Innovatsiyalar amaliyotda o‘z ifodasini topmog‘i shart
Bugun “Iligres universal” MCHJ vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida dolzarb bo‘lib turgan bir qator muhim masalalarni muhokama qildik.
Xususan, hosildorlikni oshirish, ekinlarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, hamda global iqlim o‘zgarishiga moslashish kabi yo‘nalishlar bugungi kunning asosiy muammolari sifatida ko‘rib chiqildi.
Suhbat davomida zamonaviy preparat va bioo‘g‘itlarning imkoniyatlari, ularning amaliyotdagi natijalari haqida fikr almashdik. Shuni ta’kidlamoqchimanki, bu kabi vositalarning salohiyatidan to‘liq foydalanish uchun bizga innovatsion yondashuv zarur.
Ilm-fan yutuqlariga asoslangan texnologiyalar, nafaqat hosildorlikni oshirish, balki ekologik barqarorlikni ta’minlashda ham muhim o‘rin tutmoqda.
Men, vazir sifatida, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan yaqin hamkorlikni kengaytirish tarafdoriman. Har bir g‘oya, har bir yangilik amaliyotda o‘z aksini topmog‘i kerak.
Zero, amaliyotda sinovdan o‘tgan innovatsiyalar qishloq xo‘jaligimiz kelajagini belgilaydi.

Mirzacho‘l: Yangi nav, yangi texnologiya, yangi yondashuv
Bugun Jizzax viloyatiga tashrifim doirasida dastlabki manzil sifatida Mirzacho‘l tumanidagi “Quyoshli vodiy” fermer xo‘jaligiga qarashli 14 gektarlik paxta maydonlarini borib ko‘rdim.
Bu yerda Xitoyda yaratilgan “Xin Lu Zao-57” navli g‘o‘za ko‘chatlari zamonaviy agrotexnologiyalar asosida parvarish qilinayotganini ko‘rib, albatta, quvondim. Har bir gektar maydonga 240 mingdan ortiq ko‘chat 76x10 sxemada, qo‘shqator usulda, plyonka ostida ekilgan.
Bu yondashuv ko‘chatlarning jadal va sifatli o‘sishini ta’minlayotgani ko‘zga yaqqol tashlanmoqda. Buning zamirida fermerlarimizning fidokorona mehnati va zamonaviy yondashuvlarga tayangan ish tizimi mujassam.
“Xin Lu Zao-57” navining afzalliklari juda katta — u nafaqat ko‘sak qurti, balki turli gerbitsidlarga ham yuqori darajada chidamli. Bu esa begona o‘tlar bilan samarali kurashish, kimyoviy vositalarni oqilona qo‘llash va natijada hosildorlikni oshirish imkonini beradi.
Paxta yetishtirish jarayonining har bir bosqichi — chopiq, qator oralariga ishlov berish, yagana qilish, sug‘orish — barchasi zamonaviy va intensiv texnologiyalar asosida olib borilmoqda.
Mutaxassislarimiz esa bu navni parvarishlashda maxsus ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy qo‘llanmalarga tayangan holda harakat qilmoqda.
Asosiy maqsad ham shu— har bir gektardan eng yuqori, barqaror va sifatli hosil olishdir.
Buning uchun esa ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini kuchaytirish lozim.

Mirzacho‘lda o‘rim-yig‘im ishlari tizimli olib borilmoqda
Ayni paytda Jizzax viloyatida xizmat safarida bo‘lib turibman. Tashrifim davomida hududdagi agrar jarayonlar, xususan, g‘allachilikdagi ishlar bilan yaqindan tanishishni davom ettirmoqdaman. Xususan, Mirzacho‘l tumanida joylashgan “Jenis” fermer xo‘jaligiga qarashli g‘alla maydonini ko‘zdan kechirdim.
Ushbu maydonda joriy mavsumda yuqori hosildorlik beradigan, “Vexa” navli bug‘doy ekilgani va ayni paytda o‘rim-yig‘im ishlari boshlab yuborilgani quvonarli holat. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hosildorlik har gektariga o‘rtacha 80 sentnerni tashkil qilmoqda. Bu esa nafaqat agrotexnik tadbirlarning to‘g‘ri tashkil etilgani, balki fidokor dehqonlarimizning tinimsiz mehnati natijasidir.
Dala holatini sinchiklab ko‘zdan kechirib, g‘alla boshoqlarining sifatini ijobiy baholadim. O‘rim-yig‘im ishlarida isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, har bir boshoqdan maksimal darajada unumli foydalanish, texnikaning holati va haydovchilarning mas’uliyatini oshirish borasida mutaxassislar hamda fermerlarga qator amaliy tavsiyalar berdim.
Shuningdek, daladan bo‘shaydigan yerlarni ikkilamchi ekinlar uchun zudlik bilan tayyorlash zarurligini alohida ta’kidladim. Har bir qarich yerdan oqilona foydalanish – bu yurtimiz oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, shu bilan birga, fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda muhim omildir.
G‘allachilikdagi ilg‘or tajribalarni joylarda keng yoyish, ekilayotgan navlarning sifat ko‘rsatkichlarini doimiy o‘rganib borish va hosildorlikka ta’sir qiluvchi agrotexnik tadbirlarni yanada kuchaytirish zarurligini ham ta’kidlab o‘tdim.
Tashrifim so‘ngida “Jenis” fermer xo‘jaligi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdik. Fermerlar o‘z yutuqlari, muammolari va istiqboldagi rejalar haqida fikr bildirishdi. Men esa ularning taklif va mulohazalarini diqqat bilan tingladim, mavjud muammolar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga aniq topshiriqlar berdim.
Zero, agrar sohada amalga oshirilayotgan bunday hamkorlik va ochiq muloqot bizning umumiy yutug‘imiz uchun xizmat qiladi.