Jarayon
TALABALARGA ONA TILIMIZ FIDOYILARI TANISHTIRILDI
Adiblar xiyobonida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti teatr san’ati fakulteti tomonidan 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Unda Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Doniyor Mirzo ishtirok etib, institut talabalariga jonajon tilimiz tarixi va rivojlanishi, fidoyilari to‘g‘risidagi mulohazalarini o‘rtoqlashdi, she’rlaridan namunalar o‘qib berdi.
Shundan so‘ng talabalarga uyushma tarixi muzeyidan o‘rin olgan eksponatlar tanishtirilib, adiblar hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar berildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

🔰 ZIYO ULASHIB...
📌 Mana, bir necha yildirki, yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarini kitob mutolaasiga keng jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga nisbatan daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi amalga oshirib kelinmoqda.
📌 Termiz shahridagi san’at saroyida o‘tkazilgan ijodiy uchrashuv ana shunday ezgu maqsadlarni o‘zida mujassam etdi.
📌 Termiz davlat universiteti talabalari bu gal O‘zbekiston xalq shoiri, senator Mahmud Toir, qolaversa, Ne’mat Dushayev, Zohidjon Olov kabi adiblar bilan diydorlashishdi.
📌 Qizg‘in muloqot har ikki tomon ishtirokidagi qizg‘in mushoiraga ulanib ketdi va kutilganidek, mazkur kechaning o‘zida bir qancha iste’dodlar kashf etildi.

Mujda
Turkiyada Usmon Azim ijodiga bag‘ishlangan kitob chop etildi
Turkiy xalqlar adabiyoti haqida chuqur tahlillar olib boruvchi yosh shoir, tarjimon va adabiyotshunos Fotih Sulton Yilmaz O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludining 75 yilligi munosabati bilan shoir ijodi haqidagi O‘zbek adabiyotining bir fidoiysi: “Usmon Azim (davr, shaxsiyat, asar)” ilmiy kitobini nashr ettirdi. U bu haqda o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Ushbu kitob uch bobdan iborat. Birinchi bobda Usmon Azimning adabiy portreti, u ijod qilgan davr poetikasi, shaxsiyati va asarlaridagi mavzular ilmiy metodlar asosida tahlil qilingan. Ikkinchi bobda o‘zbek va turk adabiyotshunos olimlarining aynan shu kitob uchun yozgan maqolalari jamlangan. Muallif o‘zbek tilida yozilgan maqolalarni turk o‘quvchilari uchun turkchaga tarjima qilgan. Shuningdek, Shoira Ahmedova, Aleyna Koch, Nasiba Norova, Sarvinoz Ne’matova, O‘g‘iloy To‘yboyeva, Madinabonu Rahmatova, Zarnigor Sohibova kabi tadqiqotchilar kitobga hissa qo‘shgan.
Uchinchi bobda esa, muallifning Toshkentda Usmon Azim bilan yuzma-yuz qilgan suhbati joy olgan. Unda Usmon Azimning turk dunyosi va jahon adabiyoti haqidagi, ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan fikr-mulohazalari jamlangan.
“Bu bobda siz faqat asarlari orqali tanigan shoirning ichki olamiga ham mehmon bo‘lasiz. Turk o‘quvchisiga, turkiy dunyo adabiyotiga va adabiyotshunosligiga xayrli bo‘lsin”, deb yozadi muallif.
Fotih Sulton Yilmaz bu tadqiqot bilangina kifoyalanib qolmadi. U o‘tgan hafta Usmon Azim she’rlaridan iborat tarjima kitobini “Sessızce oturdum dünya içinde” nomi bilan, Turkiyaning “Bengü” nashriyotida chop ettirdi. Ushbu kitobda o‘zbek shoirining ilk to‘plamiga kirgan asarlardan to yangi she’rlarigacha bo‘lgan ijodiy yo‘l qamrab olingan.
Ma’lumot uchun, Fotih Sulton Yilmaz 1995-yil 28-iyun kuni Trabzon viloyatining Ortahisar tumanida tug‘ilgan. U 2021-yilda Zamonaviy turk lahjalari va adabiyotlari yo‘nalishida magistratura ta’limini tamomlagan. 2024-yilda buyuk qozoq shoiri Abay Qo‘nanboyev haqidagi “Abayning o‘lim bilan sinovi” kitobi chop etilgan. Yilmaz, shuningdek, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman va ozarbayjon tillaridan turk tiliga ko‘plab she’r tarjimalarini amalga oshirib kelmoqda.
Abdurahmon Ergashev