Telegram Web Link
TO'MARISNING AYTGANI

Ayolning og'iri, qo'rg'oshini men,
Qasos meni ham silkitdi, qo'ymadi.
Qonli xumga tikdim yov boshini men,
Qonga to'ysin dedim, to'ymadi!

Men ham nafis edim, sitora edim,
Qasosimga bo'yinsunmaganimda.
"Zamon, zamoningga o't ketsin", - dedim,
Xanjarimning damin sinaganimda.

Nabiram, Senga ham yetadi bu xun,
Asli yo'q narsani so'ramam Sendan.
Raqib duch kelganda yig'lamay mahzun,
Qon yuqi xanjaring sug'urgin qindan.

Qasos havolarin ochlik bilan yut,
Garchand sitorasan, nafis ayolsan,
Mening gumonim yo'q ketmog'iga o't,
Sen agar "o't ketsin" deya qo'zg'olsang...

©️ Halima Xudoyberdiyeva "Saylanma"

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
#yosh_kitobxonlar_klubi

Yunusobod tuman axborot-kutubxona markazida, kitobxon-bolalarda kitob bilan mustaqil ishlash malakalarini hosil qilish, bolalarga kitob mutolaasi qoidasi haqida, kitobga nisbatan ehtiyotkorlik bilan muomalada bo‘lish zarurligi to‘g‘risida ma'lumotlar berilib, o‘qigan ertak va hikoyalarni mustaqil ravishda tahlil qilish maqsadida, "Yosh kitobxonlar" klubi a'zolari ishtirokida, "Sehrli konvertcha" mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.


Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/yunusobodtakm_xorijiy_adabiyotla
📚https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
2024-yil 26-sentyabr kuni Londondagi Britaniya muzeyida “Ipak yoʻllari” koʻrgazmasi oʻz ishini boshlaydi. Oʻzbekistonning muzey kolleksiyalariga mansub 14 ta eksponat Buyuk Britaniyaning bosh muzeyida namoyish etiladi.

Qulochi boʻyicha keng qamrovli va joʻgʻrofiy miqyosi boʻyicha ulkan boʻlgan “Ipak yoʻllari” koʻrgazmasida kishilar, buyumlar va gʻoyalarning muttasil hijrati madaniyat va tarixni shakllantirishga qay yoʻsinda turtki bergani kashf etiladi. Loyiha mazkur har bir omil solnomasidagi hal qiluvchi – milodiy 500–1000-yillardagi davrni qamrab oladi.

Aksariyat ashyolar, shu jumladan, shatranj donalarining eng koʻhna toʻplamlaridan biri va Afrosiyobdagi hashamatli 6 metrlik “Elchilar xonasi” devoriy surati Londonda ilk bor namoyish etiladi. Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi “Ipak yoʻli” koʻrgazmasi uchun “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi hamda Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida saqlanayotgan 14 ta eksponatni taqdim etadi.

Ular orasida Markaziy Osiyoning Buyuk Ipak yoʻli tarixidagi ahamiyatiga dalolat boʻluvchi Varaxsha saroyi alvon mehmonxonasining devoriy surati, qopqoqli suyakdon, soʻgʻd yozuvi tushirilgan kumush idish, Kofirqalʼa xarobasiga oid koʻza va boshqa noyob arxeologik topilmalar mavjud.

“Ipak yoʻllari” koʻrgazmasi 2024-yil 26-sentyabrdan 2025-yilning 23-fevraliga qadar Britaniya muzeyidagi “Sainsbury” koʻrgazmalar galereyasida namoyish etiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mediabank
📚 Qashshoq boʻlsam ham kitob xarid qilaman. Bundan ortib qolgan pulga esa yegulik yoki kiyim-kechak sotib olaman.

©️ Erazm Roterdamus

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
#moviy_jomadon_tashrifi

Yunusobod tuman Axborot-kutubxona markazi  mutaxassislari tomonidan Yunusobod tumanidagi "Yoshlar markazi" hududida " Moviy jomadon tashrifi","Yo‘l-yo‘lakay o‘qiymiz!" loyihalari doirasida "Mutolaa olamidagi-kitobxon millat", "Yangi adabiyotlar"mavzusida ko'chma kutubxona tashkil etildi va yangi  adabiyotlar, QR kodli kitoblar  targ'iboti o‘tkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/yunusobodtakm_xorijiy_adabiyotla
📚https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
#Elektron_kitob

🤳 QR-kodlarni skaner qilish orqali elektron kitoblar o‘qing!

👥Siz mazkur QR-kodlar orqali elektron adabiyotlarni bemalol mutolaa qilishingiz va istalgan badiiy adabiyotlarni o‘z telefoningizga yuklab olishingiz mumkin bo‘ladi!

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
#kun_hikmati

Bir marta o'qiladigan kitobning hozirgi kuni bor, takror - takror - o'qiladigan asarning kelajagi bor.

©️A.Dyuma.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
VIJDON HAQIDA

🌟Vijdon - poklikning sardori.
🌟Vijdon - odamiylikning duru gavhari.
🌟Vijdon g'uborsiz bo'lsa, hayot ozorsiz bo'ladi.
🌟Sof vijdonlik - odamning baxtidir.
🌟Vijdon - odamning qadr - qimmatidir.
🌟Vijdondagi dog' - ko'ngilning kulfati.
🌟Insof - vijdonning farzandi.
🌟Odamning vijdoni o'z qilmishini sud qila olsa, u yaxshi odamdir.
🌟Qing'irning - dili zimiston.
🌟Maxfiy yomonlik - vijdonning qotili.
🌟Vijdonning sudi - har qanday sud hukmidan zo'r.
🌟Bir odamning vijdoni - o'zigagina emas, boshqalar uchun ham ahamiyatlidir.

©️ Matlabbeka Ulug'bek qizi "Hikmatlar guldastasi"

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
#Mahalla_kutubxonasi

"Yo‘lariq" mahallasi kutubxonasiga metodik yordam tashkil etildi.

"Mahalla kutubxonasi” faoliyatini rivojlantirish shu jihatdan mahallalarda aholining ayniqsa, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan  qiziqishini oshirish, kitoblarni joylashtirish, kutubxona hujjatlari, kitobxonlar bilan yakka va guruhli tartibda ishlash usullari haqida, Yunusobod  tuman axborot - kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan,Yunusobod tumanidagi "Yo‘lariq" mahallasi faoli Dilfuza Beknazarovaga metodik yordam ko‘rsatildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/yunusobodtakm_xorijiy_adabiyotla
📚https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
#Kun_hikmati

📚 Kitob bir xazina, mutolaa - yorqin tabassumli hayotga boshlovchi mashʼaldir.

©️Oybek

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
DONOLAR BISOTIDAN

🌟"Uchta narsani deb ilm olma va uchta narsa tufayli uni tark etma: bahsu tortishuv, maqtanish va riyo uchun ilm olma; uyatchanlik qilib, zuhd yo'liga kirganingni pesh etib va bilmasligingga rozi bo'lib ilm olishni to'xtatma".
Umar ibn Xattob

🌟"Aql kabi mol, yaxshi xulqdek do'st, odob kabi meros, tavfiqchalik rahbar, ilmdek shon - sharaf yo'qdir".

🌟"Ilm sarvat (boylik)dan ustundir. Chunki sen sarvatni qo'riqlaysan, ilm esa seni qo'riqlaydi". (Ilm moldan yaxshidir, u seni muhofaza qiladi, molni esa sen qo'riqlaysan. Ilm hokim, mol mahkumdir. Mol nafaqa qilish bilan kamaysa, ilm ziyoda bo'ladi).

🌟"Insonlarga yaxshilikni o'rgativchi muallim haqqiga hatto dengizdagi baliqlar istig'for aytadi".

🌟"Ilm olishda qiynaldim, bir oz xorlandim, tilagim hosil bo'lgach, azizu mukarram bo'ldim".

🌟"Ilmning boshi - jim turish, keyingisi - eshitish, uchinchisi - yod olish, to'rtinchisi - unga amal qilish, beshinchisi - uni tarqatish".

🌟"Ilmsizlik kishiga husn emas. Kim bilgan narsasiga amal qilsa, u odamlarning olimrog'idir. Kim bilgan narsasiga amal qilmasa, u johildir".

🌟"Kishi ilm o'rganishda davom etayotgan pallada olimdir. "Olim bo'ldim, endi bas", deb xulosa chiqargan chog'idan boshlab johildir".

©️ Tohir Malik "Tafakkur gulshani ichra"

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
#Hikmatlar_xazinasi

Ilm - koʻp gapirish emas, Ilm bu alloxdan koʻp qoʻrqish demakdir.
                  Abdullox Ibn Masʼud

Ilmni fursat boʻlganda oʻrganish kerak, chunki ilm zarur boʻlgan paytda fursat topilmaydi.
                   Abdullox ibn Masʼud

Dunyodagi eng ogʻir yuk - otaning yelkasidagi farzand tobutidir.

Tortinchoq bilan mutakabbir ilm ololmaydi.

Bir soat ilmning mashaqqati va xorligiga sabr qilmagan kimsa bir umr jaholat horligida qoladi.

Odamlarni rozi qilish, hech qachon amalga oshmaydigan orzudir.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
#ko‘rgazma

Yunusobod tuman axborot - kutubxona markazida 27 - iyun -"Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" nomli ko‘rgazma tashkil etildi.


Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
📚Oʻqiyman degan odam har qanaqa muhitdayam oʻqishga vaqt topadi. Oʻqimayman degan odam, kecha-yu kunduz boʻsh boʻlsayam, yotadi xurrakni otib!

©Odil Yoqubov (
Diyonat) asaridan

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
RUHIY  XOTIRJAMLIKKA
ERISHISH  SIRLARI...

🌟 Nuqsonsiz boʻlaman, deb urinmang. Mukammallik yagona Allohga xos ekanini esingizdan chiqarmang.

🌟 Muhabbat bilan yashang. Mehr koʻrish uchun, oldin oʻzingiz boshqalarga mehr koʻrsatishingiz kerak.

🌟 Yaxshiligingizga javob kutmang, suvga oting. Ezgu amalingizga ragʻbat olishni xohlashingiz tabiiy. Ammo, u yashirin qolganida siz uchun yanayam xayrli boʻlishiga ishoning.

🌟 Eʼtibor zavqini his ettirish bilan atrofingizdagilarga quvonch ulashing.

🌟 Shu lahzada yashashni oʻrganing. Oʻtmishdagi xatolar yoki kelajakka oid qoʻrquvlaringiz buguningizga taʼsir qilishiga yoʻl qoʻymang.

🌟 Sabrli boʻling. Chunki shunday qilmasangiz, har bir kichik gʻamdan fojia yasash oddiy holga aylanadi.

🌟 Doʻstona qoʻl choʻzing! Xafagarchilikdan keyin birinchi qadamni qarshi tarafdan kutmang. Yodingizda tuting, haq boʻlish - baxtli boʻlishdan ustun emas.

🌟 Haqiqatga boʻyin eging. Shikoyat qilib, nolib, oʻzingizning, boshqalarning kayfiyatini buzish oʻrniga, borini boricha qabul qilishga oʻrganing.

🌟 Oʻzingizga “jimlik vaqti” belgilang. Hamma narsadan xoli, yolgʻiz qolishni xohlaydigan paytlaringiz boʻladi. Bunday damlar oʻzingizni oʻzingiz eshitishingizni taʼminlaydi, huzur beradi.

🌟 Oldin qarshingizdagi odamni tushunishga urining. Agar atrofingizdagilar bilan toʻgʻri munosabatni shakllantirishni istasangiz, shunday qilishingiz kerak.

🌟 Kamtar, sipo boʻling. Boshqalarga oʻzingizni isbotlashga qancha kam urinsangiz, ichingizdagi huzur shuncha ortadi.

🌟 Tanqidni qabul eting. Oddiy eʼtiroz uchun janjallashish oʻrniga tanqidga toʻgʻri qarashni sinab koʻrsangiz, oʻzingizni yanayam yaxshi his qilasiz.

🌟 Parchalarga boʻlinmang. Bir paytning oʻzida bir necha yumushni uddalayman deb bekor urinish oʻrniga bitta ishni chiroyli bajaring.

🌟 Nima boʻlganda ham baxtli ekaningizga ishoning, shunda sabablarini koʻra boshlaysiz. Yodingizda tuting, insonnning oʻzi saodatli ekaniga ishonmasa, uni xech kim baxtli qilolmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
2025/06/28 04:28:21
Back to Top
HTML Embed Code: