Telegram Web Link
O‘qituvchilar o‘rtasida Erkin Vohidov nomidagi "E, Voh" respublika oʻzbek tili olimpiadasi anʼanaviy tashkil etiladi
Prezident qarori bilan UzReport Axborot agentligi va Nordik universiteti tomonidan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari o‘zbek tili o‘qituvchilari o‘rtasida Erkin Vohidov nomidagi "E, Voh" respublika o‘zbek tili olimpiadasining anʼanaviy tarzda tashkil etilishi belgilab qo‘yildi. Tadbirdan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.

#Til_bayrami
#Ehtirom

TIL — MILLAT RUHI, JAVHARI!

Bugun, mamlakatimizning barcha hududlaridagi kabi, viloyatimizda ham 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami keng nishonlanmoqda.

Erta tongda Farg‘ona shahridagi hazrat Alisher Navoiy haykali joylashgan xiyobonda viloyat hokimligi, viloyat boshqarma va tashkilotlari, ta’lim muassasalari hamda keng jamoatchilik vakillari, uyushma a’zolari, ijodkor yoshlar jam bo‘ldilar.

Bayram tantanasi viloyat hokimi o‘rinbosari Sherzodjon Polvonovning tabrik so‘zi bilan boshlandi. Tadbirni Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Dilshoda Ergasheva olib bordi.

Ona tilimizga dil izhorlari, she’r va mumtoz kuylar shukuhi ila sermazmun o‘tgan bayramona tadbir yakunida mutafakkir ajdodimiz haykali poyiga guldastalar qo‘yilib, tilimizga va uning buyuk asoschisiga ehtirom ko‘rsatildi.

🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Telegram | Facebook | Instagram
2025/10/25 18:29:11
Back to Top
HTML Embed Code: