17-oktyabr kuni tug‘ilgan ijodkor:
Shorustam Shomusarov – adabiyotshunos, uyushma aʼzosi;
Zohidjon Olov – shoir, uyushma aʼzosi;
Dilshodaxon Ergashova – shoira, uyushma aʼzosi.
Shorustam Shomusarov – adabiyotshunos, uyushma aʼzosi;
Zohidjon Olov – shoir, uyushma aʼzosi;
Dilshodaxon Ergashova – shoira, uyushma aʼzosi.
#оnа_tilim_faxrim
ONA TILIM
Otam ham, onam ham o‘zbek edilar,
Ammo go‘daklikda men qush edim-ov.
Chug‘ur-chug‘ur qildim, “chumchuq” dedilar,
Keyin g‘o‘ldiradim – dedilar “soqov”.
Sen esa, abadiy g‘olib jangchiday
Sezdirmay zabt etding ruhim, ko‘nglimni.
Allaning betimsol dard-ohangiday
Kuyga oshno etding oxir tilimni.
Men kuylay boshladim bulbul tilida,
Tabiiyki, yana “Bu – qush!” dedilar.
O‘zbekchaning bulbul til ekanligin
Bechora g‘ofillar bilmas edilar.
Kuylayverdim tinmay ona tilimda
Kimlardir xo‘rsinib, ko‘zin yoshladi.
Qushmas, insonligim anglab yetdi-yu,
Bulbul ham o‘zbekcha kuylay boshladi.
O‘g‘illarim, qizim – barchasi o‘zbek,
O‘zbek tug‘ilgandir nabiralarim.
Yoqimli so‘z bormi o‘zbekcha so‘zdek,
O‘zbekcha uyg‘onar xotiralarim.
Ona tilim, maqtay olmasam, kechir,
Sen o‘zing ruhimning quyoshi, oyi.
Axir, meni yuz bor duo qilgandir
Tushlarimga kirib hazrat Navoiy.
Tilim, abadiysan, men ham o‘lmayman,
Tilning rivoj yo‘li – millat yo‘lidir.
Hatto qarg‘adan ham xafa bo‘lmayman:
Qag‘illash – qarg‘aning ona tilidir.
Abdunabi Hamro

Mеn hayotga muхlisman...
OKMKda adiblar va ijodkor ishchilar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Olmaliq kon-mеtallurgiya kombinatida O‘zbеkiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, el sеvgan adib va hassos shoir Shodmonqul Salom hamda istе’dodli shoir va ijodkor Dilmurod Do‘st ishtirokida “Mеn hayotga muхlisman” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga kombinatda sanoat ishlab chiqarishning turli sohalarida mеhnat qilayotgan adabiyotga oshufta, ijodga qiziquvchi 100 ga yaqin ishchi-хodimlar taklif etildi.
Dastlab adiblar ijodidan lavhalar, vidеoroliklar namoyish etildi. Adabiy uchrashuv Shodmonqul Salomning buyuk shoir Abdulla Oripov rolidagi ajoyib ijrosi va boshqa ijodiy faoliyatiga oid muхlislar e’tirofi, savol-javoblar bilan qizg‘in tus oldi.
Shuningdеk, tadbirda ishchilar ijodidan shе’rlar tinglandi va faol ijodkorlar rag‘batlantirildi. Samimiy muloqot va ajoyib ijodiy muhit ustuvorligi bilan tadbir barchada iliq taаssurot qoldirdi.
📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱 X
#оnа_tilim_faxrim
ONA TILIM
Ming yillarkim bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.
Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin sheʼrga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman!
Abdulla Oripov
ONA TILIM
Ming yillarkim bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.
Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin sheʼrga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman!
Abdulla Oripov
https://uza.uz/oz/posts/ozbekistonni-muqaddas-bilgan-ijodkor_771501
https://uza.uz/uz/posts/ozbekistonni-muqaddas-bilgan-izhodkor_771500
https://uza.uz/uz/posts/ozbekistonni-muqaddas-bilgan-izhodkor_771500
Uza.uz
O‘zbekistonni muqaddas bilgan ijodkor
Bu ijodkorni ko‘pchilik oddiy, o‘zbekona tarzda “Kolya aka”, deb chaqiradi. Taniqli shoir va tarjimon, publitsist, O‘zb
#Ijodiy_uchrashuv
21-oktyabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun
Inson go'zalligi, ma'naviyati, buyuk merosi - ona tilidir. Shu munosabatda Yurtimizda 21-okrabr katta iftixor bilan keng nishonlanadi.
📌Kuni kecha Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida "An’anaviy cho‘lg‘ular ijrochisi", va "Fortepiano ijrochisi" yo‘nalishi tinglovchilari uchun ushbu mavzuda ijodiy uchrashuv o'tkazildi.
🔸Uchrashuvda Markaz rahbari, professor Dildora Saipova, Xalqaro "Turon" fanlar akademiyasi akademigi, professor Rifatilla Kasimov hamda Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati bo'limi boshlig'i, shoir Fozil Farhod ishtirok etdi.
🔸Tadbir davomida shoir Fozil Farhodning she'riy to'plamidan iborat "Avtoportret" nomli kitob taqdimoti bo'lib o'tdi. Shuningdek, tinglovchilar tomonidan Erkin Vohidovning "O‘zbegim" she'ri hamda qo'shiqlar ijro etildi.