Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Orzuingizdagi kasbga endi bir qadam

SHOSHILING

Yunusobodda tibbiyot texnikumi borligini bilarmidingiz?

Siz ham yuqori talabga ega nufuzli va namunali kasb egasi bõlishni hohlaysizmi?

Unda biz sizga eng namunali va asosiysi davlat texnikumida o'qishingizni tavsiya etamiz

Bizning texnikumda 8 ta yo'nalishda tahsil olishingiz mumkin:

Hamshiralik ishi
Tibbiyot brigadasi
Davolash ishi
Farmatsiya
Sanoat Farmatsiyasi
Stomatologiya
Tibbiy Radialogiya
Funksional diagnostika

Qabul tugashiga oz qoldi

☎️Murojat uchun: +998998285115
                                  +998712200368
📍Bizning manzil: Yunusobod 19 mavze 37 uy
Mo'ljal: Moderna klinika orqa tomonida joylashgan
#Dolzarb_90_kun

🏢Toshkent shahar Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar boshqarmasi tasarrufidagi Yunusobod Abu Ali ibn Sino jamoat salomatligi texnikumi

💫20-iyul – Xalqaro shaxmat kuni. Bu sana 1924-yili Butunjahon shaxmat federatsiyasiga (FIDEga) asos solingan kun munosabati bilan eʼlon qilingan va 1966-yildan boshlab har yili dunyo miqyosida keng nishonlab kelinmoqda.

📌 “Dolzarb 90 kun ” tadbirlari davom etmoqda. Bunda Yunusobod Abu Ali ibn Sino jamoat salomatligi texnikum o'quvchi yoshlari faol ishtirok etmoqda. 24.06.2025 sanada sportning Shaxmat, Shashka turi bo’yicha yoshlar o'rtasida musobaqa tashkil etildi.

💫Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni sportga qiziqtirish, ularni jalb etish va "SOG'LOM FARZANDLAR-YURT KELAJAGI" shiorini ilgari surish va sog'lom farzandlarni jamiyatda o'z o'rnini topishdir!

💥Tashkilotchilar: Abdurahmonxodjayeva D.D, Kamilova F.R

BIZDAN YANADA KO'PROG'INI KUTIB QOLING!

📌 Texnikum matbuot xizmati

Instagram | Telegram
#Dolzarb_90_kun

🏢Yunusobod Abu Ali ibn Sino jamoat salomatligi texnikumi

🗓 25.06.2025 sana

📕"ENGLISH LANGUAGE" TO'GARAK FAOLIYATI.

📚 Yunusobod Abu Ali ibn Sino nomidagi JST dagi o'quvchilar orasida xorijiy tillarga qiziqish juda ham katta, qolaversa o'z oldilariga katta katta maqsadlar qo'yishgan. Texnikumni tamomlab Yevropa davlatlarining nufuzli Universitetlarida taxsil olish va tibbiyot soxasida ya'ni shifoxonalarida o'z ish faoliyatlarini olib borish maqsadlarini qo'yishgan. Xozirgi kunga kelib Germaniya, Yaponiya va boshqa davlat shifoxonalari O'zbekistondagi tibbiyot texnikum bitiruvchilariga katta qiziqish bildirmoqdalar. Texnikumimizda "ENGLISH LANGUAGE" to'garagi faol ishlab yoshlarni xorijiy tillarga bo'lgan qiziqishlarini yanada ortishga sabab bo'lmoqda.

Bugungi mashg'ulot mavzusi "A home away from home". Мavzu yuzasidan davra suhbat, ingliz tilida filmlar namoyishi hamda qiziqarli kartochkalar orqali savol javoblar o'tkazildi.

💥Tashkilotchilar: Shakirova D

Instagram | Telegram
‼️ESLATMA
#abituriyent

Bugun davlat OTMlari uchun qabul tugaydi. Abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali soat 23:59 ga qadar ro’yxatdan o’tishlari mumkin.

Imkon qadar oxiriga taqamang, kun davomida ro’yxatdan o’ting. Kun oxiriga borib, serverga yuklama ko’paysa, kutilmagan texnik nosozlik bo’lishi ham mumkin.

❗️TO’LOVNI AMALGA OSHIRISHNI HAM UNUTMANG!

To’lov qilmaganlar testga kiritilmaydi.

Barchaga omad!
YUNUSOBOD ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMI
‼️ESLATMA #abituriyent Bugun davlat OTMlari uchun qabul tugaydi. Abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali soat 23:59 ga qadar ro’yxatdan o’tishlari mumkin. Imkon qadar oxiriga taqamang, kun davomida ro’yxatdan o’ting. Kun oxiriga borib, serverga yuklama…
Qo‘shimcha eslatma!
#abituriyent

Kollej yoki texnikumlarga kirishni xohlovchi abituriyentlar ham
my.uzbmb.uz sayti orqali bugun soat 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

Prezident farmoniga ko‘ra, o’tgan yildan boshlab OTM va professional ta’lim muassasalariga hujjatlar qabuli bir vaqtda amalga oshiriladigan bo‘lgan.

Oldingidek kollej/texnikum uchun alohida ro‘yxatdan o‘tilmaydi. Kirish imtihonlari ham bir marta o‘tkaziladi va unda to‘plagan bali bilan xohlasa OTMga, xohlasa kollej/texnikumga kirish tanlovida qatnashishi mumkin.

Ya’ni hujjat topshirish ham, imtihon ham bitta bo’ladi.

Test natijalari chiqqach, dastlab OTMga kirmoqchi bo’lganlar beshta yo’nalish tanlaydi. Mandat natijasiga ko’ra, bironta oliygohga kira olmasa, undan keyin xohlaganlar o’sha imtihonda to’plagan bali bilan kollej/texnikumni tanlaydi.

Bir o’q bilan ikki quyonni urish, deb aytsa ham bo’ladi.
Forwarded from OTFIV | Toshkent
⚡️⚡️Abituriyentlarni ro‘yxatga olish rasman yakunlandi

To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: bugun, 26-iyun soat 23:59 gacha.

Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb_90_kun

🏢Yunusobod Abu Ali ibn Sino jamoat salomatligi texnikumi

🗓 26.06.2025 sana

🚑"BIRINCHI YORDAM-HAYOTNI SAQLASH DEMAKDIR!

💫 Yunusobod Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumidagi o'quvchilar orasida tez tibbiy yordamni fuqarolarga malakali tashkillashtirish, xushdan ketganda, suvda cho'kkanda, kuyganda va boshqa turli xil baxtsiz xodisalarda bemorlarga shifoxonagacha bevosita yordam berishlarni biriktirilgan texnikum malakali pedagoglari tomonidan zamonaviy simulyatsion xonalarimizdagi mulyajlarda amaliyot tariqasida o'tkazdilar.

Bugungi mavzuimiz "Jamoat joylaridagi bemorlarning jaroxatlarida klinikagacha birinchi yordam berish va bosh, qo'llarga bog'lamlar qo'yish". Davra suhbati so'ngida o'quvchilar bilan birgalikda yanada mustahkamlash maqsadida savol-javob, munozarali baxslar tashkil etildi!

👩‍⚕Tashkilotchilar: Aripova D.X, Qosimova D.Sh

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Bunyod Radjabov
#Qabul

2025/2026 o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim (texnikum) muassasalariga abituriyentlarni qabul qilish tartibi belgilandi.


🔹 Barcha texnikumlar (tibbiyot texnikumlarining kunduzgi ta’lim shakli bundan mustasno) uchun (kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga) hujjatlarni qabul qilish 2025-yil 10-avgustdan 10-sentabrga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi

🔹 Bunda abituriyentlarni texnikumlarning kunduzgi va kechki ta’lim shakllariga kirish imtihonlari belgilangan tartibda yozma imtihon shaklida tashkil etiladi.

🔹 Texnikumlarga dual ta’lim shaklida abituriyentlarni qabul qilish ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshiriladi

telegram | facebook | instagram
Forwarded from Bunyod Radjabov
#Qabul

🔸 Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishda kirish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq o‘tkaziladi

🔸Bunda tibbiyot texnikumlariga abituriyentlarni qabul qilish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida to‘plagan ballaridan kelib chiqib quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi

🔸Asosiy fanlar blokini biologiya va kimyo yoki kimyo va biologiya etib tanlagan abituriyentlar jami to‘plagan ballari bo‘yicha

🔸Fanlar blokida biologiya yoki kimyo fanlari bo‘lmagan abituriyentlar majburiy fanlar (ona-tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) bloki bo‘yicha to‘plagan ballari asosida tibbiyot texnikumlari va ulardagi mutaxassisliklarni tanlashi mumkin.

🔸Abituriyentlarning “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq to‘plagan ballari bilan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarining tanlash imkoniyati bo‘lgan mutaxassisliklar ro‘yxati

🔸 Tibbiyot texnikumlariga tavsiya etilgan abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali 10 kun davomida mutaxassislik tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

telegram | facebook | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/30 07:27:06
Back to Top
HTML Embed Code: