Telegram Web Link
Yoshlar siyosati xalqaro maydonda

🇺🇿🇺🇸Ayni vaqtda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev AQShda o‘tayotgan Yoshlar bo‘yicha harakatlar dasturining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan BMT Bosh Assambleyasining yuqori darajadagi yalpi yig‘ilishida ishtirok etmoqda.

Agentlik direktori o‘z ma’ruzasida O‘zbekistonda yoshlar siyosati borasida qilinayotgan keng qamrovli islohotlar va o‘zgarishlar haqida so‘z yuritadi.

Jonli efir havolasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
53👍42🔥6🎉6❤‍🔥3
🇺🇿26-sentabr – Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni!

Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi – har birimiz uchun eng katta boylik. Bu bebaho ne’matni saqlash yo‘lida tunu-kun xizmat qilayotgan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining fidoyiligi xalqimiz hayotida beqiyos ahamiyatga ega.

🇺🇿Mustaqilligimiz, suverenitetimiz, hududimiz daxlsizligi va xalqimiz farovonligini himoya qilishdagi sharafli xizmatlaringiz bilan siz nafaqat davlat, balki har bir oila osoyishtaligining ham posbonisiz.

Yoshlar ishlari agentligi jamoasi barcha Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!

#26Sentabr #DXX

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
87👍448🎉8❤‍🔥7
“General va yoshlar” uchrashuvi

🌙Yoshlar o‘z fikrini aytib, amaliy yechim oladigan navbatdagi “General va yoshlar” ochiq muloqoti poytaxtimizda o‘tkazildi.

Uchrashuvda Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor Rustam Jo‘rayev va Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxanova yoshlar bilan ochiq muloqot qilib, ularning fikr va takliflarini tingladi. Muhimi, har bir savolga amaliy javob va real yechim berishga e’tibor qaratildi.

📚Yoshlar uchun kitob yarmarkasi, robototexnika ishlanmalari va ijodiy ko‘rgazmalar tashkil etildi. Bu esa uchrashuvni yanada qiziqarli va foydali qildi.

Batafsil: gov.uz/yoshlar

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
44🔥32👍28🎉7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇸Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQSHga tashrifi

BMTning yuksak minbaridan yangragan global tashabbuslar, iqtisodiyotimiz rivoji va xalqimiz farovonligiga xizmat qiladigan tarixiy uchrashuv va kelishuvlar.

#Mirziyoyev #AQSH

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
65👍45🔥9👏4
🇩🇪Germaniyada bepul o‘qib, karyera qurishni xohlaysizmi?

⚡️Endi bu orzuning yo‘li ochiq! “Ausbildung” dasturi orqali avval O‘zbekistonda nemis tilini B1 darajasigacha o‘rganasiz, keyin esa Germaniyada haq to‘lanadigan amaliyot va stipendiya bilan o‘qishni davom ettirishingiz mumkin.

👇Dastur bo‘yicha qaysi yo‘nalishda ishtirok etish mumkin? Diqqat bilan o‘qing!

1. Toshkent shahri
Texnikum: Toshkent transport texnikumi
Yo‘nalish: Logistika150 ta o‘rin (grant)

2. Buxoro
Texnikum: Transport va qurilish texnologiyalari texnikumi
Yo‘nalishlar:
• Logistika — 140 ta o‘rin (grant)
• Qurilish texnologiyalari 40 ta o‘rin (grant)

3. Samarqand
2-sonli Politeхnikum: Logistika — 70 ta o‘rin (grant)
3-sonli Politeхnikum: Logistika — 130 ta o‘rin (grant)
• Qurilish texnologiyalari — 30 ta o‘rin (grant)
• Metallar texnologiyasi — 6 ta o‘rin (grant)

4. Marg‘ilon
Texnikum: Qurilish va kommunal xo‘jalik texnikumi
Yo‘nalishlar:
• Qurilish texnologiyalari — 57 ta o‘rin (grant)
• Elektrotexnika — 8 ta o‘rin (grant)
• Logistika — 9 ta o‘rin (grant)

5. Urganch shahri
Texnikum: Qurilish va kommunal xo‘jalik texnikumi
Yo‘nalishlar:
• Qurilish texnologiyalari — 54 ta o‘rin (grant)
• Elektrotexnika — 18 ta o‘rin (grant)
• Logistika — 87 ta o‘rin (grant)


my.edu.uz saytiga o‘ting va arizani topshiring!

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
69👍50😍105🔥5
⚡️Navbatdagi super 7 kun

👍“Ibrat farzandlari” loyihasidan super yangilik! Endi siz Ibrat haftaligi doirasida 7 kun davomida 7 nafar o‘z sohasida eng kuchli TOP ustozlar bilan bilan jonli suhbatlarda ishtirok etishingiz mumkin!

Spikerlar bilan tanishing:
• Bekzod Jalilov – Target school asoschisi;
• Barno Muqimova – IELTS 8.5 sohibi va ustoz;
• Shahzod Bahodirov – Thompson school asoschisi;
• Umidjon Ishmuhammedov – "Millat umidi" universiteti asoschisi;
• Rustam Qoriyev – "Ibrat Farzandlari" loyiha rahbari;
• Barno Asqarova – IELTS instruktor;
• Davron Turdiyev – Eslab qolish bo'yicha Rossiya rekordchisi, ustoz


🎁 Bundan tashqari, eng faol targ‘ibotchi sifatida 12.000.000 so‘mgacha pul mukofotlari, 100 dan ortiq 3 oylik premium til kurslarini yutib olish imkoniga ega bo‘lasiz.

⚡️Ha aytgancha, loyihada qatnashish – mutlaqo BEPUL

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @ibratmarafon_bot

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
76👍22👏11🏆3❤‍🔥1
🇺🇿🇺🇳Agentlik direktori Alisher Sa’dullayev Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Felipe Paulliyer bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati” tashabbusini BMT Yoshlar ofisi bilan hamkorlikda tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, BMT O‘zbekistondagi yoshlarni amaliyot dasturlariga jalb qilishga tayyor ekani bildirildi. Yana bir muhim mavzu sifatida 2026-yilda Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Yoshlar parlamentlari xalqaro forumini tashkil etish va o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

⚡️Bu muloqot O‘zbekiston yoshlari uchun global maydonga dadil chiqish va kelajakda yangi marralarni zabt etishda muhim qadam bo‘ladi.

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥8574👍57😍4👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston yoshlar siyosati BMT minbarida

🇺🇿🇺🇳Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Yoshlar bo‘yicha harakatlar dasturining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan BMT Bosh Assambleyasining yuqori darajadagi yalpi yig‘ilishida nutq so‘zladi.

O‘zbekiston yoshlar yetakchisi o‘z nutqida dunyo kelajagi bevosita yoshlarga qilinadigan sarmoya bilan belgilanishini ta’kidlab, uchta ustuvor yo‘nalishni qayd etdi.

Ta’lim, tadbirkorlik va bandlik.

1. Ta’lim – har bir yosh sun’iy intellekt davrida zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.

2. Tadbirkorlik – yoshlar ish qidirishi emas, balki o‘zi yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘nikmasini shakllantirish muhim. Shu maqsadda O‘zbekistonda yoshlar tadbirkorligi uchun 400 mln dollar yo‘naltirilgani ta’kidlandi.

3. Bandlik – startaplar va ko‘nikmalarni real imkoniyatlar bilan bog‘lash, sun’iy intellekt ishlarni qisqartirmasdan, balki ularni qayta shakllantirish lozim.


🇺🇳BMT minbaridan yangragan ushbu chaqiriq shuni ko‘rsatadiki, yoshlar uchun imkoniyat yaratish — bu kelajakni kafolatlash demakdir. Tinchlik esa barcha imkoniyatlarning boshlanish nuqtasi.

Prezidentimizning BMT minbarida ilgari surgan tashabbuslari biz yoshlar uchun xalqaro maydonda yangi marralarni egallashda muhim dastur amal bo‘lib xizmat qiladi.

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15379🎉13🏆93
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eng iqtidorli musavvirlar aniqlandi

🎨Yosh ijodkorlarning rang-barang fantaziyasi, nozik didi va san’atga bo‘lgan yondashuvi “Yosh musavvir” tanlovida yana bir bor namoyon bo‘ldi.

🖐“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ushbu tanlovning final bosqichi Jizzax viloyatida o‘tkazildi va unda 28 nafar iste’dodli yosh ishtirok etdi.

🏆 G‘oliblar bilan tanishing:

12–17 yosh toifasi:

1-o‘rin — Mamatova Shalola Jahogir qizi (Jizzax);
2-o‘rin — Ashurbekova Aziza Ilxomjon qizi (Samarqand);
3-o‘rin — O‘lmasova Roxilaxon Isroiljon qizi (Andijon).

18–30 yosh toifasi:

1-o‘rin — Mamadiyorov Farrux Abduxamid o‘g‘li (Sirdaryo);
2-o‘rin — Cho‘liyev Rustambek Rahmatullo o‘g‘li (Navoiy);
3-o‘rin — Xusenova Fotima Ergashovna (Samarqand).


⚡️G‘oliblar quyidagicha taqdirlandi. 1-o‘rin 20 mln so‘m, 2-o‘rin 15 mln so‘m, 3-o‘rin 10 mln so‘m va qolgan ishtirokchilarga 5 mln so‘mdan pul mukofotlari berildi.

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
41👍226🏆4🎉3
Yoshlar yetakchilari tayyormisiz?

⚡️“Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining yangi mavsumi boshlandi. Mahallalarda yoshlarga haqiqiy yo‘lboshchi bo‘lib xizmat qilayotgan yetakchilar, tajribangizni respublika miqyosida namoyish eting va g‘oyalaringizni hamkasblaringiz bilan ulashing.

Tanlovda kamida bitta mahallada 6 oy davomida ishlagan, amaliy tajribaga ega yoshlar yetakchilari 10 ta yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etishi mumkin.

Arizalar 5-oktyabrga qadar quyidagi havola orqali qabul qilinadi.

👉 Batafsil: gov.uz/yoshlar

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
59👍43🔥102🎉2
⚡️ O‘zbekiston yoshlari jahon shaxmatida tarixiy natijaga erishdi!

22–29-sentyabr kunlari Peru poytaxti Lima shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida rapid (tezkor) va blits shaxmat yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 19 mamlakatdan 89 nafar yosh shaxmatchi qatnashdi. O‘zbekiston terma jamoasidan 6 nafar iste’dodli sportchi yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, jami 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Rapid bo‘yicha natijalar:

✔️Muhammadzohid Suyarov – 7,5 ochko bilan oltin medal sohibi;

✔️Muhiddin Madaminov – 7 ochko bilan kumush medal sohibi;

✔️Afruza Hamdamova – 6,5 ochko bilan qizlar o‘rtasida faxrli ikkinchi o‘rin egasi bo‘ldi.


Blits bo‘yicha natijalar:

✔️Madaminov Muhiddin – 12 ochko bilan oltin medal va jahon chempioni;

✔️Suyarov Muhammadzohid – 10 ochko bilan bronza medal;

✔️Omonova Umida – 9,5 ochko bilan kumush medal;

✔️Begmuratov Humoyun – 9 ochko bilan 4-o‘rin;

✔️Xalilova Madinabonu – 8 ochko bilan 6-o‘rin egasi bo‘ldi.


🇺🇿Ushbu g‘alabalar O‘zbekiston yoshlarining xalqaro shaxmat maydonidagi kuchi va salohiyatini yaqqol namoyon etdi!

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
152👍30👌5🎉3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️O‘zingiz yoqtirgan sport formasi yoki musiqa asbobini olish imkoniyati borligini bilarmidingiz?


14–20 yosh oralig‘idagi Kambag‘al oilalar reyestriga kiruvchi yoshlar o‘z xohishiga ko‘ra sport anjomlari, maxsus forma yoki musiqa cholg‘u asboblarini bepul olishlari mumkin.

📹Batafsil shartlari va mablag‘ miqdorini bilish uchun videoni ko‘ring

Imkoniyatlarni o‘tkazib yubormaslik uchun sahifalarimizga obuna bo‘ling!

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3524❤‍🔥9👌51
2025/10/20 03:18:26
Back to Top
HTML Embed Code: