Forwarded from RENESSANS NamDU
Talabalar she’riyat Karvoni loyihasi doirasida targ‘ibot ishlari olib borildi
✅ Namangan davlat universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida «Talabalar she’riyat karvoni» loyihasi doirasida targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.
💭 Loyihaning asosiy maqsadi – yosh ijodkorlarni aniqlash, ularning iste’dodini keng jamoatchilikka tanitish, shuningdek, ular orasida do‘stona ijodiy muhitni shakllantirishdan iboratdir.
🤝 Targ‘ibot ishlari davom etmoqda hamda universitet rahbariyati tomonidan bunday loyihalarni muntazam ravishda qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan.
#Talabalar she’riyat Karvoni #targ‘ibot #Yuridik_fakulteti
🕊 Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi
🔺 Mazkur tadbir doirasida loyiha tashabbuskori Qahramon Sattixo‘jayev tomonidan universitetning turli fakultetlarida tahsil olayotgan she’rga oshno, adabiyotga mehr qo‘ygan talaba-yoshlar bilan uchrashib,loyiha va uning maqsadi haqida batafsil ma'lumotlar berilmoqda. Tadbir davomida talabalar o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etishlari, adabiyot va san’at sohasida bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitishlari yo‘lida ushbu loyiha tamal toshi bo‘lishini e'tirof etdilar
#Talabalar she’riyat Karvoni #targ‘ibot #Yuridik_fakulteti
🔘 Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤🔥2🥰2👏1👌1😍1💯1
#Zakovat #Ijtimoiy_fanlar_fakulteti
🌟 Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetida talabalar bilimini sinovdan o‘tkazish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda intellektual salohiyatini namoyon etish va erkin fikrlash qobiliyatini rivojlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
🏆 Bu o‘yin talaba-yoshlarni nafaqat bilimlarini sinash, balki yangi do‘stlar orttirish, jamoada ishlash, mantiqiy fikrlash va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini berdi.
🚀 Telegram|📷 Instagram|🔵 Facebook
🔺 Mazkur tadbirda Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Baxtiyor Boltaboyev, ta'lim-tarbiya maslahatchisi Dilshodbek Misirov, fakultet Yoshlar kengashi a'zolari hamda talabalar ishtirok etdi. Dastlab Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Baxtiyor Boltaboyev talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida gapirib, barcha talabalarni faollikka chorlab, o‘yin ishtirokchilariga omad tiladi.
🔘
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡1❤1👍1👌1😍1🤓1😘1
#zakovat #taqdirlash
🌟 Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetida talabalar bilimini sinovdan o‘tkazish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda intellektual salohiyatini namoyon etish va erkin fikrlash qobiliyatini rivojlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
🏆 Qizg’in bahslarga boy bo’lgan uchrashuvda 8 ta jamoa ishtirok etib, g’oliblar quyidagi tartibda o’rin egalladilar:
🔻 Taqdirlash marosimida O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari Botirjon Mallaboyev ishtirok etib, g’oliblarni samimiy tabrikladilar hamda fakultet dekani nomidan diplomlar topshirildi.
🚀 Telegram|📷 Instagram|🔵 Facebook
🥇 - oʻrin Imperiya jamoasi🥈 - oʻrin Turon jamoasi🥉 - Legion jamoasi
🔘
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1❤🔥1⚡1👍1🎉1👌1🕊1😍1😇1
Forwarded from RENESSANS NamDU
#Soʻragan_edingiz
🔻 Tarix fanlari bo‘yicha dunyo miqyosida yuqori baholangan va bepul (open access) jurnallar:
🔺 The Historical Journal: Cambridge University Press tomonidan chop etiladigan ushbu jurnal tarixning turli sohalarini qamrab oladi.
🔺 Histories: MDPI tomonidan chop etiladigan ushbu jurnal inson jamiyatlarining o‘zgarishi va uzluksizligi bo‘yicha xalqaro ilmiy tadqiqotlarni nashr qiladi.
🔺 Humanities: Bu jurnal ham MDPI tomonidan chop etiladi va madaniy ifodalar va ularning turli interpretatsiyalarini o‘rganishga qaratilgan.
🔺 Austrian History Yearbook: Cambridge University Press tomonidan chop etiladigan ushbu jurnal Avstriya va Markaziy Evropa tarixiga oid tadqiqotlarni qamrab oladi.
🔺 Open History Journal: Ushbu jurnal tarixiy tadqiqotlar, arxeologiya, madaniy meros va tarixiy antropologiya sohalarida ilmiy maqolalarni nashr qiladi.
🕊 Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi
🔘 zBizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5😍2👍1🤝1
Forwarded from RENESSANS NamDU
📖 4-mavsum doirasida qanday kitoblarni o‘qishni xohlasangiz izohlarda kitob muallifi va nomini yozib qoldiring.
🔘 Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7⚡1👍1👌1🏆1🤓1🤗1
🔺 Besh tashabbus olimpiadasi sport musobaqalarining ochilish masorimi bo‘lib o‘tdi.🔺 Besh tashabbus olimpiadasi doirasida stritbol sport turi bo‘yicha bellashuv bo‘lib o‘tdi.🔺 Besh tashabbus olimpiadasi doirasida stol tennis sport turi bo‘yicha bellashuv bo‘lib o‘tdi.🔺 Besh tashabbus olimpiadasi doirasida yengil atletika sport turi bo‘yicha bellashuv bo‘lib o‘tdi.🔺 Besh tashabbus olimpiadasi doirasida valeybol sport turi bo‘yicha bellashuv bo‘lib o‘tdi.🔺 Besh tashabbus olimpiadasi doirasida mini futbol sport turi bo‘yicha bellashuv bo‘lib o‘tdi.🔺 Besh tashabbus olimpiadasi doirasida mini futbol sport turi bo‘yicha "Dekan kubogi" bo‘lib o‘tdi.🔺 Besh tashabbus olimpiadasi doirasida mini futbol sport turi bo‘yicha "Dekan kubogi" taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.🔺 Ustoz va murabbiylar munosib kutib olindi.
🔺 Profilaktika kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.🔺 Talabalar muzey hamda Mahdumi Aʼzam maqbarasiga tashrif buyurdilar.🔺 Talabalar Namangan viloyati tarixi va madaniyati muzeyiga tashrif buyirdilar.🔺 Gyong Sang universiteti masʼullari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.🔺 Janubiy Koreya bilan xalqaro hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.🔺 Ota-onalar majlisi bo‘lib o‘tdi.
🔘 Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👌1🤓1😇1🤝1
Forwarded from RENESSANS NamDU
🪙 G‘oliblar yakuniy test natijalariga ko‘ra:🥇 - o‘rin - 300 ming so‘m🥈 - o‘rin - 200 ming so‘m🥉 - o‘rin - 100 ming so‘m📝 4-o‘rindan 10-o‘ringacha yuqori natijalarni ko‘rsatgan talabalar ham maxsus sertifikat bilan taqdirlanishadi.
🤝 Maqsadimiz, kitobxonlarning katta imperiyasini qurish va talaba-yoshlarning manfaatsiz tarmoqlardan kitobxonlar maydoniga evakuatsiya qilishdan iborat.
#Mutolaa #Bir_haftada_bir_kitob #Alkimyogar #4_mavsum
🔘 Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2🔥2🤩1👌1🤝1🤗1
Forwarded from Ilmiymaqola.uz | Ilmiy maqolalar platformasi
#respublika_konferensiya
Konferensiya: ZAMONAVIY DUNYODA IJTIMOIY FANLAR
Soha:
07.00.00–Tarix fanlari
08.00.00–Iqtisodiyot fanlari
09.00.00–Falsafa fanlari
10.00.00–Filologiya fanlari
12.00.00–Yuridik fanlar
13.00.00–Pedagogika fanlari
17.00.00–Sanʼatshunoslik fanlari
19.00.00–Psixologiya fanlari
22.00.00–Sotsiologiya fanlari
Talablar:
1. Til: o'zbek, rus, ingliz
2. Kamida 3 sahifa
3. Times New Roman
4. 14 o'lcham
5. 1.5 oraliq
Nashr muddati: 1-2 kun
⚡️ Mira'zam To‘xtasinov😎
🌐 Ilmiy maqolalar kanali
Konferensiya: ZAMONAVIY DUNYODA IJTIMOIY FANLAR
Soha:
07.00.00–Tarix fanlari
08.00.00–Iqtisodiyot fanlari
09.00.00–Falsafa fanlari
10.00.00–Filologiya fanlari
12.00.00–Yuridik fanlar
13.00.00–Pedagogika fanlari
17.00.00–Sanʼatshunoslik fanlari
19.00.00–Psixologiya fanlari
22.00.00–Sotsiologiya fanlari
Talablar:
1. Til: o'zbek, rus, ingliz
2. Kamida 3 sahifa
3. Times New Roman
4. 14 o'lcham
5. 1.5 oraliq
Nashr muddati: 1-2 kun
Maqolalar quyidagi telegram manzili orqali qabul qilinadi:
👨💻 Kanalga qo'shiling va do'stlaringizga ulashing:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤🔥2✍1😍1
10.10.2025-yil.
1 smena uchun 14:00
2 smena uchun 10:00
Biz tayyormiz!
Siz tayyormisiz?
🔘 Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
Forwarded from Namangan davlat universiteti
Hurmatli xorijlik talaba-yoshlar!
📎 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi PF–6084-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar o‘rtasida “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda.
⚫️ Mazkur tanlovning Namangan davlat universiteti bosqichi joriy yilning 7-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
✅ Tanlovda ishtirok etish tartibi
Ko‘rik-tanlovda faqat xorijlik talabalar ishtirok etishi mumkin. Universitet bosqichida ishtirok etish istagini bildirgan talabalar yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat qiling.
😊 Tanlov shartlari
1. Tanishtirish – ishtirokchi o‘zi haqidagi qisqacha ma’lumotni (3–5 daqiqa) o‘zbek adabiy tilida bayon qiladi.
2. Esse yozish – ishtirokchi o‘zbek xalqining tarixi, madaniyati va qadriyatlariga oid mavzulardan birini tanlab, lotin yozuvida kamida 200 so‘zli esse yozadi (90 daqiqa vaqt beriladi).
😊 Mukofot va imkoniyatlar
🟣 Filial bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar filial tomonidan rag‘batlantiriladi.
🟣 1-o‘rin sohibi keyingi – saralash bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.
Sizlarni ushbu nufuzli tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
💬 Tanlov nafaqat o‘zbek tilini chuqurroq o‘rganish, balki do‘stona muhitda o‘z iqtidor va qobiliyatingizni namoyish etish uchun ham katta imkoniyatdir.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
🔚 Tanlovning maqsadi – xorijlik talabalar orasida o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, o‘zbek tili va madaniyatini targ‘ib qilish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdan iborat.
Ko‘rik-tanlovda faqat xorijlik talabalar ishtirok etishi mumkin. Universitet bosqichida ishtirok etish istagini bildirgan talabalar yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat qiling.
1. Tanishtirish – ishtirokchi o‘zi haqidagi qisqacha ma’lumotni (3–5 daqiqa) o‘zbek adabiy tilida bayon qiladi.
2. Esse yozish – ishtirokchi o‘zbek xalqining tarixi, madaniyati va qadriyatlariga oid mavzulardan birini tanlab, lotin yozuvida kamida 200 so‘zli esse yozadi (90 daqiqa vaqt beriladi).
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌2❤1