Telegram Web Link
“Dolzarb 90 kun” doirasida Uychida xalqaro politexnikum faoliyati o‘rganildi

27-iyun kuni “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Bazarov va viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Abdulahad Gafforov Uychi tumanidagi 1-son xalqaro politexnikumda o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.

Tashrif davomida 2025-yil 15-may kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar, xususan, yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etishga oid topshiriqlar ijrosi ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/64503

#Dolzarb90kun #KasbiyTaʼlim #XizmatSafari

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍10😁32🔥2
#kasbiy_talim

Texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi


2025/2026 oʻquv yilidan boshlab texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etishga tayyorgarlik jarayonlari, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish joriy yil 27-iyun kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov boshchiligida oʻtkazildi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi PF–158-son Farmonida nazarda tutilgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi. Unda vazirlikning tegishli tarkibiy tuzilmalari rahbarlari, hududiy boshqarmalar boshliqlari, texnikumlar direktorlari hamda ushbu texnikumlarga biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirok etdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/64499

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
15👍7🔥2🤔1
Texnikum bitiruvchilarining xorijda ishlash imkoniyatlari kengaymoqda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Xususiy bandlik agentliklari” uyushmasi o‘rtasida xorijda ishlash istagida bo‘lgan texnikum bitiruvchilari bandligini ta’minlashga doir anglashuv memorandumi imzolandi.

Hujjatga ko‘ra, texnikumlar va xususiy bandlik agentliklari o‘rtasida uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xorijiy ish beruvchilarning ehtiyojlariga mos maqsadli kadrlar tayyorlash, shuningdek, chet tillari o‘qitilishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Memorandumda shuningdek, xorijda ishlash istagida bo‘lgan bitiruvchilar uchun maqsadli uchrashuvlar o‘tkazish, ularga tavsiya va yo‘nalish berish, texnikumlarda tashqi mehnat bozori talablariga mos zamonaviy kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv jarayonlarini tashkil etish nazarda tutilgan.

#Hamkorlik #Memorandum #KasbiyTaʼlim

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
16👍12🤔1
#Dolzarb_90_kun

Akademiyada bitiruvchi talabalar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi


O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchi!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida 2024-2025-o‘quv yili bitiruvchilari hamda ish beruvchi vazirliklar, idoralar, turli tashkilot, korxona va muassasalar o‘rtasida bevosita muloqotini taʼminlash maqsadida ish beruvchi tashkilot vakillari va talabalar uchrashuvi ham tashkil etildi.

“Dolzarb 90 kun” doirasida tashkil etilgan mazkur tadbirda ish beruvchilarning bitiruvchilar bilan suhbat jarayonlari o‘tkazildi. Unda 10 ga yaqin davlat va nodavlat tashkilotlarining vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, mehmonlar, bitiruvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi. Marosimda taʼkidlanganidek, akademiyada zamonaviy bilim va yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga, yoshlarni dunyodagi tengdoshlari bilan nafaqat raqobat qilishi, balki ularga o‘rnak bo‘la oladigan yuqori malakali kadrlar qilib tayyorlash jarayoniga  alohida eʼtibor qaratilmoqda.  

Maʼlumot o‘rnida aytish kerak, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar, Islomshunoslik va Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti hamda 10 ta kafedra faoliyat yuritmoqda. 2024/2025-o‘quv yilida 309 nafar talaba bakalavriat hamda 95 nafar yigit-qiz magistratura bosqichini tamomlamoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
16👍9🔥2😁2
2025/07/12 17:52:44
Back to Top
HTML Embed Code: