Telegram Web Link
"Jonajon ona tilim" tanlovining taqdirlash marosimidan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra
Jarayon

IJODKOR BILAN UCHRASHUV

Buxoro neft va gaz sanoati kollejida viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tashabbusi asosida, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Kechaga bu gal uyushma a’zosi, shoir, O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati viloyat bo‘limi rahbari Jalil Rahmat taklif etildi.
Muloqot davomida ijodkor jamoani til bayrami bilan qutlab, she’rlaridan namunalar aytdi.
Jarayonda, shuningdek, yig‘ilganlarga shoirning “Oltin jomda oltmish tomchi” nomli yangi kitobi tanishtirildi va uning nusxalari ulashildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Buxoro viloyati bo‘limi
Erkin Vohidov. Yoshlik devoni.pdf
1.1 MB
Erkin Vohidov.
📚 Yoshlik devoni

Pdf kitoblar bazasi:
www.tg-me.com/e_bazam
21.Erkin Vohidov - Soz latofati_[uzsmart.uz].pdf
9.2 MB
📚 Soʻz latofati
Erkin Vohidov

Pdf kitoblar bazasi:
www.tg-me.com/e_bazam
donish_qishloq_latifalari.pdf
263.5 KB
📚 Donishqishloq latifalari
Erkin Vohidov

Pdf kitoblar bazasi:
www.tg-me.com/e_bazam
29.Erkin Vohidov - Ruhlar isyoni.pdf
1.3 MB
📚 Ruhlar isyoni
Erkin Vohidov

Pdf kitoblar bazasi:
www.tg-me.com/e_bazam
🇺🇿 O'zbekiston noshirlari Germaniyada! 🇩🇪

Germaniyaning Frankfurt shahrida o'tkazilayotgan "Frankfurter Buchmesse" xalqaro kitob ko'rgazma-yarmarkasida o'zbek adabiyotining sara namunalari O'zbekiston ekspozitsiyasida namoyish qilinmoqda.

Ushbu nufuzli ko'rgazma dunyodagi eng yirik va eng muhim xalqaro tadbirlardan hisoblanib, 1949-yildan buyon mualliflar, nashriyotlar, matbaa korxonalari, kitob savdosi tashkilotlari, adabiy agentliklar va kitob ixlosmandlarini bir manzilda ya'ni Frankfurt shahrida jamlaydi.

Joriy yilgi ko'rgazmada:
92 dan ortiq davlatdan kelgan ishtirokchi kompaniyalarning ko'rgazma stendlari namoyish qilinadi;
140 dan ortiq davlatning ekspertlari;
1000
nafardan ziyod asar mualliflari qatnashadi;
230 000 dan ortiq kitob ixlosmandlari tashrif buyuradi.
Mazkur xalqaro tadbirning "Faxriy mehmoni" Filippin davlati 🇵🇭 bo'lib, u o'zining madaniyati, adabiyoti, san'ati hamda kitob sanoatining so'nggi yutuqlari haqida ko'rgazma ishtirokchilariga namoyish qiladi.

🔶 Qayd etish lozimki, O'zbekiston ekspozitsiyasida "O'zbekiston", "Yangi asr avlodi", "Credoprint", "Asian book house", "Global books", "Yoshlar matbuoti", "Dunyo nashr", “Dinara&Co”, "Kitob sayyorasi", "Yosh kuch" nashriyoti hamda "O'zdavkitobsavdo" tashkiloti vakillari, mualliflar (Madina Mo'minova) o'zbek adabiyoti namunalarini namoyish qilish bilan bir qatorda, chet ellik nashriyotlar va kitob mualliflari bilan adabiy hamkorlik 🤝 aloqalarini ham o'rnatmoqdalar.
Joriy yilgi tadbirda mamlakatimiz kitob sanoatini namoyish qilish 🌟"O'zbekiston noshirlari va kitob savdosi tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi"🌟 hamkorligida tashkil etilgan.

❗️Eslatib o'tamiz, "Frankfurter Buchmesse" xalqaro kitob ko'rgazma-yarmarkasi 2025-yilning 19-oktabr kuniga qadar davom etadi.
2025/10/21 23:03:57
Back to Top
HTML Embed Code: