Telegram Web Link
🇺🇿Ohangaron shahrida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” o‘tkazildi.

Tadbirda “ZOOM” platformasi orqali viloyatdagi 22 ta tuman va shahar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, tashkilot va idoralar rahbarlari, 889 ta "mahalla yettiligi” (jami 9 mingga yaqin faollar) ishtirok etdi.

“Siyosiy-ma’rifat soati”da "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari - sotsiologiya fanlari doktori, professor Mavluda Gʻofforova va "Tong Yulduzi" gazetasi bo‘lim muharriri,  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir- Axtamqul Karimov qatnashdilar.

💠Shuningdek, tadbir yakunida Respublika ishchi guruhi a’zosi Nuriddin Normatov yig‘ilishni davom ettirib, Davlatimiz Rahbari tomonidan o‘tgan kuni O‘rtachirchiq tumanida qurilishiga tamal toshi qo‘yib berilgan "Yangi Toshkent" xalqaro aeroporti hamda uning mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan roli haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Bundan tashqari, joriy yil 14-oktyabr kuni hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida  mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini Toshkent viloyati tuman-shaharlari kesimida tahlil qilib, barcha mas’ullar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni yetkazdi. 

🔺Jumladan,  mahallalarni ishsizlikdan va kambag‘allikdan holi hududga aylantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, "Biznesga birinchi qadam" dasturi ijrosini ta’minlash, "Sayxunobod va Zarbdor tajribalari"ni joriy etish, ajrimlarni oldini olish, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish borasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarga alohida e’tibor qaratdi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
20-oktyabr kuni tug‘ilgan shoir:

Miskin (1880-yil – 1937-yil) shoir.
Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Batafsil: https://uza.uz/posts/773410

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#mujda

“Yoshlik” / 2025 / 8

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
#mujda

Jurnalimizning 2025-yil 8-son mundarijasi bilan tanishing!

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
Jarayon

JALIL RAHMAT – OLTMISH YOSHDA

     Buxoro shahridagi Yoshlar markazida uyushma a’zosi, taniqli shoir, O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati viloyat bo‘limi rahbari Jalil Rahmatning oltmish yoshga to‘lishi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-musiqiy tadbir o‘tkazildi.
     Unda viloyat hokimligi, ijodiy uyushmalar, oliy ta’lim muassasalari, maxsus maktab-internat, madaniyat va san’at sohasi, ommaviy axborot vositalari vakillari, shoirning do‘st-birodarlari hamda oila a’zolari ishtirok etdi.
     Kechada so‘z olganlar ijodkorni qutlab, uning she’rlari hamda insoniy fazilatlarini e’tirof etishdi.   
     Shundan so‘ng uyushma a’zosi Laylo Sharipova rahbarligidagi, Buxoro davlat pedagogika instituti talaba-yoshlaridan tarkib topgan “Yosh ijodkorlar” to‘garagi a’zolari shoir she’rlaridan namunalar aytishdi.
     Tadbirda, shuningdek, taniqli hamda mahalliy san’atkorlar tomonidan shoir she’rlari asosida yaratilgan taronalar ijro etildi.
     Jarayonda ijodkorning taniqli yozuvchi Nurali Qobul so‘zboshisi bilan chop etilgan “Oltin jomda oltmish tomchi” kitobi yig‘ilganlarga ulashildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Buxoro viloyati bo‘limi
Tadbir tafsiloti – suratlarda.
2025/10/24 07:30:49
Back to Top
HTML Embed Code: