Telegram Web Link
Ayolingizni eshitib ko‘ring

Ko‘p erkaklar ayoli bilan gaplashmaydi. Ayol nega jahl qildi, nimaga yig‘ladi, nima demoqchi edi — tinglashni ham istamaydi. “Gapni cho‘zma”, “yana boshladingmi?” deb to‘xtatadi. Ayol esa sukutga o‘rganadi. Keyin bu sukunat oilani yemira boshlaydi.

Aslida, ayollar jahl bilan emas, og‘riq bilan gapiradi. “Meni eshiting”, degani bu. “Men yolg‘izman”, degani bu. “E’tibor bering”, degani bu. Buni tushunish uchun psixolog bo‘lish shart emas — inson bo‘lishning o‘zi kifoya.

Ayolingiz baqirayotgan bo‘lsa, demak, u hamon sizdan nimanidir kutyapti. Balki bir og‘iz “xafa bo‘ldingmi?”, “nega jim bo‘lding?” degan savolni.

Ayol gapirmay qo‘ysa, yanada yomonroq. U endi umidini uzgan bo‘ladi. Gapirishdan foyda yo‘q deb o‘ylaydi. Bu — og‘ir daraja.

Esingizda bo‘lsin: ayol bilan urushish emas, uni tushunishga harakat qilish mardlikdir. Og‘zini yopish emas, ko‘nglini ochish qahramonlikdir.

Hech bo‘lmasa bir marta o‘tirib, gapirtiring. Eshitib ko'ring. “Shunchaki gaplashgim keldi,” deganida “Yaxshi, qulog'im senda”, deb jilmaying. Balki o‘sha suhbatdan keyin ayolingiz emas, siz o‘zgara boshlarsiz.

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯10146💔26🔥9👍4❤‍🔥2
Otani yomon koʻrdirgan onalar

Ba’zan ota ta’lim-tarbiya uchun boladan nimanidir man qiladi yoki nafsiga og‘ir botadigan ishga buyuradi. Shunday vaqtda ayrim onalar ota man qilgan ishga ruxsat berib, buyurgan ishidan esa qaytarib “mehri­bonlik” qiladi. Vaholanki, bu bilan otani bolaga yomon ko‘rsatib qo‘yadi. Qiyin bo‘lsa ham sabr qiling. Otasi ham sizdan kam yaxshi ko‘rmaydi. Hatto noo‘rin taqiq va buyruqlar bo‘lsa ham turmush o‘rtog‘ingiz bilan alohida gapla­shib oling. Darrov bu kishi xato qilyapti deb bolaning yonida so‘zini sindirmang!

Umuman olganda, tarbiyaga doir masalalarda er-xotin o‘zaro kelishib harakat qilgani ma’qul. Bu o‘zaro ochiq suhbat bilan bo‘ladi, albatta.
Unutmang, otaning ota sifatida hurmatlanishi, ­e’zozlanishi, so‘zi olinishi uchun ayolning roli katta.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
50👍22💯4❤‍🔥3🥰2🔥1
Qo'lingdan kelsa, sevdir. Keyin sen uchun uning qo'lidan hamma narsa keladi!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
103👏20👍11😁9🔥4🥰4💯3
Bu yerda oddiy bir savolga javob bera olishmay, yutuqdan quruq qolishyapti. Siz harakat qilib ko'rmaysizmi?

Savolni o'qish
🔥205
"Erkakning taqvosi nazarni tiyishdan, ayolning taqvosi nazarni jalb qilmaslikdan boshlanadi".

Mubashshir Ahmad

#Erkaklar #Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍149💯6242🔥8❤‍🔥4👏3
Ehsonning mukofoti faqat ehsondir!

Mavzumizdan kelib chiqib haqdor oilalarga yordam qilishga chaqiramiz. Ya'ni kimgadir ro'zg'or qilishda, kimgadir ust-bosh olishga yoki bemorlarni davolatishga va hokazo.

Batafsil ma'lumot

Karta raqam: 9860160605493933
👍22🔥41
​​Qiziqishlarning mos kelmasligi muammo emas

Yaxshi er-xotin bo'lish uchun kecha-yu kunduz birga bo'lish, barcha ishlarni birgalikda qilish shart emas.

Qadriyatlar mos kelishi, umumiy maqsadlar o'xshash bo'lishi kerak, lekin qiziqishlar bir xil bo'lishi munosabatlardagi asosiy narsa emas. Albatta, birga ko'proq vaqt o'tkazish uchun juftingizni o'zingiz qiziqqan narsaga jalb qilishga yoki aksincha – uning sevimli mashg'ulotlariga aralashishga harakat qilishingiz mumkin.

Biroq hobbilaringiz turlicha bo'lishi, turli teleko'rsatuvlarni yoqtirishingiz va sayohat paytida juftingiz muzey yoki do'konlarga borganida mehmonxonada dam olishni afzal ko'rsangiz, bu mutlaqo normaldir. Asosiy masalalarda kelishib olib, farqli jihatlarda juftingizni hurmat qilishingiz lozim.

#tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
63👍25🔥5💯5🥰1
#Muhabbat bu mahbub sen tushunmagan tilda gapirsa ham yoqimli eshitilishidir.

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
75😁26🔥16🥰12💯3
Er: "Ha, sen haqsan".
Xotin: "Lekin men hali hech narsa demadim-ku?"
Er: "Vaqtni tejaylik dedim-da: hozir sen bir gap aytasan, men unga fikr bildiraman. Keyin sen meni aybdor qilasan. Oxirida "Ha, sen haqsan" deyman.

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁29737❤‍🔥5💋5🤔1😱1
Faqat ayollar qatnashadigan to’y-marosimlarda telefonda syomka qilishni to’y egasi keskin taqiqlab qo’yishi va buni jiddiy nazorat qilishi kerak.

Erkaklar ko’rmaydi-ku deb ba’zi ayollar turli qiliqlar qilyapti, raqsga tushyapti. Uni boshqasi videoga olib o’zini telegram guruhlarida tarqatyapti.

Keyin bitta pastkash u videoga Shukrullo domlani “Ro’mol o’ramay o’l” degan maruzasini orqa fonga qo’yib ijtimoiy tarmoqlarga chiqarib yuboryapti. Yana bu bilan zo’r ish qildim deb o’ylayapti. Oilalar shu tufayli ajrashib ketyapti. Janjallar bo’lyapti.

Iltimos, shunday videolar sizga kelganda to’xtasin. Tarqalishiga hissa qo’shmang.

Ibrohim Muhammad

#Eslatma

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯188👍5924🔥19❤‍🔥5😱2
Doʻst tanlash

🍃Bola tarbiyasida yaxshi doʻst va hamsuhbat tanlashni oʻrgatish ham muhim sanaladi. Chunki uning voyaga etishida va hayot yoʻllarida oʻrtogʻining, doʻstining ta’siri katta boʻladi. «Doʻstingni ayt, sening kimligingni aytib beraman» degan gap bejiz aytilmagan.

🌴Meva-mevadan rang olganidek, bola-boladan odob yoki boʻlmagʻur qiliqlarni oʻrganadi. Yana xalqimiz: «Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqadi», – deydi. Bolaning oʻrtoq va doʻst tanlashiga ota-onalar shunchaki bir holat deb qaramasliklari kerak. Bu ham tarbiyaning muhim jihatlariga kiradi.

Shayx Usmonxon Alimov

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Sevdirib tarbiyalang» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
27💯9🔥5👍1
Haqiqiy muhabbat g'amxo'rlikni talab qiladi.

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
64💯35👍7🔥7🥰1
Agar siz unga nisbatan nima his qilayotganingizni bilmasangiz, ko‘zingizni yuming va tasavvur qiling: u yo‘q. Hech qayerda yo‘q. Hech qachon bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham. Shunda hammasi aniqlashadi.

Anton Chexov

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤‍🔥81🔥2520💯20💔8🤔4
Qalbingizdagi savollarga qalbimiz bilan javob beramiz…

Baʼzan yurak jim. Soʻzlamaydi. Ammo savollar koʻp:
“Nega u meni tushunmayapti?”,
“Biz bir-birimizni yoʻqotyapmizmi?”,
“Men unga endi kerak emasmanmi?”,
“Nega muhabbat susaydi?”

Bu savollar oila buzilishining boshlanishi emas balki, yurak yordam soʻrayotganini anglatadi.

Agar siz ham shu kabi savollar bilan yostigʻingizni koʻz yoshlaringiz bilan hoʻllayotgan boʻlsangiz, marhamat, biz sizni kutyapmiz. Bu yerda sizni tergamaymiz. Ayblamaymiz. Bu yerda faqat tinglaymiz. His qilamiz. Tushunamiz.

Oilani saqlab qolish faqat kurashish bilangina emas, balki yurakdagi dardlarni eshitish orqali ham boʻladi. Biz ham sizga aql bilangina emas, qalb bilan yoʻl koʻrsatamiz. Sizni eshitamiz. Sizga samimiyat bilan javob beramiz.

Aytilmagan dardlar uchun biz bormiz!
Hurmat bilan @Nadiya_Ramazon
26💯6🔥4👏4❤‍🔥2🎉1
Sen-la dengizga borgim keladi: ko'zlaringni unga ko'rsatmoq uchun!

#Romantika

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
65🥰24🌚9❤‍🔥7🔥5👍3🎉1
Uy shirinliklarining eng yaxshisi sadoqatli yor va sog'lom farzanddir.

#tarjima

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
164🥰42❤‍🔥15🔥11👍3
710-savol: Onam tanlovimga qarshi chiqdi, nima qilay?

Assalomu alaykum.
Menda bir savol bor edi. Men bir insonga ko‘ngil qo‘ydim va biz shariat asosida birga bo‘lishga qaror qildik. Buni onam bilganlarida qattiq qarshi bo‘ldilar. Sababi biz shaharda yashaymiz, tanlagan insonim esa unday emas. U kishi boshqa joylik.

Otam bilan gaplashdim. Onamning fikrlarini aytdim, sabr bilan tingladilar va: “Tanlov o‘zingda, onang bilan yana maslahatlashaman, nima sababdan qarshi chiqayotganini so‘rab ko‘raman”, dedilar. Buni onam bilib: “Otangga bunday gaplarni aytishga uyalmadingmi?! Men senga o‘zim aytgan odaminga turmushga chiqasan, deganman-ku!” deb jahllarini chiqardilar.

Tanlagan insonim: “Otangiz bilan o‘zim gaplashsam bo‘ladimi?” deb so‘radi, lekin hozircha to‘xtatib turibman.

U ibodatli, ilmli, saviyali yigit.
Endi bunday holatda qanday yo‘l tutish kerak? Onamning ko‘nglini qanday olish mumkin? Yoki vaqt o‘tishi bilan bu qarshilik yengillashadimi?
Maslahat bering, iltimos.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Kuyov tomon harakat qilishi kerak: otangiz bilan gaplashsa ham, qayta-qayta sovchi qo'ysa ham bo'ladi.

Onangizga tushuntirish kerak. Hududlar boshqa ekani nimaga norozi qilayotganini aniq bilib, shunga yechim berish kerak.

#Oila_qurish

Yanada ko'proq savol-javoblar
1👍3617🔥8
Yigit bo'lajak kelinga oila mavzusidagi kitob hadya qilibdi va qiz uni o'qib, unga turmushga chiqmaslikka qaror qilibdi.

Erkin tarjima

#Tabassum

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁496🤔2618👍13😱4💔2💯1
Ayol sovg‘alardan emas, uni eshitishdan gullaydi.
Uning his-tuyg‘ulari muhim ekanidan gullaydi.

#Ayollar

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
128💯42❤‍🔥14🔥7🌚4😁2👏1
"Meni Parijga olib boring" deydigani bilan emas, "Madinaga olib boring" deydigani bilan oila quring!

#Oila_qurish

✍️
@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
151🔥43❤‍🔥21👍11😁4💔3🥰2
2025/10/26 02:49:33
Back to Top
HTML Embed Code: