Telegram Web Link
#yoz_2024
#sayyor_tadbir

Yunusobod tumani 288- umumta'lim maktabi qoshida tashkil etilgan "Kamalak" nomli sog‘lomlashtirish maydonchasida dam oluvchi bolalar uchun, yozgi ta'tilni mazmunli o‘tkazish va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida,  "Moviy jomadon tashrifi"loyihasi doirasida,"Yozni biz bilan o‘tkaz!" nomli ko‘chma kutubxona tashkil etildi va" Kitobxon bolalar-ertamiz egalari" mavzusida sayyor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida, bolalar uchun adabiyotlar targ‘iboti, "Sehrli konvertcha" , "Ertak koleydoskop" o‘yinlari, bolajonlar ishtirokida ovozli o‘qish mashg‘uloti o‘tkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/yunusobodtakm_xorijiy_adabiyotla
📚https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
#Jahon_adabiyoti

Bobo cho'ntagini kovlashtirib, yashirib yurgan besh so'mlikni chiqardi. Ko'pdan beri yonida yurgan bo'lsa kerak, g'ijimlanib ketibdi.
     - Ushla, shalpangquloq, - sotuvchi bolaga ayyorona ko'z qisib portfelni uzatdi. - Endi o'qishni qotirgin. Xat-savodingni chiqarmadang, bobong bilan mana shu tog'larda abadiy qolib ketasan.
     - O'qiydi! Uning zehni o'tkir, - qaytimni sanarkan, javob qildi Mo'min. Keyin yangi portfelni avaylab ushlab turgan nabirasiga ko'z yugurtirdi-da, uni bag'riga bosdi. - Mana, yaxshi bo'ldi. Kuzda maktabga borasan, - deb qo'ydi sekingina.

©️Chingiz Aytmatov "Oq kema"

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Hushyor bo‘ling, firibgar firmalar bor

Ularning qonuniy faoliyat olb borayotganini qayerdan bilish mumkin?

👉ushbu havolaga kiring

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
📚KITOB O'QISHNING FOYDASI HAQIDA

Hammamiz kitob oʻqishning foydali ekanligini eshitganmiz. Lekin uning foydaliligi aynan nimada?

15. Mutolaa moliyaviy qiyinchiliklarni bartaraf etishda yordam beradi.
Statistika maʼlumotlariga koʻra, umuman kitob oʻqimaydigan insonlarning 43 foizi qashshoqlikda yashaydi. Savodli insonlar orasida esa qashshoqlikda yashaydiganlar 4 foizni tashkil etadi.

16. Birgalikda kitob oʻqish ota-onalar va bolalarning oʻzaro munosabatlarini yaxshilaydi.
Psixologlar birgalikda kitob oʻqish jarayonida ota-onalar va bolalar oʻrtasida oʻziga xos munosabat oʻrnatiladi deb hisoblashadi. Ularning aytishlaricha, bunday munosabat birgalikda televizor koʻrganda aslo paydo boʻlmaydi.


Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
Go‘zal tuyg‘uli ustoz!

Yunusobod tuman axborot-kutubxona markazida, Turon fanlari akademiyasi akademigi,jurnalist, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, bolalar shoiri Po‘lat Xudoyberganov bilan "Go‘zal tuyg‘uli ustoz!" nomli ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida shoirning hayoti, ijodi haqida suhbatlashildi va "Orzularim bir olam!"  kitobining taqdimoti o‘tkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/yunusobodtakm_xorijiy_adabiyotla
📚https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
Qaytar dunyo, bu...

- Ha, do'stim, nega asabiylashayapsan, tinchlikmi?
- Ko'rmayapsanmi, papasha bilan mamashkamni? Qiziq, ularga barcha sharoitni keragidan ortig'i bilan yaratib qo'ygan bo'lsam. Hovliga bir nafar xizmatchi yollaganman. Qishloqda yashasa-da, biron - bir og'ir ish qildirmayman: kir yuvishmaydi, ovqat qilishmaydi, ikkalsida ham eng so'nggi rusumdagi qo'l telefoni. Qiziq, ularni tushunmayman, nuqul menga qo'ng'iroq qilib, biz seni, nabiralarimizni sog'indik, qachon kelasizlar, deb hol - jonimga qo'yishmaydi. Nima, men bu erda o'ynab yuribmanmi? Axir, mening ham dam olish kunlari rejalashtirilgan muhim ishlarim bo'lishi mumkin - ku. Yo'q, men ularni tushunolmayman. Xo'sh, yana nima kerak o'zi ularga?!

Oradan 30 yil o'tib yana o'sha eski
do'stlar


    - Ha,  qadrdonim,  nega xomushsan? Biron joying bezovta qilmayaptimi ishqilib?
- Ko'maysanmi, bu farzandlarni, o'zlari bilan o'zlari ovora. Ularga qo'ng'iroq qilib, nega kelmayapsizlar, sizlarni sog'indim - ku desam, otajon, sizga nima etishmayapti? Eganingiz oldingizda, emaganingiz ortingizda bo'lsa? Xizmatingizga maxsus kishi yollagan bo'lsak. Katta bir hovlida o'zingiz o'zingizga bek bo'lsangiz, deyishadi, zang'arlar. Axir, yolg'izlikdan bu hovli meni yutib yuboray deyapti-ku! Axir, bularning barchasi, farzandu nabiralarimning bir daqiqalik shirin diydoriga, ular bilan muloqot gashtiga etmaydi - ku. Hahotki, ular shu oddiy narsani bilishmaydi?!

©️ Obiddin Mahmudov "Farzandnoma"

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon
#Kitob_o'qishga_chorlov

Turon fanlar akademiyasi akademigi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi bolalar shoiri Po'lat XUDOYBERGANOV.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
📚KITOB O'QISHNING FOYDASI HAQIDA

Hammamiz kitob oʻqishning foydali ekanligini eshitganmiz. Lekin uning foydaliligi aynan nimada?

17. Koʻp kitob oʻqiydigan bolalar darslarni yaxshi oʻzlashtirishadi.
Tadqiqotlarda aniqlanishicha, kitob oʻqishni xush koʻradigan bolalar maktabda ham yaxshi oʻqishadi. Ular grammatikani ham, matematikani ham yaxshi oʻzlashtirishadi.

18. Mutolaa jinoyatchilikning oldini oladi.
Oʻtkazilgan tadqiqotdan maʼlum boʻlishicha, panjara ortida savodxonligini oshirgan jinoyatchilar ozodlikka chiqqanlaridan soʻng boshqa jinoyatchilarga nisbatan jinoyatga 30 foiz kamroq qoʻl uradilar.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
ILM VA BILIM HAQIDA

Ilm - aql chirog'i.
Hayot qorong'uligini ilm haqida.
Ilm olish og'ir, olgandan so'ng esa, og'irlarni engillatadi.
Ilmli kishi ish boshqarsa, ishning yarmini ilmi qiladi.
Ilm - hammaga barobar beriladi, lekin uni har kim o'z hovichiga yarasha olarkan.
O'qish boshqa, uqish boshqa.
Ilm bilan bilim topishganda insonni bezaydi.
Ilmni qanchalik ko'p olgan sari, u ozdek bo'lib tuyulaveradi.
Fan - sabr - toqat qiyomidir.
Fan - bilimlarning mevasidir.
Bilimli bir parcha qog'ozga butun dunyoni sig'dira oladi.
Dunyoning ezgusi - bilim.
Bilimning qimmati xuddi oltindek, u barcha erda qadrlanadi.
Ilmdan jaholat qo'rqadi.
Insonni bilim bilan odob bezaydi.
Odamning mansabiga emas, bilimiga qara!
Chala - yarim o'rganilgan bilim - masalani tirqishdan ko'rgandekdir.

©️ Matlabbeka Ulug'bek qizi "Hikmatlar guldastasi"

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
📚KITOB O'QISHNING FOYDASI HAQIDA

Hammamiz kitob oʻqishning foydali ekanligini eshitganmiz. Lekin uning foydaliligi aynan nimada?

19. Mutolaa tinglash qobiliyatini rivojlantiradi.
Qanchalik gʻalati tuyulmasin, kitob oʻqish tinglash qobiliyatini oshiradi, boshqalarni oson tushunishga yordam beradi. Bu ayniqsa, kitobni ovoz chiqarib oʻqiganda yanada samarali boʻladi.

20. Mutolaa yaxshi hikoyagoʻyga aylantiradi.
Inson kitobni qancha koʻp oʻqisa, hikoya qilish qobiliyati shunchalik oshadi. Keraksiz gaplarni kamroq gapirib, keraklilarini yaxshiroq yetkazadigan boʻladi.

21. Mutolaa yaxshilik qilishga undaydi
Faol kitobxonlar xayriya ishlari bilan boshqalarga nisbatan uch marta koʻproq shugʻullanishadi. Mutolaa muhtoj insonlarga yordam qoʻlini choʻzishga undaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
MASAL:
Burgut chovut solib hovlidagi quyonni ko'tarib ketibdi. O'sha hovlida yashaydigan chumchuq quyonga achinish o'rniga mazax qilib chirillabdi:
- Ey chopag'on quyon! Chopag'onliging yordam bermadimi?!
Chumchuqning chirqillashini eshitgan boshqa burgut uchib kelibdi-yu, uni chovutiga ilibdi. Shunda quyon unga qarab:
- Juda tez uchardin-ku, qanotlaring foyda bermadimi? - degan ekan.
(Masaldan olinadigan ma'no shuki, qo'shni boshiga kelgan falokatdan kulib, mazax qilish yaramaydi. Balki qo'shni og'ir ahvolga tushsa, unga yordam berib, bundan qutqarish kerak. Qo'shni boshiga kelgan falokatdan quvongan kishining o'zi ham biror falokatga uchrashi tayin)

©️ Tohir Malik "Tafakkur gulshani ichra"

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
#kitobsevarlar_klubi

Yunusobod tuman axborot-kutubxona mutahassislari yosh kitobxon bolalarning yozgi ta'tilini maroqli o'tkazish maqsadida," Kitobsevarlar klubi a'zolari bilan "Yozgi mutolaa" mavzusuda davra suhbatini o'tkazishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/yunusobodtakm_xorijiy_adabiyotla
📚https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
#kitobxon_onalar_kuni

Oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida, "Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona-kitobxon bola" g‘oyasini hududlarda keng targ‘ib qilish maqsadida, " Kitobxon onalar kuni" tadbiri o‘tkazildi. Tadbir Yunusobod tumanidagi "Obod" mahallasi xotin-qizlar faollari,yoshlar yetakchisi hamkorligida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida, "Mahalla - oila - kutubxona" loyihasi doirasida, "Yozni biz bilan o‘tkaz!", "Oilamizning sevimli kitoblari! "mavzularida ko‘chma kutubxona, kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi, QR kodli kitoblar targ‘iboti, "Siz qanday kitoblarni o‘qishni hohlaysiz?"mavzusida so‘rovnoma o‘tkazildi. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning  "Tafakkur gulshani ichra" kitobining taqdimoti o‘tkazilib,mazkur kitob oila davrasidagi tarbiyaga doir suhbatlarda onalarga qo‘llanma sifatida maslahatchi bo‘la olishi haqida suhbatlashildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📚Yaxshi kitob meva berib, boshqa kitoblarning tugʻilishiga olib keladi; uning shon-shuhrati asrlardan-asrlarga oʻtib, uni mutolaa qilish kitobxonlar hayotidagi butun bir davrni tashkil etadi.

A.Olkot

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, bo‘sh vaqtlarini sermazmun tarzda o‘tkazish maqsadida, "Islomobod" mahallasi yoshlari ishtirokida, "Mening kutubxonam" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida, bilim manbai bo‘lgan kitobni sevish va o‘qish uchun uni tanlay olish,  o‘qish madaniyatini bilish kerakligi, kitob xarid etish va kutubxonani muntazam boyitib borishga alohida e'tibor bilan qarash, kitob saqlash odobi, o‘qish jarayoni, o‘qiganini o‘ziga va hayotga tatbiq etish haqida suhbatlashildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
ODOB VA AXLOQ HAQIDA

🌟Odob odam bezagi.
🌟Odob bor yerda - tinchlik, shodlik va mukammallik bor.
🌟Oddiylik - odoblilikdir.
🌟Odoblining aytgani - dil malhami.
🌟Odobli - hammaning mehridadir.
🌟Do'stlik uyini odob yoritadi.
🌟Odobli - zebu ziynatsiz ham go'zal.
🌟Odobni - odobsizdan o'rgan!
🌟Egilishni bilganning - tiklanishi oson.
🌟Odobning hajmini til ko'rsatadi.
🌟Xushmuomalalini bir marta ko'rgan odam yana ko'ray deydi.
🌟Odoblining so'zlari libosli, beadabning so'zi esa yalang'ochdir.
🌟Odoblining oriyati ham go'zal.
🌟Odobli obod qiladi, beadab barbod qiladi.
🌟Beadabdan baxt qochadi.
🌟Odoblining istiqboli porloq.
🌟Beadabga - ulug'lik begona.

©️ Matlabbeka Ulug'bek qizi "Hikmatlar guldastasi"

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
#targ‘ibot

Kitob mutolaasi-muvaffaqiyat kaliti.

Yunusobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari aholini kutubxonaga jalb qilish maqsadida,  tumandagi "Bog‘ishamol" mahallasi aholisi uchun,  "Kitob mutolaasi - muvaffaqiyat kaliti" mavzusida kitoblar targ‘ibotini o‘tkazishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kitob_o‘qishga_chorlov

Yunusobod tuman 25-sonli Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va dam olish markazi  rejissyori Sayfiddin Fayziyev va musiqiy rahbari Shuhrat Hamroyev bolalarning yozgi ta'tillarini maroqli o‘tkazishlari uchun kitob o‘qishga chorlashmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
📚Imon bilan yashaguvchi, nohaqlikka chidolmovchi, xoʻrlik — zolimlikdan nafratlanuvchi, chin inson boʻlib yashaguvchi zot — asl ziyolidir!

✍️ Togʻay Murod 

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
#O'zbek_adabiyoti

Sobirjonning uyi olis emas ekan. Birpasda etishdi.
    - Mana, - dedi bola kichkina qizil eshikni ko'rsatib, - shu erda turadilar. Kiravering. Men ketdim. Bip, bip!
    - Bo'yningga qoqay, oying rohatingni ko'rsin!
    Savri xola ichkariga kirdi. Torgina hovlida hech kim yo'q edi. To'rda eshik ko'rindi. Shu yoqqa yurdi. Yuragi dukillab ura boshladi. Eshikka yaqinlashib, sekin taqillatdi.
    - Kim? Kiravering!
    Bu Sobirjon edi. Kampir ovozidan darrov tanidi. Tanidi- yu, entikib ketdi. Eshikni ochib, ichkariga kirdi.
    Sobirjon eshikka qaraganicha, karavotda yonboshlab yotardi.
    Iye! Xola! Keling! - dedi qaddini roslab, lekin turmadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
2025/06/29 16:39:43
Back to Top
HTML Embed Code: