Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
VATANIMIZ O'ZBEKISTON HAQIDA

Bugun Do'stlik qo'mitasida “Vatanimiz O‘zbekiston haqida” nomli adabiy kecha va hamkorlik toʻgʻrisidagi anglashuv memorandumi imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Qadriyat

Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim.

Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
#оnа_tilim_faxrim

KIM TILNI BILUR — ELNI BILUR

Avaz O‘tar g‘azaliga muxammas

Gar ushbu Vatan bizga azal ota makondur,
Sultonlaridin sha’ni aning ro‘yi jahondur.
Kim tilni bilur – elni bilur, shoniga shondur,
Har tilni biluv emdi bani odama jondur,
Til vositai robitai olamiyondur.

To yog‘masalar boshingiza ta’na-yu toshlar,
Toshdin ham qatiq bo‘lgusidir ilm ila boshlar,
Ey siz, qorako‘z-u qorasoch-u qoraqoshlar,
Gʻayri tilini sa’y qiling bilgali yoshlar,
Kim ilm-u hunarlar bilaki andin ayondur.

Bo‘lmas kishiga ko‘rk-u husn so‘zni gulidek,
Har tilni biluv – dilni biluv, dilni – elidek,
Tilni yo‘li ham shoh jahongirni yo‘lidek,
Lozim siza har tilni biluv ona tilidek,
Bilmakka oni g‘ayrat eting, foida kondur.

Haq sizga beribmish suvingiz ham dalangizni,
O‘z bog‘ingiz-u, qir-adiringiz, lolangizni,
Teng aylab jahon ahliga kuch-hafsalangizni,
Ilm-u fan uyiga yuboringlar bolangizni,
Onda o‘qug‘onlar bori yaktoyi zamondur.

Umr o‘tgusidur suv kabi yo suvdagi xasdek,
Dilbandlaringizning bari daryoyi havasdek,
Ilm olmasalar umr bo‘lur tiyra qafasdek,
Zor o‘lmasun onlar dag‘i til bilmay Avazdek,
Til bilmaganidan oni bag‘ri to‘la qondur.

Sirojiddin Sayyid,
O‘zbekiston xalq shoiri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jarayon

“Mahalla” telekanali “Mahalla tongi” dasturining navbatdagi soni mehmoni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi To‘lqin Eshbek bo‘ldi.
Jarayon

TALABALARGA ONA TILIMIZ FIDOYILARI TANISHTIRILDI

Adiblar xiyobonida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti teatr san’ati fakulteti tomonidan 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
     Unda Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Doniyor Mirzo ishtirok etib, institut talabalariga jonajon tilimiz tarixi va rivojlanishi, fidoyilari to‘g‘risidagi mulohazalarini o‘rtoqlashdi, she’rlaridan namunalar o‘qib berdi.
     Shundan so‘ng talabalarga uyushma tarixi muzeyidan o‘rin olgan eksponatlar tanishtirilib, adiblar hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar berildi.
     
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Jarayon

🔰 ZIYO ULASHIB...


📌 Mana, bir necha yildirki, yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarini kitob mutolaasiga keng jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga nisbatan daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi amalga oshirib kelinmoqda.
📌 Termiz shahridagi san’at saroyida o‘tkazilgan ijodiy uchrashuv ana shunday ezgu maqsadlarni o‘zida mujassam etdi.
📌 Termiz davlat universiteti talabalari bu gal O‘zbekiston xalq shoiri, senator Mahmud Toir, qolaversa, Ne’mat Dushayev, Zohidjon Olov kabi adiblar bilan diydorlashishdi.
📌 Qizg‘in muloqot har ikki tomon ishtirokidagi qizg‘in mushoiraga ulanib ketdi va kutilganidek, mazkur kechaning o‘zida bir qancha iste’dodlar kashf etildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
2025/10/20 09:32:58
Back to Top
HTML Embed Code: