Yetim dasturchi kundaligi
Video
Haqiqiy erkinlik bu xato qilishga berilgan imkoniyat (c) Mirshakar.
Videoni tushunmaganlarga: Konsert oxirida gentra maydalandi. Ya'ni jamiyat orzulari haqidagi streotiplarga tanqid sifatida.

🔥59👍11❤2😁2
Birinchi rasmda menga tegishli bo'lgan MRT tasviri keltirilgan (da blya menda ish sabab ottirilgan yuqori darajadagi skalioza bor). Hech qiziqib ko'rganmisiz magnit rezonansli (elektromagnit) tomografiyaga tegishli bunday rasmlar qanday hosil qilinadi? Bir necha yil oldin shunday shayton mashinaga servis ko'rsatish chog'ida qiziqib ko'rgan edim. Hozir esa bilganlarimni ulashgim keldi.
Elektromagnit yordamida organizmlarning ichki tuzilish tasviri olish juda keng qo‘llaniladi. Bunga asosiy sabablardan biri magnit rezonans usulda ionlashgan nurlar (xuddi rentgen kabi) qo‘llanilmaydi. Shuningdek rentgen aniqlay olmaydigan kichik diapazonlarni ham ko‘rish imkoni mavjud. Bu esa o‘z navbatida ham xavfsiz ham keng diapazonda aniqlash imkonini beradi.
Inson organizmining asosiy qismini suv tashkil qiladi, suvda esa vodorod bor. Ie vodorod bombaku deyishingiz mumkin, ammo bu jarayonda uni portlatish o‘rniga tartiblash amalga oshiriladi).
Yanada chuqurroq qarasak:
MRT uskunalari supero‘tkazuvchan elektromagnitlar yordamida ishlaydi. Bunda inson organizmi tasvirini hosil qilish uchun odatda katta miqdordagi induksion kuch 1-2 testlaga ega bo‘ladi (tassavur qilishingiz uchun: yerning magnit kuchi kuchi 50 mikroteslaga teng). Organizm judayam kichik zarralardan tashkil topgani sabab elektromagnit kollektivlashtirilgan metall elektronlarning kristall panjara bilan o‘zaro ta’siri ostida quriladi. Bu esa o‘z navbatida aniqlik miqdorini oshiradi.
Detallarni aniqlash:
Odatda vodorod atomlari (protonlar) tasodifiy yo‘nalishda harakat qiladi, ammo kuchli magnit maydon tasiri ostida ular tartibli joylashadi. Shu sababli uskuna 1MGz dan 300MGz bo‘lgan radio impulslarni organizmga jo‘natadi. Bu impulslar vodorod protonlarini qo‘zg‘atadi va ularning yo‘nalishini o‘zgartiradi. Radio to‘lqinlar o‘chirilgandan so‘ng, protonlar o‘zining oldingi holatiga qaytadi. Ushbu qaytish jarayonida protonlar qayta elektromagnit to‘lqinlar hosil qiladi, bu to‘lqinlar esa uskuna tomonidan qayd etiladi.
Organizmdagi to‘qimalar protonlarning magnit maydon ta’siriga turlicha javob qaytaradi. Bu esa ularning tasvirini ajratishga imkon beradi.
Bunda:
Suyaklar - tarkibidan kam suv bo‘lgani sababli kamroq signal hosil qiladi.
Yumshoq to‘qimalar (mushaklar, organlar) - ko‘proq suv va vodorod tutgani uchun kuchliroq signal qaytaradi.
Yog‘ to‘qimalari - suvdan farqli xususiyatlarga ega, shu sababli ular diapazoniga qarab alohida tasvirlanadi.
Signal yig‘indilari xuddi AI modellardagi prinsipga o‘xshab fouriyer transformatsiyasi kabi matematik usullar yordamida qayta ishlanadi va ikki o‘lchamli tasvirga aylantiriladi.
Statik magnit maydon bilan bir xil yoʻnalishda magnitlanishga ega bo‘lgan qismlarda impuslarni qayta yuborishdan oldin magnitlanish holatini tiklashga ruxsat beriladi. Bu usulda miya yarim korteksini, yog‘ toʻqimasini, jigar oʻchoqli lezyonlarini aniqlash mumkin bo‘ladi.
Statik magnit maydonga koʻndalang bo‘lgan qismlarda esa qayta javob kelish vaqtini oʻzgartirish orqali impulslarni oʻlchashdan oldin magnitlanishning parchalanishiga ruxsat beriladi. Bunda yalligʻlanishlar, miyyadagi oq moddaning shikastlanishi, prostata va bachadondagi zonal anatomiyani aniqlash mumkin.
Shuningdek yuqoridagi ikki usul kombinatsiyasi asosida diffuziya va perfuziya tasvirlari ham hosil qilinadi. Bunda qon aylanishi va suyuqlik haratini ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Magnit maydon rezonansi aylanma harakat qilish davrida agar suv molekulalari erkin harakatlansa signal susayadi, aksincha holatda harakat cheklangan bo‘lsa signal kuchayadi. Sog‘lom tanada suv erkin harakatlanishi lozim. Diffuziya va perfuziya usuli esa nosog‘lom qismlarni yanada yaxshiroq diagnoz qilishga yordam beradi. Masalan saraton o‘smalari yoki insult aynan shu usulga asoslanib aniqlanadi.
@yetimdasturchi

👍42❤9🔥7🤔3🐳3
Forwarded from UZINFOCOM
Seminarning asosiy maqsadi – sun'iy intellekt texnologiyalarining imkoniyatlarini namoyish etish va ularni biznes va iqtisodiyotda qo'llash bo'yicha amaliy tajriba bilan o'rtoqlashish.
——
Основная цель семинара — продемонстрировать возможности ИИ-технологий и поделиться практическим опытом их применения в бизнесе и экономике.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12👍3👎1🤔1😢1
Bu xalqaro kosmik stansiyaning Unity moduli. Ushbu modul vazifasi turli modullarni orada birlash tirish uchun yordam berish.
Bu orqali Soyuz ekipaj kemasini ochiq fazoda 6 soat yoki Progress yuk kemasini 3 soat ichida stansiyaga bog'lash mumkin.
Paralel olamga ega bo'lgan click tizimida esa issiqqina ofis va yumshoq kresloda o'tirgan xodimga vitual integratsiya uchun ikki hafta ham kamlik qiladi.
Diqqat savol: Shunda vaqt tushunchasi vaznsizlik xususiyatiga egami?

😁32👍10🐳9🤔4❤2🔥2😢1
Retrogaming uchun retropie sozlash
https://diary.manu.uz/blog/retogaming-uchun-retropie-sozlash.htm
@yetimdasturchi
https://diary.manu.uz/blog/retogaming-uchun-retropie-sozlash.htm
@yetimdasturchi
🔥13👍6
Volta elementi va uning tarixi
Ushbu maqolada siz Volta elementining kashf etilishi, Alessandro Voltaning hayoti, Galvanining tajribalari bilan bog‘liq bahslar, shuningdek, Volta kashfiyotining keyingi fan va texnologiyalarga taʼsiri haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lasiz.
👉 Batafsil o‘qish

👍12🔥4😢2❤1🐳1
Yetim dasturchi kundaligi
Volta elementi va uning tarixi Ushbu maqolada siz Volta elementining kashf etilishi, Alessandro Voltaning hayoti, Galvanining tajribalari bilan bog‘liq bahslar, shuningdek, Volta kashfiyotining keyingi fan va texnologiyalarga taʼsiri haqida batafsil ma’lumotga…
Endilikda @yetim_robot telegram boti orqali eksklyuziv maqolalarni o'qib borishingiz, kanalda reklama berish masalasi bo'yicha tanishingiz, shuningdek muallif haqida ma'lumotlar va boshqa imkoniyatlarga ega bo'lish imkoniyati bor sizda.
👍21😁5🔥3
Arduino va uning so‘zsiz tarixi
Yaqin yillardan buyon IoT texnologoiyalar va Robototexnikaga bo‘lgan e’tibor omma ichida kuchayib bormoqda. Arduino platformasi esa bu jarayon uchun omma e’tiborini o‘ziga tez jalb qila oldi. Hozirgi davrda robototexnika sohasini o'rganmoqchi bo'lgan qiziquvchilar yoki dasturlash sohasida bo'lganlarning ko'pchiligi aynan shu platforma bilan ishlab ko'rishni istashadi.
Quyidagi maqolada esa sizlar uchun platformaning kelib chiqish tarixi, uning qanday tuzilgani va turlari haqidagi ma'lumotlarni batafsil ulashishga harakat qildim. Agarda siz ham robototexnikani o'rganishni boshlamoqchi bo'lsangiz ushbu ma'lumotlar bilan tanishish keyingi jarayonlarni siz uchun tushunarliroq bo'lishiga yordam berishiga ishonaman.
👉 Maqolani batafsil o‘qish

🔥17👍15👎5❤1
Yandex music algoritmi biror ishga fokus berish uchun mos musiqalar to'plamini qanday shakllantiradi? Yandexda bunday ma'lumotlar qanday shakllanadi. Bu jarayon faqat qiziqib ishlash vaqtida yuzaga keladi.
Masalan yandex musicda avtomobil haydash vaqtida yo'l jarayoni uchun mos ravishda pleylist shakllantirish ham bor va bu ma'lumotni carplay orqali shakllantirishini tushunsa bo'ladi. Ko'p holda kechasi mashina haydash vaqtimda paralel yandex xarita ishlagani bois maksimum uyquni qochirishga urinishini kuzatganman.
Odatda bunday qobiliyat Alisada borligi menimcha barchaga ma'lum. Alisa joy, foydalanuvchi emotsiyasi va vaziyatga qarab javoblarni shakllantiradi (Siri yoki alexa ancha o'tin bu borada).
Spotify, soundcloud yoki apple musiclarda bunday imkoniyat sezilmaydi. Ushbu platformalar foydalanuvchi qiziqishlarini normal tartiblay olishini kuzatmaganman hech. Youtube ham sizni maksimum ikki haftada zeriktiradi.
Demak bulardan farqli yandex biz tasavvur qilgandan ko'ra ko'proq big data shakllantirayotgan bo'lishi mumkin.
Shuningdek yandex webvizor joylashtirilgan sahifada yo'talsangiz ham trek qilinadi odatda (Web dasturchilar yaxshi bilishadi menimcha). Yaqinda ham habrda yandex brauzeri foydalanuvchi kompyuteriga remote desktop uchun ulanishga urinishi haqida post joylangan edi.
Yigirma birinchi asrda mendan big data yig'ishlariga unchalik ham e'tibor bermay qo'yganman aslida. Chunki endi bundan qochib qutulish imkoni yo'q, bu omillar bilan birga yashashni o'rganishimiz kerak xolos. Muhimi yalang'och rasmlariz tarqab ketmasa bo'lgani.
Meni qiziqtirgani yandex ma'lumotlarni shunday aniq va tiniq saralash uchun qanday mexanizm ishlatadi? Shuncha axlat uyumi ichidan mos ma'lumotni saralab olish va kerakli javobni qaytarish uchun sizda normal ishlab chiqilgan tizim bo'lishi kerak menimcha. Texnik jihatdan qiziqib ko'rishga arziydigan jarayon bu aslida.

🔥42👍26