Telegram Web Link
SPORT MASKANIDA BAYRAM TANTANASI

Yurtimiz tarixi va millatimiz ma’naviyatida o‘chmas iz qoldirgan ulug‘ sana – O‘zbek tili bayrami kuni barcha jabhada keng nishonlandi. Bu sana yurtdoshlar qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini jo‘sh urdirdi.
Zero, ona tilimiz millatning ruhi, yuragi va kelajagidir. Hurmatli Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Ona tilimiz milliy o‘zligimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli bo‘lib, beqiyos kuch-qudrat va ilhom manbaidir”.
Respublika Velosport mahorat markazi maktab-internatida ham bayram o‘zgacha nishonlandi. Ushbu maskanning sportchi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy kechada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Shoira Shams ishtirok etib, ona tilimiz rivojiga hissa qo‘shgan ulug‘ ijodkorlar, tilimizning nafosati, go‘zalligi haqida so‘zlab, o‘z ijodidan she’r-u g‘azallar o‘qib eshittirdi. O‘quvchilar tomonidan ona tilimizga bag‘ishlangan she’rlar aytildi.
Bayram fayzli o‘tdi.
#ona_tilim_faxrim

OTA TILIM, O, ONA TILIM

Qat-qatingda ko‘rinur fe’lim,
Yuragimsan, qalbim va dilim.
Birlashtirding, xalq bo‘ldi elim,
Ota tilim, o, Ona tilim!

Bilga xoqon hayqirig‘i sen,
Qoshg‘ariyning chaqirig‘i sen,
Tengriqutning adl tug‘i sen,
Ona tilim – yagona tilim!

Senda suron solmishdi Temur,
Senda sobit qolmishdi Temur,
Bir so‘z-la yurt olmishdi Temur,
Ona tilim – mardona tilim!

Toyg‘oq, Arab-Ajamdan to Chin
Qanot yoyding misoli lochin.
Xurosonda ochding quloching,
Ona tilim – durdona tilim!

Alisherning ilkida chechak,
Kimga mehnat, kimgadir emgak.
Shayboniydan armonli ertak,
Ona tilim – afsona tilim!

O‘raltovlar qayragan tilim,
Hindi elda yayragan tilim,
Sanduvochlar sayragan tilim,
Ona tilim – mastona tilim!

Sog‘inganlar seni deb ado,
Vidolarda berursan sado.
Yaxshi so‘zsan, men senga gado,
Ona tilim – shohona tilim!

Iqbol Mirzo
Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy
Hamdardlik    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi shoir Muhammad Siddiq Rahmatovga onasi Ozoda aya Rahmatovaning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Bildirish

Ozoda aya Rahmatovaning janozasi bugun soat 15:00da Andijon viloyati Bo‘ston tumani Soli Maxsum qishlog‘i G‘olib mahalla fuqarolar yig‘inida o‘qiladi. Mo‘ljal 6-maktab.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TURKSOY bosh kotibi, Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Sulton Rayev o‘zbek xalqini O‘zbek tili bayrami bilan tabrikladi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
22-oktyabr kuni tug‘ilgan ijodkorlar:

Abdukarim Sharipov (1946) – uyushma aʼzosi;

Jamoliddin Badalov (1989) – uyushma aʼzosi.

📱Rasmiy sahifalarimiz:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Anqara shahrida “Mahmudxo‘ja Behbudiy va Turkiston jadidlik harakati” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.
MAʼRIFAT ULASHIB

Maʼrifat – insonni yorug‘ yullarga olib chiqadi. Maʼrifatli odam hayot yullarida qoqilmaydi, adashmaydi. Qalbida milliy g‘urur, iftixor tuyg‘usi jush o‘radi. Urgut tumanining 50-maktabida "Maʼrifatli yoshlar – millat faxri" shiori ostida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Dilorom Ismoilova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yigit-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Sheʼrlar tinglashdi. Shuningdek, o‘zlari yozgan mashqlardan, yod olgan sheʼrlaridan namunalar aytdi.
Faol o‘quvchilarga shoira o‘z kitoblaridan sovg‘a qildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi
#Marifat_ulashib #Adabiy_kecha

MAʼRIFAT ULASHIB

👍 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan Yunusobod tumani 260-umumta’lim maktabida Mohir adiba va jurnalist Dilfuza Qarshiboyeva ishtirokida “Ma’rifat ulashib” nomli adabiy-ma’rifiy uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

🌳 Tadbir boshidan mehmonlarimiz maktabga kelgan mahalla faollari va universitet mas’ullari hamrohligida “Yashil makon” loyihasi doirasida maktab bog‘iga ezgu niyatlar bilan ko'chatlar ekishdi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar she’riyat va adabiyot olamiga sayohat qilishdi, bilim ulashdilar va ko‘ngilochar suhbatlardan zavq olishdi.

✈️ Telegram
2025/10/23 08:01:35
Back to Top
HTML Embed Code: