#ona_tilim_faxrim
O‘ZBEK TILI BAYRAMI
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur bayram tadbiri “Iqtisodiyot” fakulteti tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, tadbirdan ko‘zlangan maqsad millat g‘ururi bo‘lmish o‘zbek tilining ahamiyati, vazifalari, tilga bo‘lgan hurmatni yoshlar ongiga yanada chuqurroq singdirishdan iborat. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari – Dilbar Baratova, Niginaxon Rahmatova, yozuvchi, tarjimon Nodira Do‘stxo‘jayeva, Jurnalistlar uyushmasi a’zosi Hilola Ibragimova qatnashdi. Tadbir davomida namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar tadbir mehmonlarida ijobiy taassurot qoldirdi.
Ayniqsa, taniqli san’atkorlarning chiqishlari tadbir qatnashchilariga o‘zgacha kayfiyat uyg‘otdi. Tadbir so‘nggida xorijlik talabalarning chiqishlari zalni yanada jonlantirdi.
Bayram dasturi mazmunli va ijobiy taassurotlarga boy tarzda o‘tdi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat tili – milliy iftixor va kasbiy mas’uliyat mezoni
SQBda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Milliy maqom san’ati markazi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.
Davra suhbatida davlat tilini rivojlantirish, uning nufuzi va mavqeini oshirish, xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, o‘zbek adabiy tilini asrash va uni yanada rivojlantirishni ta’minlaydigan faol, yaxlit til siyosati bosqichma-bosqich takomillashib borayotgani ta’kidlandi.
Bankda barcha hujjatlar davlat tilida yuritilayotgani, davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha Boshqaruv raisi maslahatchisi lavozimi joriy etilgani, xodimlar davlat tilida ish yuritish bo‘yicha o‘qitilib, sertifikatlangani ta’kidlandi. Shuningdek, muntazam o‘tkazib kelinayotgan kitobxonlik tanlovlari orqali xodimlarda ona tiliga mehr va hurmat tuyg‘usi yanada mustahkamlanayotgani alohida qayd etildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Milliy maqom san’ati markazi vakillari o‘z chiqishlari orqali ona tilimizning boy imkoniyatlarini tarannum etdilar.

#qutlov
UYUSHMA AʼZOSI TAQDIRLANDI
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti rektorining 2025-yil 15-oktyabrdagi 01-370 son buyrug'iga asosan O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Vahob Rahmonov universitetning "Alisher Navoiy" medali bilan taqdirlandi.
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
📱Rasmiy sahifalarimiz:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Hamdardlik
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi shoir Muhammad Siddiq Rahmatovga onasi Ozoda aya Rahmatovaning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

👩🏻🎓👩⚕️👩💻 Ilm yo‘lida izlanish olib borayotgan xotin-qizlarni “O‘zbekistonning rivojlanish taraqqiyotida xotin-qizlarning o‘rni” Respublika ilmiy konferensiyasiga taklif etamiz.
📍Konferensiya oflayn tarzda
14-noyabr kuni Toshkent davlat transport universitetida bo‘lib o‘tadi.
Konferensiya yo‘nalishlari:
📌Qabul: 3-Noyabr 17:00 gacha
Murojaat uchun: @ms_millioner

⚡️Transport tizimi va energetika;
👩💻IT va innovatsion g'oyalar;
🎨Tasviriy san'at va dizaynerlik;
🏢Qurilish va agrosanoat;
👩🔧Texnika va aniq fanlar;
👩🏫Pedagogika va psixologiya;
📈Iqtisodiy va siyosiy yangiliklar;
☘️Ijtimoiy va tabiiy fanlar;
🎶Sport va san'at sohalari;
👩⚕️Xotin-qizlar salomatligi;
✍️Adabiyot va lingvistika, jahon tillari.
🎤Konferensiya davomida rahbar ayollar va yuksak yutuqlarga erishgan xotin-qizlar bilan uchrashuvlar va ko’plab sovg’alar kutmoqda.
📌Qabul: 3-Noyabr 17:00 gacha
Murojaat uchun: @ms_millioner