar ekan.
Updatega yechim uchun esa input elementlar obyektidan valueni belgilash descriptori yordam berdi. Yana birortangiz reverse engineeringda shunaqa muammoga duch kelib qolmasligingiz uchun quyidagi kodni va muammoga yechimni ulashib qo'yyapman.

const el = document.querySelector("#root > div > input:nth-child(4)");
const desc = Object.getOwnPropertyDescriptor(window.HTMLInputElement.prototype, "value").set;
desc.call(el, "Hi!");
el.dispatchEvent(new Event('input', { bubbles: true }));
Qanday qilib O'zbekistonda yarim soatda tadbirkorlik subyektini ro'yxatdan o'tkazish va ikki kun bu xuynyani to'g'rilash haqida layffuck
Zarurat sababli YTT ro'yxatdan o'tkazishga to'g'ri kelib qoldi. Bu ishni allaqachon onlayn qilish mumkinligi hammagan ayon. Men ham xuddi shu yo'lni tutdim. Birdarcha.uz moduli ajob mayda chuyda kamchiliklari bo'lsada ammo muammosiz ishlab berdi. Shunchaki 5-10 daqiqada kerakli ma'luotlarni kiritasiz, to'lovni qilasiz va hammasi tayyor.
Shuningdek bundagi eng yaxshi qulayliklardan biri birdaniga o'zingizga kerakli bankda to'g'ridan to'g'ri hisob raqam ochishingiz mumkin. Lekin muammolar aynan shu nuqtadan boshlanadi.
- Banklar biznes egalari uchun tariflarni normal tarzda e'lon qilmagan. Qidiruv tizimlaridan kalit so'zlar orasida pdf, online banking kabi kalit so'zlar orqali kerakli tarifikatsiyalarni izlab yurishingiz kerak.
O'zingizga maqulini toparsiz, kerakli bankni tanlab hisob raqam ochasiz, ammo uyog'iga nima qilish haqida absolut ma'lumot yo'q. Davlat xizmatlari agentligi sayti DNS_PROBE_FINISHED_NXDOMAIN berib yotipti, bank qo'llab quvvatlash markaziga telefon qilib sizlarda online hisob raqam ochdim desangiz operator opa "чего блять" dan beradi. Chunki juda ko'plab bank xodimlarining o'zi bunday imkoniyat borligidan bexabar ekani meni ajablantirdi. Vaholanki ushbu xizmat turi 6 yildan beri mavjud.
Bank xizmatlariga qo'shib YTT faoliyatlari va soliqlari haqida ham yetarlicha, odambashara qilib info berilmagan, ro'yxatdan o'tkazish vaqtida lex.uzga kirib olib brainstorm qilishingizga to'gri keladi (Juda ko'pchilik bekordan bekor patent to'lab yurishiyam shundan menimcha). YTT faoliyat turiga daxldor klassifikatsiyalarni sherigim bilan qidirib topishimizga 4 soat vaqt ketdi. Shundayam bu ma'lumotlarni Adliya Vazirligiga daxldor nuqtalardan emas balkim menga o'xshagan yetimlar qilgan uzorg.info degan saytdan topib chiqdik (Aytgancha buni ichida statistika qo'mitasi va soliq idoralarini call centerlaridagialarni ezvorgan joyimizam bor).
Oxirgi bosqich bu poratativlik) App Storega kirasan Didox ilovasini yuklaysan, negadir senda azaldan JSHSHRga bog'langan akkaunting bo'lishiga qaramasdan mobil ilovada qayta ro'yxatdan o'tasan, keyin u sendan tizimdan identifikatsiyadan o'tishni so'raydi, nene umidlar bilan E-Imzo mobil ilovasini ham yuklashing kerak. E-imzo ilovasiga kirasan va pfx kalitini qo'shishga bosasan sendan parol so'raydi va bu safar desktop versiyada ishlayotgan kalit paroli xato bo'lib chiqaverdi. Agarda senda harflardan iborat parol bo'lsa urdi xudo, chunki klaviatura faqat raqamlar kiritish uchun moslashgan. Qaytib kompyuteringni yoqib desktop versiyadan amallab qr orqali kalitni qo'shasan ammo imzolashga kelganda tizim yana qulaydi, e-imzo ilovasi imzoladim desa, didox nixuya sen hali imzolamading deb turaveradi. Eng qizig'i App store va play marketda odamlar bu muammolar haqida yetarlicha yozilganiga qaramasdan reaksiya 0ligicha qolgan. Ilovani yuklashdan oldin shunday yaxshi ideaga nega bitta yulduzcha turganini esa shundagina tushunasan.
Hammasi mayli negadir ro'yxatdan o'tkazishdan so'ng bir necha banklardan telefon qilib ularning mijozlari bo'lishga davat qilishlari qiziq bo'ldi. Telefon qilgan akalar muomilasi zo'r ammo bu holat statistika qo'mitasi bemalol sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni uchinchi shaxslarga biznes shaklda ulashishi mumkin degani emas. Bu shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risidagi qonunga zid hisoblanadi. Shuningdek odamlar har bir bankdan telefon qilgan xodimlarga tushuntirib berib o'tirishga majbur ham emas (xotya bitta bu iplos uje hisob raqam ochgan degan flag qo'shib ketish mumkin edi).

Yetim dasturchi kundaligi
Qanday qilib O'zbekistonda yarim soatda tadbirkorlik subyektini ro'yxatdan o'tkazish va ikki kun bu xuynyani to'g'rilash haqida layffuck Zarurat sababli YTT ro'yxatdan o'tkazishga to'g'ri kelib qoldi. Bu ishni allaqachon onlayn qilish mumkinligi hammagan…
Raqamlashtirish uchun keng ko'lamli ishlar qilingani rost, ammo yuqoridagi kabi jarayonlar uchun foydali qulayliklar va ma'lumotlar keltirilmagan. Masalan men bugun birinchi marta ID kartada eri kalit saqlash mumkinligini bildim, nu buyam cherej jopu qilingan. Qiziqish uchun internetdan id kartadagi eri kalitlar haqida qidirib ko'ring nima demoqli ekanligimni balkim tushunib yetarsiz) Ammo ehtiyot bo'ling biror ilovada foydalanish vaqtida urinishlar soni oshib ketsa ID karta blokka tusharkan, o'lganni ustiga tepgandek undan keyin uni qanday blokdan ochtirish, bloklansa nima bo'lishi va nima qilish haqida ham yo'riqnoma keltirilmagan 🗿
Agar foydasi tegadigan bo'lsa YTT haqida ham ozgina tushuncha berib ketaman.
Yakka tartibdagi tadbirkor. Qonunda kichik ro'yxat asosida kam belgilangan faoliyat turlari bilan shug'ullana oluvchi jismoniy shaxs. Yuridik shaxsdan farqli jihati faoliyat turlarida va mulk huquqida hisoblanadi.
Tasavvur qilishingiz uchun sodda misol:
Yuridik shaxs bu xuddiki sizning qonun doirasidagi virtual variantingiz hisoblanadi. Ya'ni siz korxona egasi bo'lishingizga qaramasdan korxonani o'zi xuddiki yana bir alohida shaxsdek klassifikatsiya qilinadi. Ya'ni uning o'zini mulklari, nomi va huquqlari mavjud. YTT bo'lsa bu sizning aynan o'zingiz bo'lasiz.
Yuridik shaxs ochishda siz korxona uchun ustav fondi belgilaysiz, qandaydir narsa sotish yoki sotib olish kerak bo'lsa bu holat to'laqonli korxona nomidan amalga oshiriladi. Shuningdek oddiy kompyuterni ham oborib korxonaga tiqa olmaysiz, bu uchunam korxona nomiga o'tkazish kerak bo'ladi. YTT bo'lsa sizning shaxsiy mulklaringiz ham daxl qiladi (qarzdorlik yuzaga kelsa daje shimingizni yechib olishgayam huquqlari bor bunda 🥹), agar uylangan yoki erga tekkan bo'lsangiz bunda er-xotin o'rtasidagi kelishuvlar ham muklarga daxl qiladi.
Shuningdek yuridik korxonada bir vaqtda bir necha shaxslar boshqarishi, uni keyinchalik meros qoldirishi kabi amallarni bajarishi mumkin. YTT bo'lsa sherikchilik asosida ishlash yoki meros masalalari mumkin emas.
Shuningdek ikkita toifada ishchilar belgilash ham turlicha. Masalan yuridik korxonada siz cheksiz ishchilarni turli vazifalarda belgilashingiz mumkin (bunda faqat kichik, o'rta va katta korxona deb baholanadi xolos). YTT bo'lsa siz faoliyat turiga qarab 3 yoki 5 donagacha ishchi yollay olasiz. Ammo bu holatda mehnat shartnomasi tuzilishiga qaramasdan mehnat daftarchasi yuritilmaydi.
Daromadlar masalasida ham ikkita tur ikki xil hisoblanadi. YTT soliqlardan ozod bo'lgach o'z daromadlarini o'z istagicha ishlata oladi, yuridik korxonada bo'lsa bunday imkon yo'q va har qanday xarajatlarga sabab, izoh, sherikchilik bo'lsa ular o'rtasida kelishuv kerak.

Agar foydasi tegadigan bo'lsa YTT haqida ham ozgina tushuncha berib ketaman. Yakka tartibdagi tadbirkor. Qonunda kichik ro'yxat asosida kam belgilangan faoliyat turlari bilan shug'ullana oluvchi jismoniy shaxs. Yuridik shaxsdan farqli jihati faoliyat turlarida…
Va ko'pchilik uchun og'riqli bo'lgani soliq masalasi.
YTT ikki turdagi soliqga ega. Qat'iy belgilangan va deklarativ (da manashu joyida ko'pchilik yeb qo'ygan).
Bunda qat'iy belgilangan soliq yuz million so'm aylanmasiga qadar joylashuv va faoliyat turiga qarab oldindan aniq belgilangan bo'ladi. Joylashuvlar toshkent shahridan boshlab toki chekka qishloqlargacha 5 ballik shkalada bahonaladi. Ya'ni joylashuv qanchalik rivojlangan bo'lsa shunchalik soliq stavkasi baland bo'ladi. Bular ichida istisno kiritilgan hududlar ham mavjud.
Qat'iy soliq (Patent ham deyishadi) oyma oy daromad bo'lish yoki bo'lmasligiga qaramasdan belgilangan stavka bo'yicha to'lab boriladi. Agarda sizda bir necha faoliyat turi bo'lsa har biri uchun alohida alohida soliq to'laysiz. Soliqchi akalar 6 oydan keyin sizga telefon qilib ukam soliqlarni to'lamapsanu degani shundan bo'ladi (aslida buyam mumkinmas, uje ikkinchi oyda sizga biriktirilgan inspektor bu haqida ogohlantirish berishi kerak). Bu tur asosan katta daromad qilayotgan holda kamroq soliq to'lamoqchi bo'lganlarga qo'l keladi. Shuningdek faoliyat turiga qarab turli imtiyozlar ham mavjud. Masalan siz milliy hunarmadchilik bilan shug'ullansangiz hunarmandchilik uyushmasi tarkibida soliqlardan ozod etilasiz. Aynan shu faoliyat turida uztoz shogirt an'analariga asoslanib ham sizga soliqlardan imtiyoz beriladi, 5 tagacha ishchi yollashingizam mumkin (xuy poymi negadir bu holatda biznikiga o'xshash kasblar inobatga olinmagan, garchi bizda ham uztoz shogirt an'analariga amal qilinsada). Eng asosiysi qat'iy belgilangan soliqlarda soliq hisobotlari topshirish majburiy hisoblanmaydi. To'lovini qilib tinch yashashingiz mumkin.
Deklarativ soliqda bo'lsa daromad summasiga qarab soliqlar belgilanadi. Shuningdek bu turda oyma oy hisobot berib borishingiz kerak. Qulayligi daromad summasiga qarab belgilanishi bu. Daromad bo'lmagan oy uchun soliq to'lamaysiz ammo hisobotlarni 0 holatda bo'lsada berishga majbursiz. Deklarativ soliq asosan savdo va freelancing xizmatlari uchun qo'l keladi. Chunki bunday turlarda oldindan daromad summasini prognoz qilish ancha qiyin hisoblanadi. Bu turda 3 donagacha ishchi yollay olasiz. Shuningdek sizdagi yillik daromad summasi yuz milliondan oshsa faoliyat turiga qarab qat'iy soliqlardan deklarativ usulga o'tasiz.
Eng asosiysi unutib qo'ymaslik kerakki YTTlar ijtimoiy soliq ham to'laydilar. Ammo bu jarayon ham soliq turiga qarab farq qiladi. Deklarativ usul yillik soliqni 1-dekabrgacha to'lashi mumkin, qat'iy belgilanganda esa bu jarayon oyma-oy amalga oshiriladi (Paxtadan va soliqlardan qocholmaysiz (c) B.Franklin)

Nazorat kassalari masalasi. Shu joyidayam xalqimiz ko'pincha yeb qo'yadi. Soliqchi biradlar doimo zamonaviy faoliyatlarga qaramay kassa aparat tiqishtirishga urinishadi. Aslida bu to'lov turiga qarab belgilanadigan narsa.
Siz qachonki naqd pul va bank kartalari orqali joyida to'lovni amalga oshirsangizgina nazorat kassasi talab etiladi. Qolgan holatlarda ekvayring tizimlardan foydalanishingiz va nazorat kassasidan voz kechishingiz mumkin (aslida eng maqbuliyam shu). Istisno qilingan faoliyat turlariyam bor, bunda nazorat kassasi va qo'chimcha chek berish talab etilmaydi (chiptalar sotish masalan).
Shuningdek to'lov uchinchi shaxslar orqali amalga oshgandayam bu shayton mashinaga ehtiyoj sezilmaydi.
Masalan faqat payme, click va shunga o'xshash tizimlar orqali to'lov qabul qiladiganlar uchun shart emas bu. Chunki cheklar ularning tizimlari orqali beriladi. Ammo joyiga qarab fiskal chek berish uchun tizim ko'tarilgan bo'lishi kerak.

Bu Eshmat korporeyshin piznes treningidan kichik va katta bankrotlikgacha bir qadam rubrikasi edi)
Bugun Chester Karlson birad tug'ilgan kun ekan. Menimcha bu odam haqida hamma ham bilmasa kerak. Ammo 20 asrning ikkinchi yarmi kelishiga qarab dunyoni ma'lum qismda o'zgartirgan odam hisoblanadi.
Chester Karlson kserografiyaning otasi hisoblanadi. Aynan shu inson kseroks uskunasini ixtiro qilgan. Ho'sh karlson davrigacha nusxalash texnologiyasi bo'lmaganmi? Bo'lgan albatta ammo bu ish odatda namlik orqali amalga oshirgan, nusxalash judayam ko'p vaqt va ortiqcha mehnat talab qilgan. Karlson qurilmasi esa tezkor va quruq holda bu ishni amalga oshirgan, nusxalashdan tog'ridan to'g'ri foydalanish imkoni bo'lgan.
Ixtiro 1938-yilda amalga oshirilganiga qaramasdan uni boshida ko'pchilik qabul qilmagan, odam mehnati bilan bu natija yaxshiroq amalga oshiriladi deb ishonishgan. Bir necha yillik urinishlardan so'ng 1944-yilda Ogayo shtatida joylashgan Battelle memorial instituti ixtironi qabul qildi va takomillashtirish taklifini kiritdi. Boshida ixtiroga elektrofotografiya deb nom qo'yishgan, ammo bu so'z xaridorni qiziqtira olmasligini aniqlashgan filologlar tomonidan yunon tilidan kelib chiqqan kserografiya so'zi taklif qilingan, ixtirochi bo'lsa yana moslashuvchanlik uchun XEROX so'zini taklif qilgan.
Nusxalash uskunalari uchun birinchi marta patentni Haloid kompaniyasi sotib olgan va 1948-yilda birinchi Model A bozorga chiqarilgan. 1959-yilda esa to'liq avtomatlashtirilgan Xerox 914 uskunasi ishlab chiqilgandan so'ng Haloid rebrending o'zkatib o'zini XEROX deb atashni boshlagan.
Ma'lumot o'rnida aytib o'tish kerakki birinchi kompyuter interfeysini XEROX ishlab chiqqan. Bunga asosiy sabablarda biri XEROX asosan ofis jihozlari bilan shug'ullanishi edi. Tarmoqlashtirilgan stol kompyuteri (bu kompyuter tarmoq orqali hujjatlash almashish imkoniga ham ega bo'lgan) va nusxalash mashinasi bu ideal yechim edi.

Ko‘p yillar oldin qilingan foydali ilovacha bor edi. Negadir serverga joylagan ekanmanu ammo birov bilan ulashmapman. Undagi ma’lumotlar ushbu auditoriyaga mos kelmasligi mumkin, ammo yaxshi davolanishni xohlaydiganlar uchun zarar qilmaydi)
Biokimyoviy qon tahlili interpretatsiyasi - bu laboratoriya natijalarini tahlil qilish va ularning organizmdagi holatini qanday aks ettirishini aniqlashga yordam beruvchi jarayondir. Ushbu tahlil ichki organlarning (jigar, buyrak, yurak, oshqozon osti bezi) faoliyatini, moddalar almashinuvi jarayonlarini va umumiy sog‘liq holatini baholashga yordam beradi.
Ushbu qo‘llanma tibbiyot xodimlari va talabalari uchun qo‘l keladi. Bundan tashqari meditsina doirasida bo‘lmagan odamlar ham ko‘z yugurtirib chiqishi zarar qilmaydi. Bunda har bir natijalarning jinslar doirasidagi normalari yoki ularning o‘zgarishi organizmga qanday tasir qilishi borasida sodda va qulay ma’lumotlar berilgan.
Qo‘llanmaga havola 👉 https://bbt.manu.uz/
P.S: Karantin davrida onlayn yoki superkontraktda o‘qigan tanishlaringizga yuborib qo‘ysangiz bo‘ladi))
@yetimdasturchi

Сборник JAVASCRIPTS.rar
2.1 MB
Buyag'i chisto arxiv: 2007-yildan (blin bu vaqtda tug'ilganlar uje qo'zilata oladigan yoshda) qolib ketgan javascript kodlar jamlanmasi.
Bu kodlarni ko'rib o'sha vaqtlarda web texnologiyalar qanchalik krinj bo'lgani va javascript hozirgidek qudratga ega bo'lmaganini ko'rishingiz mumkin.

Xans Kristian Orsted 1820-yil 15-fevral sanasida elektromagnitizm nazariyasini taqdim qilgan edi. Ushbu arzimasdek ko‘riladigan nazariya insoniyatni ikki asr davomida misli ko‘rilmagan ixtirolar qilishiga olib kelgan.
Orsted tasodifan elektr toki o‘tkazilayotgan sim yaqinida joylashgan kompas ignasi harakatlanishini aniqlaydi. Bunga ko‘ra elektronlar o‘z harakati davomida magnit maydoni hosil qilishini kuzatadi. Shunday so‘ng tabribaga oydinlik kiritish maqsadida holatni chuqurroq o‘rganishni boshladi va 1820-yilning iyul oyida Experimenta circa effectum conflictus electrici in acum magneticam (Elektrik tokining magnitlangan ignaga ta’siri bo‘yicha tajribalar) nomli maqolasini Daniya Qirollik Fanlar Akademiya doirasida nashr etdi. Maqola esa Yevropa ilmiy kengashlarida katta qiziqish uyg‘otishni boshladi.
Uning kashfiyoti Andre Mari Amperda (Tok kuchining otasi) ham katta qiziqish uyg‘otdi va Amper, Orsted kashfiyotiga asoslanib elektr va magnit maydon o‘rtasidagi bog‘liqlikni matematik ifodalash mexanizmini ishlab chiqdi. Keyinchalik bu jarayonga boshqa olimlar ham qo‘shila boshladilar, jumladan Maykl Faradey, Jeyms Klerk Maksvellar ushbu nazariyani yanada yaxshiroq rivojlanishga hissa qo‘shdilar. Faradey nazariyalari hozirgacha meditsinada keng qo‘lanib kelinadi. Shuningdek Faradey aynan shu nazariyaga asoslanib elektromagnit induksiyasi hodisasini kashf qilgan. Bu hodisaning aniqlanishi yangi avlod elektr generatorlarining keskin rivojlanishiga yordam berdi.
Orsted nazariyasi nafaqat qogo‘zlarda balkim amaliyotda ham keng rivojlanishga olib kelgan. Jumladan Samuel Morse 1837-yilda telegrafni, Morits Yakobi 1834-yilda birinchi elektron dvigatelni, Verner fon Siyemens (Siyemens asoschisi) 1867-yilda elektromagnit induksiyasi orqali elektr toki ishlab chiqish texnologiyasini yaratdi (Balkim shu sabablidir Simemens tomografiya uskunalari dunyodagi eng sifatlisi hisoblanadi). Bundan tashqari Gugliyelmo Markoni radiosi, Aleksandr Bell telefon aparati, Luchino Tesla (Hamma o‘ylagan Tesla emas) transformatori, Li De Forest trubkalari (To‘lqin uzatish modulyatorlari uchun), Nikola Tesla tuxumlari uchun ham turtki bo‘ldi.
Alohida e’tirofga loyiqlaridan biri esa Paul Lauterbur 1970-yilda Magnit rezonans tomografiyasi ishlab chiqdi, bunga ko‘ra kuchli magnit maydon yordamida inson tanasining ichki organlarini aks ettirish mumkin bo‘ldi. Bu ixtiro esa o‘z navbatida tibbiyot diagnostikasida keskin o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi.
Xans Kristian Orsted nomini balkim hamma ham eshitmagandir ammo uning tasodifiy ixtirosi va nazariyasi insoniyat hayotida keskin burilish yasadi. Hattoki siz ushbu maqolani o‘qiy olayotganingizda ham uning ishlari muhim rol o‘ynaydi.