Telegram Web Link
Bog‘ot tumanida xorijiy nav ekilgan paxta dalasi yuqori natija ko‘rsatmoqda

Ayni paytda Xorazm viloyatida ishchi tashrif bilan bo‘lib turibman. Navbatdagi manzil — Bog‘ot tumanidagi “Ahmadjon Olloyor” fermer xo‘jaligiga qarashli urug‘lik paxta dalasi bo‘ldi.

Mazkur xo‘jalikning umumiy yer maydoni 100 gektardan iborat bo‘lib, uning 50 gektarida xorijiy nav paxta ekilgan. Dalada paxta pishib yetilmoqda, g‘o‘zaning bo‘yi baland, poya uzun. Ammo bu holat har doim ham yuqori hosildorlikni anglatmaydi.

G‘o‘zaning bo‘yi 70–80 santimetrdan oshmasligi, bo‘g‘inlar soni esa o‘rtacha 10 tagacha bo‘lishi kerak. Shunda har bir bo‘g‘inda meva tugunchalari mustahkam shakllanadi va hosildorlik oshadi.

Shunga qaramay, “Ahmadjon Olloyor” fermer xo‘jaligi bu yilning o‘zida o‘rtacha 70 sentner hosildorlikka erishgan. Bog‘ot tumani sharoitida bu, albatta, e’tiborga molik natija.

Keyingi yil paxta ekish mavsumida nimalarga e’tibor qaratish lozimligi borasida fermerga va qishloq xo‘jaligi mutasaddilariga shu yerning o‘zida tavsiyalar berdim. Hosilni barqaror va samarali qilish uchun tayyorgarlik bugundan, aynan hozirgi davrdan boshlanishi zarur.

Shuningdek, hosil yig‘ib olinganidan so‘ng, g‘o‘zapoyani o‘g‘it qilish texnologiyasi — biochar (bioko‘mir) ishlab chiqarish haqida ham tavsiya berdim. Ma’lumki, O‘zbekiston dalalarida hosildan so‘ng qoladigan g‘o‘zapoya ko‘pincha keraksiz chiqindi sifatida yonib ketadi. Aslida esa u bebaho resurs: oddiy usullar orqali undan biochar ishlab chiqarish mumkin. Biochar tuproq unumdorligini oshiradi, iqlim o‘zgarishiga sabab bo‘ladigan chiqindilarni kamaytiradi va eng muhimi – fermerlarga qo‘shimcha daromad eshigini ochadi.
👍21👌2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌱Qishloq xo’jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning joriy yilning sentabr oyida hududlarga amalga oshirgan tashriflari, turli tadbirlar va uchrashuvlardagi ishtirokiga oid fakt va raqamlar aks etgan videorolik.

U orqali umumiy tashriflarga doir barcha ma’lumotlar bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13
Navoiyda bugʻdoydan keyin ekilgan paxta pishdi.

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Navoiy ilmiy tajriba stansiyasida 2024-yil oktabr oyining birinchi o‘n kunligida bugʻdoyning “Ultra” navi ekilib, 2025-yil 17-may kuni o‘rib-yig‘ib olindi va 1 gektardan 64 sentner hosil yetishtirildi. Bu natija stansiya olimlari va agronomlarining ilmiy asoslangan parvarish uslublari, sifatli urug‘lik tanlovi hamda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirilgani bilan izohlanadi.

Oradan ko‘p o‘tmay, 2025-yil 19-may kuni dalaga paxtaning mahalliy S-01 navi ekildi. Bugungi kunda ushbu paxta ekinlari to‘liq yetilib, 1 gektardan 40 sentnergacha hosil olinishi kutilmoqda.

Tajriba stansiyasi mutaxassislarining ta’kidlashicha, bu natijalar ilmiy asoslangan yondashuv va yangi agrotexnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish samaradorligini yana bir bor tasdiqlamoqda.

🖥Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!⬇️⬇️⬇️

🌐 WEB | 🌐Telegram | 🌐 Instagram | 🌐Facebook |🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11👏1
#yangi_tajriba
#yangi_davr_paxtachilik
#hududlardan_lavhalar
#fermerlar_munosabat
#Fargona_Toshloq_tumani

Фарғона вилояти, Тошлоқ тумани “Луқмонов" фемер хўжалигининг умумий 140 гектар пахта майдонига - 70 гектарига XinLuZhao-52 нави, қолган 70 гектарига XinLuZhao-57 нави экилган.

Шинжон усулида 76 қўшқатор, гектарига 220 минг кўчат парвариш қилинган.

Ҳозирда ҳосилдорлик гектарига 60-65 центрни ташкил қилмоқда.
👍13
2025/10/26 08:08:29
Back to Top
HTML Embed Code: