Telegram Web Link
#Eʼtibor #Eʼtirof

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri soha vakillari bilan uchrashdi

Tadbirda vazirlik bilan uzoq yillar davomida samarali hamkorlik olib borayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, blogerlar va axborot targ‘ibotchilari qatnashdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirokchilarni bayram bilan samimiy tabriklab, ommaviy axborot vositalarining vazirlik faoliyatini yoritish, jamoatchilikni haqqoniy axborot bilan ta’minlash va ijobiy ijtimoiy kayfiyatni shakllantirishdagi xizmatlarini alohida e’tirof etdi.

Tadbir yakunida bir guruh jurnalist va blogerlar vazirlikning tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍2726🔥3👏1🎉1
Namangan davlat texnika universitetida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar uchun respublika o‘quv seminari boshlandi

Tadbir avvalida ishtirokchilar universitetda tashkil etilgan ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

Seminarning ochilishida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Odiljon Mamatkarimov va Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Otabek Bozorov so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/64395

#Ilmfan #Seminar #OliyTaʼlim

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
29👍21🔥1👏1
#kibersport_taqdirlash #Dolzarb90kun

Farg‘ona shahridagi Ekoshahar amfiteatrida o‘tkazilgan “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionati final bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi OAV nigohida.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
17👍2🔥2
2025/07/12 14:51:14
Back to Top
HTML Embed Code: