Telegram Web Link
Oramizda yaxshi insonlar hali ham bor)

https://guthib.com/
Mullard laboratoriyasida magnit xotirani sinovdan o'tkazish jarayoni (1969-yil).

1949-yil MIT kompyuter muhandisi Jey Forrester tomonidan ixtiro qilingan ushbu xotira moduli bozorni deyarli 20 yil davomida egallab kelgan.
Kompyuter insondan ko'ra tez va aniq hisob-kitob qiladi degan gaplarga ko'p ham ishonmang. Juda ko'plab qurilma va dasturlash tillari bugungi kunda 1.11e-16 tartibida yaxlitlash sabab nisbiy xatoliklar qilib turadi 😐

Amal:
(int) (4.10 * 100)
(int)(2.30 * 100)
(int)(5.10 * 100)
(int)(0.1+0.7)*10)

Natija:
int(409)
int(229)
int(509)
float(7)
Yetim dasturchi kundaligi
Kompyuter insondan ko'ra tez va aniq hisob-kitob qiladi degan gaplarga ko'p ham ishonmang. Juda ko'plab qurilma va dasturlash tillari bugungi kunda 1.11e-16 tartibida yaxlitlash sabab nisbiy xatoliklar qilib turadi 😐 Amal: (int) (4.10 * 100) (int)(2.30 *…
Bu muammo float point raqamlarni kompyuterda saqlash metodidan kelib chiqadi. Ya'ni kompyuter raqamlarni ikkilik sanoq tizimida saqlaydi. Demakki binary natijani 1/2N ulushda olgani sabab orada sezilarli siljishlar hosil bo'ladi.

Shu sababli kompyuter 0.1, 0.3 va 0.7 kabi belgilarni binar shaklda saqlash vaqtida boshqa son saqlash ehtimolligi kelib chiqadi (masalan: 0.1000000000000000056)

Bunga ko'ra bunday sonlar cheksiz davriy kasrga aylanib ketadi va ularni qayta butunlash jarayonida boshqa natija kelib chiqadi (rounding errors)

Muammo yechimi bunday hisob kitoblar uchun bigdecimal ma'lumot turidan foydalaning.
Yetim dasturchi kundaligi
Bu muammo float point raqamlarni kompyuterda saqlash metodidan kelib chiqadi. Ya'ni kompyuter raqamlarni ikkilik sanoq tizimida saqlaydi. Demakki binary natijani 1/2N ulushda olgani sabab orada sezilarli siljishlar hosil bo'ladi. Shu sababli kompyuter 0.1…
Floating point math bilan kelib chiqadigan ko'p muammolar 2 ta kategoriyadan bittasiga kiradi:

1. O'nli kasrlarni decimaldan binaryga to'g'ridan-to'g'ri convert qilganda chiqadigan xatoliklar (incompatible base). Bu to'laligicha matematik muammo, ya'ni saqlash standardiga bog'liq emas. Tepadagi misollar hammasi shu kategoriyaga kiradi.

2. To'g'ridan-to'g'ri IEEE-754 standardi limiti bilan bog'liq muammolar. Masalan, exponenti bir-biridan katta farq qiladigan ikkita son qo'shilganida bu farq natijaning mantissasida saqlanadi, agar mantissaga sig'masa natija noto'g'ri chiqadi. Masalan, float(10 16) + 1 == float (10 16) natijasi True chiqishi.

(c) Bobosher Musurmonov
Oxirgi yangiliklarni o'qiganim sari Dantening ushbu poemasi xayolga kelaveryapti (Menimcha qayta o'qishlik joyi)

Asar do'zax va yerdagi hayotimizni metafora sifatida yaxshi shakllantirib bergan.

Aslida ilohiy komediya: jahannam, arosat va jannat qismlaridan iborat. Afsuski bizning tilga faqat bir qismi tarjima qilingan.

----

Shunday ko'yga soldi tiymasdan nafsin,
Baqamti kеlgancha yirtqich ohista,
Quvib mеni nursiz ma'voga tag'in.

----

Ularning safiga kirganim zamon
Sharafim oshardi mеning tobora.
Safda mеn oltinchi zot edim, shodon.
Mana nega avvalgilarda immunitet yaxshi bo'lgan 😀
Bashdagi ko'pchilik foydalanmaydigan makroslar:


1. ls makros

ls (list) burug'i odatda biror bir joylashuv kontentini ko'rsatish uchun moslashgan. Masalan ls ~ home joylashuvini ko'rsatsa ls /var/www/ web ilovalar kontentini ko'rsatishi mumkin. Odatda ko'pchilik lsdan keyin xuddi shu joylashuvga borishga harakat qiladi bu holatda esa $_ makrosidan foydalanishingiz mumkin.

ls buyrug'idan so'ng $_ o'zgaruvchisiga oxirgi ko'rsatilgan nuqta yoziladi. Shundan kelib chiqib cd $_ orqali osongina o'sha joylashuvga o'ta olasiz.

2. Buyruqlar uchun list (brace expansion)

Tasavvur qilaylik siz birxil prefixga ega bir necha buyruqlarni amalga oshirmoqchisiz, yoki paketlar o'rnatishda deylik. Masalan linuxda php modullar phpV- prefiksi orqali keladi.

Bu holatda siz buyruq orasida ro'yxat massivi ishlatish imkoniga ega bo'lasiz.

echo {a,b,c,d}


Yoki

sudo apt install php8.1-{cli,fpm}



3. Yuqoridagi usuldan foydalangan holda konfiglarda tezkor backup olish

cp /etc/sysconfig/network-scripts/ifcfg-eth0{,.back}


4. Avvalgi buyruq atributlarini olish

Tasavvur qilaylik biror buyruq uchun argument ishlatdingiz va keyingi buyruq uchunam xuddi shu narsa kerak. Bu uchun bash o'zida tayyor argument bera olish imkoniga ega.

echo hello world
echo !:1 !:2


Yoki umumiy ro'yxatni olish:

echo !$


@yetimdasturchi
Forwarded from UZINFOCOM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Raqamli dunyoda qanday huquqlaringiz borligini bilasizmi?

Bugun sizga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining 5 ta asosiy raqamli huquqlari haqida so‘zlab beramiz.

——

Знаете ли вы, какие у вас есть права в цифровом мире?

Сегодня мы расскажем о 5 ключевых цифровых правах гражданина Республики Узбекистан.

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook 🔗 uzinfocom.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Manabu youtube kanalda yaxshi videokurslar ulashilgan ekan. Nafaqat dasturchilar balkim boshlang'ich kompyuter savodxonligiga doir kurslarni ham o'z ichiga olgan ekan.

https://www.youtube.com/@InformTech
Yetim dasturchi kundaligi
PHP'da tashqi funksiyalar interfeysi https://diary.manu.uz/blog/phpda-tashqi-funksiyalar-interfeysi.htm @yetimdasturchi
PHPdagi lo'licha usullar haqida to'xtalsakchi?)


Anonymous class:

$object = new class {
public function sayHello() {
return "Hello!";
}
};

echo $object->sayHello();


Heredoc ichida fuksiyaga murojaat qilish:

funtion sayhello( $name ){
return $name;
}

$string = <<<EOT
Salom ${!${''} = sayhello('Eshmat']) }
EOT;

echo $string;


Bu haqida avvalroq blogda batafsil yozgandim

Dinamik o'zgaruvchi:

$a = 'hello';$$a = 'world'; 
echo "$a ${$a}";


$prefix = "prefix_";
${$prefix . 'data'} = "Hello";
echo $pre_data;


Ikkita o'zgaruvchi ma'lmotlarni almashtirish:

list($a, $b) = array($b, $a);


@yetimdasturchi
Reklama limitdan ortiq bilaman))

Nu bu narsa o'zimam orada pauza qilmay kontent yetkazishimga motiv.

Oxirgi haftada sezgan bo'lsanglar kontentlar va blogpostlar shu narsa sabab oshishni boshladi.

Dangasalikni yengishni boshqacha usuli prosta))

Undan ko'ra qanaqa kontentlar kerakligini izoh sifatida qoldirsanglar bo'ladi. Bilganimcha yetkazib berishga harakat qila olaman deb umid qilaman.

P.S: Zato ko'ngil toza)
Data science bo'yicha ko'rsatmalar to'plami. Bu soha mutaxassisi emasmanu nu sizgalarga as qotib qolar.

https://github.com/FavioVazquez/ds-cheatsheets
#his
Cmos (кмоп) nima?

Bu mosdan tarkib topgan sxemalar kolleksiyasi, mikrosxemalarni tashkil etuvchi element hisoblanadi.

Ya'ni cmos, nmos va pmosning yig'indisi.

Nmos va pmos nima?

MOS - metal oxide semiconductor (Metal oksidli yarim o'tkazgich).

Demak N (negative) va P (positive) bu MOSning o'tish kanallarini anglatadi.

Farqlari

Mos (yoki mosfet - nmos) va bipolyar transistorlar (siz kundaklik ko'rib yurgan) har ikkisi ham yarim o'tkazgich hisoblanadi. Lekin ularning ish prinsiplari farq qiladi.

Bunda bipolyar (BJT) tranzistorlar p-n o'tishni (emittor->kollektor) amalga oshirsa, mos transistorlar n yoki p o'tishni amalga oshiradi.

Bunga ko'ra bjt transistor asosan kuchaytirgichlar, tebratgichlar yoki konturlarda ishlatilsa, mos transistorlar past kuchlanish bilan bishqarishga ega bloklarda yoki mikrosxemalarda qo'llaniladi. Ya'ni mos transistorlar faradey effekti orqali kuchlanishni boshqaradi xolos (shu sababli effektiv). BJT ishlashi uchun esa doimiy manbaa zarur.

Tezlik jihatdan BJT ancha tezkor (elektr sig'imi yo'qligi sabab) lekin loyqa signallarga sezuvchan. Hozirgi kimyo texnologiyalar yaxshilangani sabab MOS ham BJT tezligiga ega va yuqoriroq ham, ammo unda loyqa signallarga ta'sirchanlik ancha past.

Yana cmos haqida

Raqamli qurilmalar analoglidan farqli mantiqiy amallar bilan ishlovchi bloklardan tashkil topgan. Masalan and, nand, or, xor, nor kabi operatorlar hisoblanadi (binarydagi 0 va 1 tushunchalari aynan shuyerda qo'llaniladi). Bunga ko'ra and operatorini olsak lampochka yoqish uchun ikkita kalit bor deylik. Agarda ikkita kalit ulansa keyingina lampochka yonadi. Or operatorida esa ikkisidan bittasi.

Protsessordagi oddiy ikki sonni qo'shish (binaryda 1bit) modulini olsak bu ikkita and, bitta or va ikkita xor operatoridan tashkil topgan sxema hisobaladi. Yoki 14 dona MOS transistori degani.

Nega bu bosh og'riqdan foydalanishadi?

Boshlang'ich kompyuterlar elektr lampalarda, keyin esa transistorlarda yig'ilgan. Mikrosxemalar bo'lsa asosan BJT transistorlarda. Ammo ularning effektivligini oshirish uchun MOS transistorlarga o'tish maqul bo'lgan. Yuqorida aytganimdek MOS ancha tejamkor va effektiv. Shu sababli hozir qo'l soatingiz xotirjam bitta batareykadan 6 oylab ishlashi yoki telefoningiz shu kichik o'lchamda ko'p kompyuterdan ko'ra kuchli bo'lishi mumkin. Ular ichidagi mikrosxemalar esa aynan shu cmoslardan tashkil topgan.

@yetimdasturchi
Agarda siz shunday tizimlarga ishonsangiz demak hali ham ulg'aymagansiz))

Hech qachon parollaringizni xavfsizligini tekshirib beramiz degan joylarga kiritib ko'rmang. Kiritish yo'li bilan maksimum parol lug'atlarini boyitib berishga xizmat qilasiz.
Youtube kanalda yangi video

Mavzu: C Dasturlash tili - Kirish (1-dars)

Videoni hoziroq tomosha qilish uchun havola 👉 https://youtu.be/2VPLsRJBGLg

@yetimdasturchi
2025/07/08 09:29:06
Back to Top
HTML Embed Code: