Telegram Web Link
#Ijodiy_uchrashuv

21-oktyabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun

     Inson go'zalligi, ma'naviyati, buyuk merosi - ona tilidir. Shu munosabatda Yurtimizda 21-okrabr katta iftixor bilan keng nishonlanadi.

📌Kuni kecha Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida "An’anaviy cho‘lg‘ular ijrochisi", va "Fortepiano ijrochisi" yo‘nalishi tinglovchilari uchun ushbu mavzuda ijodiy uchrashuv o'tkazildi.

🔸Uchrashuvda Markaz rahbari, professor Dildora Saipova, Xalqaro "Turon" fanlar akademiyasi akademigi, professor Rifatilla Kasimov hamda Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati bo'limi boshlig'i, shoir Fozil Farhod ishtirok etdi.

🔸Tadbir davomida shoir Fozil Farhodning she'riy to'plamidan iborat "Avtoportret" nomli kitob taqdimoti bo'lib o'tdi. Shuningdek, tinglovchilar tomonidan Erkin Vohidovning "O‘zbegim" she'ri hamda qo'shiqlar ijro etildi.
Xiyobon oqshomlari doirasida O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi munosabati bilan O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida bo'lib o'tgan adabiy-ma'rifiy tadbirlardan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra
2025/10/21 23:00:17
Back to Top
HTML Embed Code: