https://www.tg-me.com/+rPCdG0ugq0s2NmIy
Shaxsiyliklar doirasi…. eng yaqin galaktikagacha🔮
Cheklanmagan fikrlar cheklanmagan doirada🔮
Shaxsiy🔇
Shaxsiyliklar doirasi…. eng yaqin galaktikagacha
Cheklanmagan fikrlar cheklanmagan doirada
Shaxsiy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zarvaraq
Xristafor Kalumb yolg'onchiligi, Galileyning fikrlari asosi qayerdan paydo bo'lganligi, geografiya fanini rivojlantirgan asl olim kashfiyotchilar musulmon bo'lishgani va tarixdan nomlarini o'chirishga harakatlar qilishgani, fotografiya asosi tibbiyot rivoji o'z zamonlaridan oldinga o'tib ketgan olimlar, dunyo rivojiga katta yo'q yo'q juda katta xissalarini qo'shgan musilmon olimlar haqida bilib olasiz
Bu fikrlarga qisman qoʻshila olmayman, garchand u Rogʻib Sarjoniyga aslan tegishli boʻlsada. Bunday fikrlar, koʻp tarixchilar (ayniqsa oʻzbek tarixchi-ihlosmandlar) tomonidan konsprialogiya darajasiga olib chiqilmoqda.
Ushbu ilmlar asosi-poydevori Islom renesansi davrida musulmon olimlari tomonidan qoʻyilgani rost va buni gʻarb ham tan oladi va koʻp ham inkor etmaydi(inkor etadiganlar faqat oʻzimizdagi eski komunistlar va sekulyar-liberallar).
Tan olinishi lozimki gʻarb olimlari XVI asrdan toinki hozirgacha ayni ilmlar sohibi sanalishadi garchi u ilmlar asoschisi musulmon olimlari boʻlsada. Beruniyning yer shari haqidagi fikrlarini Galiley, Ibn Sinoning tibbiyotdagi fikrlarini Lui Paster, Pavlov yoki boshalar, ar-Roziyning atomga oid qarashlarini zamonavoy dunyoda Oppenheimer, Eynshteynlar davom ettirdi. Hoʻsh XVI asrdan buyogʻida bir musulmon olimi boʻldimiki avvalgi ilmlarni davom ettirgan boʻlsa?
Togʻri biz asli ilm fan egalarini, ularning asoschilarini tanitishimiz kerak. Lekin ularni ishini davom ettirgan gʻarb olimlarini qoralamagan holda.

👍6
"Бошқа миллатларни бойлари фақир ва етимлар учун мактаб ва дорилфунунлар соладурлар, фақир ва етимларни ўқумоғи учун вақф "истипендия"лар таъйин қилур.
Бизникилар жуфт оти-ла, аробаси-ла, тўйи ила ва... ла фахр этар. Ҳатто, ўз ўғилларини ўқутмайдурғон бойлар бордур".
МАҲМУДХЎЖА БЕҲБУДИЙ,

🔥16💯8👍4
Padarkush…..
Malumki, tariximizdagi eng mashxur padarkush bu Abdulatif. Oʻz otasi Mirzo Ulugʻbekni oʻldirgandan soʻng fitna natijasida oʻzi ham qisqa muddatda-6oyda oʻldirilgan. Agarda voqealikda u 6 oy emas uzoqroq muddat taxtda boʻlganda va yirik gʻalabalarga erishgan taqdirda uning nomi tarixda “Padarkush” deb emas, balki milliy qahramonlar safida eslanar edi. Huddiki Usmonli sulton Salim I dek. U ham yanicharlar yordamida otasi Boyazid II ni taxtdan tushirgan va Demitopolda oʻldirtirgan. Lekin u 8 yil hokimyatda qoldi Abdulatifdan farqli ravishda oʻz imperiyasini eng ravnaq topgan davrga aylantira oldi. Hatto “xalifa” boʻlishgada erishdi.
Ha, tarix shunday. Qilingan ishlar ortidan padarkushlikni ham oqlab beradi. Siz choʻksangiz, yiqilsangiz butun aybdorlik sizning boʻyningizda boʻladi.
@zarvaraqq

💯12❤1⚡1
Forwarded from MANIFEST
Дунё аҳолисининг 0,2 фоизини ташкил қила туриб, Нобел мукофотининг 22 фоизини яҳудийлар олган, улардан чиққан олимларнинг саноғини қилиш қийин.
Аммо бир пайтлар илмнинг эгаси мусулмонлар бўлган, фаразан ўша пайтда бирон мукофот жорий бўлганда, 100 фоизга яқинини мусулмонлар олган бўларди. Нега?
Ана шу "нега"га жавоб излаш керак, ва содда жавоблардан узоқлашиш керак, нозик изланишлар қилиш керак.
Мухаммад Шакур

😢8👍4❤1
Özlikka qaytiş...
Voice message
Ushbu mavzuga toʻliq va aniq tushintirish berilibdi Fotih Sulton Muhammad unversiteti Tarix fakulteti öğrencisi va yaqin doʻstimiz tomonidan:)👍
❤4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zarvaraq uchun maxsus muxbir Bavariyadan)
❤7
Zarvaraq
Abduvahob Murodiy…… Germaniyadagi birinchi oʻzbek talabasi…. (1921.y)
Murodiy 1901-yil 29-may kuni kuni Toshkentning Egarchi mahallasida dunyoga kelgan. Qashshoq oilada tugʻilganligi sababli uning taʼlim va tarbiya olishiga Munavvar qori Abdurashidxonov homiylik qilgan.1913-yil Eshonxoʻja Xoniyning „Xoniy“ maktabini, 1914-yil Munavvar qorining „Namuna“ maktablarini bitirgan. 1915-yil Munavvar qori tavsiyasi bilan Namangan shahridagi jadid maktabiga oʻqituvchi sifatida bir yil ishlagan. 1916—1917-yillar Toshkentdagi „Hayot“ maktabida dars bergan.1917—1919-yillar Ozarbayjonning Boku shahridagi ziroat bilim yurtida oʻqigan[2], soʻngra Toshkentga qaytib 1919-20-yillar „Mashrab“ maktabida dars bergan. Oʻsha vaqtlarda Said Ahroriyning „Izchilar toʻdasi“, Fitratning „Chigʻatoy gurungi“ tashkilotlari tadbirlarida faol ishtirok etgan.1921- iyul oyida Berlindagi Qishloq xoʻjaligi akademiyasiga oʻqishga kirgan. Abduvahob Murodiy Turkistonga kelgan taniqli turk generali Jamol poshshoning maslahati bilan Germaniyada oʻqishga qaror qildi. Unga Akmal Ikromov „Muallimlar jamiyati“ xazinasidan maʼlum miqdorda pul ajratgan. 1920-21-yillar Afgʻonistonda boʻlib, 1921-yil iyulida Germaniyaga yetib bordi va Berlindagi Qishloq xoʻjaligi akademiyasiga oʻqishga kirdi.1926-yil Abduvahhob Murodiy toʻrt oy davomida Misrda paxtachilik sohasida amaliyot oʻtab, Yevropa taʼlim muassasasida oliy maʼlumot olgan birinchi oʻzbek agronomiga aylandi. „Yer yuzi“ jurnalining 1926-yil 11-sonida „Birinchi diplomli agronom“ maqolasida muallif oʻquvchilarga Murodiy haqida xabar beradi va keyinga yillarda „…yuzlarcha muhandis, kimyogar, doʻxtir, sotsiolog mutaxassislarga ega boʻlurmiz[10]“, — deb yozadi.1927-yilda Turkistonga qaytgan Murodiy sovet hukumati idoralari tomonidan ishonchsiz deb topildi. Bir muddat ishsiz qoldi. Bu vaqtda u oʻzining Germaniyadan keltirgan kitoblari asosida bolalar uchun olmon adabiyotidan tarjimalar qildi, qator darslik va oʻquv qoʻllanmalari yaratdi. Jumladan, „Botanika“, „Paxta yetishtirish usullari“ kabi kitoblari chop etildi, vaqtli matbuotda koʻplab maqolalari bosildi.
Abuvahhob Murodiy 1927-yil soʻngida Shreder nomidagi Bogʻdorchilik ilmiy-tekshirish institutida direktor muovini boʻldi, Oʻrta Osiyo davlat universiteti qishloq xoʻjaligi fakultetida oʻqituvchi vazifalarida ishlay boshladi. Shuningdek, u mashhur qozoq adibi Muxtor Avezov, akademik Borovkovlar bilan sharq fakultetining turkiyshunoslik boʻlimida ham ilmiy xodim sifatida taʼlim bergan. Abuvahob Murodiy tinimsiz ilmiy va amaliy mehnat faoliyati bilan bir paytda matbuot sahifalarida sharqshunoslik va oʻzbek imlosi masalasiga oid maqolalari bilan ham qatnashdi.
Oʻzbekiston hukumati rahbarlari Fayzulla Xoʻjayev va Akmal Ikromovlar uning nomzodini bir necha marta Yer ishlari komissari lavozimiga tavsiya etdi. Bu esa ayrim „qizil imperiya“cha siyosat tarafdori boʻlgan kimsalarga yoqmadi. Ular yosh oʻzbek agronomining ish jarayoniga turli boʻhton bilan qarshilik koʻrsatdilar. Shunga qaramay, u qisqa muddatda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi tajriba stansiyasida koʻpgina iqtidorli shogirdlarni yetishtirib berdi. Toshkent tumani Achchi ovulida oʻz tashabbusi bilan tuzilgan „Qizil namuna“ jamoa xoʻjaligida Germaniyada oʻrgangan ilmlarini ishga solib juda boy jamoa xoʻjaligini yuzaga keltiradi va oʻz davri uchun misli koʻrilmagan iqtisodiy yutuqlarni qoʻlga kiritadi
Abuvahhob Murodiy 1930-yil 25-aprel kuni Munavvarqori Abdurashidxonov rahbarligidagi „Milliy ittihod“ tashkiloti aʼzosi sifatida OGPU tomonidan qamoqqa olindi. U bir yildan ortiq vaqt davom etgan qiynoq va tahqirlar ostida soʻroq qilindi. Bu tergov materiallari mazmuni bugun Murodiyning jinoyatchi emas, aksincha haqiqiy millat qahramoni ekanligini isbotlovchi dalillardir.
1931-yil 25-aprel kuni OGPU kollegiyasi qarori bilan Abduvahhob Murodiyga otuv hukmi 10 yillik konslager bilan almashtirildi[12]. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda u jazoni Oq dengizdagi orollarda joylashgan dahshatli Solovki lagerida oʻtagan va shu joyda halok boʻlgan. 1932-yil turmush oʻrtogʻi Marta xonim va qizalogʻi Potye (oʻzbekcha ismi Maryam)lar mamlakatdan chiqarib yuborildi.

❤8😢4🔥2