Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
3.10.2025 #Toshkent

"Ustozlarga ehtirom" to'plamining taqdimoti

Muxbir: Zokir Mo'minov

@Bugun_lavhalar
TAKLIFNOMA

📌 Sizni 2025-yil 14-oktyabr kuni soat 15:00da filologiya fanlari doktori, professor Hamidjon Homidiy tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasiga taklif etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Yangi kitob

“HAYOTNING DAVOMI…”

📌 O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Salim Ashurning “Hayotning davomi…” kitobi suhbatlar, adabiyotshunoslikka oid maqolalar, adabiy kuzatishlardan iborat. Ularda milliy va jahon adabiyotining muhim masalalari, belgi va alomatlari, xususiyat hamda yo‘nalishlari hozirgi davrning dolzarb ijtimoiy muammo va masalalariga tatbiq etilgan holda qiyosiy tahlil qilinadi. Kitobxonda adabiyot hayotning, hayot adabiyotning davomi, degan taassurot uyg‘onadi.
📌 Ushbu suhbat va maqolalar ularning tagzaminidagi mulohaza va mushohadalarning chuqurligi, haqqoniyligi, “o‘zbekning o‘q ildizi nimada?” degan savolga javob izlangani bilan ham kitobxonni befarq qoldirmaydi, deb o‘ylaymiz.
Kitob “Adabiyot” nashriyoti tomohidan nashr etilgan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
***

Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir.

Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
TAKLIFNOMA

"Madaniyat va maʼrifat" telekanalning “Qaqnus” dasturining shoir Muhammad Siddiq Rahmatov ijodiga bag‘ishlangan yangi soni 14-oktyabr (seshanba) kuni soat 12:30 dan 14:30 gacha yozib olinadi.
Tomoshabin bo‘lish yoki sevimli shoiringiz ijodidan o‘qib berish uchun @Nurmuhammad_Abduzoirov ga pasportingiz rasmini jo‘natib, ro‘yxatdan o‘ting.
Izoh: ko‘rsatuv O‘zbekiston MTRK media markazi, 2-studiyada yozib olinadi (doimiy manzil).
Hududga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatsiz kiritishmaydi, ya‘ni qo‘lingizda hujjatingiz bo‘lsin! Ro‘yxatdan o‘tishni ham esdan chiqarmang.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
TANIQLI YOZUVCHI ABDUJALOL RAHIM BILAN IJODIY UCHRASHUV BO'LIB O'TDI

📌 Bugun, 13-oktyabr kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumanida ushbu o‘quv yilida ish boshlagan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda taniqli yozuvchi Abdujalol Rahim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
📌 Tadbirda maktabning 173 nafar iqtidorli o‘quvchilari hamda ustozlar jamoasi ishtirok etishdi. Yozuvchi Abdujalol Rahim ularga Abu Ali ibn Sino hayoti va faoliyati yoritilgan “Abu Ali ibn Sino” roman-trilogiyasining yozilishi haqida so‘zlab berdi.

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#ona_tilim_faxrim

O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, 1-bob, 4-modda
“AVRORA”DA O‘ZBEK ADIBI HIKOYALARI

   O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli adib va dramaturug Qo‘chqor Norqobilning Sankt-Peterburgda chop etiladigan “Avrora” jurnalida “Teatrga chipta yo‘q”, “Pandemiya”, “Sevinchning qushlari” hikoyalari eʼlon qilindi.
Ulara Rossiya Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari – Sankt-Peterburg Yozuvchilar uyushmasi raisi Valeriy Georgevich Popov so‘zboshi yozgan.
– O‘zbek adibi Qo‘chqor Norqobil hikoyalarida xayrli ishlar hamisha o‘z ezgu javobini topibgina qolmay, qahramonlar qatorida hayajonlangan o‘quvchilarga ham yorqin taassurot va baxt-saodat ulashadi. Muallif qalbi va isteʼdodi bizni go‘zal dunyoga chorlaydi, bu yerda agar inson shunga loyiq va munosib bo‘lsa, qushlar ham yordamga kelishi mumkinligiga shubha qilmaysiz,  – deya eʼtirof etiladi so‘z boshida.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

https://share.google/Mz723MI0xSSI66uxl

https://share.google/WVI8ingvYRUxu7BWM
🌟 Dunyoni mehr qutqaradi 🌟

Ba’zan so‘zlar yetmaydi, qalb esa mehrni kuylaydi.
Bu qo‘shiq – ruhning ovozi, mehrning melodiyasi.

Mehr –
• Kulgi bilan sovg‘a qilinadi,
• Qo‘llar bilan egallab olinadi,
• Qalb bilan his qilinadi.

Dunyoni qutqaruvchi kuch – sevgi, rahm-shafqat va samimiy mehrdir.
Bir oz mehr – bir umrga yetadi.

🎧 Videoni eshiting.
💌 Mehringizni tarqating – har kimga bitta tabassum, biror xushxabar, bir sovg‘a yetkazsangiz – ular sizni eslashadi.
🌍 Keling, dunyoni birga mehr bilan to‘ldiraylik.

https://youtu.be/4yaHorRpLEk?si=D3FOWYFrct2CPiay
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Ota onani umrini uzaytiradigan ham farzand" – Farida Afro'z

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#ona_tilim_faxrim

TIL

Har tilni biluv emdi bani odama jondur,
Til vositai robitai olamiyondur.

G‘ayri tilini saʼy qiling bilgali, yoshlar
Kim ilmu hunarlar rivoji andin ayondur.

Lozim siza har tilni biluv ona tilidek,
Bilmakka ani g‘ayrat eting, foydali kondur.

Ilmu fan uyiga yuboringlar bolangizni,
Onda o‘quganlar bori yaktoyi jahondur.

Zor o‘lmasun onlar dog‘i til bilmay Avazdek,
Til bilmaganidin ani bag‘ri to‘la qondur.

Avaz O‘tar
2025/10/22 09:08:06
Back to Top
HTML Embed Code: