Telegram Web Link
RIVOYAT :

Qadim hukmdorlardan biri mashhur bir allomaga qozilik mansabini bermoqchi bo'ldi. Alloma uning bu taklifini qabul qilmadi. Hukmdor bundan g'azablanib, unga jazo bermoqlikni ixtiyor etdi. Uning adabini berib qo'yishning ko'p turlarini o'yladi. Tan jazosi bermoqlikni ravo ko'rmay, zindonband qilishni buyurdi. O'sha kuniyoq nomi chiqqan bir nodonni ham hibsga oldirib, alloma o'tirgan zindonga tashladi. Oradan ych kun o'tmay, alloma dod-faryod qila boshladi. Hukmdor uni zindondan chiqartirib, nima hodisa yuz berganini bilib tursa ham "nima arzing bor?" deb so'radi. Alloma ko'zlariga yosh olib yalindi:
- Hukmdorim, taklifingizni bajoni dil qabul qilurmenkim, meni bu nodon suhbatidan qutqarsangiz basdir.
Hukmdor o'zining dono tadbiridan quvonib, allomani qozilikka tayin etdi.

©️Tohir Malik "Tafakkur gulshani ichra"

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘 https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio
#yoz_kitob_va_men

Yunusobod tuman axborot - kutubxona markazi mutaxassislari kutobxon bolalarning yozgi ta'tilni maroqli o'tkazish maqsadida "Baxtli bolalik!","Ko'rgazma sovg'a", "Yoz, kitob va men!"deb nomlangan kitoblar ko'rgazmasini tashkil etishdi.

Bizni kuzatishda davom eting !
👇👇👇👇👇
📚www.tg-me.com/yunusobod_akm
📕https://www.tg-me.com/yunusobod_oilaviy_mutolaa
📘https://www.tg-me.com/yunusobodtakm_xorijiy_adabiyotlar.
#moviy_jomadon_tashrifi

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti qoshidagi sport majmuasida  o‘tkazilgan "Balli nuroniylar" sport musobaqasida, Yunusobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Moviy jomadon tashrifi", "Mahalla-oila-kutubxona" loyihalari doirasida,  "Yangi adabiyotlar" mavzusida ko‘chma kutubxona tashkil etildi va adabiyotlar targ‘iboti o‘tkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘 https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio
📚KITOB O'QISHNING FOYDASI HAQIDA

Hammamiz kitob oʻqishning foydali ekanligini eshitganmiz. Lekin uning foydaliligi aynan nimada?

3. Mutolaa qalbni yumshatadi.
Kitob oʻqish jarayonida oʻquvchi qahramonlar bilan birga boʻladi. Ularning quvonch va tashvishlariga sherik boʻladi. Tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, badiiy asar oʻqigan odam hayotda ham boshqalarning his-tuygʻularini yaxshi tushunar ekan.

4. Mutolaa miya faoliyatini yaxshilaydi.
Emori universiteti olimlari kitob oʻqigan insonning aqliy salohiyati bir necha kun davomida yuqori holatda boʻlishini isbotlashdi. Tadqiqot mualliflari kitob oʻqish miyadagi asab tolalari sonini oshirishini taʼkidlashmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘 https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio
#Jahon_adabiyoti

Xuddi o'sha kuni, qariyib o'sha soatning o'zida Gabriel yaroqbardorini qoshiga chaqirdi:
     - Gap mundoq, Marten, hozir nazorat qilgani boraman, ikki soatdan so'ng qaytaman. Siz esa odatdagi joyda Jasentani kutib turasiz, u xat olib keladi, judayam muhim! Darhol menga oboring. Tushunarlimi?
      - Tushundim, monsener, ammo bitta o'tinchim bor.
      - Ayting.
      - Yolvoraman, xojam, gvardiyachilaringizdan biri meni qo'riqlab borsin.
     - Qo'riqchi? Bu yana qanaqa jinnilik? Nimadan qo'rqasan?
     - O'z - o'zimdan! - ming'irladi Marten ayanchli ohangda. - Aftidan, bu kechasiyam ayb ish qilganga o'xshayman. Hali hozirgacha na piyanista, na qimorboz va na janjalkash bo'lganim yo'q edi, endi esa yo'ldan ozgan badkorman!

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘 https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon
#mutolaa_qilib_suzga_ham_tavsiya_ qilamiz

Yunusobod tuman "Otchopar 2" mahallasining jamoatchilik "Nuroniylar" kengashining raisi Qilicheva Mukambar Ergashevna.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘 https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio
📚KITOB O'QISHNING FOYDASI HAQIDA

Hammamiz kitob oʻqishning foydali ekanligini eshitganmiz. Lekin uning foydaliligi aynan nimada?

5. Mutolaa tushkunlikka qarshi kurashishga yordam beradi.
Shotlandiyalik olimlarning tadqiqotlariga qaraganda, kitob oʻqish tushkunlikni davolashning eng samarali vositasidir. Tushkunlikka chalingan bemorlar kitob oʻqishni boshlaganlaridan soʻng ularning tushkunlikka tushish holatlari kamaygan.

6. Mutolaa insonni goʻzallashtiradi.
Yuqori darajadagi aqliy salohiyat insonning tashqi koʻrinishini ham goʻzallashtiradi. Har qanday mavzuda qiziqarli suhbat qura olish va oʻz bilimini namoyish etish suhbatdoshining mehrini qozonishga yordam beradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘 https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio
RIVOYAT

Bir savdogar podshohga to'rtta qorabayir ot sovg'a qildi. Sovg'a podshohga ma'qul kelib, "bunday otlardan yana bormi?" deb so'radi. "Bor, faqat bu erda emas, o'z shahrimdadir. Yuz ming oltin bersangiz, haydab kelaman", dedi savdogar. Podshoh o'ylab ham o'tirmay, pylni berishga amr qildi.
Oradan o'n kun o'tib, vaziriga "Poytaxtdagi nodonlar ro'yxatini yozib chiq", deb buyurdi. Vazir o'sha zahoti ishga kirishib, ro'yxatning boshiga podshohning nomini yozdi. Bundan podshoh g'azablangan edi, dono vazir tushuntirdi:
- Davlatpanoh, o'zingiz o'ylab ko'ring: savdogarning kim ekanligini, qaerdan kelganini aniq bilmay turib, hali yo'q otlar uchun yuz ming oltin berib yuborish donolikdanmidir?
- Xo'p, yaxshi, - dedi nochor qolgan podshoh, - erta - indin o'sha savdogar otlarni haydab kelsa, nima qilasan?
- Agar o'sha savdogar otlarni haydab kelsa, sizning nomingizni o'chiraman-u nodonlar ro'yxatining birinchi qatoriga o'shaning nomini yozib qo'yaman.

©️Tohir Malik "Tafakkur gulshani ichra"

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘 https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio
#Inson_huquqlari_oliy_qadriyat

Yunusobod tuman axborot-kutubxona markazida "Inson huquqlari oliy qadriyat" va "Oila-nikoh munosabatlarda ayollar o'rni" mavzusida "Sharq haqiqati"mahallasi ayollari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/yunusobodtakm_xorijiy_adabiyotla
📚https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
📚KITOB O'QISHNING FOYDASI HAQIDA

Hammamiz kitob oʻqishning foydali ekanligini eshitganmiz. Lekin uning foydaliligi aynan nimada?

7. Mutolaa xotirani va fikrlash qobiliyatini yaxshilaydi.
Har safar kitob oʻqilganida miya faol ishlaydi. U olinayotgan maʼlumotni saqlash uchun yangi tolalarni yaratadi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, doimiy ravishda kitob oʻqiydigan insonlarda fikrlash qobiliyati boshqalarga nisbatan sekinroq pasayar ekan.

8. Mutolaa hayotdagi maqsadini anglashga va qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi.
Ogayo shtati universiteti olimlari inson qancha koʻp kitob oʻqisa, hayot yoʻlini shunchalik aniq tanlashini taʼkidlashmoqda. Kitob oʻqish hayotdagi toʻsiqlarni yengishga ham yordam beradi, deyishmoqda ular.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘 https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio
#Yosh_bilimdon_ensiklopediyasi

ENG KATTA QIT'A

Osiyo Yer maydoni bo'yicha dunyodagi eng katta, aholisi ko'p qit'adir. Sayyoramizdagi barcha okeanlar bilan chegaradosh. Dunyodagi eng baland tog' cho'qqisi shu qit'ada joylashgan. Dunyodagi eng chuqur ko'l (Baykal 1620 m) ham Osiyo hududidadir.

📚 "Dunyo mamlakatlari"
🔹Yosh bilimdon ensiklopediyasi🔹

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘 https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio
#kitob_targ‘iboti

Mahallam yoshlarini kitob o‘qishga qiziqtiraman.

Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini, yozgi ta'tilni sermazmun tarzda o‘tkazish maqsadida, Yunusobod tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan, "Islomobod" mahallasining yoshlariga "Mahallam yoshlarini kitob o‘qishga qiziqtiraman" mavzusida ensiklopediya va badiiy adabiyotlar targ‘ibotini o‘tkazishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘 https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio
📚KITOB O'QISHNING FOYDASI HAQIDA

Hammamiz kitob oʻqishning foydali ekanligini eshitganmiz. Lekin uning foydaliligi aynan nimada?

9. Mutolaa soʻz boyligini oshiradi.
Kitob oʻqiyotgan paytda notanish soʻzlar ham uchrab qoladi. Ularning maʼnosini umumiy mazmuni orqali ham tushunib olsa boʻladi. Kitob oʻqish nafaqat soʻz boyligini koʻpaytiradi, balki umumiy savodxonlikni ham oshiradi.

10. Kitob oʻqiydigan insonlar hayotda faol boʻlishadi.
Sanʼat milliy jamgʻarmasi tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar kitob oʻqiydigan insonlar madaniy va ijtimoiy hayotda ham faol boʻlishlarini isbotladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘 https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio
#yosh_ kitobxonlar

Yunusobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Yosh kitobxonlar" klubi a'zolari ishtirokida , mashhur sevimli bolalar shoirlarining sherlaridan ovozli o'qish tashkil qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm.
Odamzod to'g'risida mitti masal

Odamzod atalmish xilqatda, uning fitratida dunyodagi qancha jonzot borki, har birining xislatlaridan bir shingil topiladi. Ishonmaysizmi, unda bir lahza quloq osing, ko'nglimda bir ajib tuyg'u yuz ochdi...

Maqsad yo'linda goho "Bo'riga o'xsharmi?" derlar.
Goho uning odilligidan hayron, hattoki, She'rlar.

Mehnat, yumushda-ku, Chumolidek hech tinim bilmas,
Dunyo deb yugurganda, ha, ishon, Kiyikki eta olmas.

Ba'zan Fil kabi bardoshli qayg'u-tashvishda,
Ammo Ilondek zaharli u og'ir yumushda.

Ayyor Tulki ip esholmas, kishidek avrash bobida,
Zarur ersa maqsad chun, ko'ring uni Maymun holida.

Gohda Quyondek ehtiyotkor tashlaydi qadam.
Musicha kabi xo'p beozor dam-badam.

Gohida Asalaridir - turmushda asli qo'nim bilmaydi,
Gohida Sichqon u - jim kemirib, hecham to'ymaydi.

Och ko'zlari tama ipin uzar, bunda u Itdan uyalmas,
Ko'ringki, "oh", deb hijron qilsa, Bulbul chidolmas.

Ha, u olamni shunday ko'rar va qurar tubdan,
Va dunyoni shunday buzar, tuzatar har dam.

Lek mehru oqibat bor ekan mudom,
Kuchlidir, zabardast, engilmas - Odam.

©️Obiddin Mahmudov "Farzandnoma"

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
#moviy_jomadon_tashrifi

Yunusobod tuman Axborot - kutubxona markazi mutaxassislari "Astrobod" mahallasiga  "Moviy jomadon tashrifi" loyihasi doirasida "Mutolaa olamidagi- kitobxon millat" mavzusida mahalla aholisiga ko‘chma kutubxona tashkil etishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/yunusobodtakm_xorijiy_adabiyotla
📚https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
Aql, zakovat haqida.

🔹Aql - inson faoliyatidir.
🔹Aql - baxt darvozasining kaliti.
🔹Aqlning soyasi - rohatbaxsh.
🔹Hayotdan yo'l tanlash - aqlga bog'liq.
🔹Tafakkur - insonning asosiy qurolidir.
🔹Tafakkur qudratiga teng keluvchi kuch yo'q.
🔹Fikri chuqur odamning irodasi kuchli bo'ladi.
🔹Qiyofadagi hamma holatni so'z bilan tasvirlab bo'lmaydi. Ammo aql ko'zi bir qarashdayoq aytadi.
🔹Aql kuchi qilgan ishni qo'l kuchi qila olmaydi.
🔹Odamning barcha a'zolari aqlga bo'ysungandir.
🔹Odamning aqli har qanday yovizlikni ham zanjirband qila oladi.
🔹Bir so'zning bir necha ma'nosi borligini faqat aql biladi.
🔹Aql taqdirdagi noxushliklarga ham chap bera oladi.
🔹 Bir dononing ishini - yuz nodon qilolmaydi.
🔹Insonning aqlu - ummondek teran va keng.
🔹 Oqil bilan - zindon gulshanday, ahmoq bilan gulshan zindonday.

©️ Matlabbeka Ulug'bek qizi "Hikmatlar guldastasi"

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
#yo‘l_yo‘lakay_o‘qiymiz

Kitob mutolaa qilish manzil va makon tanlamasligi, kitob insonga hamisha do‘st ekanligi, "Yo‘l-yo‘lakay o‘qiymiz"  loyihasi doirasida, QR- kodli kitoblarning targ‘iboti "Yoshlar markazi" hududida yoshlar va aholi uchun  o‘tkazildi.


Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📚https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
📚KITOB O'QISHNING FOYDASI HAQIDA

Hammamiz kitob oʻqishning foydali ekanligini eshitganmiz. Lekin uning foydaliligi aynan nimada?

13. Mutolaa chet tilini oʻrganishni osonlashtiradi.
Doimiy ravishda kitob oʻqish boshqa tillarni oʻrganishda yangi soʻzlarni oson tushunishga va yodda saqlab qolishga yordam beradi.

14. Mutolaa ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi.
Obafemi Avolau universiteti pedagoglari boshlangʻich sinf oʻquvchilarining mashgʻulotlariga mavzuli komikslarni kiritishganida, suratlar va soʻzlar aralashmasi bolalarning ijodkorlik qobiliyatlarini oshirishini aniqlashdi. Kitoblar kattalarga ham ana shunday taʼsir koʻrsatadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📚https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
Aql, zakovat haqida.

Oqil - ko'p eshitib, oz aytadi.
Aql - xazina, kaliti - til.
Ko'z masofalab ko'radi, aql esa bepoyon.
Aql cho'qqisidan turib qaraganlar uzoq - uzoqlarni ko'radi.
Oqil - yo'q yo'llarni topganda, ahmoq - bor yo'lni ham yo'qotadi.
Aqilli odam - o'zining salbiy tomonini doimo esida tutadi.
Ishlatilmaydigan aqini - zang bosadi.
Aql tugagan erda ahmoqlik boshlanadi.
Aqilli o'zini baholaydi, ahmoq hammani.
Aqilliga ikki quloq kamlik qiladi, ahmoqqa esa, birovi ham ortiqcha.
Aqilli raqibdan emas, ahmoq birodardan qo'rq!
Aqlsizning topgani barmoqlari orasidan to'kilib qoladi.
Kallasi to'laning hamyoni bo'sh bo'lmaydi.
Fikri tor odamning - gunohi kengdir.
Ko'p bilmoqchi bo'lgan kishi - ko'p eshitish kerak.
Aql - hammada bor, lekin uni har kim har xil ishlatadi.
Aqlsiz adashdim demaydi.
O'zini tergay olish - donolikdir.
Hayotda barcha narsalar - inson aqlining mahsulotlaridir.

©️ Matlabbeka Ulug'bek qizi "Hikmatlar guldastasi"

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
2025/06/30 11:44:58
Back to Top
HTML Embed Code: