Telegram Web Link
#ona_tilim_faxrim

ONA TILIM 

Parcha toshga mangu umr baxsh etgan
Ona tilim.
Qoyalarga boqiy bitik naqsh etgan
Ona tilim.

Ko‘zlarimga dunyoni chin ko‘rsatgan
Ona tilim.
Otam, onam, kimligimni o‘rgatgan
Ona tilim.

Mudrab qolsa, butun xalqni uyg‘otgan
Ona tilim.
Kitoblarda yongan, goho muz qotgan
Ona tilim.

Bir millatni bir Vatanga jamlagan
Ona tilim.
Farzand uchun cho‘ng tarixlar g‘amlagan
Ona tilim.

Tandirlarda onam yopgan issiq non – 
Ona tilim.
Tuproqlarga tashlamayman hech zamon – 
Ona tilim.

Har o‘zbekka qismat, or-nomus bo‘lding,
Ona tilim.
O‘zgalarga qiyomatli do‘st bo‘lding,
Ona tilim.

Bir bolangman, ustim yopding sovqotsam,
Ona tilim.
Men qalqonman birov senga tosh otsa,
Ona tilim.

Daholarga alla aytgan oltin beshik – 
Ona tilim.
Bulbullardan yosh oqizgan oltin qo‘shiq – 
Ona tilim.

Qulog‘imga tilla ishqdek quyilgansan,
Ona tilim.
Yuragimga ismim bo‘lib o‘yilgansan,
Ona tilim.

Salim Ashur
#ona_tilim_faxrim

ONA TILIMGA

Otamning merosi, tilim, o‘zingsan,
Onamning siymosi, tilim, o‘zingsan.

Millatning maʼnosin topganman sendan,
Hurriyat havosin totganman sendan.

O‘rxun-Enasoyda ko‘z ochgan tilim,
Ilk bor Qoshg‘ariyda yuz ochgan tilim.

Qadim bitiklarga yetgan ildizing,
Ko‘kda yaraqlagan bugun yulduzing.

Quvvatga to‘lmog‘ing Navoiydandir.
Dilga tug‘ bo‘lmog‘ing Navoiydandir.

Hazratning nazmidan to‘kilgan durlar,
Mangu xazinanggga baxsh etgan nurlar.

Quyoshdek balqiding fikr, onglarda,
G‘olib o‘tmoqdasan asriy janglardan.

Boburning jomida so‘z jarangi bor,
Munis ohang birla ajib rangi bor.

Mashrabim so‘z bilan haqning zorimi,
Shoirni chorlagan so‘zning dorimi.

Nodira to‘xtamas nega yig‘idan,
Qoni to‘kilganmi sheʼrning tig‘idan.

Sen ulkan kemasan so‘z ummonida,
Gavhar tersam qani dil xirmoniga.

Yuragimning ko‘rkam libosi, o‘zing,
Maʼnosi, navosi, aʼlosi o‘zing.

Bolam davom aylar ota so‘zimni,
Sensiz bosolmagay mening izimni.

Tilim, sen xalqimning shamchirog‘i bo‘l,
Uyg‘onsin, beshikning qo‘ng‘irog‘i bo‘l.

Shodi Otamurod
#ona_tilim_faxrim

* * *
Ko‘ngul bir bahri zaxxor andadur pokiza gavhar so‘z,
Vale shart ulki maʼni shohidig‘a bo‘lsa zevar so‘z.

Ne mushkuldur erurkim bir so‘zimni aylamas bovar,
Valekin bovar aylar muddaiylar gar desa har so‘z.

Xamush ersam tong ermas yor lutfi shahdidin ayru,
Ki to‘ti ayta olmas gar esa mahjur shakkar so‘z.

So‘ziga boq agar bilmoq tilarsan kimsa ahvolin,
Ki asrori nihoni suratig‘a keldi mazhar so‘z.

Ajab ermas so‘zim gar bavar etmas hosidi johil,
Ki takzib etgusi bu jahl agar desa payambar so‘z.

Debon g‘aflat elig‘a pand zoye qilma so‘znikim,
Eshitmak mumkin ermas gar desang har nechakim gar so‘z.

Qilib so‘zni vasila istasang olam aro izzat,
Ki dahr ahli qoshida keldi mayubu muhaqqar so‘z.

So‘zingga ahli dunyo olida qadr istama harhiz,
Rafiul-qadr ekanni na bilsin gov ila har so‘z.

Debon har sangdilga, Ogahiy, sindurmag‘il so‘zni,
Ki inson obro‘si afsarig‘a keldi gavhar so‘z.

Muhammadrizo Ogahiy
#iqtibos

Ona tilisiz xalq – chirog‘i o‘chgan xalq.

Azim SUYUN

www.tg-me.com/AzimSuyun_ijodi
#ona_tilim_faxrim

ONA TILIM
 
“Ona tilim!” desam, birdan,
Turku Turon bosh ko‘tarar,
Tosh bitiklar, O‘rxun xati,
ilmu urfon bosh ko‘tarar.
 
“Ona tilim!” desam, nogoh,
Qad rostlaydi “Alpomish”lar,
“Go‘ro‘g‘li”yu “Kun tug‘mish”lar,
qadim arkon bosh ko‘tarar.
 
“Ona tilim!” desam, yo, Haq,
Moturidiy, Zamaxshariy,
Buxoriylar qonda yoqqan
nuri Qurʼon bosh ko‘tarar.
 
“Ona tilim!” desam, masrur,
Beruniyning qomuslari,
Ibn Sino malham tutgan
dardga darmon bosh ko‘tarar.
 
“Ona tilim!” desam, mag‘rur,
Yarim jahon tilga kirar,
 Silsilasi zilziladay
Sohibqiron bosh ko‘tarar.
 
“Ona tilim!” desam, abad,
Navoiydan navo kelar,
Besh qitʼaga nur taratgan
beshta doston bosh ko‘tarar.
 
“Ona tilim!” desam, shahdam,
Saf tortgaydir Ulug‘beklar,
Ali Qushchi hushin olgan yulduz,
osmon bosh ko‘tarar.
 
“Ona tilim!” desam, yo, Rab,
So‘z yonadi otash misol,
Mashrabini dorga osgan  
g‘ofil arqon bosh ko‘tarar.
 
“Ona tilim!” desam, yig‘lar,
Uvaysiylar, Nodiralar,
Momolarim nazm etgan
latif Ho‘qon bosh ko‘tarar.
 
“Ona tilim!” desam, o‘rtab,
Shahid ketgan Qodiriylar,
Avloniylar, Usmon Nosir,
Fitrat, Cho‘lpon bosh ko‘tarar.
 
“Ona tilim!” desam, titrab,
G‘ofur G‘ulom, Oybek, Qahhor,
Mirtemirlar umrin yegan  
buyuk armon bosh ko‘tarar.
 
“Ona tilim!” desam, shaksiz,
Haqqim ko‘pdir dunyolarda,
Buyuklarni bot-bot bergan
pokiza qon bosh ko‘tarar.
 
“Ona tilim!” desam, bugun,
Ajdodlarim, qarang, qarang,
Yana Sharqdan yangilangan
O‘zbekiston bosh ko‘tarar.
 
“Ona tilim!” desam, endi
O‘z tilimda O‘z Bekka xos,
Men so‘z aytsam, bani bashar,
jumla jahon bosh ko‘tarar.
 
Farida Afro‘z
​​#ona_tilim_faxrim

ONAJON TILIM

Onam, onajonim allasi o‘zing,
Tilim tilsimi-yu yallasi о‘zing.
Ulkan tog‘ yashirgan tillo sen o‘zing,
Mening o‘zbek tilim, onajon tilim.

To‘lin oy ishvasin tarjimoni sen,
Men faqir bir qulning xonumoni sen.
Turkiy degan xalqning toza qoni sen,
Mening o‘zbek tilim, onajon tilim.

Sensiz men nimaman, sensiz men kimman,
Sensiz men bo‘shliqman, sensiz men jimman.
Sensiz men oyoqlar ostida chimman,
Mening o‘zbek tilim, onajon tilim.

Tuproq shivirini qo‘shgan jonimga,
Lavhul buzrugimsan ustixonimda,
Jonbaxsh havodirsan oqqan qonimda,
Mening o‘zbek tilim, onajon tilim.

G‘anim qasddan payhon qilgan chamanim,
Og‘zini suvlig‘i yirtgan samanim,
Kimlarga yaxshi-yu, kimga yomonim,
Mening o‘zbek tilim, onajon tilim.

Umr deganlari suvdayin oqdi,
Kim chakkangga rayhon, kim tikon taqdi,
Lek daryolar yana ko‘ksingga oqdi,
Mening ona tilim, onajon tilim.

Bu kuygan dilimning yaralari ko‘p,
Cho‘lpon-u Fitratdek saralari ko‘p,
Tilim deb qismati qarolari ko‘p,
Mening ona tilim, onajon tilim.

Hazrat Navoiydek soyaboni bor,
U mangu bag'ringda bo‘y cho'zgan chinor,
Ming bulbul tiliga sayrab yotgan tor,
Mening ona tilim, onajon tilim.

Qorako‘z bolamga o‘zing enaga,
O‘zing darg'adirsan turkiy kemaga,
Sensiz shoirligim arzir nimaga,
Mening ona tilim, onajon tilim.

Tarixim, taqdirim, oy oqqan buloq,
Chuchuk til go'dagim, tillashgan inoq,
Xohla tumor bo'lay, xohla koʼzmunchoq,
Mening ona tilim, onajon tilim.

Sharifa Salimova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari poytaxtimiz metrosining "Alisher Navoiy" bekatida shoirining "Ona tilim o‘lmaydi" sheʼrini baralla ijro etdi.
#ona_tilim_faxrim

ONA TILIM O‘LMAYDI

Notiq dedi:
«Taqdir shul,
Bu jahoniy iroda.
Tillar yo‘qolur butkul,
Bir til qolur dunyoda».

«Ey voiz, pastga tushgin,
Bu gap chiqdi qaerdan!»
Navoiy bilan Pushkin
Turib keldi qabrdan.

Kim dargʼazab,
Kim hayron,
Chiqib keldilar qator:
Dante, Shiller va Bayron,
Firdavsiy, Bal‘zak, Tagor.

«Vaʼzingni qo‘y, birodar,
Sen aytganing bo‘lmaydi».
Barcha dedi barobar:
«Ona tilim o‘lmaydi».

— Hey, bu qanday aqida! —
Qo‘lida tabarruk jom,
Go‘zal forsiy haqida
Ruboiy aytdi Xayyom.

Ehtirosli, otashdil
Beranje so‘rdi nolon:
— Nahotki, farangi til
Yo‘qolgusi bir zamon!

Neruda, Lorka turdi
Servantesning yoniga:
— Kim qasd etib tigʼ urdi
Ona tilim joniga!

Fuzuliy yondi:
— Ozar
Tili guldek so‘lmaydi.
Barcha dedi barobar:
«Ona tilim o‘lmaydi».

Kamalakdek rango-rang
Bo‘lsin deb sanʼat, tillar,
Asrlarcha qildik jang,
Armon qildik ming yillar.

Beqadr bo‘lsa, nahot,
Tillardagi tarovat!
Yo‘qoldi bu kun, hayhot,
Qabrlarda halovat!

“Faust” yondi gurillab,
“Xamsa” o‘tga tutashdi.
Bir sado jahon bo‘ylab
Taraldi, tog‘lar oshdi.

Bu sado yangrar hamon,
Sira ado bo‘lmaydi.
Olam aytar:
Hech qachon
Ona tilim o‘lmaydi!

Erkin Vohidov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#оnа_tilim_faxrim

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo’yildi va o’zbek adabiyotiga, ona tilimizning rivojiga o’z hissasini qo’shgan adib va allomalarimiz yod etildi.

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

📱Rasmiy sahifalarimiz:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#оnа_tilim_faxrim

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

📱Rasmiy sahifalarimiz:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2026-yildan boshlab “E Voh” o‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasi maktab o'quvchilar o'rtasida ham o'tkaziladi

Ushbu taklifni festivalda so'zga chiqqan UzReport Axborot Agentligi bosh direktori Ravshanxon Djurayev ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, g'olib bo'lgan o'quvchilar Nordik universiteti qoshidagi "UzReport akademiyasi"ga grant asosida o'qishga qabul qilinadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
“E Voh” o‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasi g'oliblari taqdirlandi

Besh nafar 3-o'rin sovrindorlari 5 mln so'mdan pul mukofotiga ega chiqdi. Ular:

1. Sobirova Mohira Yuldashevna (Qoraqalpog'iston Respublikasi Amudaryo tumani Ixtisoslashtirilgan maktab o'qituvchisi).
2. Ashurova Saodat Shonazarovna (O'zbekiston davlat jahon tillari akademik litseyi o'qituvchisi).
3.Xomidova Shahlo Sherzod qizi (Toshkent viloyati Parkent tumani 40-maktab o'qituvchisi).
4. Shokirova Shoiraxon Azamova (Farg'ona viloyati O'zbekiston tumani 16-maktab o'qituvchisi).
5. Ergasheva Feruzaxon Qurbonniyozova (Buxoro viloyati Buxoro shahri Ixtisoslashtirilgan maktab o'qituvchisi).

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
2-o'rin kumush medali sohiblari 10 mln so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi

Ular:

1. Nurmanova Munavvara Komilovna (Xorazm viloyati Tuproqqal'a tumani 6-maktab o'qituvchisi).
2. Mehmonaliyeva Muattar (Farg'ona viloyati Farg'ona shahri 41-maktab o'qituvchisi).
3. Berdimuroda Dilorom Asrorovna (Sirdaryo viloyati Boyovut tumani 13-maktab o'qituvchisi).

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
“E Voh” o‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasi oltin medaliga Mansur Siddiqov sazovor bo'ldi

Toshkent shahri "Sodiq School" maktabi o'qituvchisi 30 mln so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
O‘qituvchilar o‘rtasida Erkin Vohidov nomidagi "E, Voh" respublika oʻzbek tili olimpiadasi anʼanaviy tashkil etiladi

Prezident qarori bilan UzReport Axborot agentligi va Nordik universiteti tomonidan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari o‘zbek tili o‘qituvchilari o‘rtasida Erkin Vohidov nomidagi "E, Voh" respublika o‘zbek tili olimpiadasining anʼanaviy tarzda tashkil etilishi belgilab qo‘yildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-qituvchilar-o-rtasida-erkin-vohidov-nomidagi-e-voh-respublika-o-zbek-tili-olimpiadasi-an

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM

Eshqobil Shukur: “Aslida ona tili emas, ona til deyishimiz kerak. Xuddi ona Vatan, ona yurt kabi”

📱 To‘liq videoni YouTube sahifamizda tomosha qiling: https://youtu.be/fvvJKvwx8oY


Tilda, fikrda, ishda birlik!
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2025/10/23 16:05:54
Back to Top
HTML Embed Code: